Ziyorat va sayohat zavqi

Muayyana dugonam Samarqandga köçib ketganiga ança böldi. Töğri, avvallari deyarli har yili bir borardim. Gohida u kelardi. Yillar ötgan sayin boriş-keliş kamaydi. Muloqot, hol-ahvol söraş telefon orqali. Aslida esa mehr közda deydilar. Soğinç yölga çorladi. Qöşnim, şifokor Tamaraxon bilan yölga otlandik. Safar taşabbuskori qizim Şahnoza edi. “Onajon, boring, yangi Samarqandni körasiz, dugonangiz bilan körişasiz”, deya qölimga “Afrosiyob”ning çiptasini tutqazdi. Erta tongda yölga çiqdik. Nari-beri uç soat oraliğida Samarqandga yetib bordik. Bizni Ruslan ismli şofyor kutib oldi. Söng “Diyora” mehmonxonasiga joylaşdik. Muayyananing hovlisida taʼmirlaş işlari boryapti. Şu bois u bilan mehmonxonada diydorlaşadigan böldik.

Uçraşgan kunimiz, nazarimda, könglimning qayeridadir böşliq bor edi-yu, zumda tölgandek tuyuldi. Ha-ha, tölgandek böldi. U köpdan oyoği oğrişini aytardi. Yana qand kasali bor. Şu bois ziyoratga hamrohlik qilolmasligini aytdi. Na iloj. Diydorlaşib bölgaç, ziyoratni boşladik. Ruslan bizni dastlab “Şohizinda”ga olib bordi.

— Zinalari köp, baland, qiynalib qolmaysizmi? – dedi.

— Jon kuydirmasang jonona qayda, deydilar, – dedim hazil bilan.

Javobimni tuşundi çoği, miyiğida kulib qöydi. Tamaraxon bilan yölga tuşdik. Odamlar biri tuşib, biri çiqib boryapti. Juda gavjum. Ayniqsa, turli millat vakillaridan iborat sayyohlarning qiziqişlarini aytmaysizmi?

Söng Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov maqbarasi tomonga bordik. Bu yerda ham odamlar gavjum. Ziyoratçilar bamisoli suvdek oqib kelişmoqda. Örindiqlarda ötirib tilovat qilişyapti, ham dam olişyapti. Biz ham hurmat bajo etib, buloq suvidan içib, söng maşinamiz turgan tomonga — orqaga qaytdik. Mehmonxonada tamaddi qilib, biroz dam oldik. Oqşom Registonda qöyiladigan tomoşani kördik. Keçqurungi Samarqand yanada gözallaşib, turli xil rangdagi nurlardan közlar quvnaydi.

Ikkinçi kun

Samarqandning havosi özgaça, yoqimli. Albatta, bunda uning bağrida boqiy uyquda yotgan uluğ allomalar, pir, avliyolarning örni katta. Köça-köyda yurganingizda ham göyoki ularning ruhi-poklari sizga hamrohlik qilayotgandek sezasiz özingizni. Maşinamiz Doniyor payğambar (Daniel) qabri tomon yöl oldi va biz uşbu tuyğuni qalban his qilib boryapmiz. Manzilga yetib kelganimizda, maydonda yana sayyohlarga duç keldik. Ular ziyoratdan keyin allanarsalarni muhokama qilişayotganga öxşardi. Şu payt bundan bir neça yillar avval kelganimni esladim. Tepalikka çiqiş bir maşaqqat edi. Buloq suvi ham atrofga yoyilib oqib yotardi. Endi bölsa, uluğlarga bölgan ehtirom, eʼtiqod tufayli bu joylar obod, körkam. Marmardan işlangan pillapoyalardan bemalol kötarilasiz. Qabrni maxsus eşikdan ziyorat qilib, söng ayvondagi örindiqlarda Qurʼon öqiysiz. Ming asrlarning guvohi bölgan köhna tut daraxti ne-ne moziydan sözlaydi. Katta ayvondan taşqari, qabrning yon-atrofiga ham stol va ötirişga joy qilingan. Bu ham ziyoratçilarga ança qulaylik yaratadi. Ziyoratçilar oqimining oxiri körinmaydi. Tut daraxti yonida, qabr ustiga yopilgan duxoba yopinğiçga sekin qöl tekkizib, niyat qildik, Allohdan madad söradik, nabira-abiralar kamolini tiladik. Suvdan içib, yuzimizni yuvib, orqaga qaytdik. Vujudimizda yengillik his qildik.

— Endi qayerga boramiz? — söradi Ruslan.

— Tuşlikdan keyin yangi Samarqandni aylanamiz, — dedim.

Yölda keta turib, dastlab aeroportni tomoşa qildik. Uzoqdan oçib qöyilgan kitob şaklida köringan möʼjizaday imoratni körib hayratlandik. Öylab topgan ixtiroçisiga tasanno aytdik. Yangi Samarqand — juda gözal! U yerdagi çiroyni faqat borib köriş kerak. Çunki “Hilton”, “Minyoun” kabi osmonöpar binolar özgaça uslubda beqiyos haşamda qurilgan. Zamonaviylikdan taşqari, barçasida joziba va mehr bor. Daraxtlarning xilma-xilligi, örmonsifat yam-yaşilligi közni quvnatadi. Dalalardagi atirgullar çaman oçilgan: puşti rang, oq, töq qizil… Yonidan şunçaki ötolmaysiz: anvoyi hidi dilingizni qitiqlaydi. Oromgoh örtasidan oqayotgan daryoda baydarkaçilar musobaqaga tayyorgarlik körişmoqda. Suvning örtasida orolsifat qurilgan — Boqiy şahar. Uç tarafdan köprik örnatilgan. Öşa kuni martabali mehmonlar kelgani sabab yangi şaharga kirolmadik. Suv böyidagi majnuntollarni, suzib yurgan katamaranlarni kördik. Ayniqsa, musiqali favvora ham öziga maftun etdi. Xuddi xirom aylagan raqqosalarni eslatadi.

Uçinçi kun

Hazrati Dovud haqida köp eşitgandik. Lekin Samarqandga neça marta kelgan bölsam-da, u yotgan toğ va ğor tomonga ötmagandim. Şu kun nonuştani qilib, taşqariga çiqqan edik. Haydovçimiz Ruslan erta yetib keldi. Aytişiça, ziyoratgoh şahardan juda yiroqda ekan. Yetib borganimizda, xuddi bozorga kirib qolgandek böldik. Çunki qator dökonlar tizilgan, sörilarda joy qilingan. Darvozaning oldida turganlarning qöli qöliga tegmaydi.

Toğ yonida “biznes”çilar. Biri toqqa ot bilan olib çiqişni, biri eşak bilan çiqişni taklif qilişmoqda. Hazrat yotgan joyga çiqiş uçun 1500 dan ortiq zinadan kötariliş lozim. Bu yerda ham turistlar köp, insonlardagi islom nuriga bölgan eʼtiqodni şu yerda yanada tiyranroq anglasa böladi. Biz ham uç kilometrlik balandlikdagi toqqa otda çiqişni tanladik. Şerigim Tamaraxon avvaliga çöçib turdi. Keyin oldinma-keyin yölga tuşdik. Qiziği şundaki, men mingan otning egasi özi eşakka ötirib, oldinda otning arqonidan uşlab yetaklab bordi. Ikkinçi ot egasining yonida yurib, ehtiyotlab bordi. Xullas, tepalikka çiqdik. Bu yerda ham odam gavjum.

Ğorga yetib boriş uçun 250 zinadan pastga tuşiş lozim. Uşbu zinalarning boşidan oxirigaça tepa va yon tomonlari tösilgan. Qator dökonlarda savdo qilişmoqda. Ğor oldida ayvon. U yerda biroz dam olganimizdan söng masʼullar bizni içkariga boşladi. Sakkiz-ön kişi atrofida tödalaşib kirdik. Içkarida şam yoqilgan. Domla Qurʼon öqidi. Hamma öziça niyat qildi. Söng orqaga zina orqali çiqdik. Faqat bizda emas, barçaning könglida yengillik, kayfiyati ham kötarilgan edi. 250 zinadan pastga qarab yöl oldik. Yölda töxtab-töxtab dam oliş uçun örindiqlar qöyilgan. Yöl-yölakay dökonlar. Ularda ham dam olişga joy qilingan. Ziyorat zavqidan pastga yetib kelganingizni ham bilmay qolasiz. Begonalar ham bir-biri bilan iliq söraşib ötişyapti. Samimiyat, oqibat, qadr sözlari jaranglayotgandek. Xullas, bir olam taassurot bilan ortga qaytdik.

Tuşlikdan keyin “Boqiy şahar”ni tomoşa qilişga çoğlandik. Keça borolmagandik. Bu yerda ham öziga xos va öziga mos jozibador dökon, kafelar bunyod etilgan. Har qadamda bedanalar sayrab, zavq ulaşadi. Dökonlarning qurilişi biri ikkinçisiga öxşamaydi. Odamlar ham sayr qilişmoqda, ham savdo qilişmoqda.

Keksa otaxonlarning “Baraka topsin-ey! Qurgan odamning otasiga rahmat!” degan sözlarini goh-goh eşitib qolamiz. Ha, yangi Samarqandning körki-jamoli eski Samarqand bağrida kamolga yetgan alloma va uluğlarning dovruği kabi dunyoga taralişi turgan gap. Öz navbatida uning ijodkorlari nomi ham. Ayniqsa, bu loyiha ijodkori — Yurtboşimiz nomiga olqişlar yoğilmoqda.

Törtinçi kun

Nonuştadan söng yölga çiqdik. Dastlab Maxdumi Aʼzam ziyoratiga bordik. Al-Buxoriy maqbarasi taʼmirlanayotgan bölsa-da, körişni lozim topdik.

Baraka topsin, haydovçi ukamiz Ruslan boradigan joylarimiz bisyorligi uçun tezlikni oşirdi. Avval Bibixonim masjidiga, birozdan söng maqbarasiga kirib ziyorat qildik. Keyingi manzil Göri Amir edi. Yetib keldik. Lekin odam haddan ziyod köp. Çipta oliş uçun heç bölmaganda yarim soat navbat kutiş kerak. Bu yerda ham, asosan, turistlar. “Sabr qilsang, yetarsan murodga”, deydilar. Navbatga turib, çiptani olgaç, ziyorat qilib çiqdik. Tuşlikda oş damlaş böyiça çempion Abdumannon oşpazning mehmoni böldik. Möʼjazgina kafeda Samarqand oşidan tamaddi qildik. Keyin Registonga ziyoratga ötdik. Çindan ham uni “Markaziy Osiyo marvaridi” deb bejiz aytişmaydi. Uç tarafdan örta asr Şarq arxitekturasining noyob ansambli jamolini köz-köz qilib turibdi. Uluğbek madrasasi (1417-1420), Şerdor madrasasi (1619-1636), Tillakori masjid-madrasasi (1647-1660) butun dunyoning eng gözal va ajoyib obidalaridan hisoblanadi. Bu yerda aylanib yurarkanmiz, turli millat vakillari bölgan sayyohlarning yuzidagi hayrat va havasni körib, köksimiz ğurur va iftixorga töldi. Özbekistonda yaşayotganimiz, uning köhna va yoş, bu yerda uluğ ajdodlarimiz ruhi-poklari qöllayotgani, yangi Samarqanddagi betakror mehmonxona va simpoziumlar saroyi körkidan olam ahli lol qolayotganlarini öz közimiz bilan köriş nasib etganiga şukronalar aytdik. Bularni yaratgan bunyodkorlarga, barça yoşariş va yangilanişning meʼmori, ijodkori — Yurtboşimizga soğlik-omonlik tilab Toşkentga qaytdik.

Muqaddas ABDUSAMATOVA,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan