Aeroport emas, ğalaba ramzi

Jahon statistika maʼlumotnomalarida qayd etilganidek, dunyo­­da 40 000 dan ortiq aeroport mavjud. Ular odamlarga yangi dunyoni oçiş uçun “orzular darvozasi” vazifasini ötaydi.

Xabaringiz bor, özbekistonlik bir guruh media soha vakillari Turkiyada bölib qaytişgandi. Ular safida kamina ham bor edi. Sir emaski, biror mamlakatga borgan insonni birinçi galda uning aeroporti qarşi oladi. Turgan gap, dastlabki taassurotlar aynan mana şu yerdan boşlanadi. Biz ham “Turkiya havo yöllari” uçoğidan tuşganimiz hamon birinçi qadamni Istanbul xalqaro aeroportiga qöydik. Aytişganiça bor ekan. Mahobatli, zamonaviy, dunyo­ning istalgan burçagidan kelgan odamlarni uçratiş mumkin. Göyoki turli millat vakillari bir nuqtaga jamlangandek…

Bizga aytişlariça, 2018 yilning dekabr oyida Istanbulda dunyodagi eng yirik aeroportning birinçi bosqiçi rasmiy oçilişi bölib ötgan. Bu şaharning uçinçi aeroporti, ammo bugungi kunda uni “Kelajak havo bandargohi” deyiş mumkin.

Hozirça aeroportning faqat bir qismi işlamoqda, lekin u binoga kirgan barça sayohatçilarni hayratda qoldiradi. Maydoni 1 million 300 ming kvadrat metr bölib, şundan 50 ming kvadrat metrdan ortiğini dunyo­dagi eng yirik bojsiz savdo dökonlari egallaydi. Yölovçilar uçun 500 ta röyxatga oliş va 230 ta pas­port nazorati kabinalari mavjud. Aeroportda allaqaçon uçta parallel uçiş-qöniş yölagi mavjud bölib, yana 6 ta uçiş-qöniş yölagini işga tuşiriş rejalaştirilgan. 140 dan ortiq reaktiv köpriklar yölovçilarni samolyotlardan tuşiriş va çiqariş uçun işlatiladi, barça reyslarning 80 foizi reaktiv köpriklar orqali amalga oşiriladi.

Aeroport bir vaqtning özida 500 ga yaqin samolyotni qabul qila oladi va ularning har biri uçun töxtaş joyi mavjud. Istanbul aeroporti qabul qilişi va xizmat körsatişi mumkin bölgan yölovçilarning umumiy soni yiliga 200 milliondan ortiq! Hudud haşamatli biznes zallari bilan band. Mehmonlar uçun aeroportda 70 ming maşinaga möljallangan ulkan töxtaş joyi qurilgan. Eng sönggi havo bandargohini boşqariş tizimlari, zamonaviy uçiş-qöniş yölak­lari va 8 ta parallel taksi yöllari Istanbul aeroportiga bir vaqtning özida 45 tagaça parvoz va qönişlarni amalga oşiriş imkonini beradi.

Uning oçiliş marosimi Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan iştirokida bölib ötgan. Şuning­dek, unda turli mamlakatlarning 50dan ziyod yuqori martabali vakillari iştirok etişgan. Ular orasida Albaniya prezidenti Ilir Meta, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Kosovo prezidenti Hoşim Taçi, Şimoliy Kipr Turk Res­publikasi prezidenti Mustafo Oqinji, Makedoniya prezidenti George Ivanov, Moldova prezidenti Igor Dodon, Pokiston prezidenti Arif Alvi, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç, Sudan prezidenti Umar Hasan Ahmad al-Başir, Bos­niya va Gersegovina boş vaziri Denis Zvezdiç, Bolgariya boş vaziri Boyko Borisov, Sloveniya boş vaziri örinbosari va infratuzilma vaziri Alenka Bratuşek, Gruziya TIV rahbari David Zalkaliani, Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif, Özbekistondan marosimda boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov iştirok etgan.

Aeroport hududida prezident Erdoğanning quyidagi sözlari yozilgan plakatlar örnatilgan: “Bu şunçaki aeroport emas, ğalaba ramzidir”.

Dunyoning eng yirik aeroportini quriş böyiça tenderda “Limak-Kolin-Cengiz-MaPa-Kalyon” kompaniyalari konsorsiumi 26,14 milliard yevrolik taklif bilan ğalaba qozongan. Aeroport qurilişining birinçi bosqiçini amalga oşiriş uçun olti milliard yevro ajratilgan. Aeroport umumiy maydoni 76,5 million kvadrat metrni taşkil etadi. Aeroportning boşqa bosqiçlari yölovçi oqimi hajmiga qarab, 2023 yilgaça işga tuşirilib kelingan.

Havo bandargohi hozirça töliq foydalanişga topşirilmagan bölsa-da, yaqin kelajakda aeroport dunyoning 250 ta aviakompaniya­sidan samolyotlarni qabul qiladi, ular 350 dan ortiq yönalişlar bö­yiça parvozni amalga oşiradi. Ilğor texnologiyalar bilan jihozlanadigan aeroport hududida yer usti radarlari birinçi marta işlatilmoqda. Aeroportdagi terminallar va avtoturargohlarda töqqiz mingta aqlli kamera örnatilgan. Şuningdek, aeroport şaxslar va avtoulovlar raqamlarini aniqlaş böyiça öta zamonaviy qurilmalar bilan ham jihozlangan.

Taʼkidlaş joizki, “Euromonitor International” taşkilotining 2023 yilda eng köp xorijlik mehmonlarni qabul qilib olgan şaharlar röyxatida Istanbul 20,2 million kişi bilan birinçilikni band etgan.

Islom ASILBEKOV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan