Sözlarni sevayotgan sözşunos

Urganç davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, Xorazm joy nomlarini tartibga soliş, asrab-avaylaş, rasmiylaştirişdek murakkab vazifalarni amalga oşirgan Zarifboy Dösimov umrining 50 yilini talabalarga saboq berişga bağişladi. 50 yilki, talabalar qalbiga tilşunoslik fani, sözlarga mehrni, tilga eʼtiborni singdiradi. Şu bois davralarda olim haqida gap ketganida, şogirdlari “har bir sözni mehr bilan talaffuz qiladi. Sözlarni sevadi, sözşunos deyiş kerak ustozni” deyişadi..

 

— Har bir sözning tuğiliş tarixi bor, har bir joy nomida tariximiz, qadriyatlarimiz yaşiringan. U bir tilsim, uni oçiş bizning va özini tilşunoslik fani rivojiga bağişlagan yoşlarning vazifasidir, — deydi olim, köpinça talabalarga saboq berganida va özaro suhbatlarda. — Bugungi kunda ayrim tumanlarda saqlanib qolgan eski atamalar örniga yangiça nomlarni qöyiş urf bölmoqda. Nega asrlar böyi bu yer şunday atalgan, bunda ne sir bor, bu sözning maʼnosi nima deb qiziqib körmaydilar, undan köra oson yöl tutib nomni özgartirib qöya qoladilar.   Bu bilan şu yerning tarixidan xabar berib, qadriyatimizni saqlagan bir atamani yöqotadilar.

Professor dars jarayonida hamişa kim qaysi mahallada istiqomat qilişi bilan qiziqadi va öşa joy nomi maʼnosini tuşuntirib beradi. Xorazm şevasida mavjud bölgan köpgina iboralar oldin qanday işlatilgani, arxaik sözlar maʼnosi, forsiy arabiydan kirib kelgan sözlar xususida maʼlumot berib ötar, şu yöl bilan talabalarni ona tili faniga bölgan qiziqişlarini oşiradi.

— Ustozimiz yetuk olim, qalbi daryo murab­biy. U tilşunoslik fanining barça sohalarini yoşlar qalbiga jo aylaş bilan özbek tiliga bölgan mehr, ehtirom hissini ham tarbiyalaydi, milliy qadriyatlarni uluğlaşni, ularni davom qildirişni tarğib qiladi. U kişi nafaqat ilm, balki odamiylikdan ham saboq beradi, ötgan allomalar, adiblar ijodi, ular hayotidan sermazmun lavhalarni gapirib, yoşlarning badiiy didini östiriş, maʼnaviyatini yuksaltirişga hissa qöşib kelmoqda, — deydi şogirdlaridan filologiya fanlari nomzodi Şukurjon Norboyeva.

Şogirdlari ustoz bilan ilk bor audito­riyada qanday tanişganlari xususida şunday hikoya   qiladilar:

Ustozimizni yuqori kurs talabalari uzoq taʼriflaşdi. Birinçi kursga qadam qöyganlar hayrat va qörquv aralaş tinglaşdi. Öqituvçi öta bilimdon, talabçan ekanligini, kim qança kitob öqiganini va ismlar maʼnosini söraşini bilib olişdi va hayajon ila ilk bor darsga kiradigan ustozni kuta boşlaşgan.

Şahdam qadamlar bilan auditoriyaga kirib kelgan professor dars mavzuini tuşuntira boşladi. Talabalarning butun vujudlari quloqqa aylangan, ustozlari tilga olgan har bir jumla ular uçun yangilik edi. Nuroniy siymo, baland, şirali ovoz, hikmatdek yangrayotgan sözlar ularni öziga tobora rom etib borardi. Har bir tovuş qalblariga örnaşib sado berayotgandek tuyulardi.

— Qani aytinglar-çi, Xorazm atamasi qanday paydo bölgan? Bemalol, har biringiz fikr bildirişingiz mumkin. “Xato qilib qöyaman” deb istihola qilib ötirmang, — talabalarga yuzlanadi öqituvçi.

Bahs-munozara boşlanib ketdi. Kimdir “quyoşli ölka”, kimdir “unumdor yer”, kimdir “ona zamin” deya taʼrifladi.

— Xöş, qay biri haqiqatga yaqin? Nima yer yuzida boşqa quyoşli ölkalar yöqmi? Quyoş faqat Xorazmga öz nurlarini soçadimi, unumdor yer ham faqat bizda bormi? — Ustoz gapirib turib birinçi qatordagi talabaga yuzlandi.

— Siz qaysi tumandansiz?

— Xazoraspdanman muallim, — dedi talaba.

— Xazorasp sözining maʼnosini bilasizmi?

— Ming otliq degani ustoz, ming otliqlar diyoridanman, — desam ham bölaveradi.

— Haqiqatan ham şundaymikan?

Bahs- munozara qizigandan-qizidi.

Xorazm –Xvorazim, “vora” çegaralangan degan maʼnoni anglatadi. Zim davlat degan maʼnoni beradi. Xazarlar köçib kelgani bois Xazoraspni qadimiy nomi Xazaris bölgan hozir ham mahalliy xalq Xazaris deb aytadi, yaʼni xazarlar istiqomat qiladigan makon degan maʼnoni bildiradi.

Olim sözlarning maʼnosini tuşuntirib berarkan, talabalarga şunday topşiriq berdi:

— Mahmud Qoşğariyning “Devonul luğatit turk” asarini öqing. Bu sizga — uyga vazifa.

Professor auditoriyani tark etdi, lekin talabalar köngliga öz fikrlarini muhrlab ketdi. Şu paytgaça joy nomlari haqida öylab körmaganlari haqida bir- birlariga gapirib, har bir tovuş haqida bahslaşa boşladilar, ular ilk marotaba har bir sözda tarix, qad­riyat yaşiringanini angladilar.

— Ustozimiz birinçi darsga kirganida barçamiz sehrlanib qolgandek edik, eşitgan fikrlarimiz biz uçun tamoman yangilik edi!   — deya eslaydi talabalik davrini filologiya fanlari doktori Abdulla Örozboyev. — Özimizça, har bir söz qanday paydo bölgani xususida fikr yuritdik. Köça- köyda, özaro muo­mala jarayonida qöllaydigan sözlarimiz oldin qanday bölgan ekan deb öylay boşladik. Ustozimiz yuragimizga çöğ taşladi. Har bir söz bizga tariximizdan, xalqimiz bosib ötgan yöllardan yodgor, u millatimiz ötmişi, kasb hunarini, turmuş tarzini özida aks ettirişini öşanda ilk bora his qilgandik.

UrDU professori, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan fan arbobi Zarifboy Dösimov yuksak mavqega ega bölgunça qança zahmat, mehnatlar çekmadi, ne- ne oğir kunlarni matonat ila bosib   ötmadi deysiz?

U 1946 yil 26 mayda Xorazm viloyatining Manğit (hozirgi Qoraqalpoğiston Respublikasi, Amudaryo tumani) tumanining Qiliçboy qişloğida tuğilgan. Uruşdan keyingi oğir yillar bolalik davriga öz zabtini ötkazgan. Lekin oilasida ziyoli, kitobni jon dilidan sevuvçi kattalar taʼsiridami, bolaligidan mutolaaga mehr qöydi.

— Yaqinimizdagi dökonda kitoblar sotilardi. Bir kitobni olişga pulim yetmadi. Oyoq ustida turganimça öqiy boşladim, — deya eslaydi olim, — sotuvçi mening holatimni körib, xohlagan payting kelib öqiyver, — deb ruxsat berdi. Har kuni darsdan çiqib, uy yumuşlaridan böşaganimdan söng dökonga yugurardim va sevimli kitobimni öqirdim. Kitoblar, gazeta, jurnallar menga yöl körsatdi, qaysi sohani tanlaşim kerakligini bolaligimdan anglatişdi. Mutolaa taʼsirida nutqim sayqallana boşladi, söz boyligim ortdi. Şu bois özimça nimalarnidir qoralay boşladim, öqiganlarim böyiça taassurotlarimni qoğozga tuşirardim. Biror voqea haqida hikoya qilmoqçi bölsam, qofiyadoş sözlarni tanlardim. Öqituvçilarim qofiya tuzişga ustasan deyişardi. Şeʼr yozişga qiziqardim. Ilk şeʼrlarim tuman gazetasida bosilib çiqqan. Öşa damlarda qançalik quvonganlarim hali-hanuz yodimda.

Şeʼriyatga bölgan qiziqiş, kitob mutolaasi, har bir söz ustida izlanişga çorlaydi. Sözlarning sinonimlarini axtarişga tuşardi. Çiroyli sözlar topişga intilar edi. Xöş, “quyoş nega quyoş, osmon nega osmon” deb öylagan paytlari köp bölganini olim yaxşi xotirlaydi. Söz mulkiga sayohat qilişni sevgan 16 yoşli yigit öz hujjatlarini bir olam orzular oğuşida Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutiga topşirdi. Xavotir ila kuzatib qolgan yaqinlariga institutga qabul qilinganini aytib sevinç ulaşdi. 1966 yilda institutni muvaffaqiyatli tugallagaç, iş faoliyatini Amudaryo tumanidagi 18-son maktabda öqituvçilik qilişdan boşladi. 1968-71 yillarda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi til va adabiyot institutining dialektologiya sektorida laborant, ilmiy xodim vazifalarida işladi. Bu dargohga yoş yigitni tilşunoslik faniga bölgan qiziqiş, ayniqsa, sözlarning tarixi, etimologiyasini örganişga bölgan havas yetaklab keldi va şu yerda soha bilimdoni, olim Ahmad Işayev kabi ustoz bilan uçraşiş va birga işlaş kabi şarafga noil böldi. Ahmad Işayev uning qoralamalarini közdan keçirar ekan, şogirdida toponimikaga qiziqiş kuçli ekanini, sohaga oid adabiyotlarni qunt bilan örganib borayotganini, özi ham ança yangiliklarni ilgari surganini ang­ladi va unga jöyali maslahatlar berib qöllab-quvvatladi. Yoş ilmiy xodim tinmay izlandi. Ustoziga özini qiziqtirgan mavzu haqida gapirib berdi. “Şimoliy Xorazm toponimlari” mavzusida ilmiy işga qöl urdi.

— Nomzodlik dissertatsiyasini yoza boş­laganimda 23 yoşda edim, — deya eslaydi olim, — bir yil içida himoyaga tayyor qilib qöydim. Ustozim öşanda “Darrov yozib tugatdingizmi” deb juda hayratlangan edi.

Aslida ilmiy işga qöl urişdan oldin qançalik tayyorgarlik körgani olimning öziga ayon edi. Sohaga oid materiallarni qunt bilan örgangani, tarixiy asarlar, bizga meros bölib qolgan mumtoz adabiyot namunalarini qölyozma nusxalarini   öqigani sözlarning mağzini çaqişiga katta yordam bergan, yoş olimning tafakkurini boyitib, bilimini ança çarxlagan edi. Natijada A. Işayev rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. Rahbar ilmiy xodim bir yil içida dissertatsiya yozib tamomlaganiga hayratlansa, Moskvadagi (sobiq şörolar davrida albatta nomzodlik dissertatsiyasi sobiq markaz olimlari tomonidan tasdiqlanar edi) soha mutaxassislari 24 yoşida hali heç kim olimlar safidan örin olmaganini aytib hayron qolganliklarini bildirişdi. Yoş olim şu tarzda fan olamiga öz sözi bilan kirib keldi. Öşa yili Xorazm davlat pedagogika instituti rektori yoş olimni işga taklif qiladi.

1971 yil sentyabr oyidan boşlab Zarifboy Dösimov institutda talabalarga tilşunoslik fanidan dars berişni boşlaydi. Maʼlum davr viloyat hokimligida mutaxassislar guruhi rahbari, 1994-96 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining viloyatdagi vakili, 2002-2004 yillarda Xorazm Maʼmun akademiyasida bölim boşliği kabi masʼul lavozimlarda fao­liyat körsatdi. Faoliyatini, töğriroği butun umrini Xorazm toponimiyasi, yaʼni joy nomlarining ilmiy tadqiqiga bağişladi. 1986 yili “Xorazm toponimlarining tarixiy lisoniy tahlili” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1993 yilda professor unvonini oldi. Şu yillar içida olimning tilşunoslik rivojiga bağişlangan qator asarlari çop qilindi. “Xorazm toponimlari”, “Geografik nomlarning lisoniy xususiyatlari”, “Joy nomlarining siri”, “Toponimika asoslari”, “Avesto va Xorazm onomastikasi tizimining şakllanişi” kabi monografiyalari, “Özbek tili” (Oliy öquv yurtlarining rus guruhlari uçun), “Umumiy tilşunoslik”, “Tilşunoslik asoslari” kabi öquv qöllanmalari, “Joy nomlarining izohli luğati”, “Jer atamalarыnыn qыsqaşa sezligi”kabi asarlarida özbek tilining, şu jumladan Xorazm şevalarining şakllanişi, taraqqiyot bosqiçi, boş­­qa turkiy tillar bilan öxşaş jihatlari va farqlarini tadqiq qiladi.

Bugungi kunda olimning 14 nafar şogirdi nomzodlik — falsafa fanlari böyiça doktorlik (PhD), ikki nafari doktorlik dissertatsiyasini yoqlaşdi, 30 nafardan ziyod şogirdlari magistrlik darajasini olişdi. Agar ular bilan suhbatlaşib qolgudek bölsangiz, ustozlari bilan haqli ravişda faxrlanişlarini, hamişa undan ibrat olib yaşayotganlarini aytişadi.

Olimning safdoşlari esa nuktadon olim, adolatparvar inson, igna bilan quduq qaziganday iş tutib, tinmay izlanişdan töxtamaydi, juda dadil, zakovatli inson deyişadi.

— Zarifboy yetti ölçab bir kesadi, — dey­di UrDU professori Hamdam Abdullayev, — uning siyratida qatʼiyatlilik, olimlik, şoirlik, sanʼatga moyillik, dilkaşlik, top­qirlik, ehtiyotkorlik kabi sifatlar mavjud. Şu sifatlari va bilimi bois hamişa ehtirom oğuşida umrguzaronlik qilib kelmoqda. Kimdir olim bölişi mumkin, biroq odam bölişi qiyin. Zarifboy olim odam, haqiqiy inson, yaxşi döst, ajoyib murabbiydir. U universitet uçun köp işlar qildi, yaxşi ilmiy kadrlar tayyorladi, fanda öz maktabini yaratdi.

Ayniqsa, Xorazm şevalarida mavjud bölgan ayrim sözlar qardoş xalqlarda ham uçraşi, özbek adabiy tilining boyişida ularning örni borligi, Hazrat Navoiy asarlarida işlatilgan köpgina sözlar bugungi şevalarda   mavjudligi haqidagi fikrlari diqqatingizni tortadi.

— “Xiva” sözini olib köraylik, — deydi olim, — uni har kim turliça izohlaydi. Birov quduqqa nisbat beradi. Emişki, sahrodan ötib borayotganlar bir quduqqa duç kelişibdi va suvini içib, “xey vah” deyişibdi. Şu bilan uşbu yerda makon tutib qolişibdi va Xiva atamasi şundan kelib çiqqan emiş. Aslida bunday emas, bu sözning asl maʼnosi   “kiçik qişloq” degan tuşunçani beradi. Biror atama paydo bölganidan söng yillar ötişi bilan harf yoki tovuş özgarişiga uçraşi tabiiy hol. Hozir işlatadigan sözlarimiz xuddi şunday jarayonlarni “boşidan keçirgan”.

Tilşunos taşqi reklama bannerlari yozilişida yöl qöyilayotgan xatolar, qator mahallalarda ayrim köçalar bir xilda nomlanayotgani haqida eʼtirozli fikrlar bildirişdan çarçamaydi.

— Özbek tili va adabiyot fani öqituvçilari jonkuyar, vatanparvar bölişi kerak. Vatanparvar bölmagan odam tilga eʼtiborsiz böladi. Til axir millatimiz belgisi, agar befarq, loqayd bölsak, tilimiz taqdiri nima böladi, til yöqolsa, millat yöqoladi, milliy merosimiz ham yöqqa çiqadi, deya qayğuradi olim.

Yana suhbat orasida tilşunoslik fani rivojiga hissa qöşayotgan şogirdlari köpligini faxr bilan taʼkidlaydi.

Taniqli olim yaqinda 75 yoşga töldi. Xorazm­ning birinçi toponimşunos olimining yubileyi vohada ilm ahllari davrasida keng nişonlandi. Tadbir öziga xos samimiy ruhda ötdi, keçani tilşunoslarning bayrami deb ham ataşdi.

Mehribon TILLAYEVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan