Klassik körinişdagi biznes yoxud Kremniy vodiysi yer şarini bitta tugma atrofida jamladi
Bugun dunyoni bir kungina internetsiz tasavvur qila olasizmi? Atigi bir kun “Facebook” yoki “Google” işlamasa, hamma işimiz ölda-jölda qolişi, şubhasiz. Ana unda göyo çölda qolgan yölovçiday his qilamiz özimizni. Bugun “Google”ning qidiruv tugmasi orqali biror nimani axtarar ekanmiz, u bir pasda istagimizni bajo keltiradi. Baʼzida yonimizdagi eng yaqin hamrohimizdan ham köra, “Google” bizning xohişlarimizni töğri anglab muhayyo qilayotgandek. Çunki uning xotirasi biznikidan ança mustahkamdir. Darvoqe, bizning miyamizdan ham aqlliroq bu kabi ixtironi dunyoga keltirgan joy qayer ekanligi hammamiz uçun qiziq, şunday emasmi?
Gollivudni köpçilik yaxşi biladi. Butun dunyo kinoçilarining, kino sanʼati va sanoatining poytaxtiga aylangan gözal bir şahar. Xuddi ana şunday butun dunyo ilm-fan ahlining, texnikasining, ixtirolarning markaziga aylangan bitta maskan bor bu — AQŞdagi Kremniy vodiysidir. Uni baʼzan Silikon vodiysi deb ham ataşadi. Jurnalist Don Xefler bu atamani ilk bor 1971 yilda isteʼmolga kiritgan. Uning maqolalarida Kaliforniya etaklaridagi maskanning Kremniy vodiysi, deb tilga olinişi bu atama tarixini va ommalaşuvini kengaytirdi.
Silikon vodiysi — San-Fransisko körfazining qirğoği böylab, Menlo Park va San-Xose şaharlari örtasida bir milya (taxminan 1,6 km) kiçik masofa. Axborot texnologiyalari sanoatining muvaffaqiyati Silikon vodiysidan taşqarida, ayniqsa San-Fransisko körfazining şarqiy va şimoliy qismlarida iqtisodiy rivojlanişiga turtki bergan.
Silikon vodiysida atigi 2 million aholi istiqomat qiladi. Aholi soniga köra bu hudud Şveysariya bilan taqqoslanadi, ammo Parij va uning atrofidan kiçikroq joydir. Vodiyda bitta muhim xususiyat mavjud (boşqalar qatorida!) — sanoat va taʼlim örtasida eng yaqin munosabat örnatilgan. Şuning uçun bu yerga nafaqat ixtiro qilişni xohlovçilar öqişga keladi, balki kelajakdagi işbilarmonlar — pul işlaşni xohlovçilar ham taşrif buyuradi! Ikki yillik boşlanğiç kasb-hunar taʼlimi beradigan munosib jamoat kollejida bir yil öqiş 6-7,5 ming dollarni taşkil etadi! Bunday ikki yillik taʼlimdan söng çet ellik talabalar AQŞda iş boşlaş imkoniyatiga ega böladilar!
“Google”, “Amazon”, “Twitter”, “Facebook”, “Apple”, “NASA”ga asos solingan şaharda turiş hammani hayajonlantirişi aniq. Axir şundoq yonginangizda butun dunyo aholisini bitta tugmaça atrofida jamuljam etadigan buyuk ixtirolar yaratilgan bölsa…
Bu yerda köpçilik ertalabki soat 7.30da avtomaşinada işga otlanadi. Şaharda çekuvçilar juda kamçilikni – 1,5 foizni taşkil etadi. Axborot texnologiyasi böyiça faoliyat olib boradigan mutaxassislarning oylik maoşlari boşlanğiç körinişi yiliga 100 ming AQŞ dollarini taşkil etadi. Vraç va advokatlar esa yiliga 200 ming AQŞ dollari oylik olişadi. Albatta, bu bizning Özbekiston şaroitidagi oylik maoşlar bilan taqqoslanganda “Ö-ö-ö” degan taajjubni paydo qiladi. Biroq xarajatlar ham kirimga yaraşa-da! Ijara uylari oyiga 3000 dollardan boşlanadi. Ikki qavatli uylarni 1 mln. dollardan 5 mln. dollargaça bölgan narxda sotib oliş mumkin. 300-400 dollarga bir haftalik oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilsa böladi. Avtobus çiptasi esa 2,25 va bir bak benzin 60 dollar turadi. Stenford galereyasini tomoşa qiliş esa tekin.
San-Fransisko janubi-şarqidagi uşbu hudud qanday qilib va nima uçun yangi nom, yangi hayotga ega böldi? Bundan 250 yil oldin, hozirgi Kaliforniya Yangi Ispaniya deb nomlangan va na Meksikaga va na AQŞga tegişli bölgan.
Ha, darvoqe, Kremniy vodiysining tamal toşi Stenford universitetida qöyilgan. Dunyodagi eng nufuzli taʼlim muassasalaridan biri Stenford universiteti, senator va Kaliforniya ştatining sobiq gubernatori Leland Stenford oilasidagi fojia tufayli paydo bölgan. Uning yagona öğli, Leland 15 yoşida içterlamadan vafot etadi va ota-onasi universitet oçiş orqali uning xotirasini abadiylaştirişga qaror qilişadi.
1885 yilda ular Palo Alto yaqinidagi özlarining 8000 gektarlik xöjaligida talabalar şaharçasini (3300 gektar) qurişni boşladilar va 1891 yilda Leland Stenford kiçik universiteti rasman oçildi. Universitet şiori — “Erkinlik şamoli esmoqda” bölib, diniy bölmagan, erkaklar va ayollar uçun qulay, nafaqat gumanitar, balki aniq fanlarni ham örgatadigan Stenford özida dinamik tarzda rivojlanayotgan mamlakatning barça zamonaviy tendensiyalarini birlaştirdi. Bu yerda ular gumanitar fanlar, biologiya va psixologiya bilan ham şuğullanadilar.
Vodiyni rivojlantirişning muhim qadamlaridan biri Stenford sanoat parkini yaratiş edi. Ikkinçi jahon uruşidan keyin Stenford universitetida talabalar soni keskin oşdi va qöşimça mablağga ehtiyoj paydo böldi. Universitet katta maydonga ega edi (taxminan 32 km²), uni sotiş huquqi yöq edi (Universitet asosçisi Leland Stenford uni sotiş huquqini bermagan). Bunday vaziyatda muhandislik fakulteti dekani, professor Frederik Terman yerni ofis parki sifatida foydalaniş uçun uzoq muddatli ijaraga berişni taklif qildi. Şunday qilib, taʼlim muassasasi yerni ijaraga berişdan daromad olişni boşladi va kompaniyalar lizing vositalaridan foydalanişlari mumkin edi. Yuqori texnologiyali kompaniyalar uçun bunday ijaraga çeklovlarning kiritilişi universitetning ikkinçi asosiy muammosini hal qilişga imkon berdi.
Professorning loyihasi asosida 1951 yilda Stenford texnoparki oçildi. Bu yerda talabçan olimlar va muhandislar özlarining ğoyalarini hayotga tatbiq etadigan ofis, laboratoriya va işlab çiqariş binolarini imtiyozli şartlarda ijaraga olişadi. Bugungi kunda 162 ta bino 140 ta kompaniyaning 23 ming xodimi işlaydigan texnopark uşbu hududda joylaşgan. Şunday qilib, uşbu park yer şarini lol qoldiradigan ixtirolarni yaratayotgan eng buyuk olimlar maskaniga aylandi.
Köpgina kompaniyalarning taşkil etilişi va rivojlanişi haqidagi hikoyalar şu qadar dramatikki, ular allaqaçon suratga olinmoqda. Masalan, boş qahramonlar Bill Geyts va Stiv Djobs iştirokidagi “Silikon vodiysining qaroqçilari” filmida şaxsiy kompyuter ixtirosi haqida hikoya qilinadi. Ikkinçi jahon uruşining tugaşi vodiyda ilm-fanning rivojlanişiga yangi turtki berdi. Uruş tugamasdan ham, AQŞ hukumati faxriylarni taʼlimni qöllab-quvvatlaş dasturini yaratgandi. Bu köplab taʼlim muassasalarini, şu jumladan Stenfordni “yangi qon” bilan taʼminladi va universitetning öziga hukumat tomonidan kiritilgan sarmoyalar uning texnik imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi.
Vodiy tarixida va uning davlat bilan özaro aloqalarida alohida eʼtiborga loyiq bölgan yana bir obʼyekt — bu Stenford tadqiqot instituti — bu ötgan asrning tölaqonli innovatsiyalar markazidir. Aynan şu yerda dunyodagi birinçi kompyuter YENIAS işlab çiqilgan va qurilgan. Birinçi robot ham şu yerda yaratilgan edi. Bugungi kunda köplab aerokosmik kompaniyalar Silikon vodiysida joylaşgan bölib, ularga davlat tomonidan yordam körsatiladi. Bu, öz navbatida, nafaqat harbiy texnologiyalarni kuçaytirişga, balki özlarining tijorat loyihalarini faol ravişda rivojlantirişga ham imkon berdi. Bu klassik körinişdagi biznes edi.
Bell Laboratoriyes tadqiqotçilari Uilyam Şokli va Uolter Bratteyn qattiq jismlarning yarimötkazgiç qurilmasi — tranzistor nazariyasini işlab çiqdilar va 1956 yilda fizika böyiça Nobel mukofotiga sazovor bölişdi. Kaliforniya qonunçiligiga köra, qonuniy işlarga xalaqit beradigan har qanday şartnoma haqiqiy emas. Aynan şu haqiqat Kremniy Vodiysi faoliyatining huquqiy poydevoridir, bu yerda yuzlab va ehtimol minglab kompaniyalar öz sohalarida erkin raqobatlaşadilar.
1959 yil boşida Feyrçildning asosçilaridan biri bölgan Robert Noys kremniyga asoslangan birinçi mikrosxemani yaratdi. Intel asosiy kuçlarini yarimötkazgiçli xotirani rivojlantirişga qaratdi. Va u muvaffaqiyatga erişdi, 1970 yilda magnit yadrolarini almaştiriş uçun birinçi bir kilobaytli çipni işga tuşirdi. Bir yil ötgaç, kompaniya elektron kalkulyator uçun bir qator mikroçiplarga buyurtma oldi.
Ikkinçi jahon uruşidan söng AQŞ Mudofaa vazirligi öz telegraf va telefon tarmoğining zaifligidan xavotirga tuşdi. Bitta muvaffaqiyatli bombardimon butun aloqa tizimini butunlay yöq qildi. Bu yerda Internet protokoli işlab çiqilgan bölib, u har qanday axborot tarmoqlarini bir joyga töplaş imkonini berdi. Yangi loyiha Internet, deb nomlandi. Uzoq vaqt davomida faqat matnli belgilar uzatilgan, faqat mutaxassislar va kompyuter muxlislari uni qanday boşqarişni bilişgan xolos.
Biroq Internetda maʼlumot topiş oson bölmagan. Ikkala aspirantlar Sergey Brin va Larri Peyj Stenford universiteti kutubxonasi uçun qidiruv tizimini işlab çiqdilar. Bu juda muvaffaqiyatli bölib, u tezda veb-saytga tarqaldi va 1996 yilda mualliflar “google”ni röyxatdan ötkazdilar. Bu esa butun dunyoni internet tarmoğida birlaştirdi.
“Apple” şaxsiy kompyuterining tarixi Silikon vodiysi mexanizmi qanday işlaşining aniq namunasidir. 1971 yilda Kupertinodagi örta maktab öquvçisi Stiv Jobs birinçi bor öspirinlar klubiga keldi. Bu yerda Jobs Stiv Voznyak bilan tanişdi, u allaqaçon kompyuter uyasini yiğib qöygan edi. Ular döstlaşdilar va birgalikda dunyoni özgartirişga möljallangan “Apple” — Olmani ixtiro qildilar.
Şubhasiz, Stiv Jobs özining barça öziga xos xususiyatlarini “Apple”da kördi. Ammo uning muvaffaqiyati bugungi kungaça Silikon vodiysini örab turgan, Tesla yoki Facebook singari dunyoni özgartiruvçi startaplarda ham öz muhrini qoldirdi.
Silikon vodiysining asl inglizça nomi yarimötkazgiçli qurilmalar (diodlar, tranzistorlar, mikrosxemalar) işlab çiqarişda silikonni yarimötkazgiç sifatida işlatişdan kelib çiqadi. Buni biz kimyo fani orqali yaxşi bilamiz. Vodiyning texnologik markaz sifatidagi tarixi aynan şu sohadan boşlandi.
2006 yil maʼlumotlariga köra, Silikon vodiysi Qöşma Ştatlardagi Nyu-York va Vaşingtondan keyin uçinçi örinda turadi (yuqori texnologiyalar böyiça 225,300 iş joyi). Boşqa manbalarga köra, San-Fransisko körfazida 386 mingdan ziyod axborot texnologiyalari mutaxassisi işlaydi, bu esa Silikon vodiysiga Qöşma Ştatlardagi eng yirik texnologik markaz sifatida qaraş huquqini beradi. Iş bilan band bölgan har 1000 kişiga 286 axborot texnologiyasi xodimi töğri keladi.
Rus blogeri Yuriy Dudning maʼlumotlariga köra, juda köplab ruslar Kremniy vodiysida taniqli dasturçi sifatida faoliyat olib borişmoqda. Kremniy vodiysida bu sohani tölaqonli örganişga bel boğlagan özbekni uçratiş mumkinmi? Yoki muhojirotdagi özbeklar faqat bola va qariyalarni parvarişlaş, tozalik işlari bilan şuğullanadimi? Ixtirolar poytaxtining şamollari yurtimizga ham yetib kelsa edi, deb umid qilamiz. Zotan, butun dunyoda malakali dasturçilarga, mahoratli texnik mutaxassislarga ehtiyoj katta bölgan bir paytda bu soha bizning yurtda ham taraqqiy etişini istaymiz. Qölbola dasturçilar emas, asl dasturçilarga muhtojroqmiz.
Gözal BEGIM
