Kelajak uçun muhim qadamlar
Yoşlar — mamlakat kelajagi va ertamiz egalaridir. Tibbiyot sohasini tanlagan yoşlar esa mamlakat aholisining salomatligi uçun masʼuliyatni zimmasiga ololadigan bölajak şifokorlardir. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari esa sohaning yetuk mutaxassislarini yetiştirib çiqaruvçi muhim dargohlardan hisoblanadi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ham 70 yildan buyon nafaqat respublika, balki xalqaro miqyosda ham şifokorlarni yetiştirib berişda yetakçilik qilmoqda. Hozirga qadar institut bitiruvçilari orasidan yuqori marralarni zabt etgan, dunyo miqyosida taniqli bölgan şifokorlar köpçilikni taşkil etadi.
Yillar davomida institut har taraflama ösiş va rivojlaniş yöllarini bosib ötdi.
Joriy yilning 15-16 aprel kunlari Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev viloyatimizga taşrifi davomida tibbiyotda Andijon brendini yaratiş böyiça barça imkoniyatlar borligini taʼkidladi.
Taʼkidlaş joiz, ötgan yili 650 örinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga ötkazilib, uni taʼmirlaş va jihozlaşga 180 milliard söm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtning özida ham öqiş, ham amaliyot ötaş imkonini beradi.
Institutimizdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqiçda baholaş tizimini yölga qöyiş, klinika yoniga travmatologiya, pediatriya va jarrohlik, ginekologiya bölimini qurib, klasterga aylantiriş taşabbuslari qöllab-quvvatlandi. Institut klinikasida amalga oşirilayotgan quriliş-taʼmirlaş işlarini yakunlaşni jadallaştiriş va jihozlaş uçun 100 milliard söm ssuda ajratilişi belgilandi.
Simulyatsion markazda sinovdan ötgan tibbiy xodimlarga qöşimça 100 foiz ustama beriladigan böldi.
Şuningdek, Davlatimiz rahbari hozir 2 ming nafar namanganlik yoşlar Andijonga qatnab öqiyotganini hisobga olib, Namangan davlat universitetidagi tibbiyot fakulteti Andijon tibbiyot instituti filialiga aylanişi, bu filial keyinçalik mustaqil oliy öquv yurti darajasiga olib çiqilişi, Andijon tibbiyot institutiga esa universitet maqomi berilişini aytib ötdi. Bu esa, albatta, institutimizning fidoyi, jonkuyar jamoasiga bildirilgan yuksak işonç deb bilaman. Bu işonçni oqlaş uçun yanada kuç-ğayrat hamda şijoat bilan harakat qilamiz.
Institutimizda xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalar soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda ular 1000 nafardan ziyod.
Şuni inobatga olgan holda Prezidentimiz Qirğiziston, Tojikiston, Xitoy va Hindistondan kelib öqimoqçi bölganlar hisobiga, viloyatda tibbiy taʼlim eksportini yiliga 20 million dollardan oşiriş mumkinligini taʼkidladi. Mutasaddilarga xorijdan kelib öqiyotgan talabalar uçun “talaba vizasi” joriy qiliş böyiça bir oyda taklif kiritiş topşirildi. Bu ham, albatta, institutimizga xorijdan kelib öqiş istagini bildirgan yoşlarga yanada qulaylik yaratadi.
Institutimiz klinikasida faoliyat yurituvçi 150 nafar yoş mutaxassis dunyoning rivojlangan mamlakatlariga borib, malakasini oşirib qaytdi. Ular klinikada mustaqil ravişda yuqori texnologik davolaş muolajalarini amalga oşiriş tajribasiga ega. Bu, albatta, tibbiy turizmni rivojlantirişga ham turtki beradi. Ayni bu borada tibbiy turizm sohasidan 1 million 200 ming dollarlik mablağ tuşiriş rejamiz bor.
Bundan taşqari, klinikada barça turdagi operatsiyalar bajariladi. Qöşimça 4 ta bölim qurilib, koykalar soni 850 taga yetkaziladi. Bu amalga oşirilayotgan işlar bemorlarning qulay şaroitlarda sifatli tibbiy xizmatdan foydalanişlari, talabalarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan teng olib borişlari uçun keng imkon bergani holda, dual taʼlimning yorqin andozasi sifatida namoyon böladi.
Hozirda 20 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi jarrohligi öz mutaxassislarimiz tomonidan amalga oşirildi. Klinikamiz foydalanişga topşirilgandan söng, şifokorlarimiz respublika ixtisoslaştirilgan jarrohlik markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda jigar transplantatsiyasi jarrohligini ötkazadi. Amerika Qöşma Ştatlarining dunyo reytingida top-100 talikdan 3-örinni egallab turgan Klivlend klinikasi mutaxassislari 1 yil davomida klinikamizda bölib, yurak-qon tomir operatsiyalarini yölga qöyib, jarayonlarga institutimiz mutaxassislarini jalb etgan holda mahorat darslarini ötkazişi rejalaştirilgan.
Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot instituti xorijning yetuk tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan mustahkam hamkorlikni yölga qöygan. Yildan-yilga aloqalar doirasi kengayib bormoqda.
Andijon davlat tibbiyot instituti hozirga qadar 60 dan ortiq xorijiy tibbiyot universiteti, institutlari qoşidagi klinikalar bilan hamkorlik örnatgan (Italiya, Hindiston, Portugaliya, Rossiya, Slovakiya, Ukraina, Janubiy Koreya, Xitoy, Germaniya, Belarus, Polşa, Liviya, Turkiya, Malayziya, Pokiston, Qozoğiston Respublikasi, Qirğiziston Respublikasi va hokazo). Hozirda jami 105 ta xalqaro şartnomamiz mavjud.
Institutimiz dunyoning qator rivojlangan davlatlaridagi nufuzli oliy öquv yurtlari bilan ham hamkorlikni yölga qöygan. Ayniqsa, Rossiya Federatsiyasidagi tibbiyot oliy öquv yurtlari, tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorligimiz yangi bosqiçga kötarildi.
Ayni kunda institut Rossiya Federatsiyasi Privoljskiy nomidagi tibbiy tadqiqot universiteti bilan stomatologiya (yuz-jağ jarrohligi), klinik ordinatura (1+1) yönalişida, Doğiston davlat tibbiyot universiteti bilan stomatologiya bakalavriat taʼlimi (3+2) yönalişida, şuningdek, Qozon federal universiteti, I. P. Pavlov nomidagi Birinçi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti, Sankt-Peterburgdagi I. I. Meçnikov nomli şimoli-ğarbiy davlat tibbiyot universiteti, V. A. Almazov nomidagi milliy tibbiy tadqiqot markazi bilan yaqin hamkorlik aloqalarini örnatgan.
Jumladan, ana şu hamkorlik doirasida 2019 yilda Doğiston davlat tibbiyot universiteti bilan stomatologiya yönalişi böyiça bakalavriat taʼlimi yönalişida taşkil etilgan 3+2 qöşma taʼlim dasturi doirasida bugungi kunda 47 nafar talaba tahsil olmoqda.
Institut professor-öqituvçilari, mutaxassislarining Rossiya Federatsiyasi oliy öquv yurtlari, tibbiyot markazlarida tajriba va malakasini oşiriş borasida ham eʼtiborga molik işlar bajarilmoqda. Xususan, 2023-2024 yillarda 45 nafar institut öqituvçi-mutaxassisi Rossiya davlatida malaka oşirib qaytdi.
Şu bilan birga, Germaniya davlatining qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari hamda institutimiz örtasida mustahkam hamkorlik yölga qöyilgan.
2024 yilning iyun oyi avvalida bir guruh delegatsiya aʼzolari bilan birgalikda Germaniya Respublikasida xizmat safarida bölib qaytdik. Unda Rostok universiteti rektori, professor Elizabet Prommer, tibbiyot fakulteti dekani, professor Krauze va bölim boşliqlari bilan uçraşuv ötkazildi. Döstona ruhda ötgan uçraşuvda ikki oliy taʼlim muassasasi örtasida ilm-fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, qöşma ilmiy faoliyat, ilmiy-tadqiqot işlari, doktoranturani rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratildi. Tibbiy yordam, diagnostika va davolaşni rivojlantirişga innovatsion yondaşuvlar, innovatsion radiologiyani, xususan, urologik onkologiya, klinik radiologiya sohalarida mutaxassislar tayyorlaşni rivojlantiriş, Rostok universiteti klinikalarida malaka oşirişni joriy etiş yuzasidan kelişuvga erişildi.
Rostok universiteti klinikasi radiologiya bölimi rahbariyati bilan ötkazilgan uçraşuvda esa yangi innovatsion yönalişlarni joriy etiş böyiça hamkorlikda iş olib boriş masalasi muhokama qilindi. Unga köra, klinikaga onkologik kasalliklarni taşxislaş va davolaşning yangi zamonaviy usullarini joriy etiş, ikki bosqiçli jarayondan iborat bölgan Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlarining (rentgenologlarning) malakasini oşiriş, diagnostika — MRT, MSKT sohasidagi kasbiy bilimlarni oşiriş, PET diagnostikasini joriy etiş va özlaştiriş böyiça fikr almaşildi. Şuningdek, onkourologiya sohasida zamonaviy davolaş usullarini işlab çiqiş, Rostok universiteti kasalxonasining yutuqlari asosida saraton kasalliklarini davolaşda zamonaviy innovatsion maqsadli terapiyani işlab çiqiş va joriy etiş, saraton bilan kasallangan bemorlarni samarali davolaş uçun zamonaviy farmatsevtik preparatlardan foydalaniş imkoniyatlarini körib çiqiş muhokama qilindi va ikkala tomon ham uşbu sohalarni rivojlantirişga kelişib olişdi.
Mazkur safar doirasida Berlin şahridagi Xelios klinikasi va Andijon davlat tibbiyot instituti örtasida mutaxassislarning Klinik onkologiya va radiologiya böyiça malaka oşiriş, yangi texnologiyalarni özlaştiriş yönalişida hamkorlik qiliş töğrisida kelişib olindi.
Berlin universiteti Tibbiyot fakultetining içki kasalliklar, pulmonologiya va somnologiya kafedrasi mudiri, professor Ingo Fitse bilan ilmiy va akademik sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar uçun masofaviy maʼruzalar ötkaziş, akademik va talabalar almaşinuvi mavzulari körib çiqildi. Klinik tadqiqotlar, malaka oşiriş, murakkab operatsiyalarni ötkaziş, öpka va prostata bezi onkologiyasining zamonaviy diagnostikasi va maqsadli davolaş usullarini joriy etiş uçun Andijon davlat tibbiyot instituti klinik bazasiga germaniyalik mutaxassislarni jalb etiş böyiça hamkorlik töğrisida şartnoma imzolaşga kelişib olindi.
2023 yilda Andijon davlat tibbiyot institutida Koreya milliy transport universiteti bilan hamkorlikdagi Xalqaro qöşma taʼlim dasturi fakulteti “Parameditsina” yönalişi faoliyati yölga qöyilgan. Hozirda uşbu yönalişda 1-2-bosqiçda 16 nafar talaba tahsil olmoqda.
2024 yilning noyabr oyida Janubiy Koreyada xizmat safarida bölib qaytdik. Unda Janubiy Koreya milliy transport universitetining Dongdaemun-gu şahridagi öquv binolaridan birida, Çeju Halla universiteti, Daegu şahridagi Keimyung universitetida bölib, qator uçraşuvlar ötkazdik. Mazkur uçraşuvlar davomida oliy taʼlim muassasalarimiz örtasida parameditsina yönalişi böyiça qöşma taʼlim dasturining keyingi bosqiçlarini yölga qöyiş böyiça hamkorlik memorandumi imzolandi hamda kelgusida amalga oşiriladigan ilmiy aloqalar, akademik mobillik va talabalar almaşinuvi, malaka oşiriş kabi masalalar muhokama qilindi hamda qator kelişuvlarga erişildi.
Safar davomida delegatsiya aʼzolari “Smart city” markazi faoliyati, Koreya SJ taşkilotida hamda Dongdaemun-gu xalqaro aeroportida ötkazilgan turli favqulodda vaziyatlarda paramediklarning jarohatlanganlarga birlamçi yordam körsatişi — yurak va öpka reanimatsiyasi, jarohat boğlovlari va ambulatoriyaga evakuatsiya qiliş maşğulotlarida iştirok etdik.
Joriy yilda institutimizning parameditsina yönalişi qöşma taʼlim dasturi talabalari talaba almaşinuvi doirasida Janubiy Koreyaning milliy transport universitetida öquv jarayonlarini ötkazib qaytdi.
2023 yilning sentyabr oyida ötkazilgan Özbekiston — AQŞ soğliqni saqlaş haftaligi doirasida “Uzbek American Medical Association” (Özbek-Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi) bilan, Amerikaning Pittsburg universiteti, “CyberPatient” kompaniyasi rahbari bilan qator uçraşuvlar ötkazilib, hamkorlik memorandumlari imzolandi. Şuningdek, uşbu kelişuvlar asosida bugungi kunda amaliy işlar yölga qöyilgan. Jumladan, Amerika Qöşma Ştatlarining Milliy universiteti (“National University”) professorlari institutimizga kelib, öqituvçilar va talabalarga mahorat darslari ötkazdi. Ular bilan hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş yuzasidan kelişuvlarga erişdik. Institutimizning köplab mutaxassislari AQŞda malaka oşirib, öz bilimlarini boyitib kelmoqda.
Gospital pediatriya kafedrasi mudiri Maʼrifat Ğaniyeva AQŞning “Rozalin Franklin” tibbiyot va fan universitetida (“Rosalind Franklin University of Medicine and Science”) “Bolalardagi yuqumli kasalliklar va bolalar immunologiyasi” yönalişlarida malaka oşiriş dasturlarida iştirok etib qaytdi.
Institut magistranti Javohir Mahamatjonov AQŞdagi “University Hospital of Brooklyn” şifoxonasida magistrlik ilmiy işi yuzasidan ilmiy amaliyot ötab, bilimlarini yanada boyitib keldi.
Boşqa xorijiy oliy taʼlim muassasalari va klinikalar bilan ham mazkur masalalar doirasida hamkorlikni amalga oşirib kelmoqdamiz.
Şu bilan birga institutning moddiy-texnik bazasiga ham alohida töxtalib ötiş joiz. Boisi, yetuk malakali kadrlarni tayyorlaşda qulay muhit, nazariya va amaliyotning uyğunligi muhim.
Institutimiz talabalari sonining keskin ortib ketganligi sababli Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 iyundagi “Yangi Andijon” şaharçasini barpo etiş va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-5154-son qaroriga asosan institut klinikasi hududidagi 2 gektar yer maydonida institutning 2000 öringa möljallangan yangi öquv binosi qurib, foydalanişga topşirildi.
Bino 7 qavatdan iborat bölib, har bir qavatda 28 ta xona mavjud. Barça öquv xonalari interaktiv doskalar va zamonaviy öquv jihozlari bilan taʼminlangan.
Öquv binosida umumiy 12 ta maʼruza zali mavjud. Binoning 2-qavatida jahon standartlariga mos katta imkoniyatlarga ega simulyatsiya markazi joylaşgan. 3-qavat stomatologiya yönalişlari uçun möljallangan bölib, eng zamonaviy stomatologik asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan. Binodan, asosan, klinik kafedralar örin olgan. Institut klinikasi va mazkur öquv binosi örtasida telemeditsina tizimi yölga qöyilgan.
Unda klinikaning jarrohlik bölimlarida amalga oşirilgan operatsiyalar töğridan-töğri öquv xonalariga translyatsiya qilinadi. Talabalar uşbu jarayonda şifokorga öz savollarini beriş va unga şu paytning özida javob oliş imkoniyatiga ega böladi.
Binoning 5-qavatida 420 örinli faollar zali örin olgan. Garderob, 400 örinli oşxona professor-öqituvçilar va talabalarga qulaylik yaratiş maqsadida şay holatga keltirildi.
Şuningdek, institutning Markaziy ilmiy-tekşiriş laboratoriyasi ham qurib bitkazildi. Uşbu bino 4 qavatdan iborat bölib, 400 öringa möljallangan. Binoda 30 ta öquv xonasi, 21 ta laboratoriya xonasi, 1 ta maʼruza zali, 28 ta kafedra mudiri va yordamçi xonalari mavjud. 1 qavatli vivariy binolari, taşqi yordamçi bino va inşootlarida quriliş işlari yakunlaniş arafasida.
Tibbiyot oliy öquv yurtimiz 2024 yilda qator yutuqlarga erişdi va bu institutimizning 70 yilligiga munosib tuhfa böldi.
Dunyo universitetlarining xalqaro reytingi — “UI Green Metric World University Ranking” (Yaşil universitetlarning global reytingi) da Andijon davlat tibbiyot instituti ham eʼtirof etildi va sertifikat bilan taqdirlandi.
Andijon davlat tibbiyot institutining davolaş işi (özbek, rus va ingliz tilida), stomatologiya fakultetlari taʼlim dasturlari Qozoğiston Respublikasining “ECAQA” (“Eurasian Sentre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care”) markazi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan ötkazildi.
Bularning barçasi institutimiz professor-öqituvçilarining hamjihatlikdagi samarali mehnatlarining, fidokorliklarining natijasidir.
Ilmiy faoliyatda ham yutuqlarimiz talaygina. Birgina 2024 yil misolida aytganda, institutimizning 4 nafar professor-öqituvçisi Soğliqni saqlaş vazirligining “Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş aʼloçisi” kökrak nişoni, 4 nafari taşakkurnoma, 7 nafari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim aʼloçisi” kökrak nişoni, 1 nafari vazir faxriy yorliği, institut professor-öqituvçilarining 40 nafari viloyat hokimi faxriy yorliği bilan taqdirlandi. Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri Xudayberdiyev Qobil Tursunoviç II darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni bilan mukofotlandi, “Yilning eng yaxşi şifokori” tanlovining respublika bosqiçida “Yilning eng yaxşi neyroxirurgi” nominatsiyasi böyiça 1-örinni egalladi.
“Koreya Xalqaro ixtiroçi ayollar körgazmasi “KIWE” — 2024”da Koreya ixtiroçi ayollari assotsiatsiyasi tomonidan Gospital pediatriya kafedrasi dotsenti Xurmatoy Kamçiyevna Xankeldiyeva oltin medal bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda institutimizda 950 nafar öqituvçi faoliyat yuritadi. Ulardan 60 nafari fan doktori, professorlar, 256 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.
Viloyatning 160 ta birlamçi tizim davolaş muassasalariga amaliy yordam beriş maqsadida 132 nafar professor-öqituvçi masʼul etib biriktirildi. Ular tomonidan muntazam ravişda bemorlar tekşiruvi va zamonaviy standartlar amaliyotga kiritildi.
Joriy yilning 14 fevral kuni Davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoşlari bilan ötkazgan muloqotida bitiruvçilarning bandligini taʼminlaşga ham alohida töxtalib ötgan edi. Bu borada institutimizning joriy öquv yilidagi 2297 nafar bitiruvçisidan 800 nafardan ziyodi bugungi kun holatiga köra, iş bilan taʼminlangan. Xalqimizga sifatli tibbiy xizmat körsatişga şay, masʼuliyatli şifokorlarni tarbiyalaş bizning boş maqsadimiz va muhim vazifamizdir.
Madamin MADAZIMOV,
Andijon davlat tibbiyot
instituti rektori,
professor.
