Özbek matbuotiga nima yetişmaydi?

Bugungi özbek matbuotining ahvoli, uning kelajagi haqida jamoatçilik orasida turli fikrlar mavjud. Xususan, bosma ommaviy axborot vositalari bir paytlardagidek öquvçilar işonçi va eʼtiborini yana qozona oladimi? Biz haqiqatan ham davr talabiga mos, taʼsirli va kuçli jurnalistika yarata olyapmizmi?

Xöş, bugungi matbuotning kelajagi haqida nima deya olamiz? Fikri ojizimça, matbuotning, albatta, kelajagi bor. Çunki odamlarga axborot kerak. Hamişa, har kuni. Axborotni esa ularga matbaa naşrlari, ommaviy axborot vositalari yetkazadi. Ammo bugungi özbek matbuotining şu ketişdagi kelajagi qanday, desak-çi? Bunga men bir narsa deyişim qiyin. Sababi, u ösmayapti. Masalan, deysizmi? Masalan… bundan rosa ellik uç yil burun — 1972 yilda bir muallima “Qişloq xöjaligi jurnalistikasi” degan fandan bizga dars bergan. Hammamiz arifmetika bilan şuğullanardik. Bir gektar yerdan 32,5 sentnerdan kartoşka olinsa, 19,74 gektar yerdan qança hosil çiqadi? Yanagi darsda esa — ğalla yo paxta mavzusi. Uni suğoriş, kultivatsiya va oziqlantiriş matematikasi. Ammo maqola yoziş mahorati böyiça saboq berilmas edi. Çunki sovet matbuoti sahifalari gektarlar, sentnerlar bilan tölar edi.

Lekin qaysi daladan hosil yetmiş tonna çiqadimi yo sakson tonna, odamlarga buning nima farqi bor edi? Biz bunga şu qadar örgandikki, kuzda hamma paxta “svodka”sini kutardi, göyo frontda neça çaqirim yer duşmandan ozod qilingani töğrisidagi maʼlumotni kutgan komandirlar kabi.

Hozir-çi? Olislab ketdikmi öşa matbuotdan? Menimça, u qadar siljiy olmayapmiz. Hamon qaysi bank qaysi fermerga yo klasterçiga qanaqa foiz bilan ötgan yilda qança milliardu qança million söm kredit bergani, allaqaysi çet el kompaniyasi yilni qança sof daromad bilan yakunlayotgani, qay bir öğit zavodi “joriy yilda” qança maʼdaniy öğit işlab çiqargani yozilaveradi, yozilaveradi… Bizdagi aksariyat matbuot naşrlari özini hamon statistika idoralariga taalluqli deb öylaşadi çoği. Eng nufuzli gazetalarimiz ham axborotga töla, ammo bu “axborot” deyarli köpçilikka kerak emas — tört yoki olti betlik gazetani bir-ikki daqiqa içida “öqib” bölasiz. Aslida öqiydigan, öqişga arziydigan heç vaqosi yöq. Rasmiy xabarlar ham şu qadar hissiz va quruq yoziladiki, heç narsa yodingizda qolmaydi.

Nega?

Çunki köp özbek jurnalistlari fikriy yalqovlik, ösişga, yangilik yaratişga intilmaslik kasalligiga çalingan. Prezidentimiz talab qilayotgan, kutayotgan, öquvçilar istayotgan jasorat yetişmaydi. Jonni jabborga bermay, yetmiş-sakson yillik hamma yurgan eski yöldan yuraveriş oson-da. Aslida öşa hosilni kötarayotgan dehqon, har kuni minglab odamlarni taşiyotgan haydovçi, yangi qotişma ixtiro qilayotgan metallurg bilan suhbatlaşiş, bir odam sifatida… öşa qurib ketgur işidan taşqari… yana nima fikr-xayollari, dardu taşvişlari, intilişlari bor — mana şularni yozsak, hamma öqir edi-ku-ya…

SERHADIK ODAMLAR

Bir telejurnalistni bilardim. Hozir xorijda. Beş yilça burun uning bir boğbon bilan suhbatini televizorda körgan edim. Odatda, boğbon bilan yo olma “çappor urib” gullagan, yo bölmasa, mevalar yerga tekkuday bölib ğarq pişgan paytda, şularning fonida intervyu olinar edi. U esa boğbon bilan keç kuzda — barglar tamom tökilgan, bittayam mevasi qolmagan olmazorda eski ikkita kursiga ötirvolib, sovuqda dillaşişdi. Savollar ham biz örganmagan, noodatiy savol. “Hakim aka, tasavvur qiling: birdan boyib ketdingiz. Şunda dastlab nima qilgan bölar edingiz?”. Boğbon biroz öylanib, muxbirga tikildi. “Uka, boğbon bilan dehqon heç qaçon birdan boyib ketmaydi. Ammo… bir narsadan könglim xotirjam — bizning topgan pulimiz halol!”

Yana savol: “Sizga nima yoqmaydi?” Boğbon peşonasini uqalab, yerga tikildi: “Töğrisini aytaymi? Men hamma narsaga çidayman. Ammo nohaqlik yoqmaydi. Majlislarga çaqirişsa, hokimlarning yuziga qarab, oçiq ayta beraman, şuning uçun baʼzi kattalar meni yomon köradi”.

Mana buni — haqqoniy jurnalistika desa bölar. Jurnalist esa ijodiy ruhlanib, sal keyin bir asalariçi bilan suhbat qilgan ekan, kimdir ötkazişga ruxsat etmabdi — efirda ketmabdi. Bunday materiallarning kimga nima ziyoni bor, bilmadim.

Hamonki gap televideniye va radioga qarab burilgan ekan, tağin bir fikrimni qistirib ketay. Bizning telemuxbirlar nuqul majlislarni yoritişadi. Bu kişilar… iş ham qilişadimi, yo erta-yu keç majlisda ötirişadimi, deging keladi. Muxbirlar bir “Damas” bölib yetib borib, hali u, hali bu majlisni tasvirga oladi, tayyor “press-reliz”ni öqib berişadi. Faqat “hisobot” körsatuvlar…

Holbuki, hozir odamlar boşqa, umuman jamiyat boşqa. Axborot maydonida auditoriya uçun qattiq kuraş ketyapti. Bu kuraşga qöşilmay, çetda turgan, öziga muxlis töplay olmagan va bunga hatto urinmaydigan har qanday matbuot öladi. Çunki odamlar uçun boşqa önlab va yuzlab axborot manbalari mavjud, tanlaş imkoni köp.

BOSMA MATBUOT YAŞAB QOLADIMI?

Oçiği, bu qaltis savol javobini ham aniq aytolmayman. Buning ustiga, agar könglimdagi gapni aytsam, odamlar raddiya yozişsa ham ajab emas. Mayli, gapim bir “mulohaza” böla qolsin.

Avvalo, bosma matbuot ham yaşab qoladi, bu turgan gap. Matbuot, matbaa degan sözlarning özi “bosma” degani-ku. Ikkinçidan, elektron axborot şakllari har qança köpaygani bilan, eng rivojlangan Ğarb davlatlarida bosma naşrlar ham tobora köpayib boryapti, deb yozişadi.

Biroq boşqa bir fikr. Yodingizda bölsa, Sovet davlati yagona mafkurani singdiriş uçun matbaa naşrlarini köpaytirgan edi. Maktabda har bir sinfning devoriy gazetasi bölardi. Zavodlarda har bir sexda, kemalarda ekipaj aʼzolari uçun, harbiy qismlarda har bir vzvod — 33 kişilik guruhning ham devoriy gazetasi tayyorlanardi. Kolxoz-sovxoz, zavod va kombinatlarda esa köp nusxali gazeta — “mnogotirajka” bölişi şart edi. Hatto gazeta çiqaradigan tahririyatlarning ham öz devoriy gazetasi bölgiç edi. Buning ustiga, matbaa naşrlari juda arzon, qariyb suvtekin edi.

Bular tarixda qolib ketdi. Endi bu gaplarni aytişdan maqsadim, masalan, “tuman gazetasi” bölişi şart emas, degan fikrni yotiği bilan örtaga taşlaş. Ötgan yillari qaçon bu masala örtaga qöyilsa, şu paytgaça işlab kelgan xodimlarni kim boqadi, degan köndalang savol berilgan. Nima deymiz? Avvalo, bunday tahririyat xodimlari (har bir tumanda örtaça 3-5 kişi) hozir ham yoğ içida yaşayotganlari yöq. Obuna uçun kuraş — ular uçun tirikçilik manbaiga aylangan. Bunday gazetalar ijod maydoni emas, maoş oliş uçun bir manba bölib qoldi. Çunki davlat endi dotatsiya bermaydi, tuman hokimi onda-sonda ajratadigan arzimas “homiylik yordami” esa tiş kovagida qolib ketadi. Nafsilamrini aytganda, boşqa naşrlar ham kimlarnidir boqiş uçun oçilmasligi (yoki uşlab turilmasligi) kerak.

Gap faqat tuman gazetalari haqida emas. Men, umuman, bosma naşrlarning soni köpayişiga qarşiman. Çunki bunaqada birovning gapini birov eşitmaydi — bu jurnal yo gazetada çiqqan narsani boşqalar öqimaydi. Hozir mamlakatimizda mingga yaqin gazeta, tört yuzdan ortiq jurnal çiqar ekan. Bularni kim, qaçon öqiydi? Undan köra, soni ozroq bölsa ham, eng yaxşi gazeta va jurnallar hammaga yetib borgani yaxşi emasmi? Qiziq-da, hamma savodli, ammo bilimli odamlar kamaygan. Axborot asrida yaşab turibmiz, ammo axborotga zormiz…

Juda ğalati işlar bor-da şu yerda. Bugun har bir tarmoq öz naşrini oçgan. Hatto kömir qazuvçilarning “Kömir” degan gazetasi bor ekan. Oliy sud – özimizning gazetaga obuna qilamiz desa, IIV öz naşrini qöllasa, turli vazirlik va idoralar hamda kattaroq taşkilotlar ham gazetalarini qöllab-quvvatlaşi kerak. Bu nima, haqiqiy matbuot şumi endi? Aytaylik, qaçon bir kombinat naşri özidagi muammolaru kamçiliklarni yorita olardi? Heç qaçon!

Yoki yana bir işkal. Biron gazeta yo jurnalga bank yoki kompaniya pul ötkazadi, naşr esa uning işini maqtab çiqadi. Bu odatiy hol bölib qoldi hozir. Holbuki, “homiy”ning işlari xom bölişi ham mumkin-ku! Tanqid örniga maqtov sotib olinadi. Matbaa naşri sotiladi, haqiqat sotiladi…

SÖZ ERKIN BÖLMASA, U UMUMAN SÖZ EMAS!

Çet ellarni yaxşi bilmayman, ammo bizda erkinlik haqida emas, hadik haqida gapiriş töğriroq bölsa kerak. Odamlarga axborot yetib borişidan qörqiş kerak emas. Aksinça, vahima köpayadi, miş-miş urçiydi. Masalan, qaysiyam yili bir joyning tomi qor köpligidan bosib qolgan. Tört odam ölgan. Matbuot jim. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda hammasi aytilib yotibdi… Qöşib-çatilgan, yolğon gaplarni öz bilganlariça töqişyapti. Şu yerda haqiqiy jurnalistika kerak-da. Baribir oyni etak bilan yopib bölmaydi-ku. Goho qöşni şaharda yuz bergan voqeani çet el axborot manbalaridan eşitasiz.

Qiziq, hamma bilib bölgan narsani kimdan yaşiriş kerak? Yaxşi eslayman, 1966 yil boşida Toşkentda, Deklaratsiya imzolangan kunning ertasi Hindiston Boş vaziri Laʼl Bahodir Şastri vafot etgan. Tongdayoq butun dunyo bu xabarni bilib bölgan. Özbekistonning özida esa bu xabar hammadan keç — peşindan söng eʼlon qilingan. Ha, endi bu ötgan zamon voqeligi desangiz, bugun-çi, matbuotimiz davr talabiga mosmi, tezkormi?

Mustaqillikning ilk yillarida Özbekistonda senzura bekor böldi deb eʼlon qilingan kuni barça muharrirlarni yiğib, davlat sirlari oşkor qilinmasa böldi, buyoği erkin, deb aytişuvdi. Öşanda Ibrohim Ğafurov — u kişi öşa paytda “Milliy tiklaniş” gazetasi muharriri edi — savol berib: “Biz nimalar davlat siri ekanini bilmaymiz-ku, mayli, sirning özi kerak emas, ammo öşanday sohalar röyxatini beringlar, toki biz öşanga daxl qilmaylik”, deb aytuvdi, minbarda ötirgan öşa paytdagi bir rahbar öqrayib qarab: “Böpti, röyxat yetkaziladi”, degani yodimda. Ammo… öşa röyxatni, bilmadim, Marsdan olib keliş kerak ekanmi, hanuz muharrirlarga yetib kelganini  eşitmadik. Oqibatda har bir muharrir, hatto tahririyatlardagi bölim mudirlari ham, özini “senzor” sanaydi. Ajab, senzura gurillab turgan vaqtlari bemalol çiqadigan maqolam endilikda baʼzan qayçilab-qayçilab çop etiladi…

BLOGER JURNALIST BÖLA OLADIMI?

Yöq. Çunki blogerga vazifa yuklatilmaydi. U erkin quş. Jurnalistga esa, afsuski, topşiriq beriladi. Aksar jurnalistlar özi istagan emas, muharrir yuklagan mavzuni yoritadi.

Bloger — özi uçun yozadigan odam. Esdalik daftari kabi. Ana şu “xotira daftaringiz” qança qiziq bölsa, auditoriyangiz şunça keng böladi. Nazarimda, bizda bloger degani urçib ketişining sababi ham yuqoridagi gapga boğliq. Yaʼni, ommaviy axborot vositalarining aksari töğri gapni eʼlon qilişdan çöçiyversa, oçiq gapning yöli “andişa” deb tösilaversa, bloger zoti köpayaveradi. Hozir axborotni yaşiriş amrimahol.

Yana bir gapim şuki, agar qölimda bölsa, jurnalistik malakasi bölmaganlarga blogerlik qilişni taqiqlar edim. Buning söz erkinligiga daxli yöq. Çunki köp blogerlar saviyasizlik, axloqsizlikni tarğib etib, qadriyatlarimizni oyoqosti qilib bölsa ham pul topib, pirovard-natijada ommaviy axborot vositalarining ham obröyini tuşiryapti. Keçagina uy bozorda maklerlik, maşina bozorda, mol bozorida dallollik yoki qayerdadir ustaçilik qilib yurgan, yoxud umuman işining tayini bölmagan ayrim kimsalar  bugun özlariça “bloger” bölib olişgan, hamma telefoni uzra egilib sajda qilayotgan bir zamonda ularning “tirikçilik faoliyati”ni deb eng gözal milliy axloqimiz, anʼanalarimiz barbod bölmasa edi…

Zuhriddin ISOMIDDINOV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan