Ekologik ekspertiza atrof-muhit muhofazasini taʼminlay oladimi?
Bugungi globalizatsiya jarayonlarida dunyoning barça davlatlari qatorida mamlakatimizda ham ekologik siyosat xöjalik faoliyati va xizmat körsatiş jarayonlarida atrof-muhitga yetkaziladigan zararning oldini oliş yoki minimallaştiriş tamoyillariga asoslantirilgan holda olib boriladi. Ekologik ekspertiza faoliyati atrof-muhit muhofazasi tizimining muhim tadbiri bölib, mazkur jarayon rejalaştirilayotgan korxonaning ekologik talablarga muvofiqligini belgilaş hamda mazkur loyihani röyobga çiqariş mumkinligini aniqlaş imkonini beradi.
Sönggi vaqtlarda mamlakatimizning yirik aholi punktlarida, xususan, Toşkent şahrida atmosfera havosining ifloslaniş darajasi ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bunga iqlim özgarişlari bilan boğliq tabiiy omillar qatorida inson faoliyati bölgan antropogen omillar, yaʼni sanoat korxonalari hamda transport vositalarining taşlamalari ham sabab bölmoqda.
Yangi Özbekiston davrida mamlakatimizda işlab çiqariş korxonalari soni yildan-yilga köpayib bormoqda. 2020 yilda ular soni 85 mingtani taşkil qilgan bölsa, 2024 yil yakuniga kelib salkam 115 mingga yetdi. Biroq mazkur korxonalar faoliyati qaysidir darajada atrof-muhitga öz taʼsirini körsatadi, şu sababli ekologik ekspertiza qonunçiligiga asosan, ular ekologik ekspertiza obʼyektlari hisoblanadi.
Amaldagi ekspertiza qonunçiligida esa mazkur korxonalar öz faoliyatlarini boşlaşdan oldin davlat ekologiya ekspertizasidan ötkazilişi majburiyligi hamda ijobiy xulosasiz loyihalarni amalga oşiriş man etilganligi xuquqiy darajada belgilab qöyilgan.
Biroq mamlakatimizda ekologik ekspertiza ötkazişning xuquqiy asoslari ança eskirgan, bugungi global rivojlaniş va iqlim özgarişlari şaroitlarida ekspertiza obʼyektlariga qöyilayotgan ekologik talablar xalqaro talablarga javob bermaydi. Amaldagi “Ekologik ekspertiza töğrisida”gi qonun bundan salkam çorak asr oldin qabul qilingan bölib, undagi aksariyat normalar havola xususiyatiga ega ekanligi, qonunosti hujjatlarining esa tarqoqligi soha samaradorligiga salbiy taʼsir körsatmoqda.
Ekologik ekspertiza institutida iştirok etuvçilarning huquq va majburiyatlari körsatilmaganligi, ayrim ekspertiza jarayonlarining huquqiy mexanizmlari mavjud emasligi ham uşbu tadbirni amaliyotda keng qöllaşning çeklanişiga sabab bölmoqda edi. Bunda ekologik ekspertiza obʼyektlarining atrof-muhitga taʼsiri böyiça toifasining köpligi hamda toifalarni farqlaş böyiça aniq mezonlarning mavjud emasligi ham ekspertiza jarayonlarida noqulayliklarni keltirib çiqarmoqda.
Hozirda mamlakatimizda ekologik ekspertiza institutining iştirokçilari bölgan tört yuzga yaqin atrof-muhitga taʼsirni baholaş böyiça materiallar va ekologik normativlar loyihalarini işlab çiquvçi tadbirkorlik subʼyektlari, yaʼni ekologik loyihaçilar faoliyat olib boradi. Biroq amaldagi qonunda ularning faoliyati huquqiy tartibga solinmagan.
2025 yil 24 fevral kuni qabul qilingan va joriy yilning 25 avgustida kuçga kirişi kutilayotgan “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholaş va strategik ekologik baholaş töğrisida”gi yangilangan qonun bilan ekologik ekspertizadan ötkazişning xalqaro skrining va skouping mexanizmlari joriy etilişi orqali atrof-muhitga taʼsir körsatiş böyiça obʼyektlar toifalari 4 tadan 3 taga tuşirilmoqda. Bu öz navbatida xizmat körsatiş, hunarmandçilik va savdo xizmatlarini körsatişga yönaltirilgan minglab subʼyektlar faoliyatiga byurokratik tösiqlarning oldini oladi, vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartirişga olib keladi.
Amaldagi Qonunda davlat dasturlari, konsepsiyalari, şaharsozlik hujjatlari kabi strategik hujjatlar ekspertiza obʼyektlari hisoblansa-da, bunday loyihalarni ekologik ekspertizadan ötkazişning huquqiy mexanizmlari mavjud bölmagan. Qonunda strategik ekologik baholaş tizimi joriy etilayotganligi mazkur hujjatlarda nazarda tutilgan faoliyat oqibatlarini oldindan aniqlaş, baholaş va tegişli çoralar köriş imkoniyatlarini yaratadi.
Şuningdek, strategik ekologik baholaş jarayonlarida jamoat ekologik ekspertizasini amalga oşiriş böyiça xuquqiy mexanizmning alohida hukumat qarori bilan belgilanişi mamlakatimizda demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
“Elektron hukumat” prinsiplariga asosan, atrof-muhitga taʼsirni baholaş böyiça yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimining xuquqiy asoslari belgilab berilmoqda. Uşbu mexanizm tadbirkorlik subʼyektlari uçun davlat ekspertizasiga oid materiallarni onlayn tarzda taqdim etiş va şu tartibda xulosa oliş imkoniyatini beradi.
Bu esa sohada inson omilini çeklaş orqali tadbirkorlik subʼyektlari ovoragarçiligining oldini oliş va tizimning şaffofligini taʼminlaşga va pirovard natijada korrupsion holatlarga barham berilişiga xizmat qiladi.
Şu bilan bir qatorda, ekspertizani ötkaziş bilan boğliq muammoli va bahsli masalalarni hal etiş uçun doimiy faoliyat yurituvçi Ekspertlar kengaşini taşkil etiş normasi kiritilmoqda. Mazkur norma kollegial kelişuv asosida qaror qabul qiliş imkoniyatlarini yaratadi, sohaning xolislik va asoslanganlik prinsiplarini taʼminlaydi.
Qonunda buyurtmaçi, loyihaçi va ekolog-ekspertning vakolatlariga aniqlik kiritilmoqda hamda ularning masʼuliyatlari kuçaytirilmoqda. Loyihaçilarga nisbatan malaka sertifikatining joriy etilişi va taşkilotlar reytingining yuritilişi ularning masʼuliyatini va faoliyat samaradorligini oşirişga zamin yaratadi.
Davlat ekologik ekspertizasi organlari tomonidan birgina 2024 yilda 31 908 ta ekologik ekspertiza xulosalari berilgan bölib, şundan 673 ta loyiha ekologik talablarga javob bermaganligi sababli rad etilgan. Şundan kelib çiqqan holda, qonunda loyihaçilarga nisbatan malaka sertifikatini joriy etiş va loyiha taşkilotlarining reytingini şakllantirişning xuquqiy asoslari belgilanayotganligi öz navbatida ular tomonidan ekologik talablarga javob bermaydigan loyiha hujjatlarini tayyorlaşning oldini olişga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbarining xalqimizga yangi yil tabrigida “Biz 2025 yilga mamlakatimizda “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yili” deb nom berdik, bundan asosiy maqsadimiz — inson va tabiat muvozanatiga asoslangan tizim yaratişdir”, degan körsatmalarining huquqiy yeçimi mazkur Qonunda öz aksini topganligi bilan ahamiyatlidir.
Yangi tahrirda qabul qilingan qonun Konstitutsiyamizda belgilangan fuqarolarning qulay atrof-muhitga hamda uning holati töğrisida işonçli axborotga ega böliş huquqlarini taʼminlaşga, şaharsozlik hujjatlari loyihalarini jamoatçilik muhokamasidan ötkazilişining huquqiy asoslarini yaratişga va pirovard natijada ekologik barqarorlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Ğayrat MUXAMEDOV,
“Davlat ekologik
ekspertizasi markazi”
davlat muassasasi
boş direktori.
