Yaşil iqtisodiyot sari taşlangan qadamlar
barqaror kelajak uçun mustahkam poydevor vazifasini ötaydi
Bugungi kunda energetika sohasi istalgan mamlakat taraqqiyotining asosini taşkil etadi. Iqtisodiyotni rivojlantiriş, aholining qulay hayot keçirişi, taʼlim, tibbiy xizmat, ijtimoiy taʼminot, kommunal xöjalikning möʼtadil faoliyati uçun imkoniyatlar aynan şu sohada yaratiladi. Ammo bugun sohani bozor iqtisodiyoti yöliga ötkazmay turib, ulkan energetika infratuzilmasini işçan holatda saqlab turiş, boz ustiga, elektr energiyasi işlab çiqariş hajmlarini oşiriş muşkul. Faqatgina elektr stansiyalar, elektr tarmoqlari va energetika infratuzilmasining özga muqobillarini quriş va işlatiş borasida eng zamonaviy yutuqlarni qöllabgina qöyilgan maqsadlarga erişiş mumkin. Bozor qonunlari asosida energetikani rivojlantiriş raqobat uçun şart-şaroit yaratadi, bu esa nafaqat vositalar, balki zamonaviy tajriba va texnologiyalar sohibi bölmiş eng malakali muhandislarni loyihalarni amalga oşirişga jalb etişga imkon beradi. Şu asnoda yana ön yillarça dolzarb ahamiyat kasb etuvçi uskuna va uslubiyatlarni Özbekiston energetikasiga olib kiriş mumkin.
Şu yil 30 yanvardagi “Özbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi Prezident Farmoni bilan 2025 yilgi Davlat dasturi qabul qilindi.
Davlat dasturida yil nomidan kelib çiqib, ekologik masalalarga alohida ustuvorlik berilgan. Beşta yönalişdan iborat maqsadlar yaşillik siyosati bilan uyğun va hamohangdir. Bu bejiz emas. Çunki bugun turli ekologik muammolar insoniyatni taşvişga solayotgan eng muhim masalaga aylandi. Atrof-muhitni asraş, yaşil maydonlarni kengaytiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş, çiqindilarni qayta işlaş tizimini rivojlantiriş, suv resurslarini samarali boşqariş kabi masalalar eng dolzarb yönalişlar sirasiga kiradi.
Bu borada 2025 yilgi Davlat dasturida qator maqsad-vazifalar öz aksini topgan. 2025 yilda “yaşil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qiliş, iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qiliş, iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş va unga moslaşişga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalaştiriş borasida:
— Parij bitimining talablaridan kelib çiqib, Özbekistonning uglerod neytralligiga erişişining uzoq muddatli strategiyasi işlab çiqilişi;
— iqlim özgarişiga moslaşiş, “yaşil texnologiya”lar transfertini inobatga olgan holda global miqyosda mamlakatimizning kelgusi yilda issiqxona gazlarini qisqartiriş böyiça Milliy miqyosda belgilangan hissasi (NDC) eʼlon qilinişi;
— metan emissiyasini qisqartiriş majburiyati doirasida tabiiy gaz, çiqindilar va çorvaçilik sohalarida metan emissiyasining bazaviy holati aniqlanişi;
— umumiy quvvati 4,5 GVt bölgan yirik quyoş va şamol elektr stansiyasini işga tuşiriş, quvvati 785 megavatt bölgan quyoş panellarini örnatiş, quvvati 225 megavatt bölgan gidroelektr stansiyalarini barpo etiş orqali jami qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşi elektr energiyasi işlab çiqarişda 26 foizga va jami generatsiya quvvatlari tarkibidagi uluşi 40 foizga yetkazilişi;
— yangi quriladigan bino-inşootlar va uy-joylar energiya samaradorligidan kelib çiqib, “Yaşil bino” sertifikati joriy etilişi qayd etib ötilgan.
Bir söz bilan aytganda, “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yili” Davlat dasturi yaşillikni kengaytiriş, resurs tejamkorligini taʼminlaş, iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş va unga moslaşiş hamda aholining yaşaş sifatini yaxşilaş va iqtisodiy ösişning yangi “yaşil rivojlaniş” modeliga ötişda muhim dasturilamal hujjat böladi, huquqiy asos vazifasini ötaydi.
Şuningdek, 2025 yil 30 may kuni Ostona şahrida bölib ötgan “Markaziy Osiyo — Italiya” sammiti mintaqamiz va Yevropa davlatlari örtasidagi köp tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladigan muhim siyosiy va iqtisodiy voqea böldi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar, ayniqsa, investitsiya, texnologiyalar, “yaşil” iqtisodiyot, qayta tiklanuvçi energetika, taʼlim va madaniy hamkorlik sohalarini qamrab olgani dolzarb va strategik ahamiyatga ega.
Farğona davlat texnika universiteti jamoasi mazkur yönalişlarda amalga oşiriladigan islohotlar va xalqaro taşabbuslarni töliq qöllab-quvvatlaydi. Ayniqsa, energiya samaradorligini oşiriş, suv infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, vodorod texnologiyalarini rivojlantiriş va Italiyaning yetakçi muhandislik kompaniyalari bilan hamkorlik qiliş böyiça belgilangan rejalar oliy taʼlim muassasalariga katta masʼuliyat yuklaydi. Hozirgi kunda universitetimiz olimlari tomonidan ham qayta tiklanuvçi energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalarni rivojlantiriş ustida keng kölamli ilmiy-amaliy işlar olib borilmoqda.
Jumladan, energiya tejamkorlik va qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş ilmiy laboratoriyasi faoliyati yölga qöyildi. Farğona vodiysi oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy laboratoriyasiga 750 ming dollar qiymatidagi 84 xil jihoz keltirildi. Bu yerda energiya tejamkor va qayta tiklanuvçi energiya manbalari böyiça ilmiy işlanmalarni tajribadan ötkaziş va namoyiş qiliş uçun maydoni 400 kvadrat metr bölgan hamda metrologik ölçov asboblari bilan jihozlangan geliopoligon faoliyat körsatmoqda. Universitetda qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi böyiça tayanç doktorantura mavjud bölib, ilmiy kengaş faoliyat yuritmoqda. Uşbu sohada bir qator işlab çiqariş korxonalari hamda Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika, Materialşunoslik hamda Ion plazma va Lazer texnologiyalar institutlarida ilmiy-amaliy izlanişlar olib borilmoqda.
Sönggi yillarda universitetda 19 ta ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Ularning 4 tasi davlat ilmiy-texnik dasturi, 4 tasi startap, 2 tasi Yevropa Ittifoqi loyihasi, 9 tasi “Bölajak olim” tanlovi doirasida hayotga tatbiq etiladi. Joriy yilda Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan 14 ta loyiha moliyalaştiriladi. Uşbu loyihalarning aksariyati qayta tiklanuvçi energiya manbalarining istiqbolli yönalişlarini rivojlantirişga qaratilgan.
Xususan, elektr energiyasi sarfisiz yer maydonlarini suğoriş, quyoş energiyasi asosida sovitiş, samarador quyoş havo isitkiçi, “aqlli soyabon”, avtomatlaştirilgan mikro GES singari dolzarb mavzulardagi ilmiy işlanmalar hayotga joriy etilyapti. Dastlabki qadam sifatida “aqlli soyabon” yoki quyoş-havo isitkiçi loyihalarini keltiriş mumkin. “Aqlli soyabon”lar quyoş panellari bilan jihozlanib, unda dam oliş paytida telefonni zaryadlaş va bepul xizmatidan foydalaniş imkoni bor. Tungi paytlari esa, atrofni yoritişga xizmat qiladi. Yangi loyiha viloyat hokimligi tomonidan moliyalaştirilib, ayni kunda uni viloyat teatr-konsert saroyi atrofiga örnatiş işlari olib borilmoqda.
Janubiy Farğona kanali özanida soatiga 300 kilovatt elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega bölgan gidroelektrostansiya quriş işlari poyoniga yetdi. Yangi işlab çiqariş quvvatlarining işga tuşirilişi aholi va işlab çiqariş tarmoqlarini arzon hamda sifatli elektr manbai bilan taʼminlaş imkoniyatini beradi.
Quva tumanidagi “Bahor” fermer xöjaligi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan loyiha elektr tarmoqlari yetib bormagan hududlarda ham ekinlarni suğoriş, hosildorlikni oşirişda yaxşi samara bermoqda. Bundan taşqari, Quvasoy şahridan oqib ötgan Isfayramsoyda uyurmali mikro GESlar quriş loyihasi taklif etilmoqda. Bu usul suv miqdori kam bölgan özanlarda ham arzon va ekologik toza elektr energiyasi işlab çiqariş imkonini beradi.
Umuman, Farğona viloyatida muqobil elektr energiyasi işlab çiqariş orqali isteʼmolçilarning elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini qondiriş borasida katta imkoniyatlar mavjud. Birgina “Sirdaryo-Söx” irrigatsiya tarmoqlari özanining özida 200 dan ortiq muqobil elektr energiyasi işlab çiqaruvçi mikro GESlar quriş mumkin. Bundan taşqari, ötgan asrning elliginçi yillariga qadar işlab kelgan “Qudaş”, “Vodil”, “Boltaköl”, “Quva” GESlari faoliyatini tiklaş orqali ham muqobil elektr energiyasi işlab çiqarsa böladi. Özbekiston tumanidagi “Qudaş” gidroelektrostansiyasi faoliyati takomillaştirilib, 200 kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiquvçi yangi qurilmani işga tuşiriş borasida iş olib boryapmiz.
Olimlarning amaliy izlanişlari tufayli hayotga tatbiq etilayotgan ilmiy işlanmalar kölami keng. Bunga baliqçilik, fermer xöjaliklari va tomorqa issiqxonalari uçun quyoş panelli stansiyalarni tayyorlaş yölga qöyilayotganini misol qilib körsatiş mumkin. Muqobil energiya işlab çiqaruvi yangi loyihalar samaradorligini oşiriş va qöllab-quvvatlaşda Innovatsion rivojlaniş agentligi huzuridagi “Yoşlar innovatsiya markazi”ning amaliy yordami qöl kelmoqda. Ayni kunda markaz taşabbusi bilan önlab istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etiş ustida iş olib borilyapti.
Bugungi islohotlar faqat professor-öqituvçilar doirasidagina emas, balki yoş avlod — talabalar safida ham amaliy ifodasini topmoqda. Universitetimiz talabalari texnologiya va muqobil energiya sohasida yangiliklar yaratişga intilayotganlari quvonarli holdir.
Jumladan, talabamiz Sanjarbek Yunusaliyev tomonidan işlab çiqilgan “Quyoşdan uç tomonlama muqobil energiya oluvçi moslama” — yoşlarning texnik tafakkuri, ijodiy yondaşuvi va amaliyotga yönaltirilgan bilimlarini namoyon etuvçi yorqin misoldir. Talabalarimiz ana şunday innovatsion ğoyalar bilan mamlakatimizning energetika, ekologiya va texnologik xavfsizlik sohalarida barqaror rivojlanişiga öz hissasini qöşmoqda. Bu — davlatimiz tomonidan ilgari surilgan “Yaşil kelajak” konsepsiyasi bilan hamohang ravişda yoşlar intellektiga tayanilgan kelajak qurilişi yölida muhim qadamlardan biridir.
Bugungi kunda dunyo miqyosida barqaror taraqqiyot, ekologik xavfsizlik va energiya mustaqilligi global kun tartibining eng dolzarb yönalişlariga aylangan. Özbekiston ham bu borada qatʼiy siyosiy irodaga va aniq strategik maqsadlarga ega davlat sifatida muqobil energiya manbalariga asoslangan yangi energetika siyosatini şakllantirmoqda. Aytiş joizki, iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligini oşirişda qayta tiklanuvçi, ekologik toza energiya manbalariga ötiş — nafaqat zarurat, balki zamon talabi. Şu maʼnoda, muqobil energiya işlab çiqarişga yönaltirilgan milliy va xalqaro loyihalar mamlakatimizni arzon, sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlaşda muhim omilga aylanmoqda.
Yurtimizning tabiiy-iqlimiy şaroitlari bu borada ulkan ustunliklarni taqdim etadi. Yilning deyarli 300 kuni quyoşli sanaladigan Özbekiston hududi quyoş energiyasi böyiça salohiyatli davlatlar qatoriga kiradi. Ilmiy hisob-kitoblarga köra, mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalar asosida quyoş stansiyalarini barpo etiş orqali yiliga 600 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş mumkin.
Bu körsatkiç hozirgi ehtiyojimizdan 8 barobar köpdir.
Yaşil iqtisodiyot bugungi global muammolarga javob beruvçi, kelajak avlodlar uçun barqaror va farovon hayotni taʼminlaşga xizmat qiluvçi eng dolzarb yondaşuvlardan biridir. Atrof-muhitni asraş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va iqtisodiy ösiş örtasida muvozanat yaratiş — bu faqat ekologik emas, balki ijtimoiy va iqtisodiy adolatni taʼminlaş yölidagi muhim qadamdir.
Universitetimiz uşbu strategik yönalişda ilmiy izlanişlar, taʼlim dasturlari va amaliy taşabbuslari orqali faol iştirok etadi. Talabalarimiz va professor-öqituvçilarimizning ekologik savodxonligini oşiriş, innovatsion yeçimlar işlab çiqiş va yaşil taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş orqali biz barqaror kelajak sari işonç bilan odimlamoqdamiz. Zero, yaşil iqtisodiyot sari taşlangan har bir qadam — bu insoniyatning baxtli va barqaror kelajagiga qöyilgan mustahkam poydevordir.
Öktam SALOMOV,
Farğona davlat texnika
universiteti rektori,
texnika fanlari doktori.
