Bobom — mening hayot maktabim
“Şarq yulduzi” jurnali eski sonlari qölimga tuşib qoldi-yu, undagi maqolalar ançadan beri mulohaza qilib yurgan mavzuni qoğozga tuşirişimga sabab böldi.
Şaxsiy arxivimda “Qirğiziston haqiqati” gazetasining 1957-1958 yillardagi taxlamlari bor. Frunzeda, hozirgi Bişkekda çiqqan gazetaga birinçi bölib bobom Nöʼmonjon Ğulomov muharrirlik qilgan.
Bu gazetalar taxlamlarini Öş viloyati gazetasi tahririyatiga taqdim etsammi, deb ikkilanib yurgan edim, ustoz Muxtor Xudoyqulov bilan körişib qolib, u kişidan ham bu haqda fikr söradim. Ustozning taklifi Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasiga topşiriş töğrisidagi ikkilanişlarimni tarqatib yubordi…
“Şarq yulduzi” jurnalining 2017 yil 12-son va 2018 yil 1-sonida taniqli jurnalist Yoqubjon Xöjamberdiyevning “Qaldirğoçlar bahorda keladi” qissasida keltirilgan bir voqea esa meni öylantirdi, töğrisi, ilhom berdi.
Asarda Öş viloyat kompartiyasining organi, özbek tilida çop etilgan “Kommunist” gazetasining birinçi muharriri Murodxon Sobirov haqida iliq lavhalar bor. Meni esa gazetaning tarixi qiziqtirdi. 1987 yilda Frunze şahrida çop etilgan “Oşskaya oblast” ensiklopediyasidan iqtibos:
“Aravonbura, Jalolobod, Bozorqörğon va Qirğiziston janubining boşqa rayonlarida tarqatilgan özbek tilida çiqadigan “Kommunist” gazetasining birinçi soni 1932 yil 12 aprelda Toşkentda çop etilgan. Gazeta har ön kunda bir çiqib turgan. 1933 yilda gazeta ikki sahifalik bölib, adadi yetti mingtani taşkil etgan. VKP(b) Qirğiziston oblast komitetining 1932 yil 29 dekabrda “Qizil paxtaçi” va “Kommunist” gazetalari redaksiyalari haqida” deb qabul qilgan qarorida mazkur gazetalar sotsialistik quriliş sohasidagi vazifalarni bajarişda muhim ahamiyatga ega bölmoqda, deb körsatilgan. Keyingi yillarda “Kommunist” gazetasi “Paxta uçun”, “Lenin yöli” nomi bilan çiqa boşlaydi. Hozirda uning nomi “Öş sadosi”.
Yoqubjon aka Toşkentdagi Alişer Navoiy nomidagi davlat kutubxonasidan gazeta taxlamlari topa olmaganini afsus bilan yozadi.
Özbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi sobiq rahbari Zuhriddin Isomiddinov “Kommunist” gazetasi tugul, 50-yillarning oxirida özbek tilida çop etilgan “Qirğiziston haqiqati” gazetasining ham taxlamlari yöqligini maʼlum qildi.
Yana ham qiziği, “Qirğiziston haqiqati” gazetasining taxlamlari elçixona orqali Moskvadan olib keltirilgani, ammo maʼlum vaqt ötib, öşa taxlamlar “makulatura”ga berib yuborilganidan xabar topadi.
Suriştiruv paytida aybdorning bebaho taxlamlarni “sotib” yuborgani töğrisidagi javob hammasidan ötib tuşadi: töy qilayotgan edim, pul kerak edi…
Qissada “şundan keyin eski gazetalarni qidirişni bas qildik…” deyiladi.
Qöşni respublika matbuotida “Qirğiziston haqiqati” gazetasiga “dastlab Qirğiziston kompartiyasi Markaziy qömitasining bölim mudiri Mahmudjon Ismoilov, keyinroq Toşkentdan taklif etilgan jurnalist Nöʼmon Ğulomov boş muharrir böldi”, deb yozilgan. Nazarimda, bu yerda yanglişlik bor. Qölimdagi taxlamning birinçi sonidan bir oy davomida bobom “Muharrir vazifasini bajaruvçi” bölgan. Keyin Markazqöm plenumi u kişini muharrir va Markazqöm aʼzosi etib tayinlaş haqida qaror çiqaradi.
Öşa yillari gazetada olis Olabuqadan Tursunboy Adaşboyev, Suzoqdan Jöravoy Quraşev, Bozorqörğondan Öskanboy Matqosimov, Mosidan Qodirjon Sobirov, Aravondan Usmon Toştemirov, Öşdan Qöldoş Bekmirzayev, Özgandan Hayitboy Hakimov (“Maşʼal”) va Abduğani Abduğafurovning şeʼr va hikoyalari, dolzarb maqolalari muntazam çop etilib turiladi.
Sovet Ittifoqi Markazqömining 1959 yil 31 iyundagi qarori bilan bir qator davriy naşrlarga barham beriladi. Mazkur hujjatning 4-bandida: “Öş viloyatida (hozirgi Jalolobod va Botkent viloyatlari) özbeklarning salmoqli qismini taşkil etişini hisobga olib, Qirğiziston SSR Kompartiyasi MQ taklifini inobatga olib, uning organi “Qirğiziston haqiqati” gazetasining avvalgi şakli va naşr çiqişlarini saqlab qolgan holda Öş viloyati gazetasiga aylantirilsin”, deyilgan.
1959 yili gazeta Öşga köçirildi va “Lenin yöli” nomi bilan viloyat gazetasi maqomida çiqa boşlaydi. Gazetaga sobiq frontçi jurnalist Halimjon Hamidov boş muharrir etib tayinlanadi. Frunze şahridan jurnalistlar — Hayitboy Hakimov, Tursunboy Adaşboyev, Raʼnoxon Sariboyeva, Boltaboy Yusupov, maşinistka Sanobarxon Toşmatovalar Öşga köçib kelişadi. Aravondan Xoldorjon Quronboyev, Abduqahhor Mannonov, Talʼat Soliyevlar, Qorasuvdan Xolmatjon Yusupov, Öşdan Turğunboy Abdullayevlar tahririyat jamoasiga qöşiladilar.
Bobom gazetada bir martagina öz ismlari bilan maqola çop etgan. Unda yangi çop etilişi boşlangan gazetaning maqsad va vazifalari aytiladi hamda 1956 yilda Qirğizistonning iqtisodiy yutuqlari şaraflanadi.
Kompartiyaning hukmronlik paytida uning barça organlarida beş kun davomida mamlakatning dolzarb mavzularida boş maqolalar yozilgan, ularning aksariyatini muharrirlar yozişgan (“boş” sözi mustaqillik davrida qöşilgan).
Katta-kiçik bari — ziyo ahli kunini gazetaning boş maqolasini öqişdan boşlagan, çunki unda bugunning eng muhim mavzusi qalamga olinib, hukmron partiyaning roli va taşvişi oçib berilar edi.
Gazeta faoliyatidan taşqari uning ijodkorlari turli tarjima va badiiy kengaş işlariga jalb qilinar edi. Ana şulardan biri “Manas” eposining tarjimasi edi.
“Manas” özbek tiliga köp marta tarjima qilingan bölsa-da, tarjima qiliş davom etmoqda.
“Manas” tarjimasining birinçi kitobining dastlabki boblari “Qirğiziston haqiqati” gazetasi tarjimonlari tomonidan amalga oşirilib, mazkur gazetada çop etilgan. Undan keyin Mirtemir, Sulton Akbariy, Tursunboy Adaşboyevlarning tarjimalari bor.
…Bobom Frunzega ketmasidan oldin, uruşdan qaytgaç, Özbekiston Markazqömida matbuot xizmatini boşqargan, ÖzTAG — hozirgi ÖzAda direktor bölgan, “Qaşqadaryo haqiqati” gazetasiga muharrirlik qilgan.
Qaytib kelgaç, “Qizil Özbekiston” gazetasida partiya turmuşi bölimi mudiri, Özbekiston naşriyot işlari, poligrafiya va kitob savdosi qömitasi — hozirgi AOKAda mahalliy (hududiy) boşqarmalar bilan işlaş boşqarmasi boşliği bölgan.
…Maktabning birinçi sinfini bitirgan yilim bobom meni Andijon-u Arslonbobga olib borgandi. Kuzga borib esa töşakka mixlanadi. Öşa paytda uyga rus va özbek tillarida bir dunyo gazetalar kelardi. Men ularga gazetalarni hijjalab öqib berardim. Boş maqolaning ahamiyatini tuşuntirib, “Pravda” gazetasidan uning joylaşuvi andoza olinişini tuşuntirgan edi. Rusçada tutilib-tutilib uni öqib berar edim. Bobomni yaxşi körganim uçun uning barça istaklarini bajarardim. Nazarimda, şu gazetalarni öqib bersam, u tuzalib ketadiganday tuyulardi.
Özining xastaligi, uning ustiga, otamning bevaqt bu hayotdan köz yumişi uni ham boqiy dunyoga ketişini tezlaştirdi. Bobom, bobojonim 1977 yili 65 yoşida Haqning rahmatiga qovuşdi. Jurnalist, keyinçalik diplomat bölib kamol topişimda bobomning hayoti va faoliyati men uçun hayot maktabim böldi. Şu kasblarda baxt topdim, saodat topdim, kitoblar yozdim, yozuvçi böldim.
Abror ĞULOMOV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
