Oltinsoy

Surxondaryo viloyatining Olti̇nsoy tumani. Tabiiy boyliklarga boy, suv manbalari bilan maşhur bölgan bu maskan tarixiy jihatdan ham, turizm salohiyati jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Qötirbuloq kabi noyob buloqlarning mavjudligi odamlarning salomatligi va xorijiy sayyohlarning qiziqişini oşirib kelmoqda. Quyida Oltinsoyning nomlaniş tarixi, tabiatining şifobaxş manbalari va turistik imkoniyatlari xususida ikki oğiz söz yuritmoqçimiz.

Oltinsoy. Bu nomning öziyoq bu yerning qadimdan qanday bebaho boylikka ega bölganini eslatadi. Mahalliy aholining rivoyatlariga köra, bu hududdan oqib ötuvçi soylari çindan ham konlarga boy bölgan, suv yöllari boylik keltirgan, soylarda hatto oltin qum zarraçalari aniqlangan. Soylar böyida qad rostlagan çinorlar, şabada bilan şovullagan buloqlar bu göşaga gözallik va fayz olib kelgan. Hozir ham bu göşa ana şunday boy va sehrli!

Oltinsoy hududida joylaşgan Qötirbuloq — bu hududning eng noyob buloqlaridan biri. Uning eng ajralib turuvçi jihati — bu suvning bahor faslida atigi ikki oy davomida oqib kelişi va aynan şu vaqt mobaynida yuzlab odamlarning kelib bu suvdan katta idişlarga yiğib, uylariga olib ketişidir. Aholi orasida bu “Xudoning karomati bilan çiqadigan obi rahmat” deya eʼtirof etiladi.

Tibbiy tekşiruvlar va xalq tajribasi asosida aniqlanişiça, Qötirbuloq suvi organizmdagi qand miqdorini meʼyorda saqlab turişda foydalidir. Aynan şu sababli bu suv qandli diabetdan aziyat çekayotgan bemorlar uçun şifobaxş vosita hisoblanadi. Surxondaryoning boşqa hududlaridan, hattoki Toşkentdan va qöşni davlatlardan ham bu möʼjizaviy suvni içiş uçun köplab odamlar kelib turadi.

Qötirbuloq va şu kabi boşqa buloqlar – Çinorbuloq, Zarkamar soylar – nafaqat mahalliy aholining hayot tarzini boyitadi, balki bu yerga taşrif buyuruvçilar uçun ham ruhiy poklaniş, dam oliş va salomatlikni tiklaş manbai hisoblanadi. Bu esa Oltinsoyni ziyorat turizmi hamda soğlomlaştiruvçi sayohat yönalişlari uçun yorqin hududga aylantiradi.

Söfi Olloyor ziyoratgohi, toğ yonbağrida joylaşgan sayr yölakçalari, Oltinsoy tabiatining betakror manzaralari — bularning barçasi turistlar uçun nafaqat köngil oçiş, balki maʼnaviy oziqa oliş imkonini ham beradi.

Bugun Oltinsoyni şunçaki bir tuman emas, balki tabiat, tarix va şifobaxş manbalar uyğunlaşgan noyob makon sifatida eʼtirof etiş mumkin. Bu yerda ekoturizmni rivojlantiriş, suv manbalarini ilmiy asosda örganiş, ular atrofida eko-hovlilar, soğlomlaştiruvçi dam oliş maskanlari quriş orqali Oltinsoyni xalqaro turizm xaritasiga kiritiş mumkin.

Ayniqsa, Qötirbuloq suvi, özining tabiiy şifobaxş xususiyatlari bilan oltinga teng suv deb tan olinmoqda. Uning taʼsiri faqat tanaga emas, balki ruhga ham foydalidir. Bu suv bilan boğliq rivoyatlar, şifo topgan insonlar hikoyalari Oltinsoy tarixini yanada boyitmoqda.

Agar siz Oltinsoy tomon yöl olsangiz, Qötirbuloq suvidan içib köring — bu sizning tanangiz va qalbingizga birday şifo böladi. Oltinsoy tumani haqida gap ketganda, faqat uning tabiiy boyliklari yoki tarixiy nomi emas, balki u yerdagi odamlarning qadriyatga sodiqligi, tabiatga hurmati va yaşaş madaniyati haqida ham söz yuritiş lozim. Bu maskan har jihatdan öziga xos: u yerda yaşovçi odamlar buloq suvini oddiy suv emas, balki Xudoning ehsoni, tabiatning möʼjizasi sifatida qadrlaydilar. Har bahor kirib kelişi bilan bu hududda tabiat uyğonadi, bulutlar toğ bağrida töplanadi, va allaqaçon oğzaki rivoyatlarga aylanib ulgurgan buloqlar yana suv bera boşlaydi. Aynan şu paytlar Qötirbuloqdan suv oqqani eşitilgan zahoti butun mahalla ahli harakatga tuşadi.

Bundan taşqari, Qötirbuloq atrofida hosil bölgan ijtimoiy hayot ham eʼtiborga loyiq. Bu buloq odamlarni nafaqat şifo, balki döstlik, qöşniçilik, hamjihatlik ruhi bilan birlaştiradi. Har yili suv paydo bölişi oldidan mahalla yoşlari va oqsoqollari tomonidan umumxalq haşari uyuştiriladi: yöllar tozalanadi, buloq atrofi obodonlaştiriladi, yonginasiga supa, soyabonlar, dam oliş örinlari tayyorlanadi. Bu holat, albatta, Oltinsoyning jamiyatida tabiatni qadrlaş bilan boğliq ijtimoiy birlikni körsatadi.

Oltinsoy — uluğ zotlar qadamjosi. Bu yerda avliyo şoir Söfi Olloyor qadamjosi bölib, ming-minglab, millionlab yurtdoşlarimiz, yurtimizga keladigan mehmonlar uçun ziyoratgohga aylangan. Tumanda Xöjaipok ota buloği va ziyoratgohi ham mavjud. Bu buloq suvi ham turli kasalliklarga şifobaxş bölib kelayotgani sir emas. Umuman, Oltinsoy özining tanti, mehnatkaş odamlari va tabiat ato etgan sirli va tengsiz boyliklariga ega beqiyos göşadir.

Guliraʼno NAZAROVA,

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan