Uluğvor özgarişlar uçun uyğonaylik!
yoki Prezidentimizning Parkent tumaniga taşrifidan keyingi öylar
…Bolalikning uzun tunlarida xiragina şuʼla soçayotgan çiroq atrofida suhbat qurişgan otaxonlar bugungidek yodimda. Hovlimiz sahnidagi möʼjazgina taxta çorpoya şomdan söng birdan gavjum bölardi. Osmondagi barkaşdek oy… uning tegrasidagi jimirlaşi közni olgudek yulduzlar… Tegirmonning haybatli gulduraşi. Men göyo ertaklar olamiga tuşib qolgandek his qilardim özimni. Öşa ğoyat qiziqarli gurunglardagi tasvirlar toşga öyilgan naqşdek yoş idrokimga muhrlanardi… Farkatimizning hayot tomiri milodiy ikki ming yilliklarga borib tutaşişi, şahar Çirçiq daryosi böyida qad kötarib, kengaya borib, atroflari içki va taşqi baland devorlar bilan öralgan körkam va mustahkam qörğon, bizning Farkatimiz (Parkent deyilmasdi) juda qadimiy qalʼa bölganligini öşa suhbatlardan orqali bilib olardim.
Yozda ham çöqqilaridan qor arimaydigan Çotqol toğ tizmalarining yoşi neçada ekanligi, Parkentni duşmanlar hujumidan asrab qolib, özi qöylari bilan toşga aylanib qolgan Odamtoşni köriş istagi yoş idrokimda yolqinlanib yotardi. Farkat hozirgaça özining siru sinoati, tarixiy ildizlari bilan, yoğiylar tomonidan neça bor kunpayakun qilinib, Qaqnus kabi yana qad kötargan yengilmas pahlavon, qadimiy şahar sifatida hammani hayratga solib keladi. Çor-atrofi buyuk toğlar bilan öralgan, betakror tabiati, dorivor ösimliklari, yam-yaşil örmon va yoqutdek jilğalar tovlanib yotgan butazorlari, mağrur yölbarslari-yu, kumuş tuyoqli ohulari, behisob ğor va ungurlari, ajdodlarimizning mohirlik bilan qoyatoşlarga çizib qoldirgan rasmlari — dastxatlari… Noyob arxeologik topilmalar qadimiy Parkentning tarix toğlariga urilib, bizgaça yetib kelgan aks sadolaridir. Uluğ olimlarning geografik asarlarida Parkent va qöşni qişloqlar nomlarining turli köriniş va talaffuzlarda qayta va qayta aytib ötilişi, hatto qadimda ham aholining sinçli uylar qurişi haqidagi tarixiy dalillar… Ne-ne uluğ zotlar, xususan, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi uluğ şoir va şohning Parkentda bir neça bor bölişi, oxirgi kelişida tumanning Somsiyrak — hozirgi Samsarak hududida töxtalib, söngra ortga qaray-qaray özga diyorga yuz tutişi… Göyo hozirgaça şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Boburning tulporlari tuyoqlaridan kötarilayotgan çang va dukurlari, şohning yurtdan uzilolmay ketayotgan nigohlari meni kuzatib turganday bölaveradi…
Bugun esa köhna Parkent yangi tarixi bilan yuzma-yuz turibdi. Xuddi ertaklardagidek…
Prezidentimizning yaqindagi Parkent tumaniga taşrifi xalq tilaganidek qutluğ taşrif böldi. Bu taşrifgaça yillar mobaynida siljitib bölmaydigan qoyatoş körinişiga kelib qolgan, xalqni qiynayotgan muammolar birma-bir diqqat bilan, sinçiklab örganildi. Bu muammolarning ildizi Parkent tumani Yuqori Çirçiq tumaniga qöşib yuborilib, uzoq yillar “qöl bilan berganga quş töymas” qabilida iş tutilgani, odamlarning arzimagan iş uçun ikki tuman örtasida sarsonu sargardon kezişlari, şirin-şakar uzumlar maskani bölgan Parkent aholisining qozon qaynatiş uçun boşqa tuman dalalariga borib, gektar olişlari oddiy holga aylanib qolgan edi. “Bizning ham kosamiz oqararmikan?” — derdi xalq. — Boşimizdan oftob ötib ketdi-ku!” Odamzod bir işga qöl ursa-yu, natija bölmasa, hafsalasi sönadi, köngli soviydi. Uzoq yillar xalq şunday kayfiyatda edi. Har bahorda Çotqol çöqqilaridan otiladigan şarşaralardan kuç olib, bahor qoru yomğirlari bilan qöşilib, jilovlab bölmaydigan asov kuçga aylanadi. Sel Parkentning qoq örtasidan oqib ötadigan Parkentsoy ustiga qurilgan omonat köprikni neça bor oqizib ketar, ikki qirğoq atrofida yaşaydigan aholi bilan bordi-keldi töxtar, muammo muammoligiça qolardi. Taşlandiq holga kelgan, sel öpirgan qirğoqlar yuriş uçun xavfli edi.
Muammolarning zalvorli toşlarini qözğatiş yangi, mustahkam, keng, çiroyli köprik qurilişidan boşlandi. Bu köhna Parkent köksiga xuş nasimlarning ilk bor esişi edi. Hozir tört tomonga qarab bahri dilingiz oçiladi. Tor köprikning eni 12 metrdan 21 metrga kengaytirildi. Piyodalar yölakçasidan onajonlarining qölidan uşlab, öynoqlab ketayotgan bolajonlarga qarab, yuragingiz quvonçdan hapriqadi. Parkentsoyning 4 kilometr qismi töliq betonlaştirilişi, soy çetida 5 kilometrlik yangi yöl qurilişi — bular bari xalqimiz kutgan yangi kunning şuʼlalaridir. Tuman markazidan ötgan asosiy köçaga yondoş bu yangi yöl bir keça-kunduzda ön ming avtomobilning uzoğini yaqin qiladi. Tirbandlikning oldini oladi.
Sel öpiradigan joyda körkam “Parkentsoy” aholi massivi qad rostlayapti. Prezidentimiz dastlab uşbu massivga kelib, bu yerda tez fursatda qad rostlagan 27 ta köp qavatli körkam uylardagi yangi xonadonlarda yaratilgan şart-şaroitlarni sinçiklab közdan keçirdilar. Umumiy maydoni 6 gektarni taşkil qilgan suv yuvib ketgan hududda 5 ming 500 xonadonni öz içiga olgan, umumiy soni 125 ta köp qavatli turar-joy qurilmoqda. Bu massiv “Parkentsoy”ning körkiga yana körk bağişlagan. Bu loyihalar “BIZ INSON OMILI UÇUN XIZMAT QILAMIZ”, deyayotgandek. Dunyoning qaysidir davlatlarida qirğinbarot uruş ona zaminning pokiza havolarini bulğayotgan, tinçlik sörab, Allohga tinimsiz tavallo qilayotgan onalarning köksidan guldek gödaklarini yulib olib, ajal komiga tortayotgan bir damda bizdagi osuda damlar, otayotgan oppoq tonglar haqqi Yaratganga behisob şukurlar qilişimiz kerak, aziz zamondoş!
Prezidentimiz Parkent tumanida turizmni rivojlantiriş maqsadida qiymati 1 milliard 800 million dollar bölgan 52 ta loyiha amalga oşirilişi haqida ham töxtaganlarida, köz öngimda Uçinçi Renessans tilsimlarining yana bir sahifasi oçilganday böldi.
Sayyohlik tizimi Özbekistonimizni dunyoga yanada yaqinroq tanitiş yölidagi yana bir muhim qadamdir. Jannatmakon ölkamiz, toğlarimiz, Masih nafasli havolarimiz, minglab çuldiroq buloqlarimizning şifobaxş suvlari… kökka böy çözgan minorlarimiz, qadimiy, tarixiy uluğ obidalarimiz… Bular bari sayyohlar öqişi zarur bölgan buyuk kitoblarimizdir.
Odatda, ommaviy piyoda yuriş sayohatlari betakror toğli tabiat, uluğ daryolar, moviy köl, suv omborlari sohillari kabi xuşmanzarali joylarda taşkil qilinadi. Bunday maskanlar Toşkent viloyati, xususan, Parkent tumanida juda köpligi xalqimizning tabiat qöynida orom olib, sölim, gözal manzarali joylarda tunaş, ovqatlaniş, sport bilan şuğullanişi uçun imkoniyat yaratadi.
Prezidentimiz turizm istiqboli haqida töxtalib, 100 gektar yerda barpo qilinajak turizm obʼyektlarini alohida qayd qilib ötdilar. Yil yakunigaça foydalanişga topşiriladigan “Baytqörğon-Parkent” yönalişidagi elektrlaştirilgan temir yölning qurilişi va elektr poyezdning işga tuşişi Parkent tumani xalqi uçun bebaho tuhfadir.
“Xohişing nur ersa, nurga oç quçoq”, — deydilar mavlono Jaloliddin Rumiy.
Prezidentimizning yaqinda viloyat va Parkent faollari bilan keçgan suhbatidan inson qalbi, uning fikratidagi nurning uluğ yaratuvçanlik qudratiga ega ekanligi, agar xohiş bölsa, Parkent xalqi uluğvor özgarişlar uçun uyğonişi kerakligini angladim.
Bir hovlida uç-tört kelinlar bilan qiynalib qolayotgan hamyurtlarimiz böladimi, moddiy yordamga muhtoj yolğiz insonlar böladimi, xalqni rozi qiliş davlatimiz, hukumatimiz oldidagi muhim vazifa ekanligiga töxtalib ötdi. Söqoq kabi qişloqlarda beş-yetti qavatli uylar qurib ziç yaşaydigan oilalarga taqsimlab, tomorqasini özlariga qoldirib, ekin-tikin uçun imkon yaratib beriş zaruratini aytib ötdilar. Maʼlumki, Parkent tumaniga quyoş yil böyi 3000 soatdan ziyod nur ulaşadi. Yangi qurilayotgan uy tomlari tepasiga davlat tomonidan quyoş panellari va geokollektorlarning örnatilişi muhim tajriba bölib, bu amaliyot Parkentda boşlanib, Parkent tajribasi sifatida kelajakda ommalaştirilişi ayni muddaodir. “Olamga quyoş Yaponiyadan çiqsa, Özbekistonga Parkentdan çiqadi!” — dedilar Prezidentimiz. Parkent xalqiga berilgan bunday baho ayni paytda Özbekiston xalqiga berilgan baho edi.
Prezidentimiz Yangi Özbekiston şarafini dunyoga siyosiy iroda bilan körsatmoqda. Parkentda bölayotgan uluğvor özgarişlar buning yaqqol dalilidir.
Men Çotqol bağrida yaralgan kuyman,
Şudringlarga könglim çayib ulğaydim.
Jöşqinlik tiladim şalolalardan,
Xarsanglarga ismim öyib ulğaydim.
Mayin barglarini silab andizni,
Kuzatdim mehrini — yerga ildizni.
Yalpiz terganlardan asrab yalpizni,
Ariqçaga töşak yozib ulğaydim.
Ovloq dalalarda öçmagan izim,
Ösma, yoşligingman, deb jilmayar nim.
Ertakdanmas, toğdan — huv, tizim-tizim,
Çinakam yurt sehrin tuyib ulğaydim, —
deb yozadi Parkentning Usmonbek degan şoir bolasi.
Bir paytlar foydali qazilmalari vagon-vagon boşqa yurtlarga yuborilgan Kumuşkonning vaqtlar kelib, dunyo talpinadigan sayyohlik maskaniga aylanişi kimning xayoliga kelibdi, deysiz! Bugungi kunda “turizm qişloği” deb nom olgan Kumuşkonda “ot örnini toy bosar”, deganlaridek, otasining işini muvaffaqiyat bilan davom ettirayotgan Olim Yusupov 16 örinli mehmon uyini 48 öringa yetkazdi. Saranjom-sarişta, har bir jihozidan milliylik ufurib turgan xonalar mehmonni öziga ohanrabodek tortadi. Hovli sahnida xuş iforini taratgan rayhonu jambillar, barq urib oçilib yotgan gullar öz uyingizdagi kabi orom beradi. Har yili ikki ming sayyoh rohatlanib dam olib ketadi. Olimjon yetti kişini iş bilan taʼminlagan.
Farzandlari yonida unga qöşqanot. Prezidentimizning tadbirkor xonadoniga taşrifi, bergan zarur va foydali maslahatlari Olimjonning hayotidagi yangi sahifaning yozilişi, amalga oşirajak rejalari yölida yaratuvçanlik imkoniyatlari eşigining keng oçilişidagi muhim qadam bölib qoladi.
Kumuşkon hududidagi toğlarga tutaş joyda bunyod etilgan intensiv boğga taşrifning özi bir doston bölgulik. Gilos, olma, nok va malinalar hosili közni quvontirişi Yangi Özbekistonimizning yangi boğlaridagi mevalaridir.
“Meridian Tempo” korxonasiga qaraşli uşbu 54 gektar boğda yetiştirilgan sarxil mevalar dunyo xalqlari dasturxoniga Özbekiston mevalarining totini eltadi. Fransiya va Ispaniyadan keltirilgan köçatlar Özbekiston tuproğiga — iqlimiga moslaşadi. Özini özi çanglaydi. “Aqlli” agregatlar ularni boşqaradi: yerning nami qoçsa, avtomatik ravişda suğoradi. Toğlarning salqin havosi mevalarni keç yetiltiradi. Quyoş panellari nur yiğib, boğlarga ulaşadi.
Yetilgan mevalar esa yuz foiz eksport qilinadi. Xalqimiz: “Boğni boqsang boğ böladi, botmon dahsar yoğ böladi”, deb bejiz karomat qilmagan. Boğ öz boğbonining mehnatini daromad bilan ardoqlaydi.
Prezidentimizning Kumuşkonga yelka tutib turgan tutaş toğlarning “Oltin bel” çöqqisidagi dam oliş maskaniga taşriflari Parkent tonglarining yanada nurga tölib, porlab otişlari yölidagi imkoniyatlardan biridir.
Oltinbelni körişni orzu qilmagan odam kam topiladi. Ammo uni körganlar ham köp emas. Asrlar mobaynida pana tortib, közdan nihon bu maskanlar Yangi Özbekistonimizga bağrini oçdi.
Bu yerda “Parkent mountain resort” toğ-çanği kurort zonasi taşkil etildi. Loyihada 1 ta köp tarmoqli taşrif markazi, 7 ta dor yöli, 7 ta tyubanç yöli, 3 ta toğ-çanği yöli, 4 ta mehmonxona, 40 ta villa, 4 qavatli avtoturargoh, restoran, vertolyot maydonçasi, bolalar maydonçasi va boşqa turizm obʼyektlari taşkil etilişi közda tutilgan. Bu yerda Avstriya kompaniyasi tomonidan 1 ming 200 gektar maydonda toğ-çanği kurorti qurilişi rejalaştirilgan.
Loyiha uç bosqiçda amalga oşiriladi va töliq quvvatda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qiladi. 600 ga yaqin servis majmualari taşkil etiladi, mavsumiy xizmatlar bilan birga, 10 mingga yaqin iş örni yaratiladi…
…Prezidentimiz taşrifi… qutluğ taşrifi mamlakatimiz böylab davom etmoqda. Dunyoning eng ilğor davlatlari Yangi Özbekiston va uning muhtaram Prezidentini quçoq oçib qarşilamoqda. Göyo olam nurga quçoq oçganday!
Şarifa SALIMOVA,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi,
şoira.
