Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

ISLOHOTLARNI AMALGA OŞIRIŞDA ISTIQBOLLI TAŞABBUSLARNI YANADA QÖLLAB-QUVVATLAŞ BÖYIÇA QÖŞIMÇA ÇORA-TADBIRLAR TÖĞRISIDA

Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy ösişini taʼminlaş jarayonida keng aholi qatlamining iştirokini hamda ularning turli sohalardagi istiqbolli taşabbuslarini rağbatlantiriş va innovatsion faolligini yanada oşirişning samarali mexanizmlarini joriy qiliş maqsadida qaror qilaman:

  1. Maqsadlar
  2. Quyidagilar aholining istiqbolli taşabbuslarini rağbatlantiriş çora-tadbirlarining asosiy maqsadlari etib belgilansin:

a) samarali va xalqçil islohotlarni amalga oşirişda keng jamoatçilik va jamiyatning turli qatlamlari vakillari, xususan, yetuk mutaxassislar, yoşlar, tadbirkorlar, faol fuqarolar va vatandoşlarning (keyingi örinlarda — keng aholi qatlami) iştirokini qöllab-quvvatlaş;

b) mamlakat raqobatbardoşligini oşiriş, yangi texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini integratsiya qiliş;

v) istiqbolli taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida keng aholi qatlami uçun oçiq muloqot maydonini yaratiş;

g) zamonaviy, ilğor ğoyalar va istiqbolli taşabbuslarni saralaş va tanlab olişning samarali mexanizmlarini joriy qiliş.

  1. “Kelajak uçun” istiqbolli taşabbuslar forumini ötkaziş
  2. 2025 yildan boşlab har yili “Kelajak uçun” istiqbolli taşabbuslar forumini (keyingi örinlarda — Forum) ötkazib boriş amaliyoti joriy qilinsin.
  3. Belgilansinki:

a) Forum “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadli körsatkiçlarga erişiş jarayonida keng aholi qatlamining istiqbolli taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga hamda ularning faolligini rağbatlantiriş va keng tarğib qilişga qaratilgan;

b) Forum ötkaziladigan ustuvor yönalişlar har yili “Kelajak uçun” istiqbolli taşabbuslar forumiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita (keyingi örinlarda — Taşkiliy qömita) tomonidan belgilab beriladi;

v) Forumga umumiy tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş Taşkiliy qömita, istiqbolli taşabbuslarni baholaş Mentorlar kengaşi tomonidan amalga oşiriladi;

g) Strategik islohotlar agentligi Forumga kelib tuşgan istiqbolli taşabbuslarni yiğiş, ularning yagona röyxatini şakllantiriş, maxsus kraud platformaga joylaştiriş va eʼlon qilib borişga hamda Forum natijasi böyiça maʼqullangan istiqbolli taşabbuslarning masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oşirilişini muvofiqlaştirişga masʼul hisoblanadi;

d) Forumni ötkaziş bilan boğliq xarajatlar 2025 yilda Strategik islohotlar agentligini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan, 2026 yildan boşlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi;

ye) Forumni ötkaziş joyini tegişli vositalar (bannerlar, videoroliklar, ekranlar, aloqa va boşqa vositalar) bilan taʼminlaş “Interforum” DUK tomonidan amalga oşiriladi;

j) Forumning endaument fondi ixtiyoriy mablağlar asosida şakllantiriladigan fond sifatida taşkil etiladi;

z) Forumda maʼqullangan istiqbolli taşabbuslarni tijoratlaştiriş va moliyalaştirişga “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB va boşqa tijorat banklari, şuningdek, Ilm-fanni moliyalaştiriş va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi masʼul hisoblanadi.

III. Taşkiliy çora-tadbirlar

  1. Quyidagilar:

a) “Kelajak uçun” istiqbolli taşabbuslar forumiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

b) “Kelajak uçun” istiqbolli taşabbuslar forumining mentorlar kengaşi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

v) “Kelajak uçun” istiqbolli taşabbuslar forumini ötkaziş tartibi töğrisida nizom 3-ilovaga muvofiq;

g) “Kelajak uçun” istiqbolli taşabbuslar forumini 2025 yilda ötkaziş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Belgilansinki:

a) Forumga tayyorgarlik jarayonida kelib tuşgan istiqbolli taşabbuslar top-50 va top-10 talik tartibida saralanadi;

b) Mentorlar kengaşi tomonidan top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli taşabbuslar Özbekiston Respublikasi Prezidenti iştirokida ötkaziladigan Forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi;

v) Forumning yalpi majlisini ötkaziş yakunlari böyiça maʼqullangan istiqbolli taşabbuslarni amalga oşiriş yuzasidan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqiladi;

g) çora-tadbirlar rejasiga kiritilgan istiqbolli taşabbuslarni amalga oşiriş uçun kredit va grantlar ajratilişi, soliq, bojxona va boşqa rağbatlantiriş çoralari qöllanişi mumkin;

d) Forum doirasida kelib tuşgan boşqa taşabbuslar Vazirlar Mahkamasiga davlat dasturlarini, tegişli soha, tarmoq yoki hududlarni rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlarni şakllantiriş maqsadida yuboriladi hamda Hukumat tomonidan ularni amalga oşiriş yuzasidan zarur çoralar köriladi.

  1. Strategik islohotlar agentligi (B.Raxmatov) hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi (Ş.Şermatov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov), “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB (S.Annakliçev) va “Interforum” DUK (B.Zufarov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Forumda iştirok etişni xohlovçi şaxslarni oçiq elektron röyxatga oliş, anketa töldiriş, istiqbolli taşabbusning profili va kun tartibi, dasturi, iştirok etiş şartlari, şuningdek, boşqa maʼlumotlar oliş imkoniyatini beruvçi kraud platformasi yaratilişini va işga tuşirilişini taʼminlasin.
  2. Taşkiliy qömita (B.Raxmatov):

a) 2025 yilda ötkaziladigan Forumning ustuvor yönalişlarini belgilasin;

b) ikki oy muddatda Forumni 2025 yilda ötkazişning aniq sanasi va joyi haqida taklif kiritsin;

v) Forumni ötkaziş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar rejasining sifatli va öz vaqtida bajarilişini, şuningdek, masʼul ijroçilar faoliyati muvofiqlaştirilişini taʼminlasin.

  1. Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Özbekiston milliy axborot agentligi Forumni ötkazişga tayyorgarlik köriş va ötkaziş bilan boğliq tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilişini taʼminlasin.
  2. Farmon ijrosini taşkil etiş, taʼminlaş va nazorat
  3. Mazkur Farmonning ijrosini samarali taşkil qilişga masʼul va şaxsiy javobgar etib Strategik islohotlar agentligi direktori B.B.Raxmatov belgilansin.
  4. Farmon ijrosini muhokama qilib boriş, masʼul taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.N.Aripov hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining yordamçisi B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Ş. MIRZIYOYEV

Toşkent şahri,

2025 yil 14 iyul

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan