Nafsini tiyolgan mardlarning mardi
Muallif haqida:
Omonulloh MUTAL — 1949 yilda tuğilgan. Toşkent politexnika instituti (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti)ning kimyo-texnologiya fakultetini tamomlagan. “Oliy martaba”, “Xiva xonligi Olloqulixon davrida”, “Hikmatli dunyo”, “Hisobli dunyo”, “Ezgulik boği”, “Salomim yetkazing”, “Ezgulik boğidan nasimlar” singari önga yaqin kitoblari naşr etilgan.
“Döstlik”, “El yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan. Tarix fanlari nomzodi.
Omonulloh MUTAL
YASSAVIY BOBO
Turkistonga intilar dunyo,
Qönim topgan bunda bir siymo,
Turbatidan taratar ziyo,
Hazratimiz Yassaviy bobo.
Amir Temur aylagan obod,
Mir Alişer yodlagan bot-bot,
Kim yöqlasa könglin aylar şod,
Uluğ zotdir Yassaviy bobo.
Ollohga qul, Rasulga ummat,
Fikri-zikri, aytgani hikmat,
Ojizlarga körsatar himmat,
Buyuk zotdir Yassaviy bobo.
Bejiz emas ismi Qul Ahmad,
Qalbin Olloh zabt etgan faqat,
Şoni öçmas abadul abad,
Hazratimiz Yassaviy bobo.
Bunda özbek, qozoq jamuljam,
Bölmagaylar bir-biridan kam,
Ahillikdan xursanddir Xojam,
Sultonimiz Yassaviy bobo.
Turkistonga intilar dunyo,
Qönim topgan bunda bir siymo,
Turbatidan taratar ziyo,
Uluğ bobom Yassaviy bobo.
QARDOŞIMIZ
Tyanşandayin alpqomat qirğiz,
Çöng bobosi donişmand Manas.
Adiblarning sarasi Çingiz,
Başariyat qiladi havas.
Olatovning yaylovlari keng,
Arçalari yaşnar ming yillab.
Bunda özbek qirğiz bilan teng,
Yaşaydilar bir-birin qöllab.
Ötmişi bir, ikki xalq egiz,
Oğir kunlar bölgan yelkadoş.
Qirqqa bölib yeyişgan mayiz,
Sinovlarga berişgan bardoş.
Har ikkisi bu kun mustaqil,
Nurli yölga qöydilar qadam.
Döstliklarin, Rabbim, mangu qil,
Bir-biridan bölmasinlar kam.
Tyanşandayin alpqomat qirğiz,
Çöng bobosi donişmand Manas.
Adiblarning sarasi Çingiz,
Başariyat qiladi havas.
* * *
Özbek va qozoqning ildizi birdir,
Yaylovi, qiri bir, daryosi Sirdir.
Tili bir, dili bir, eʼtiqodi bir,
Navoiy Abayga ustozdir, pirdir.
Örtada Turkiston, Yassaviy bobo,
Hikmatlar soçganda yorişar samo.
Döstona totuvlik urf bölgan yurtda
Oftob kulib çiqib, yayraydi sabo.
“Toşkent non şahri” deb tan olgan başar,
Ostona kundan-kun gurkirab yaşnar.
Özbegu qozoqning iqboli baland,
Bir-birin qöllaşib abadiy yaşar.
Özbek va qozoqning ildizi birdir,
Yaylovi, qiri bir, daryosi Sirdir.
Tili bir, dili bir, eʼtiqodi bir,
Navoiy Abayga ustozdir, pirdir.
TÖRTLIKLAR
Bilmagan narsangni bilgandan söra,
Hayotda pişiq böl, bölma xom, ğöra.
Bilimdon, oqköngil, kamtarin bölsang,
Dunyoda har kimsa sen uçun jöra.
* * *
Öngingdan qöymasin, yurmagin çapga,
Laqma bölib quloq osma har gapga.
Yaxşiyu yomonni farqlay ola bil,
Qöşilib ketmagin duç kelgan safga.
* * *
Uşbu hikmat menga bobomdan qolğon,
Ezgulikka bölsa durust goh yolğon.
Rost gap sabab bölsa nizo, janjalga,
Gung bölgin, solib yur oğzingga tolqon.
* * *
Şoşilma, şoşirmoq şaytonning işi,
Yölda köp qoqilar şoşqaloq kişi.
Tabiat mukammal tört fasli bilan,
Kuzda unum qayda, bölmasa qişi.
