“Vatan uçun yaşaylik!”
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligiga bağişlab eng yaxşi nasriy, şeʼriy va badiiy-publitsistik asarlarning anʼanaviy “Vatan uçun yaşaylik!” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovga 2024 yilning 10 avgustidan 2025 yilning 10 avgustiga qadar respublikamizdagi vaqtli matbuot va adabiy naşrlarda eʼlon qilingan yoki kitob holida çop etilgan badiiy-publitsistik maqolalar, oçerklar, nasriy va şeʼriy yönalişdagi asarlar taqdim etilişi mumkin. Ularda “Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan, xalqimizning milliy manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan içki va taşqi siyosat borasidagi tub özgarişlar, inson qadri oliy mezon bölgan yangi hayot, yangi jamiyat quriş yölida qölga kiritilgan zafarlar, mard va matonatli xalqimizning fidokorona mehnati, aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va maʼnaviy merosini örganiş va keng tarğib qiliş, Vatanimizning milliy istiqloli, xalqimiz ozodligi uçun kuraşib, şu yölda jon fido etgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatağon qurboni bölgan ota-bobolarimizning ibratli hayoti, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati tarğiboti kabi ezgu ğoyalar hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilişi lozim.
Tanlov iştirokçilari öz ijodiy işlarini (pasport yoki ID-karta nusxasi, manzil va boğlaniş telefon raqamlarini ilova qilgan holda) Toşkent şahri, Çilonzor tumani, Bunyodkor köçasi, Adiblar xiyoboni, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga yuborişlari kerak.
Yuborilgan ijodiy işlar 2025 yilning 15 avgustiga qadar qabul qilinadi hamda tanlov hayʼati tomonidan körib çiqiladi.
Tanlov ğoliblari Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Qöşimça maʼlumot oliş uçun telefon:
(71) 231-83-67.
