“Eng ulug', eng aziz” an'anaviy ko'rik-tanlovi respublika bosqichi g'oliblari
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan o'tkazilgan “Eng ulug', eng aziz” an'anaviy ko'rik-tanlovi respublika bosqichi g'oliblari
I. “Bosma OAV xodimlarining eng yaxshi jurnalistik ishlari” nominatsiyasi bo'yicha:
1-o'rin
Butayev Shoyim Primkulovich — “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi bo'lim mudiri. Mamlakat mustaqilligi g'oyalarini targ'ib etuvchi hamda tarixiy-ma'rifiy mavzudagi maqolalari uchun;
2-o'rin
Qo'shshayeva Iqbol Abdurazzoqovna — O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma'rifat” telekanali katta muharriri. Inson ruhiyati, adabiy-badiiy jarayonlar va kino san'ati tahliliga bag'ishlangan materiallari uchun;
3-o'rin
Bayturayeva Guljamal Orinbasarovna — “Nurlы jol” gazetasining bo'lim muxbiri. Millatlararo totuvlik va ijtimoiy mavzudagi maqolalari uchun.
II. “Televidenie va radio ijodkorlarining eng yaxshi materiallari” nominatsiyasi bo'yicha:
1-o'rin
Mambetsheripova Nazira Abdiganiyevna — “O'zbekiston 24” telekanali muharriri. Yangi O'zbekistonning yangi imkoniyatlari, soha va tarmoqlardagi o'zgarishlar samarasi, xususan, ekologik barqarorlikni ta'minlash, ta'lim, tibbiyot, sog'liqni saqlash tizimidagi islohotlar mevasi, “Inson qadri uchun” degan ezgu g'oyaning oddiy odamlar hayotida, hududlar qiyofasida qanday aks etayotganiga oid dolzarb mavzudagi reportajlari uchun;
2-o'rin
Xolmatov Parda Inatovich — Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi muharriri. Xalqimiz ruhiyati va ongu shuurida ro'y berayotgan yangilanishlar, “Inson-jamiyat-davlat” degan yangicha yondashuv, xalqchil tamoyilning hayotiy ifodasi aks etgan turkum eshittirishlari, olis hududlardagi obod manzillar va sud-huquq tizimidagi islohotlar samarasiga bag'ishlangan radiomahsulotlari uchun;
3-o'rin
Pirboyev Umed Murod o'g'li — “Renessans” telekanali muxbiri. Yoshlarni milliy istiqlol g'oyasiga sadoqat, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni Vatanimiz taraqqiyotini ta'minlash yo'lidagi ezgu ishlarga rag'batlantirish, ongu shuurida daxldorlik, bunyodkorlik, kelajakka ishonch tuyg'ularini mustahkamlash, atrof-muhit musaffoligini ta'minlashga bag'ishlangan turkum tahliliy reportajlari uchun.
III. “Internet-jurnalistikasi” nominatsiyasi bo'yicha:
1-o'rin
Jonibekov Ziyodullo Toshtemirovich — O'zbekiston Milliy axborot agentligining Prezident “POOL” markazi boshlig'i. Internet tarmog'ida e'lon qilingan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy mavzudagi tahliliy materiallari uchun;
2-o'rin
Xayrullayeva Feruza Nurmat qizi — “Oyina.uz” portali muharriri, Ijtimoiy-iqtisodiy, tahliliy materiallari uchun;
3-o'rin
Askarov Dilshodbek Qobilovich — “Vodiy-1” internet nashri bosh muharriri. Saytlarda e'lon qilingan madaniy-ma'rifiy mavzudagi materiallari uchun.
IV. “Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasi bo'yicha:
1-o'rin
Hazratkulov Mamatkul — “Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharrir o'rinbosari. “Kitob ichra sen borsan” kitobi uchun;
2-o'rin
“Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari tahririyati — “2022 nigoh” kitobi uchun (Bosh muharrir Husan Ermatov);
3-o'rin
Qiyomov Ma'murjon Umirzoqovich — “Ma'rifat” va “Uchitel Uzbekistana” gazetalari bo'lim mudiri. “Ezgulikka undovchi saboqlar” kitobi uchun.
V. “Yozuvchi va shoirlarning eng yaxshi badiiy asarlari” nominatsiyasi bo'yicha:
1-o'rin
Azimov Abdumajit Abdullayevich — “Qiyom pallasi”, “Mangu yo'lovchi” hamda “O'zbeklarim” kitoblari uchun;
2-o'rin
Kurambayeva Gulandam Karimbayevna — “O'zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalari” kitobi uchun;
3-o'rin
Qo'shmaqov Mahammatali — “Qadamingga gullar ochilsin” publitsistik to'plami uchun.
VI. “Tasviriy san'at, foto va dizayn ishlari” nominatsiyasi bo'yicha:
1-o'rin
Kasimov Maxsudjon — Bugungi zamondosh qahramonlarni aks ettirgan tasviriy san'at asarlari uchun;
2-o'rin
Qosimov Xurshidbek Hasan o'g'li — Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, bunyodkorlik ishlari mavzusini dizayn ishlarida aks ettirgani uchun;
3-o'rin
Meylikov Ulug'bek Ismailovich — “Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!” turkum fotosuratlari uchun.
VII. “Kino san'ati asarlari” nominatsiyasi bo'yicha:
1-o'rin
Bekturdiyev Akbar Egamberdiyevich — “O'zbek qizi” nomli to'liq metrajli badiiy filmidagi mualliflik va rejissyorlik ishi uchun;
2-o'rin
Karimov Rustam — “Mepoc” hamda tibbiyot sohasidagi sharafli va mashaqqatli kasbiga umrini baxshida qilgan fidoyi shifokor obrazini mahorat bilan ijro etgani uchun, “Doktor Abdullayev” nomli to'liq metrajli badiiy filmlaridagi aktyorlik ijrosi uchun;
3-o'rin
Narzullayev Nurullo Fayzullayevich — “Xalq yuragi” turkumidagi “Maqsud Shayxzoda” hamda qahramon ichki kechinmalarini ochib bera olganligi va o'ziga xoc rejissurasi orqali “Matonat maktabi” rukni ostidagi “Mohigulning pok niyati” nomli hujjatli filmlardagi rejissyorlik ishi uchun.