Daraxt şoxidagi sönggi barg misoli…
Murodxon NIYOZXONIY
Muallif haqida:
Murodxon NIYOZXONIY — 1960 yilda Iştixon tumanining Şayxlar qişloğida tuğilgan. “Salom, bu – men” nomli kitobi naşr etilgan.
Şeʼrlari, tarjimalari va maqolalari vaqtli matbuot sahifalarida eʼlon qilinib turiladi.
“Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
ONAMGA MAKTUB
Savolingiz qöydi meni şoşirib,
“Falonçi qizini sevarmiding sen?”
Nima ham qilardim asli yaşirib,
“Yöq”, dedim, “yöq” dedim,
soxta kuldim men.
“Nega aytmading?” deb qiynamang meni.
Tola soçingizga arzimas dardim.
Onajon, dardingiz oşirib emas,
Baxtingiz oşirib yaşaş – istagim.
Men mağrur tuğildim, mağrur ölaman,
Sevgiga ham egmay bu qaysar boşni.
Lekin men tiz çökib öpa olaman
Oyoğingiz tekkan har xasni, toşni.
Onajon, kuyinmang, şunday kun kelar,
Öğlingizni şunda dunyo biladi.
Öşa, öğlingizga tegmagan qizlar
Hali juda qattiq afsus qiladi.
ÖGIT
Döstni “döst ekan”, deb kötarma boşga.
Uşbu nasihatim angla, ol uqib.
Oğrinma bugungi döstlar safidan
Kimdir çiqsa erta, bölib zör raqib.
Raqibni “raqib” deb kaltaklama köp.
Tanti yigit uçun, bilgil, bu ordir.
Kim bilar bugungi raqiblar içra
Ertangi eng sodiq döstlaring bordir.
KUZ
Quloğimni teşguday böldi
Xiyobonda, oyoq ostidan
Eşitilgan ötkir çinqiriq
Va … tanidim sarğaygan bargni!
Gunohga botirding meni, Kuz,
Oyoq bosdim yaşilligida
Özim sevgan bargning yuziga.
Gunohga botirding meni, Kuz…
YANA KUZ
Kuz,
Mening rafiqamga öxşaysan.
Soçlari – oltin,
Yuzlarida oftob kulguvçi.
Kuz,
Yoz böyi qöşiqlar kuylab,
Qiş oldidan yalanğoç qolgan
Daraxtlaring menga öxşaydi…
* * *
Oxirgi ilinjim
Daraxt şoxidagi
Sönggi barg misol
Titrab turar
Yuragim bir burjida…
Sen çiqmading.
“Xayr!” deganday böldi
Ohista birov.
Yetim ilinj –
Uzilgan şul barg
Yerga boşin qöyguniça to
Soçlarimni qopladi qirov…
QIŞLOQ
Qişloq yaxşi,
Köz yumsang unda,
Eşitganlar yölidan keladi qaytib.
Qarindoşmi, begonami
Kelib yiğlaydi,
Heç bölmasa … öz dardin aytib.
Kun kelar,
Meni sevişingni odamlar bilar
Va olam havasi keladi menga.
Ğiybat botqoğida qurbaqa ölar.
Şunça yil yaşadim, işonib şunga.
Kun kelar,
Ölarman, köz yoşing – daryo,
Kuyinib yiğlaysan ajalni qarğab.
Menga havas qilar yana bu dunyo,
Men uçun sen tökkan köz yoşga qarab!

