Vatan degan Vatan bölajak
Farida AFRÖZ
Muallif haqida:
Farida AFRÖZ — 1956 yili Qöqon şahrida tuğilgan. Qöqon davlat pedagogika instituti (hozirgi Qöqon davlat pedagogika universiteti)da tahsil olgan. “Qirq kokilligim”, “Iztirob köylagi”, “Tunlar isyoni”, “Közim manim…”, “Özimdan özimgaça”, “Uşşoq”, “Tasbeh”, “Öşa kun bugundir” singari qator kitoblari naşr etilgan. Şeʼrlari rus, turk, ingliz, nemis, fransuz, fors, uyğur, ozarbayjon, gagauz, xitoy, koreys kabi xorijiy tillarga tarjima qilingan.
1999 yili “Şuhrat” medali, 2017 yili “Döstlik” ordeni, kuni keça “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
* * *
Dalaning qoq örtasida,
saraton mavjida, tut soyasida,
gödagini bağriga bosgan
juvon —
mening Vatanim.
Ğözasining gullarin öpib,
har egatga jon terin tökib,
paxtasining kulganin körib,
közlariga yoş olgan
dehqon —
mening Vatanim.
Yoz çillasi doşqozonida
qovurdoqdek qovurib, garmselda sovurib,
şimolga ham şaftoli tutgan
boğbon —
mening Vatanim.
Qiş-qirovli tunlari bedor,
qaşqirlarga bermay omonlik,
qöziçoğin qöyniga solib,
xirgoyisi darani tutgan
çöpon —
mening Vatanim.
Bobosining belboğin
adolatning bayroği qilib,
“Halol, halol, halol!” deya
raqibining kuragini yerga bosgan
polvon —
mening Vatanim…
Millatim, yurtim — oriyatim deb,
tinçlik muddaomdir, pok niyatim deb,
temuriy tulporin minib,
kökragini öqqa tutgan,
yalangtöş sulton —
mening Vatanim!
MAQOLNOMA ŞEʼR
Yaxşi noming yomon qilgan
Döstlaringdan döst çiqmas,
Yetti ölçab bir bor kessang,
Laxtagingdan köst çiqmas.
Keça-kunduz senga oşno
Bölsa agar bir doniş yor,
El oğziga elak tutar,
Heç nojöya söz çiqmas.
Qilgan işing rejali gar,
Bosgan izing xayri qutluğ,
Qoş qöyarsan va lek ammo,
Aslo-aslo köz çiqmas.
Fursat şoşar, vaqt ğanimat,
Söroqlarga javobing bor,
Diling ezgulikka şaydirki,
Nolang ham sust çiqmas.
Farid Afröz, fikring tuzat,
Fikr dunyoning mehvari,
Aytarlaring mağzi töq gar,
Ming çaqsa ham puç çiqmas.
* * *
Baxtning quşi qöndi, elim, boşingga,
Har yonda tantana qilar adolat.
Endi dunyolar ham kelar qoşingga,
Yurtboşing fayz bersa, gullagay davlat.
Yana nima kerak senga, birodar,
Masjidlar duoda, maqbara uyğoq.
Aslo toş otolmas heç bir darbadar,
Yurtboşing mard bölsa,
nomardlar yiroq.
Endi sen çin söyla, yaşagin röyrost,
Xiyonat qilma, bas, özbek, özlikka.
Sadoqat körsatib ajdodlarga xos,
Yurtboşing poklagan halol tuzluqqa.
Vatanni sev çindan, onang axir u,
U otang emasmi, qoningda oqqan!
Beşikda jilmaygan bolang axir u,
Yurtboşi jonida olovlar yoqqan.
Elim, öz baxtingni tanisang böldi,
Adaşma, çalğima, huşyor, zukko böl.
Köksing erk quyoşi nuriga töldi,
Yurtboşing qadami — jannatlarga yöl.
UÇINÇI RENESSANS —
UÇINÇI TÖLQIN
Mening tomirimda qonim musaffo,
Buyuklar sururi, ruhi oqadi.
Tarixdan söz oçsang, mudroq taningda,
Ajdodlar şarafi olov yoqadi.
Olamni yoritdi ilm, fasohat,
Yusuf Xos Hojibdan boşlangan bilig.
“Maʼmun” ustunlari aytadi alla,
Xorazmiy yasagan tebranar beşik.
Forobiy ğijjagi başorat berar,
Yassaviy taqvosi, hikmatlaridan.
Dunyoni uyğotib sadolar kelar,
Beruniy kaşf etgan xilqatlaridan.
Termiziy, Farğoniy, Zamaxşariylar,
Toş qalblar qaʼriga bitdilar bitik.
Qoronğu köngillar yorişdi birdan,
Fikrlar tirildi, tafakkur tirik.
Tovonda qon bilan Imom Buxoriy,
Jonlarga hadisni naqşinday öydi.
Ibn Sino keldi, hayratda jahon,
Dunyo yarasiga malhamlar qöydi.
Yillar ötdi, kuraş, janglar, istilo,
Kimlar kelmadi axir qiliçin qayrab.
Sohibqiron Temur — adolat tongi,
Göyo quyoş çiqdi nurlarin tarab.
Söz mulki sultoni — hazrat Navoiy,
Şoiri ulamo, şoiri baqo!
Boburiy nafosat, boburiy hikmat,
Asrlar sönmaydi, berar aks sado.
Mustabid zamonlar, endi xayr-xöş,
Elim ozod, hurdir, yurt esa obod.
Har lahza yaşamoq baxt endi bunda,
Niyatlar gözaldir, gözaldir hayot!
Bugun naʼra tortar uçinçi tölqin,
Tomirda köpirar ajdodlar şaxti.
Bugun omon bölsin ilmu fan işqi,
Haqning inoyati — saltanat taxti!
* * *
Ustozning
qölidan
suv içganlarning
Kökayi boğ bölar, boğiston bölar.
Bu çaman bağrida har quş donişmand,
Har çeçak bir hikmat, diliston bölar.
Ustozning
mehrida
hayot mujassam,
Tomirda nur oqar, olov tafakkur.
Bu rangin dunyoning kamalaklari
Joningga jon berar, beradi surur.
Ustozning
izlari
jannatga boşlar,
Behiştning ifori tutar har yonni.
Biz axir insonmiz, hazrati inson,
Biz uçun yaratmiş jumla jahonni.
Ustozning
közi-la
boqsang olamga,
Yuraging kengayar, oy, quyoş bölar.
Nigohing sipqorar koinotlarni,
Yer şari kaftingda bir töptoş bölar.
IQROR
Ustoz Xurşid Döstmuhammadga
Yölingga çiroqlar tutadi,
Kelmasing bilsa ham kutadi,
Qadrsiz, qadringga yetadi,
Dunyoning eng yaxşi odami.
Yöğingdan borliqlar yasaydi,
Şoningga yorliqlar töşaydi,
Kaftlari otangga öxşaydi,
Dunyoning eng yaxşi odami.
U borki, toğlaring körkamdir,
U borki, har kuning köklamdir,
Darbadar kemangga yelkandir,
Dunyoning eng yaxşi odami.
Şamolda tebrangan anordek,
Yorilib tinglaydi yorondek,
Soyasi ming yillik çinordek,
Dunyoning eng yaxşi odami.
Yurganda maysalar kularlar,
Söz aytsa, qumrilar tinarlar,
Köksiga in qurgan turnalar,
Dunyoning eng yaxşi odami.
Daryo u — irmoqlar şoşguvçi,
Tölqindir qirğoqdan toşguvçi,
U işqdir — haddidan oşguvçi,
Dunyoning eng yaxşi odami.
Ruhingga quvvat ham öşadir,
Eng jonon suhbat ham öşadir,
Topganing hikmat ham öşadir,
Dunyoning eng yaxşi odami.
* * *
Öylabmanki,
Boşimda porlagan otam
Quyoş qança tursa, turaveradi.
Öylabman,
Onamning joni qirqtadir,
Yonimda bittasi yuraveradi…
Öylabmanki,
Bolalik kunlar tugamas,
Mangu dalalarda çopaveraman.
Öylabman,
Göşangam osmonu falak,
Bulutlarni töşab yotaveraman.
Öylabmanki,
Yorginam yorlik qiladi,
Taşlab ketolmaydi ölmasdan avval.
Öylabman,
Jigarlar ozor bermaydi,
Bolalarim baxti tökisu tugal.
Öylabmanki,
Fursatim ixtiyorimda,
Vaqtni quvsam, albat, yetib olaman.
Öylabman,
Taqdirni özgartib bölar,
Ğamdan keçaman-u işq-la qolaman.
Öylabmanki,
Hayotning tutgani şarbat,
Zaharlar içmayman döstim qölidan.
Öylabman,
Orzular — uçqur çavandoz,
Hasadning itlari çiqmas yölidan.
Öylabmanki,
Armonning manzili boşqa,
Men bilan tutaşmas yöllari aslo.
Öylabman,
Ayriliq bizga xos emas,
Yaqinlarim ölmas, bölmayman judo.
Öylabmanki,
Taşvişlar tugar bir kuni,
Könglim-la ketaman köngilzorlarga.
Öylabman,
Daryoday yuragim bilan
Hayqirib kiraman köksi boğlarga.
Öylabmanki,
Egnimda şoirlik töni
Avliyo yopingan xirqapöş misol.
Öylabman,
Sözlarim eşitar dunyo,
Tinglangani kabi hazrati Bilol.
Öylabman… Yöq!
Öyimga yetmadim bugun,
Ki titrab tursa ham kaftimda olam.
Öylabman…
Tuşundim, yo, Tangrim, keçir,
Odamlik qilibman, men nodon Odam!
KEÇA EDI U,
BOLA EDIM MEN…
Gulqoğozdan varraklar yasab,
Dalalarda tinmay çopardim.
Atirgulning oçişin poylab,
Gul tagida uxlab qolardim…
Keça edi u, bola edim men…
Opam aytgan ertaklar içra
Semurğ bilan kökda uçardim.
Men özimça Oybarçin, Zumrad,
“Yoril toş”ni borib quçardim…
Keça edi u, bola edim men…
Qovoğari uyasin kovlab,
Çöpak sançib, buzib qoçardim.
Kapalakning xollarin sanab,
Men özimça dunyo oçardim…
Keça edi u, bola edim men…
Boyçeçakdan gulçambar yasab,
Sigirimning şoxin bezardim.
Qum dalada oyoqlar kuyib,
Misli sayyoh, jahon kezardim…
Keça edi u, bola edim men…
Bugun esa…
Bugun esa…
Bolaman hamon…
Yuzlarda ajin, soçlari oppoq.
Yurak esa, ha, öşa-öşa!
Kunlar esa… Ğurbati köproq!
Bu ğurbatlar zalvorin körib,
Hatto şamol erkin yelmaydi.
Qiziq, ongim ulğaygan sayin
Sira katta bölgim kelmaydi!
Mening könglim fasli bahordir,
Gul rangida, işqning rangida.
Hali umr uzundan-uzoq,
Hali bulbul sayrar tongida!
Ming aylansa bu çarxi davron,
Yana bola bölmoq muşkuldir.
Ammo senga, Ey, Qodir Egam,
Bola könglim uçun şukurdir!!!
MADHIYAMIZGA MADHIYA
Qadim-qadim zamonlarda
Yurtga kelgan har bir doniş,
Eng avvalo, şu millatning
Qöşiğini tinglaganmiş.
Magar eli farovondir,
Magar ozod va hurlik yor.
Qöşiğida kuylar xalqi,
Qöşiğida baxti bisyor.
Alla aytar onalari,
Qut-baraka tilar yurtga.
Yor-yor deydi yorlarini,
Jömardlari qaytmas ortga.
Madh etadi bor-budini,
Köngilni heç aldab bölmas.
Vatan — obod, Vatan — erkli,
Qöşiqlari mahzun ölmas.
Kel, ey, dunyo, kel, ey, jahon,
Madhiyamiz tingla bir bor.
Özbeklarning boşida toj,
Özbekiston degan diyor!
* * *
Burgut bölsang, samoviy parvozingda uç,
Ohumisan, toğu toş qoyalaring quç,
Ey, sen, fitna, razolat — xayollari puç,
Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.
Sen magarki şamolsan, ortingga qaytma,
Quyoş bölsang, şafaqning qöşiğin aytma,
Mardmisan, jömardlik taxtidan ketma,
Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.
Maydasanki, çil-parçin bölişing tayin,
Tegirmonda yançarlar yançilgan sayin,
Ey, dunyosi xaroba, umri betayin,
Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.
Zörmisan, gar, zörliging körsatib ötgil,
Ğörmisan, bas, peşonang qismatga tutgil,
Noçormisan, noçorlik şarobin yutgil,
Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.
Çumoli ne qilar fillar jangida,
Muz yonmagay aslo olov rangida,
Tun kezmagay, illo, omad tongida,
Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.
Aslida-ku, ğoliblik Haqdan inoyat,
Har ne işga qöl urar, bölar karomat,
Bu ham bitta hidoyat, ajib sinoat,
Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.
Kuzak ötib, qiş keldi, keladi Navröz,
Har bir maysa, har çeçak aytar ğolib söz,
O, mağlublik sengamas, Farida Afröz,
Bilginki, ğoliblar tahlil qilinmas.
* * *
Millat bölsa, bayroq topilur,
Kötarguvçi bilak topilur.
Vijdon ursa qalb içra tuğyon,
Vatan degan yurak topilur!
Elni degan engaşib qolmas,
Doniş kişi kengaşib tolmas.
Vatan degan Vatan bölajak,
Suvda çökmas, heç ötda yonmas!
Vatan borki, soğinç sözi — ğam,
Yurt deganda közlarida nam,
Sen boşimda porlagan quyoş,
Ey, muşfiqim, muştipar onam!
Qaytar bir kun azaliy şukuh,
Qaytar ğurur, o, pokiza ruh,
Qadri baland bölsa gar odam,
Qadar bölar boşidagi tuğ!
Momo zamin, o, bobo tuproq,
Vujudimni titratgan titroq.
Seni, bilsang, közimday sevdim,
Kipriklarim oçmoqda yaproq!
Tomirimda oqqan qonim sen,
Millat tuqqan, onam — şonim sen,
Dunyolarga daholar bergan,
Ayol boşim — qirqta jonim sen!
ÖZBEK
“Özbeklar qanday odamlar?”
(xorijlikning savoliga javob)
Ğözasining gullarini öpadi ÖZBEK,
Qöziçoğin közlarini öpadi ÖZBEK,
Farangivaş satanglarning
barmoqlarinmas,
Otasining öngirini öpadi ÖZBEK.
Tol ekadi, tut ekadi, ekar teraklar,
Uy quradi bolasining bolalariga.
Quş boqadi, qurt boqadi,
çarçamas ÖZBEK,
Xirgoyisi böztörğayning nolalariga.
Aldamaydi, aytgan sözi —
hadisday xolis,
Garçi Qurʼon yodlaganmas,
borliği — iymon.
Payğambarin,
poşşosini taniydimi, bas,
Tavbasi bor Allohiga, qasamlari — non.
Şukr qilar, har lahzasi, tinçlik oniga,
Bedapoya sayilgohi, paykallar, boğlar.
Don xirmoni köşki erur,
minbar, martaba,
Har giyohning tilin bilar,
dildan dillaşar.
U har yili daho tuğar, avliyo, şoir,
Buyuklarni beraverar jahonga bot-bot,
Va indamay yaşayverar, qilmay iddao,
Tomirida oqaverar muruvvat, sabot.
Hey, sen, dunyo, tanimasang tanib ol uni,
Ha, bu şunday ölka erur, oltin tuproği.
Yer şarida bir yurt borki,
mangu, muqarrar,
Eli esa öziga bek, mardlik bayroği!
