Ufqlar ortida zangori yöl bor

Halima Ahmedova

Muallif haqida:

Halima Ahmedova — 1960 yilning 1 oktyabr kuni Buxoroda (hozirgi Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani)da tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning özbek filologiyasi fakultetida, Moskva oliy adabiyot kursida tahsil olgan. Şoiraning “Közimning tili”, “Tungi marvarid gullar”, “Erk dariçasi”, “Tiyramoh”, “Afsun”, “Umid soyasi”, “Nigoh qiblasi”, “Şafaq ibodati”, “Yosuman gulining soyasi”, “Taşbeh” “Yaşil”, “Şudringli parçalar” singari köplab kitoblari çop etilgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi ­aʼzosi.

 

OZODLIK

Sen bergan hayotni sevdim, tonmayman,

Boğlandim zanjirlar silsilasida.

Balki, yorişganman qaysidir bir payt

Ötkinçi kunlarning quv jilvasida.

 

Meni bu hayotdan ozod qil, ozod,

Qanotga aylantir ikki qölimni.

Parvardigor, uçay baxtdan töliqib,

Yöq-yöq, yubormay tur hali ölimni.

 

Mening ozodligim juda özgaça

Şamolga suyanib,

Şudringlarni içib bölsam mast

Va huşimga qaytsam tebranib,

Musiçalar berganda nafas.

 

Közlari qabariq olamday

Qanot qoqsam ninaçidek sabolarda.

(Ammo neçun könglim aro suzib ötar

Işqning yodi

va gul hidi havolarda?)

 

va ruhimni tortib olsam xazonlardan,

ketsam,

ketsam sahrolarga yalangoyoq.

Yulğunlar kuy çalib bersa

men ğaddorga,

Ortingga qayt deya

hayqirsam baland.

 

Solday ergaşib kelayotgan bahorga

Men tuganmas nedir istayman,

Yolğonçi fasllar çarçatar baʼzan,

Men özimni rad qilganim sayin menman.

Tört faslni yuragimga işq qamagan,

Alloh, qöyvor ozodlikka çanqaganman.

Dengizlarning tuşlariga kiray şöxçan,

Yunusbaliq sani yöqlab tökkanda aşk.

Nilufargul taqib uzun soçlariga,

Suvparilar dengiz tuşin

qilganda raşk.

 

Meni qöyvor,

zanjirlarni uzib ketay,

Toqatim yöq faryod ila nolişlarga.

Dardga tölgan bu könglimni örgatayin,

“Sarahbor”ni kuylayotgan qamişlarga.

 

Sen körib turibsan,

har tongda,

Supurib taşlaydi şahar

olaytirib qoraçiğini

Uzilgan toqatlar,

singan sabrlar

Va ölayotgan haqiqat çinqiriğini.

 

Sen körib turibsan,

ojiz bandaman,

Boz ustiga sillam qurigan.

Susambilni topolmadim izlab

oltmiş beş yil

Orzular sarğaygan,

umid uringan.

 

Qöyib yubor meni, Rabbim,

Bir oqayin olmadayin

Momo Havvo tuşin aytgan daryolarda.

(Ammo neçun könglim aro suzib ötar

Işqning yodi va gul hidi havolarda.)

 

Men ketarman olislardan-olislarga,

Xayrigullar bazmida bir raqsim qolgan.

Döstim-ku yöq,

ğanimlarim soğinsalar,

Özim ekkan daraxtlarda aksim qolgan.

 

Meni qöyvor, ozodlikka çanqagan man,

Nafas urgin, nafas urgin, Parvardigor.

Qalbimdagi jarohatni davolarga

Va payvand qil

Telba ruhim Qayumarsning

Daraxtlari kuylab ötgan navolarda.

(Ammo neçun könglim aro suzib ötar

Işqning yodi va gul hidi havolarda.)

Qöyib yubor mani endi, Parvardigor…

 

* * *

Köksimga qamadim haydalgan işqni,

Kişanlar yasadim qoronği tundan.

Qonagan oyoğin közimga surtib,

Bir yurak söradim telba Junundan.

 

Vujudni xokistar etdi alanga,

Yaproqni kuydirdi tiyra bözlarim.

Qayta daraxt bölib yuksalarmanmi,

Tuproqqa tölganda işqli közlarim?

 

Yaratgan, azobing içra oçildim,

Garçi nigohingda nihon edim man.

Zaminga xokistar bölib qorişdim,

Quşlar közidagi osmon edim man.

 

Köksimga qamadim haydalgan işqni,

Aşkim daryosidan yurakkinam nam.

Dilning köz yoşini qurita olmas

Ön sakkiz ming olam quyoşlari ham.

 

Söngagim içida oqqan bahorlar,

Yo Rab, muzlagaymi umrim söngida?

Mening işqqa töla öjar yuragim

Çirsillab yonmoqda közim öngida.

 

Yongan yuragimni kömaman özim,

Yaproqlar bandida qolar doğlarim.

Bir kun daraxt bölib yuksalsam, Alloh,

Meni tanigaymi kuzgi boğlarim?!

* * *

Ufqlar ortida zangori yöl bor,

Balki, u xayolim, balki afsonam.

Pokiza kunlarin şu yölga boğlab,

Keçmoqda qismatim — yölovçi sanam.

 

Ufqlar ortida zangori yöl bor…

Yuragim vujuddan ketar sitilib,

Yaşayman kimningdir yodidan qoçgan —

Adaşgan arvohday unga intilib.

 

Ufqlar ortida zangori yöl bor…

Ruhimni izlayman, qayda u, e voh?

Osmon, yulduzlarning qabrini körsat,

Unda kömilganmi ruhim begunoh?

 

Ufqlar ortida zangori yöl bor,

Ölim erk ustiga qadalgan tuğdir.

Ketaman qontalaş ufq ortiga,

Xayolim munavvar, yölim yoruğdir.

 

Ufqlar ortida zangori yöl bor,

Hayqir, dalli dilim, sen neçun nigun?

Nega jim keçasan, laʼlivaş qonim,

Sen kimning izisan, közimdagi mung?

 

Ufqlar ortida zangori yöl bor…

 

ÖĞLIMGA DARSLIKLAR

(Turkum)

  1. Tabiat darsi

Har bitta daraxtda bir dil yaşaydi,

Tikilgani sari ösadi könglim.

Ularga quloq sol, ularni tuşun,

Daraxtlar aldaşni bilmaydi, öğlim.

 

Jajji yuragingda kimning soğinçi,

Sezaman, ne qilay, boşqadir yölim.

Senga dadangdan ham mehribon, yaqin,

Daraxtlar nomardlik qilmaydi, öğlim.

 

Jasur böl, közingda körmay sira yoş,

Har qanday alamni içingga yut jim.

Döstlardan azizroq, döstlardan baland,

Daraxtlar heç qaçon sotmaydi, öğlim.

 

Qaçondir barvasta yigit bölursan,

Toleingni körib tölgaydir könglim.

Ulardan sadoqat saboğini ol,

Daraxtlar xiyonat qilmaydi, öğlim.

 

  1. Adabiyot darsi

Goho böm-böş könglim oralab

Sudraladi kuzak şamoli.

Sarğaygan gul yaproqlariga

Dilim çizar işqning xayolin.

 

Tökilmoqda tomçilab umr

Malaklarning gul kosasidan.

Men tuğilgan edim-ku bir kun

Yomğirlarning sirli sasidan.

 

Daraxt edim, egilmas daraxt,

Ösardim nur emganim sayin.

Yaşil dunyo soğinçlarida

Bir kun xazon bölmoğim tayin.

 

Şoir edim, beboş yuragim

Talaşardi ruhim, samo, yer.

Men sendayin paytimda, öğlim,

Dalalarga örgatardim şeʼr…

 

Öğlim, sendan boşqa kimim bor,

Közlaringda oqadi dilim.

Şeʼrday Majnun kunlarim haqqi,

Sen dunyoni şoir qil, öğlim!

 

  1. Matematika darsi

Men ança böş edim, toliqar edim,

Aqlim çalkaştirib ketganda sonlar.

Hali ham qalbimni örtaydi baʼzan —

Qalbi tenglamaga öxşaş insonlar.

 

Sen esa miriqib yeçasan misol,

Jajji barmoqlaring yayrab sanaysan.

Meni ğamlarimdan ayirgin, desam,

Işonib-işonmay kulib qaraysan.

 

Hayot masalalar turkumi ekan,

Kimnidir kimidan ayirar ölim.

Kimdir köpaytirar çöntakda çöğni,

Sen qalbda çöğingni köpaytir, öğlim.

 

Haqni nohaqlarga qöşib qöymagin,

Kambağalni boydan ayirma heç vaqt.

Mening bilimdonim, kiçik oqilim,

Senga nasib bölsin men körmagan baxt.

 

Bir kun vujudimdan ayriladi jon,

Qay ildiz ostida çirqirar dilim.

Öşanda men sevgan bir tup rayhonni

Qoraygan qabrimga qöşib qöy, öğlim.

 

* * *

Odam ketyapti, Havo körinmas,

Ming yillik dardimga davo körinmas,

Çanqagan sahroman, daryo körinmas,

Rabbim,

neçun işqning dilidan qoçdim?!

 

Avvallar döst edik, yuz burdi çaqmoq,

Vijdonim — çandilgan ming bitta yamoq,

Yodimdan çiqibdi dalayu söqmoq,

Nega axir Nuhning selidan qoçdim?!

 

Haqiqat tongida bölgandim ayon,

Yaşadim fasllar qöynida pinhon,

Qarayman, yolğonga belangan jahon,

Vohki, haqiqatning yölidan qoçdim.

 

Osmon bemor edi, yer edi bemor,

Huzurimga keldi qontalaş bahor,

Senga işonmayman, dedim neça bor

Va söngra öngiyu sölidan qoçdim.

 

Hayot yelkamdagi oğir toş edi,

Vujudim dardlarga ming taloş edi,

Könglim vujudimdan ança yoş edi,

Mehribon Ajalning qölidan qoçdim.

 

Özim ham bilmayman, qanday ayolman?

Goho suv, gohida miskin şamolman,

Rabbim, bağişlagin, qora savolman,

Alanga edim-u, kulidan qoçdim.

 

* * *

Kuz tuni kiradi ğamgin va gözal,

Tinglayman yuragim larzasini jim.

Labimdan sirğalib tuşadi mahtal,

Şabnamda çayilgan bir söz: soğindim…

 

Kuzgi olmalarning nafasi ötkir,

Jonimni yayratar bir sir muattar.

Şamolga aytaman: “Sen ham birga kir…”

Kirmaydi, u mendan yuz bora qaysar.

 

Kuz menga eslatar bolaligimni,

Tangaday soçilgan gujum barglari.

Arğimçoqda qolgan hur şodligimni

Olib ketdi qaçon qismat dardlari?

 

Meni yupatmagin, ey dilkaş yomğir,

Köksimda joylangan qança soğinç bor.

Garçi qişloq yuki juda ham oğir,

Kunlar jilmayardi unda baxtiyor.

 

Bilmaysan, soğinçdan hapriqar jonim,

Soğindim qişloqi quşlar sasini.

Telbaday artaman to bor imkonim,

Olis xotiramning derazasini.

 

* * *

Menga nima böldi, kulib yuribman,

Dilimga sançilgan tikanlar bilan.

O, neçun bunçalar şakarguftorman

Jonimga baloni ekkanlar bilan.

 

Nafratim öldimi?

Söndimi öçim?!

Tumandan quyoşni, muzdan daryoni

Tortib olgan men emasmidim…

Savalagan öşa qora riyoni.

 

Bugun men şamollar uçirgan xasman

Va yoki şakarga botirilgan qayğu.

Bolamday erkalab östirgan hisni

Bugun soğinaman, qayerlarda u?

 

Yuragim — zulmatga quvilgan soya,

Barbodim suratin çizadi kimdir.

Boşimga, yelkamga qöngan xazonlar

Göyoki holimdan olar xavotir.

 

Hayot ğajib taşlar tuyğularimni

Va yana köz tikar tinmay könglima.

Kuzak hayqiradi, yiğlaydi yomğir,

Seni yomon körib qoldim, Halima…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan