Özbekiston Prezidenti dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan mamlakatlarning umumiy tahdid va muammolarini bartaraf etiş böyiça qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmanboşi şahridagi “Avaza” milliy turizm hududida ötayotgan BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferensiyasida iştirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga köra, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida ötgan tadbirda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş, Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, şuningdek, boşqa qator davlat va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar rahbarlari ham iştirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, transport jihatidan özaro boğliqlikni mustahkamlaş va savdo tartib-taomillarini soddalaştiriş, iqtisodiyotni transformatsiya qiliş, iqlim özgarişi va ekologik tahdidlarga bardoşlilikni oşiriş, Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Davlatimiz rahbari sözining avvalida Turkmanistonning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş, global va mintaqaviy barqarorlik va farovonlikni taʼminlaşga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuksak baholadi.
Konferensiyada muhokama qilinayotgan masalalar hayotiy muhim ahamiyatga ega ekanini, çunki dengiz portlaridan jöğrofiy uzoqlik va bir neça mamlakat hududlarini kesib ötiş zarurati bir qator obʼyektiv muammolarni keltirib çiqarayotganini taʼkidladi.
Tariflarning yuqoriligi, transport yölaklari va infratuzilmasining çeklanganligi, boşqa mamlakatlarning bojxona-tranzit siyosatiga qaramlik şular jumlasidan.
Jahon banki maʼlumotlariga köra, katta transport xarajatlari va tranzitning beqarorligi tufayli Markaziy Osiyo mintaqasi har yili yalpi içki mahsulotning 2 foizigaça yöqotmoqda.
Logistika xarajatlari tovarlar qiymatining 60 foizigaça qismini taşkil etadi, bu esa jahondagi örtaça körsatkiçdan bir neça barobar yuqoridir.
Şu munosabat bilan yangi işonçli tranzit yölaklari va logistika infratuzilmasini rivojlantiriş Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotning muhim şartiga aylanmoqda.
– Bugun bizni birlaştirgan kun tartibi fundamental masala – adolat masalasiga daxldordir. Bu – dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan davlatlarga jahon iqtisodiyotida teng şaroitlarda iştirok etiş imkoniyatini taʼminlaşdir, – dedi Özbekiston yetakçisi.
Şu bilan birga, uşbu dolzarb muammoni hal qiliş uçun uçta prinsipial şartni bajariş lozim.
Bular barqaror rivojlaniş asosi sifatida infratuzilmani modernizatsiya qiliş, tranzit muammolarining oldini oliş maqsadida özaro boğliqlikni kuçaytiriş va global teng huquqlilikning asosiy elementi bölgan rivojlaniş huquqini taʼminlaşdir.
Sönggi yillarda Özbekistonda xususiy sektorni faol jalb qilgan holda zamonaviy transport-logistika tarmoğini şakllantiriş böyiça tizimli qadamlar qöyildi. Savdo-transport jarayonlarini raqamlaştiriş böyiça salmoqli işlar amalga oşirildi.
Amalga oşirilayotgan tarkibiy iqtisodiy islohotlar, savdo tizimini liberallaştiriş va investitsiya muhitini tubdan yaxşilaş sezilarli natijalar bermoqda: raqobatbardoşlik oşdi, innovatsion rivojlaniş jadallaşdi.
– Markaziy Osiyoda özaro işonç va şeriklik yangi darajaga kötarilgani esa jadal özgarişlarga kuçli turtki bermoqda, – dedi davlatimiz rahbari.
Bugun mintaqada yagona transport-logistika makoni şakllanmoqda. Markaziy Osiyoni Şarq va Ğarb, Şimol va Janub örtasidagi tölaqonli tranzit xabiga aylantirişga qaratilgan dastur va loyihalar amalga oşirilmoqda.
Keyingi yillarda tovar ayirboşlaş hajmi 4,5 barobar köpayib, 11 milliard dollardan oşdi. Investitsiyalar ikki barobar, qöşma korxonalar soni beş barobar köpaydi.
Joriy yilda hamkorlar bilan “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli qurilişi boşlandi, “Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” transport yölagi orqali yuk taşiş hajmi sezilarli darajada oşdi.
Dengizga çiqiş imkoni bölmagan mamlakatlarning umumiy tahdid va muammolarini bartaraf etiş maqsadida Özbekiston Prezidenti qator aniq taklif va taşabbuslarni ilgari surdi.
Avvalo, xalqaro transport yölaklari va infratuzilmasini jadal rivojlantiriş uçun özaro muvofiqlaşgan harakatlarni amalga oşiriş zarurligi taʼkidlandi.
Şu maʼnoda, “Özbekiston – Afğoniston – Pokiston” temir yölini quriş loyihasini amalga oşirişni jadallaştiriş va uni qurilayotgan “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöl magistrali bilan tutaştiriş muhimligi taʼkidlandi.
– Bu keng mintaqamizda yangi savdo-iqtisodiy makon va barqaror transport infratuzilmasini şakllantiriş uçun katta imkoniyatlar oçadi, – dedi Özbekiston yetakçisi.
Davlatimiz rahbari Örta yölak salohiyatini, eng avvalo, özaro kelişilgan tranzit siyosatini yuritiş, qoidalarni unifikatsiya qiliş va konteyner taşuvlari uçun maqbul tariflarni joriy etiş orqali töliq işga solişga çaqirdi.
Özbekiston Prezidenti, şuningdek, BMT şafeligida dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan mamlakatlar uçun Tranzit kafolatlari töğrisidagi global bitimni işlab çiqişni taklif qildi.
Hujjat portlar va kommunikatsiyalardan adolatli foydalaniş şartlarini taʼminlaş, yuk taşişda xavf-xatarlarni pasaytiriş, global logistikada tengsizlikni kamaytirişga qaratilgan.
Yirik infratuzilmaviy loyihalarni moliyalaştiriş uçun moslaşuvçan investitsiya vositalariga talab ortib borayotganini hisobga olib, davlatimiz rahbari BMT şafeligida Dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan mamlakatlarning logistika integratsiyasiga kömaklaşiş jamğarmasini tuziş taşabbusini ilgari surdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport infratuzilmasi uçun investitsiyalarga bölgan ehtiyoji yiliga qariyb 40 milliard dollarga baholanmoqda.
Şuningdek, Özbekiston rahbari tranzit imkoniyatlarining çeklanişini xolisona aniqlaş, xalqaro moliyaviy-texnik dasturlarni kengaytiriş va resurslarni real şaroitlarni hisobga olgan holda samarali taqsimlaş maqsadida Dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan mamlakatlarning Zaiflik global indeksini işlab çiqiş taşabbusini ilgari surdi.
Özbekistonda agrar sohani rivojlantiriş böyiça Innovatsion xabni taşkil etiş taklifini amalga oşiriş muhimligiga eʼtibor qaratildi. Bu moslaşuvçan agrotexnologiyalarni joriy etiş, suvni tejaş va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş böyiça innovatsion loyihalarni ilgari suriş, bilim va tajriba almaşişga xizmat qiladi.
Özbekiston Prezidenti yetakçi ekspertlar va “aql markazlari”ni umumiy tahdidlarni yengib ötiş böyiça takliflar işlab çiqişga faol jalb qiliş, şu jumladan, xalqaro anjuman va davra suhbatlari ötkaziş muhimligini qayd etdi.
– Bunday tadbirlar kun tartibiga global işlab çiqariş zanjirlariga mamlakatlarimizning çuqur integratsiyasini taʼminlaş, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni jadal rivojlantiriş, transçegaraviy investitsiyalarni kengaytiriş va startaplarni qöllab-quvvatlaş masalalarini kiritiş mumkin, – dedi Prezident.
Şuningdek, Özbekiston dengizga çiqiş yöliga ega bölmagan mamlakatlar uçun Xalqaro tahlil markazi faoliyatiga qöşiliş niyatida ekani maʼlum qilindi.
Sözining yakunida davlatimiz rahbari mamlakatimiz global taraqqiyotning yanada adolatli arxitekturasini şakllantiriş böyiça konstruktiv va uzoq muddatli şeriklikka tayyor ekanini tasdiqladi.
Konferensiya yakunida Avaza siyosiy deklaratsiyasi qabul qilindi.
Dunyo AA.
