ŞHT sammiti: Yuksak darajadagi hamkorlik va tarixiy taşabbuslar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy taşrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi
Maʼlumki, Davlatimiz rahbari şu yilning 31 avgust kuni rafiqasi bilan birga Tyanszin şahridagi “Meyszyan” kongress markazida Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida iştirok etdi.
Özbekiston yetakçisi 1 sentyabr kuni ŞHT Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişi va “ŞHT plyus” formatidagi uçraşuvda qatnaşib, köp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş hamda taşkilot faoliyatini takomillaştiriş böyiça öz nutqlarida qator taşabbuslarni ilgari surdi.
2 sentyabr kuni Pekin şahrida Xitoy raisi Si Szinpin bilan rasmiy delegatsiyalar iştirokida muzokaralar böldi. Özbekiston va Xitoy yetakçilari strategik şeriklikni mustahkamlaş masalasini muhokama qildilar.
Uçraşuv avvalida Davlatimiz rahbari Xitoy yetakçisi va döst Xitoy xalqini Ğalabaning 80 yilligi hamda Şanxay hamkorlik taşkilotining Tyanszin şahridagi sammiti muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabrikladi.
Özbekiston Prezidenti XXR raisining global boşqaruv böyiça taşabbusi öz vaqtida ilgari surilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini yana bir bor taʼkidladi. Davlat rahbarlari ötgan yillar davomida ikki tomonlama munosabatlar rivojida katta yutuqlarga erişilganini eʼtirof etdi. Barça darajalardagi aloqalar surʼati oşib borayotgani, siyosiy muloqot mustahkamlanib, muhim masalalar yuzasidan tomonlar bir-birini qöllab-quvvatlayotgani alohida qayd etildi.
“Yagona Xitoy” siyosatini qöllab-quvvatlaş hamda “uç yovuz kuç” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarşi kuraşiş masalalarida Özbekistonning pozitsiyasi özgarmas ekani alohida taʼkidlandi.
Özaro savdo-iqtisodiy, texnologik va moliyaviy-investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Ötgan yili tovar ayirboşlaş 14 milliard dollardan oşdi, yil boşidan esa yana 23 foizga ösdi. Sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini özaro yetkazib beriş orqali bu körsatkiçni 20 milliardga yetkaziş vazifasi turibdi.
Uçraşuvda innovatsion loyihalarni ilgari suriş va mutaxassislar tayyorlaş uçun Özbekiston – Xitoy sunʼiy intellektni rivojlantiriş markazini taşkil etiş taklif qilindi.
“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” strategik temir yöli qurilişining amaliy bosqiçi boşlangani qayd etildi.
Ilm-fan, tibbiyot, taʼlim va turizm sohalaridagi şeriklikni kengaytiriş zarurligi taʼkidlandi. Mamlakatda Şimoli-ğarbiy qişloq va örmon universitetining filiali hamda Xalqaro matematika markazi oçildi. Sian neft universiteti filialini oçiş töğrisida bitim imzolandi. Pekin texnologiya instituti filialini oçiş rejalaştirilgan.
Joriy yilda Özbekistonda ikkinçi taʼlim forumi ötkaziladi. Xitoy tilini örganişni kengaytiriş va özbekistonlik yoşlarni öqitiş uçun kvotalarni köpaytiriş, Konfutsiy institutlari faoliyatini rivojlantiriş qöllab-quvvatlandi.
Mamlakat hududlarida energetika, maşinasozlik, sunʼiy intellekt, tibbiyot, qişloq xöjaligi sohalari uçun mutaxassislar tayyorlaydigan Özbekiston – Xitoy “Lu Ban ustaxonalari”ni taşkil etiş közda tutilgan.
Sayyohlar almaşinuvi ösişi uçun şaroit yaratiş maqsadida aviaqatnovlar soni oşirilmoqda, ikki mamlakat örtasida vizasiz tartib joriy etildi.
Taşrif doirasida özaro madaniyat markazlarini oçiş töğrisida tarixiy bitim qabul qilindi.
Uçraşuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşildi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, ŞHT, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati va boşqa köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi muvofiqlaşuv va özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş muhimligi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida Özbekiston yetakçisi Xitoy rahbarini Özbekistonga taşrif bilan kelişga taklif etdi.
Uçraşuv yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami imzolandi.
Şuningdek, Prezidentimiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşdi.
Uçraşuvda ikki tomonlama masalalar va hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhokama qilindi.
Suhbat avvalida Rossiya yetakçisi Davlatimiz rahbari va Özbekistonning köp millatli xalqini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Ilgariroq bölib ötgan oliy darajadagi muloqotlar çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtai nazaridan Özbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş hamda mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik surʼatini saqlab qolişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qiliş muhim ekani taʼkidlandi.
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihalarni tayyorlaş hamda amalga oşirişni jadallaştiriş, hududlar örtasida va taşkil etilgan qöşma sanoat parklari doirasida kooperatsiya aloqalarini rağbatlantirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Gumanitar sohada, eng avvalo, madaniyat, sanʼat, fan va taʼlim yönalişlarida samarali hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özbekiston va Rossiya yetakçilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.
Davlatimiz rahbari Xitoy boş vaziri Li Syan, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va işbilarmon doiralar vakillari bilan ham samarali uçraşuvlar ötkazdi.
Jumladan, XXR Davlat kengaşi boş vaziri Li Syan bilan bölgan uçraşuvida köp qirrali amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Uçraşuv avvalida mamlakatimiz rahbari XXR Davlat kengaşi boş vaziri va butun Xitoy xalqini buyuk Ğalabaning 80 yilligi hamda Şanxay hamkorlik taşkilotining Tyanszin sammiti muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabrikladi.
Ikki mamlakat yetakçilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli Özbekiston – Xitoy munosabatlari yangi davrda barça şaroitlarda strategik şeriklik va köp qirrali yetuk hamkorlik darajasiga kötarilgani taʼkidlandi.
Ötgan yili tovar ayirboşlaş 14 milliard dollarga yetdi va barqaror ösişda davom etmoqda. Bu körsatkiçni mahsulot yetkazib berişni köpaytiriş, eksport va import mutanosibligini taʼminlaş orqali 20 milliard dollarga yetkaziş imkoniyati borligi qayd etildi.
Şu maqsadda Özbekistonda standartlarni uyğunlaştiriş va mahsulotlarni Xitoy talablari asosida sertifikatsiyalaş uçun qöşma Kvant metrologiya markazi va Mintaqaviy sanoat standartlaştiriş markazini oçiş taklif qilindi.
Bundan taşqari, Xitoyning yetakçi bank-moliya institutlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari ham körib çiqildi.
Bu galgi taşrif doirasida madaniyat markazlarini özaro oçiş töğrisida bitim imzolangani qayd etildi.
Joriy yil Özbekistonda ikkinçi Taʼlim forumi bölib ötadi. Çunsin şahrida ilk bor Kasb-hunar taʼlimi forumi ötkazildi, uşbu yönalişda “Özbekiston – Xitoy alyansi” tuzildi. Özbekiston hududlarida “Lu Ban ustaxonalari” oçiladi.
Toşkent va Samarqanddagi Konfutsiy institutlari samarali faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi.
Tomonlar aviaqatnovlar sonini yanada köpaytiriş va sayyohlar almaşinuvini faollaştiriş muhimligini qayd etdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Pekin şahriga taşrif doirasida “China National Petroleum Corporation” (CNPC) kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Day Xoulyan bilan ham uçraşdi.
Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi uglevodorod xomaşyosini qazib oliş va qayta işlaş böyiça yuqori texnologik loyihalarni mamlakat içida va taşqi bozorlarda amalga oşirişga ixtisoslaşgan dunyoning eng yirik energetika kompaniyalaridan biridir. Kompaniyaning bozor kapitallaşuvi 200 milliard dollardan ziyod.
Uçraşuvda mamlakatimizga «CNPC» kiritgan investitsiyalar hajmi 5 milliard dollardan oşgani taʼkidlandi. Xitoy kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlik portfelini kengaytiriş va yerosti tabiiy gaz saqlaş inşootlarini quriş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş, zamonaviy metrologik standartlar hamda innovatsion yeçimlarni joriy qiliş loyihalarini ilgari suriş rejalari körib çiqildi.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev “China National Nuclear Corporation” (CNNC) raisi Şen Yanfen bilan uçraşdi.
Xitoy milliy yadro korporatsiyasi fuqarolik yadro dasturlari sohasidagi eng yirik davlat korxonasidir. Kompaniya uranni qidiriş va boyitişdan tortib, Xitoy va xorijda atom elektr stansiyalarini qurişgaça bölgan loyihalarning töliq zanjirini amalga oşiradi.
Uçraşuv avvalida davlat rahbari “CNNC” raisi va jamoasini Xitoy atom sanoatining 70 yilligi bilan qutladi. Muloqot davomida Özbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Xitoy kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar transferi va uran konlarini özlaştirişdagi iştiroki, istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş, şuningdek, tinç atom sohasida kooperatsiyani kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev “Henan Investment Group” kompaniyasi boş direktori Çju Xunbin bilan uçraşdi. Xitoyning energetika va infratuzilmani rivojlantiriş sohasidagi yetakçi kompaniyalaridan biri bölgan “Henan Investment” quriliş, sanoat, energetika, ekologiya va soğliqni saqlaş sohalarida loyihalarni amalga oşirmoqda. Kompaniya aktivlari 50 milliard dollardan ziyod.
Özbekistonda kömir konlarini özlaştirişda ilğor texnologik yeçimlarni joriy qiliş, zamonaviy elektr stansiyalari, energiya saqlaş tizimlarini loyihalaştiriş va quriş, biomahsulotlar işlab çiqariş, çiqindilarni qayta işlab, toza energiya işlab çiqariş böyiça kooperatsiya loyihalarining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Yurtboşimiz 3 sentyabr kuni Pekin şahrida Ikkinçi jahon uruşi yakunlanganining 80 yilligi munosabati bilan ötkazilgan ğalaba paradida iştirok etdi.
Juda samarali va yuksak darajadagi hamkorlik riştalarini yanada mustahkamlagan, Prezidentimiz tomonidan tarixiy taşabbuslar ilgari surilgan ŞHT doirasidagi tadbirlar yakunlandi. Oliy martabali mehmonlarni Xitoy rasmiylari kuzatib qöydi.
OAV xabarlari asosida
tayyorlandi.
