Özbekiston öqituvçi va murabbiylariga
Qadrli döstlar!
Siz, azizlarni, hayotini dunyodagi eng uluğ va olijanob işga – navqiron avlod taʼlim-tarbiyasiga bağişlagan muhtaram ustoz va murabbiylar, sohaning barça jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Mana şunday quvonçli kunda siz, mehribon ustozlarga el-yurtimizning yuksak hurmat-ehtiromini yana bir bor izhor etib, barçangizga Yangi Özbekiston kelajagini yaratiş yölidagi maşaqqatli va şarafli mehnatingiz uçun çin qalbdan taşakkur bildiraman.
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Yaqinda sizlar bilan bölib ötgan oçiq, aytiş mumkinki, tarixiy muloqotimizda taʼlim-tarbiya tizimidagi işlarimizni çuqur tahlil qilib, ularni yangi bosqiçga kötariş böyiça aniq maqsad va rejalarni belgilab oldik.
Kuni keça Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 80-sessiyasida taʼlim sohasidagi islohotlarimiz natijalari jahon hamjamiyatida katta eʼtibor va qiziqiş uyğotdi. Bu borada biz erişgan yutuqlar xalqaro ahamiyatga ega bölgan yangi taşabbuslarni ilgari suriş uçun asos böldi.
Xususan, keyingi sakkiz yilda yurtimizda taʼlim va ilm-fan uçun xarajatlar 6 karra oşirilib, 378 trillion sömni taşkil etgani, yuzlab yangi boğçalar, maktab, texnikum va oliygohlar qurilgani, taʼlim va ilm dargohlarini zamon talablari asosida jihozlaş, ustoz va murabbiylarning mehnatini munosib qadrlaşga qaratilgan dasturlarimiz alohida eʼtirof etildi.
Bu haqda gapirganda, mamlakatimizda qisqa muddatda boğçalar sonini 5200 dan 38 mingtaga, qamrov darajasini 27 foizdan 78 foizga oşirganimiz, tarbiyaçilar maoşi maktab öqituvçilari oyligiga tenglaştirilgani, uşbu muassasalardagi rahbar va pedagoglar maoşi qariyb 2 barobar oşirilganini taʼkidlaş lozim.
Kelgusi yildan Qoraqalpoğiston va barça viloyatlarda Prezident maktablari kabi “Yangi avlod” boğçalari taşkil etilib, ularda tarbiyaçilar ilğor pedagogik texnologiyalarni örganadi.
Farzandlarimizga bilim va tarbiya berişning eng muhim bosqiçi – maktab taʼlimini rivojlantiriş doimiy eʼtiborimiz markazida bölib kelmoqda. Sönggi yillarda 500 ga yaqin yangi maktablar barpo etilib, mavjudlari kengaytirilgani hisobidan 1 million öquvçi örni yaratildi. Xususiy maktablarga yöl oçilişi tufayli ota-onalar va öquvçilar uçun tanlaş imkoniyati paydo böldi. Bugungi kunda 200 mingdan ziyod öğil-qizlarimiz ana şunday maktablarda öqimoqda.
Yangi öquv yilidan 12 yillik maktab taʼlimi hamda 9- va 11-sinf öquvçilari uçun yagona davlat imtihonlari joriy qilinib, ularning natijalari böyiça bitiruvçilar bevosita texnikum va oliygohlarga kira oladigan tartib yölga qöyiladi.
Hammamizga ayonki, kelajak – zamonaviy bilim bilan qurollangan kasb-hunar egalarinikidir. Biz bu haqiqatni heç qaçon unutmasligimiz lozim. Şu bois yoşlarimizni davr bilan hamnafas bölib, har qanday raqobatga bardoş bera oladigan yetuk mutaxassislar etib tarbiyalaşimiz kerak.
Şu maqsadda taşkil etilayotgan Kasbiy taʼlim agentligidan umidimiz katta. Uşbu agentlik kasb taʼlimi sohasiga, mavjud texnikumlarga xalqaro standartlar asosida yangi hayot nafasini olib kirişi zarur.
Bir yil içida 100 ta texnikumda Germaniya, Buyuk Britaniya, Şveysariya, Xitoy, Koreya Respublikasi kabi rivojlangan mamlakatlarning taʼlim taşkilotlari bilan hamkorlik yölga qöyilib, ularning ilğor öquv dasturlari joriy etiladi. Jumladan, Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan hududlardagi 14 ta texnikumda “BITEK” xalqaro dasturi orqali yoşlar turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot, quriliş, logistika, elektrotexnika, energetika, maşinasozlik, biotexnologiya, kreativ iqtisodiyot kabi yönalişlarda talab yuqori bölgan kasblarni egallaydi.
Mamlakatimizda dual taʼlim bilan qamrov 5 barobar oşiriladi. Ayni paytda yangi texnologiyalarni özlaştiriş, çet ellik investor va hamkorlar bilan erkin muloqot qiliş uçun texnikumlardagi xorijiy til soatlari tört karra köpaytiriladi.
Umuman, kelgusi yildan yangi, raqamli oçiq platforma işga tuşirilib, unda texnikum bitiruvçilarining kasbiy könikmalari haqidagi maʼlumotlar mahalliy va xorijiy iş beruvçilar uçun eʼlon qilinadi.
Şu bilan birga, umumiy örta taʼlim muassasalarida maktab maslahatçisi lavozimi joriy etilib, ular 7-sinfdan boşlab öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş bilan şuğullanadi.
Barçangizga maʼlumki, biz keyingi yillarda oliy taʼlim masalasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz. Amalga oşirilgan islohotlarimiz natijasida ötgan sakkiz yil içida oliygohlarimiz soni 77 tadan 202 taga, talabalar soni esa 250 mingdan 1,5 millionga yetdi. Yoşlar uçun oliygohlarga kirişda tanlov imkoniyati köpaytirildi. Mazkur taʼlim muassasalarida dars beradigan öqituvçilarning oyligi sezilarli darajada oşirildi.
Fanning muayyan sohasida tadqiqotlar olib borib, aniq natijaga erişayotgan olimlarimizning asosiy qismini professor-öqituvçilar taşkil etayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.
Qadrli döstlar!
Biz öqituvçi va ustozlik kasbining maqomi va nufuzini oşirişga hal qiluvçi masala sifatida qaramoqdamiz. Şu bois soha xodimlarining mehnat va yaşaş şaroitini yaxşilaş islohotlarimizning eng ustuvor yönalişi bölib qoladi. Jumladan, yangi yildan boşlab kamida 15 yil stajga ega bölgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boşlanğiç badalining 25 foizi qoplab beriladi.
Kelgusi öquv yilida davlat oliygohlariga öqişga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz çegirma joriy etilişi möljallanmoqda. Öqituvçilarning zamonaviy kompyuter texnikalarini xarid qilişlari uçun 10 million sömgaça imtiyozli kredit ajratiladi. Yangi yildan soha xodimlari uçun davlat xizmatlari tölovi ikki karra kamaytiriladi. Dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga öqişga kirgan bölğusi pedagoglarga 20 ming dollargaça imtiyozli taʼlim krediti ajratiladi.
Muxtasar aytganda, öqituvçi va murabbiylik kasbini jamiyatimizdagi eng muhim va obröli kasbga aylantiriş böyiça boşlagan işlarimiz izçil davom ettiriladi.
Muhtaram ustozlar, aziz murabbiylar!
Yurtimiz tarixidagi ikki buyuk Renessansni yaratgan uluğ mutafakkir va allomalarni ham öz vaqtida siz kabi öqituvçi va muallimlar tarbiyalab voyaga yetkazgan. Bu ezgu anʼanalarning davomçilari sifatida siz, azizlar ham bugun jonajon Vatanimizda barpo etilayotgan Uçinçi Renessans bunyodkorlarini kamol toptirişga munosib hissa qöşasizlar, deb işonaman.
Ana şunday olijanob maqsad yölida sizlarga mustahkam soğliq, kuç-ğayrat, yangi yutuqlar va oilaviy baxt tilayman.
Barçangizga hamişa el-yurtimiz, şogirdlaringizning hurmat va ardoğida böliş nasib etsin!
Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi
Prezidenti
