Özbekistonning muhim taşabbuslari

Prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining

Gabala sammitida qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi

Maʼlumki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 6 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatga taşrif buyurdi.

Gabala xalqaro aeroportida Özbekiston yetakçisini Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli, Gabala tumani ijro hokimiyati rahbari Sabuhi Abdullayev va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Taşrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari 7 oktyabr kuni Turkiy davlatlar taşkiloti sammitining rasmiy tadbirlarida iştirok etdi va turkiy dunyoning birdamligini mustahkamlaş,  jahon siyosati, iqtisodiyoti va gumanitar sohadagi rolini oşirişga qaratilgan qator muhim taşabbuslarni, taklif va ğoyalarni örtaga taşladi.

Jumladan, Yurtboşimiz:

– mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari böyiça yondaşuvlarni muvofiqlaştiriş maqsadida Samarqandda TDT taşqi işlar vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining birinçi qöşma uçraşuvini ötkazişni taklif etdi.

– Strategik şeriklik, abadiy döstlik va qardoşlik töğrisidagi şartnomani tez fursatda qabul qilişni qöllab-quvvatladi va Turkiy davlatlar taşkilotini 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş taşabbusi bilan çiqdi.

– Turkiy davlatlarning iqtisodiy şeriklik böyiça Doimiy kengaşini tuziş va uning Loyiha ofisini Toşkentda joylaştirişni taklif qildi.

– Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini şakllantirib, Turkiy davlatlarning Sanoat alyansi, “Turkiy yaşil yölaklar” tizimi va “Yaşil transformatsiya” konsorsiumini taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.

– Organik qişloq xöjaligi böyiça Ekspertlar guruhini taşkil etiş va turkiy organik mahsulotlarning yagona brendini jahon bozoriga olib çiqişni taklif qildi.

– Örta koridorni rivojlantiriş va uni Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli hamda Transafğon yölagi loyihalari bilan boğlaşni qöllab-quvvatladi, bojxona tartibotini raqamlaştiriş va tariflarni optimallaştirişning muhimligini taʼkidladi.

– Turkiy investitsiya jamğarmasi faoliyatini kengaytiriş hamda xalqaro va milliy moliya institutlari bilan hamkorlik dasturini qabul qilişni tavsiya etdi.

– Sunʼiy intellekt va kreativ iqtisodiyot böyiça “yöl xaritasi”ni qabul qiliş va Turkiy dunyo xalqaro körgazmasini Özbekistonda ötkaziş ğoyasi örtaga taşlandi.

– Özbekistonda qöşma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti taşkil etilişini eʼlon qildi.

– Ekstremistik va radikal mafkuraga qarşi kuraşiş böyiça harakatlar rejasi va yoşlarning ekologik savodxonligini oşiriş böyiça qöşma çora-tadbirlar işlab çiqişni taklif etdi.

– 2026 yilda “Nizomiy Ganjaviy va Alişer Navoiy ijodi – Turkiy dunyo maʼnaviy hayotida” mavzusida xalqaro konferensiya ötkaziş taşabbusini ilgari surdi.

Davlatimiz rahbarining yuqoridagi kabi qator muhim taşabbus va yangi tavsiya hamda ğoyalari juda katta qiziqiş bilan qarşi olindi.

ÖzA materiallari asosida

tayyorlandi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan