Özbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoşlar!

Yangi Özbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidan mustahkam örin olgan qutluğ sana – Özbek tili bayrami kuni bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni, çet ellardagi barça yurtdoşlarimizni çin dildan samimiy muborakbod etaman.

Uşbu şukuhli ayyomda bir fikrni alohida taʼkidlab aytmoqçiman: bundan sakkiz yil oldin mamlakatimizda boşlagan tom maʼnodagi tarixiy islohotlarimiz tufayli özbek tili rivojida ham yangi davr boşlandi. Bu borada qabul qilingan farmon, qaror va dasturlar asosida uning davlat tili sifatidagi örni va maqomini mustahkamlaş, zamonaviy ilm-fan, axborot texnologiyalari va xalqaro munosabatlar tiliga aylantiriş böyiça katta işlarni amalga oşirdik.

Xususan, yurtimizda geografik ­obʼyektlar nomlarini davlat tili ­meʼyorlariga muvofiqlaştiriş izçil davom ettirilmoqda. Bugungi kunga qadar 250 mingga yaqin geografik obʼyekt, jumladan, 200 mingdan ortiq köça nomlari davlat tiliga muvofiqlaştirilib, reyestrga kiritilgani, faqat keyingi ikki yilda toğ va çöqqilar, daryo, köl, suv omborlari, foydali qazilma konlari, metro bekatlari, temiryöl vokzali va stansiyalari, aeroport va avtostansiyalar singari 2 600 ta obʼyekt davlat tili talablari asosida qayta nomlanganini qayd etiş zarur.

Hozirgi şiddatli globallaşuv jarayonlari, ilm-fan yutuqlari orqali hayotimizga keng miqyosda kirib kelayotgan yangi tuşunça va atamalarni tilimizga aniq qoida va tamoyillarga binoan qabul qiliş, til siyosatini ilmiy asosda, markazlaşgan holda yuritiş maqsadida Atamalar komissiyasi faoliyati kuçaytirildi.

Xorijiy söz va iboralarni keng jamoatçilik, olim va mutaxassislar iştirokida özbekçalaştiriş böyiça samarali mexanizm joriy etilib, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş uçun maxsus dasturiy taʼminot işlab çiqilgani, elektron manbalar yaratilgani eʼtiborga sazovordir.

Şu örinda bir fikrni yana taʼkidlaşni örinli, deb bilaman: kelajagimiz egasi bölgan yoş avlodimiz zamonaviy bilimlar, innovatsiya va taraqqiyot çöqqilarini egallaşi uçun albatta çet tillarini örganişi lozim. Lekin ular milliy ruh, milliy tafakkur egasi, vatanparvar insonlar bölib voyaga yetişlari uçun, avvalo, özbek tili va adabiyotini bolalikdan boşlab puxta bilişlari şart.

Şu maqsadda taʼlim tizimida özbek tilini öqitişni takomillaştirişga jiddiy ahamiyat qaratmoqdamiz. Joriy yildan eʼtiboran tegişli milliy sertifikatga ega bölgan özbek tili fani öqituvçilarining oylik maoşiga 50 foiz qöşimça ustama berilayotgani, taʼlim boşqa tilda olib boriladigan maktablarning 11-sinf bitiruvçilari uçun davlat tili fanidan yakuniy imtihon topşiriş belgilangani şu yöldagi muhim qadamdir.

Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilişda davlat tilini biliş talabi rasman belgilangani ham tilimizning mavqeini oşirişga xizmat qilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan ötgan davrda 72 nomda qomus, luğat va qöllanmalar köpming nusxalarda çop etilib, davlat idoralari va taʼlim muassasalariga taqdim etildi.

Ayniqsa, olti jildli “Özbek tilining izohli luğati”, tört jildli “Alişer Navoiy ensiklopediyasi”, beş jildli “Navoiy tili luğati” va boşqa naşrlar yetakçi xorijiy universitetlarning kutubxonalari, jahondagi özbek tili markazlari va klublariga yetkazib berilayotgani saflari tobora kengayib borayotgan özbek tili döstlarini mamnun etmoqda.

Biz inklyuziv jamiyat barpo etiş tamoyillarini til sohasidagi davlat siyosatimizda ham muvaffaqiyatli joriy etib, mamlakatimizda yaşayotgan turli millat vakillarining ona tillarini rivojlantirişga muhim ahamiyat bermoqdamiz. Ayni vaqtda  ularning davlat tilini örganişlari uçun ham zarur şaroitlar yaratyapmiz. Bugungi kunda özbek tili davlat tili sifatida mamlakatimizdagi barça millat va elat vakillarini jipslaştirişga xizmat qilayotgani birgalikda olib borayotgan saʼy-harakatlarimiz natijasi, desak, töğri böladi.

Aziz döstlar!

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, özbek tilining jamiyat hayotidagi örni va nufuzini mustahkamlaş, uni xalqaro miq­yosda keng tarğib etiş borasida oldimizda turgan muhim vazifalarga eʼtiboringizni qaratmoqçiman.

Bu borada, avvalo, Özbekiston Respublikasi Prezidentining uşbu bayram arafasida qabul qilingan “Davlat tilini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida körsatib ötilgan asosiy maqsad va vazifalarni öz vaqtida, samarali amalga oşiriş muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, uşbu qaror bilan tasdiqlangan “2020-2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasini 2025-2026 yillarda amalga oşiriş dasturi”ni hayotga joriy etişda nafaqat masʼul va mutasaddi taşkilotlar, balki barçamiz faol iştirok etişimiz zarur.

Bu haqda söz yuritganda, raqamli olamda özbek tilida sifatli, ilmiy asoslangan, qiziqarli axborot va maʼlumotlarni köpaytiriş, xususan, global elektron ensiklopediya va platformalarni davlat tilidagi ilmiy-ommabop maqolalar bilan boyitiş, onlayn luğatlarni takomillaştiriş ham diqqatimiz markazida bölişi lozimligini aytib ötmoqçiman. Hayotimizda sunʼiy intellekt taʼsiri ortib borayotgan bir paytda bu qudratli vosita yordamida ona tilimizni rivojlantiriş va tarğib etiş – davr talabidir.

Özbek tilining boy imkoniyatlari asosida xalqimiz tafakkuriga mos va jozibador milliy brendlar yaratiş, mahsulotlarimizni taşqi bozorga olib çiqiş marketing sohasida asosiy yönalişga aylanişi zarur. Bu borada vatanparvar tadbirkorlarimiz alohida jonbozlik körsatadilar, deb işonaman.

Bundan öttiz yil oldin qabul qilingan Özbek tilining asosiy imlo qoidalarini qayta körib çiqiş ham keçiktirib bölmaydigan vazifalarimiz qatoriga kiradi. Şuningdek, xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz örtasida til madaniyati va savodxonlikni tarğib qilişga qaratilgan zamonaviy va taʼsirçan media mahsulotlarni köpaytiriş lozim. Ayniqsa, farzandlarimizni ona tilimizga mehr qöyib, uning beqiyos boyligi va imkoniyatlaridan bahramand bölişga örgatiş maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaning ajralmas bir qismidir. Bu dolzarb masala ijodkor ziyolilarimiz, taʼlim-tarbiya, madaniyat, yoşlar, mahalla, xotin-qizlar taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatida doimo markaziy örinda turişi, butun jamiyatimizda umummilliy harakatga aylanişi kerak.

Bir söz bilan aytganda, barça sohalarda bölgani kabi ona tilimizni rivojlantirişda ham biz keng jamoatçiligimizning amaliy fikr va takliflariga, faol iştirokiga tayanamiz.

Muhtaram vatandoşlar!

Siz, azizlarni bugungi quvonçli bayram bilan yana bir bor tabriklab, barçangizga mustahkam soğliq, xonadonlaringizga tinçlik-omonlik, baxt-saodat va fayzu baraka tilayman.

Milliy özligimiz timsoli bölgan jonajon özbek tilimiz yanada ravnaq topsin!

Şavkat MIRZIYOYEV,

Özbekiston Respublikasi

 Prezidenti

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan