Özbekiston xalqaro taşabbuslari reallik va aniq natijalarga yönaltirilgan
image description
Özbekiston Prezidentining AQŞga taşrifi va “C5+1” sammitdagi iştiroki yakunlari xorijiy ekspertlar nigohida
Maʼlumki, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 – 6 noyabr kunlari amaliy taşrif bilan Amerika Qöşma Ştatlarida böldi, AQŞ Prezidenti Donald Tramp va boşqa rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ yetakçilarining “S5+1” formatidagi sammitida iştirok etdi.
Oliy darajadagi Özbekiston – AQŞ uçraşuvida yetakçilar ikki tomonlama strategik şeriklik munosabatlari yangi bosqiçga kötarilganini taʼkidladilar.
Xorijiy ekspertlarga köra, Vaşingtonda ötgan sammit yakunlari Markaziy Osiyoning global va mintaqaviy masalalarni hal etişda işonçli, uzoq muddatli hamda masʼuliyatli şerik sifatidagi xalqaro maydondagi roli ortib borayotganini körsatdi.
Antonio Alonso,
San Pablo universiteti professori, Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça mutaxassis (Ispaniya):
— Prezident Şavkat Mirziyoyevning Vaşingtonga taşrifi nafaqat Özbekiston – AQŞ munosabatlari, balki Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik tizimini rivojlantirişda muhim voqea böldi. Unda Toşkentning özaro anglaşuv, oçiqlikni mustahkamlaş, global va mintaqaviy muammolarga birgalikda yeçim topişga qaratilgan faol va izçil taşqi siyosati aks etgan.
Hikmet Eren,

“EkoAvrasya” Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar jamğarmasi rahbari (Turkiya):
image description— Prezident Şavkat Mirziyoyevning Vaşingtonga taşrifini kuzatib, Toşkent jahon siyosatida öz mavqeini neçoğliq izçillik va işonç bilan mustahkamlab borayotganiga yana bir bor amin böldim. Uşbu taşrif va “C5+1” formatidagi sammitda iştirok, Markaziy Osiyoning dunyo bilan tengma-teng gaplaşayotganini körsatmoqda.
Karim Qosim,

Strategik va xalqaro tadqiqotlar instituti yetakçi eksperti (Malayziya):
— Aslini olganda, taşrif sezilarli natijalar berdi. AQŞ Prezidenti Özbekiston bilan savdo va sarmoyaviy bitimlarning katta töplamini eʼlon qildi. Keyingi uç yil içida xaridlar va investitsiyalar şaklida qariyb 35 milliard AQŞ dollari va keyingi ön yil içida istiqbolli loyihalar şaklida 100 milliard AQŞ dollaridan ortiq yirik loyihalar amalga oşiriladi.
Harley Seyeden,

“The American Chamber of Commerce in South China” savdo palatasi prezidenti (Xitoy):
— Prezident Şavkat Mirziyoyevning uşbu taşrifi Özbekistonning AQŞ bilan munosabatlarni mustahkamlaş, ikki tomonlama va mintaqaviy şeriklikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş borasidagi izçil va strategik yondaşuvini namoyiş etadi.
Andrey Xriyenko,
“Vektor” xalqaro strategik tadqiqotlar instituti direktori (Rossiya):

“S5+1” formatidagi turli uçraşuvlar, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining AQŞ Prezidenti, Kongress Senati va Vakillar palatasi vakillari, hukumat va biznes yetakçilari bilan töğridan-töğri muloqotlari Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik salohiyati yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
Sammitda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan taşabbuslar Özbekistonda ham iqtisodiyot sohasi, ham davlat menejmenti çuqur modernizatsiya qilinayotganini körsatmoqda. Bugungi kunda “Yangi Özbekiston” konsepsiyasini hayotga tatbiq etişning dolzarbligi va öz vaqtida amalga oşirilişi amaliy natijalar bilan tasdiqlangan haqiqatdir.
“Dunyo” AA
