Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga murojaatnomasi

Assalomu alaykum, aziz yurtdoşlar!

Hurmatli deputat va senatorlar!

Muhtaram mehmonlar!

Bugun Oliy Majlisga va köp millatli xalqimizga kelgusi yil uçun Murojaatnomani taqdim etar ekanman, avvalo, barçangizni soğ-salomat, kötarinki kayfiyatda körib turganimdan xursandman.

Sönggi töqqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yölini bosib ötdik. Iqtisodiyotimiz yangidan şakllandi, bozor munosabatlarini, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda.

Bir söz bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirişni örgandik. Buning tasdiğini tobora yangiça qiyofa kasb etib borayotgan şahar va qişloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, boğça va şifoxonalar, obod köça va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol köriş mumkin.

Qadrli vatandoşlar!

Bugungi kunda dunyoda sodir bölayotgan va yaqin-yaqingaça heç kim tasavvur qila olmagan özgarişlar, davlatlar örtasida iqtisodiy qarama-qarşilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan tahlikali bir vaziyatda sizlar bilan öta murakkab yilni yakunlayapmiz.

Qançalik oğir bölmasin, boşlagan demokratik islohotlarimizni qatʼiy davom ettirganimiz; xalqimizning qöllab-quvvatlaşi va yoşlarimizning ğayrat-şijoati; hamjihatlik asosi bölgan mahallaning hayotimizdagi örni va taʼsirini kuçaytirganimiz; odamlarimizning ongi va dunyoqaraşini özgartirib, el-yurtimizni yanada jipslaştirganimiz; tadbirkor, dehqon va fermerlarimizning taşabbuskorligi va mardona mehnati; özaro manfaatli hamkorlikka asoslangan döstona taşqi siyosatimiz hisobiga 2025 yilda barça sohalarda ulkan yutuqlarga erişdik.

Avvalo, jahon miqyosida işlab çiqariş va transport-logistika zanjirlari uzilgan, xomaşyo va moliyaviy resurslar narxi oşgan şaroitda ham mamlakatimiz iqtisodiyoti işonçli va barqaror ösişda davom etayotganini qayd etiş lozim.

Bu natijalar dunyo hamjamiyati va nufuzli xalqaro taşkilotlar tomonidan eʼtirof etilmoqda.

Eʼtibor bering, bundan töqqiz yil oldin iqtisodiyotimiz hajmini 100 milliard dollarga yetkaziş biz uçun juda katta marra bölib körinardi. Bu yil tariximizda birinçi marta yalpi içki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oşdi. Bunday yuksak natijalar xalqimizning, barçamizning qanday ulkan işlarga qodir ekanimizni yaqqol namoyon etmoqda.

Global savdo tizimida “öyin qoidalari” özgarayotgan bir paytda biz bu yil eksportimizni 23 foizga oşirib, 33,4 milliard dollarga yetkazamiz. Eng muhimi, islohotlarimiz uçun mustahkam moliyaviy baza böladigan oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oşdi.

Bu yil iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi içki mahsulotdagi uluşi 31,9 foizni taşkil etmoqda. Bu esa iqtisodiyotimiz kelgusi yillarda ham yuqori surʼatlar bilan barqaror ösib borişi uçun zamin böladi.

Özbekistonning xalqaro maydondagi obrö-eʼtibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi örni tobora mustahkamlanib bormoqda. Xususan, yetakçi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” poğonasiga kötardi.

Bu gaplar köpçilikka oddiy bir fakt bölib tuyulişi mumkin. Lekin iqtisodçilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxşi tuşunib turibdi. Birgina ana şu özgariş tufayli çetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, taşqi qarz xarajati yiliga kamida 300 million dollarga kamayadi.

Şuningdek, Jahon banki eʼlon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida Özbekiston 71 poğona yuqori kötarilib, ­dunyoning top-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi.

Aholi farovonligi va biznesni östirişga xizmat qiladigan infratuzilmani yanada yaxşilaş böyiça ham 2025 yil katta özgarişlar yili böldi. Xususan, energetika sohasida tub buriliş yasaganimiz hisobiga elektr işlab çiqariş hajmini 85 milliard kilovatt-soatga yetkazdik.

Tasavvur qiling, 2017 yildagi 60 milliard kilovatt-soat generatsiya darajasida qolib ketganimizda, hozir iqtisodiyotimiz hajmini 2 karra oşira olarmidik? Işlab çiqarişning ösib borayotgan talabini, 38 million aholi ehtiyojini qoplab bölarmidi?

Bu yil 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yaşaydigan xonadonlarga birinçi marta toza içimlik suvi kirib bordi, yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv taʼminoti yaxşilandi. Yoki 867 ta “oğir” mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni suğoriş uçun ilk bor suv yetib bordi.

Joriy yilda aholiga 8 million 100 ming kvadrat metrli, 135 ming xonadondan iborat köp qavatli uylar topşirilmoqda, odamlarning özi ham yaşaş şaroitini yaxşilaş uçun 19 million kvadrat metr maydonda quriliş qildi. Biznes vakillari tomonidan 24 million kvadrat metr noturar joy obʼyektlari barpo etildi.

Umuman, sönggi töqqiz yilda 210 million kvadrat metrli turar joy va noturar joy obʼyektlari foydalanişga topşirildi.

Bu raqamlarga urğu berib aytayotganim albatta bejiz emas. Agar yöl, suv, elektr va boşqa infratuzilmalar uçun zarur mablağni topib bermaganimizda, quruvçilar va quriliş materiallari korxonalari uçun şaroit yaratib bermaganimizda, ipoteka tizimini yölga qöymaganimizda, şunça bunyodkorlik işlari bölarmidi?

Joriy yilda 5 million aholimiz daromadli bölib, işsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tuşdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambağallikdan çiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambağallikdan xoli” hududga aylandi.

Kambağal oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat boğçalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boşlab, 208 ta boğçada birinçi marta inklyuziv taʼlim tizimini joriy etdik.

Taʼkidlaş kerakki, yurtimizda kambağallik darajasi yil boşidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tuşdi.

Bir eslang, bu işlarni boşlaganimizda aholimizning uçdan bir qismi kambağallik çegarasida yaşardi. Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yölga qöyganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning öziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambağallikdan çiqdi, işsizlik 2 karra qisqardi. Natijada uç yil oldin kambağallikni 2026 yil yakuni bilan 2 karra qisqartiriş böyiça olgan marramizni şu yilning özida uddaladik.

Eng muhim yutuqlarimiz haqida söz yuritganda, azmu şijoatli sportçilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erişgan ğalabalarini mamnuniyat bilan taʼkidlaş örinlidir.

Avvalo, Özbekiston futboli uçun 2025 yil çinakam tarixiy yil böldi. Milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritdi. Mohir şaxmatçilarimiz Jahon kubogi musobaqalarida munosib iştirok etdi. Ayniqsa, navqiron grossmeysterimiz Javohir Sindorov eng yoş jahon kubogi sohibi bölgani barçamizga yuksak ğurur bağişlaydi.

Eng muhimi, şaxmat olamidagi yutuqlarimiz şu bilan töxtab qolgani yöq. Ötgan haftada 9-17 yoşli şaxmatçilar örtasida “rapid” va “blits” yönalişlari böyiça jahon çempionatida yurtimiz vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumuş va 5 ta bronza medalini qölga kiritib, umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi.

Bu yilgi Yoşlar Paraosiyo öyinlarida jasorat va matonat sohibi bölgan sportçilarimiz 125 ta oltin, 77 ta kumuş va 52 ta bronza medalini qölga kiritib, iştirokçi davlatlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

Heç şubhasiz, isteʼdodli öğil-qizlarimiz taʼlim, ilm-fan, madaniyat, sanʼat, sport va boşqa sohalarda erişayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi Özbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qöşmoqda.

Öquvçi va talabalarimiz joriy yilda xalqaro fan olimpiadalarida 51 ta oltin, 101 ta kumuş, 126 ta bronza medalini qölga kiritib, öz bilim va salohiyatini butun ­dunyoga namoyiş qildi.

(Davomi 2-sahifada.)

(Davomi. Boşlanişi 1-sahifada.)

El-yurtimizning faxri bölgan bunday farzandlarimizga, ularning ota-onalari va ustoz-murabbiylariga yana bir bor çin dildan tahsin aytamiz.

Maʼlumki, Özbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasiga, 2027 yilda 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatiga, 2029 yilda esa Yoşlar Osiyo öyinlariga mezbonlik qiladi.

Şu bilan birga, 2026 yilda yurtimizda ilk bor maktab öquvçilari örtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlar talabalari örtasida muhandislik yönalişlarida, Turkiy davlatlar texnikumlari öquvçilari örtasida kasb yönalişlarida xalqaro olimpiadalar ötkaziladi. Uşbu musobaqalarda ham farzandlarimiz munosib iştirok etadi, deb işonaman.

Bunday nufuzli tadbirlar Vatanimizni rivojlangan sport va ilm-fan mamlakatiga aylantiriş, uning obrö-eʼtiborini yuksaltirişga xizmat qiladi.

Keyingi paytda yurtimiz global masalalar muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Xususan, bu yil Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi; YUNESKO Boş konferensiyasining sessiyasi; “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti va xalqaro Iqlim forumiga mezbonlik qildik.

Şuningdek, Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston yetakçilarining mart oyida Xöjandda bölib ötgan uçraşuvida birinçi marta uç mamlakat davlat çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisidagi tarixiy şartnoma imzolandi hamda “Abadiy döstlik töğrisida”gi deklaratsiya qabul qilindi.

Mintaqamiz davlat rahbarlarining yaqinda Toşkentdagi Maslahat uçraşuvi çoğida biz integratsiya jarayonlarini yangi sifat bosqiçiga kötariş uçun Markaziy Osiyo hamjamiyati strategik formatini taşkil qiliş ğoyasini ilgari surdik. Ozarbayjonni Markaziy Osiyo hamjamiyati formatiga töla huquqli aʼzo sifatida qabul qiliş töğrisidagi qaror tarixiy ahamiyatga ega böldi. Uşbu qadam Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasida strategik boğliqlik va barqarorlikni kuçaytirişi şubhasiz.

Şu bilan birga, oktyabr oyida Bryusselda Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim imzolandi. Noyabr oyida bölib ötgan Markaziy Osiyo va AQŞ sammiti köp tomonlama va uzoq muddatli şeriklikni sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qildi.

Ötgan haftada Tokioda Markaziy Osiyo va Yaponiya yetakçilarining uçraşuvida taʼlim, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, infratuzilma va sanoat sohalari böyiça muhim kelişuvlarga erişdik. Şu haftaning boşida esa Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi rahbarlari bilan bölib ötgan uçraşuv ham hamkorligimizning dolzarb yönalişlarini belgilab berdi.

Bularning barçasi xalqaro aloqalarimizni mazmun jihatidan yangi bosqiçga olib çiqmoqda.

Biz dunyodagi uzoq-yaqin mamlakatlar bilan – Şarq va Ğarb, Şimol va Janub bilan hamkorlik köpriklarini qurişda davom etamiz.

Muhtaram yiğiliş iştirokçilari!

Bundan ikki yil oldin “Özbekiston – 2030” strategiyasini qabul qilganimizda yalpi içki mahsulot hajmini 2030 yilgaça 160 milliard dollarga yetkazişni belgilab olgan edik. Körib turibsizlar, mavjud salohiyatimiz, bugungi islohotlarimiz, tadbirkorlarimizning faolligi, xorijiy şeriklarimiz bilan hamkorligimiz ösib borayotgani hisobiga bu marraga 2026 yilning özida bemalol erişa olamiz.

Hozirgi global iqtisodiyotda raqobatga çidamli böliş uçun malakali kasb egalari va mutaxassislar, zamonaviy texnologiyalar hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini unutmaslik lozim. Agar biz sanoatda – elektronika va elektrotexnika, biokimyo va polimerlar, farmatsevtika, maşinasozlik kabi yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan sohalarni rivojlantiriş; xizmatlarda – IT, sunʼiy intellekt, moliyaviy texnologiyalar, konsalting, transport-logistika kabi katta daromad keltiradigan servislarni köpaytiriş; qişloq xöjaligida – unumdorlikni oşiriş uçun bioinjeneriyadan keng foydalaniş, ilğor agrotexnika va suv tejaydigan usullarni faol qöllaş; iqtisodiy ösiş va ekologik barqarorlik örtasidagi muvozanatni taʼminlaş uçun “yaşil” energetika, çiqindisiz işlab çiqarişga ötiş; taʼlim va tibbiyotda – sifatni yangi bosqiçga olib çiqadigan ilğor xorijiy tajribalarni keng joriy etiş uçun yangi texnologiyalarni olib kirsak, kadrlarni ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan zamonaviy kasblarga tayyorlasak, kelgusi beş yilda iqtisodiyotimiz hajmini 240 milliard dollardan oşirişga barça imkoniyatlarimiz bor.

Bu raqamlar aniq va puxta hisob-kitoblarga asoslangan prognoz. Xalqaro valyuta jamğarmasi va nufuzli ekspertlarning xulosalari ham buni tasdiqlamoqda.

Hurmatli yurtdoşlar!

Biz – bugun 38 milliondan ziyod katta xalqmiz. Maşaqqatli va şarafli mehnatimiz bilan dunyoda hurmat topayotgan, ertangi kunga işonç bilan dadil borayotgan, matonatli va ğururi baland millatmiz.

Biz özgarişlarni kutib yaşamaymiz, aksinça, ularni özimiz, öz aql-zakovatimiz va masʼuliyatli mehnatimiz bilan yaratamiz.

Har yili aholimiz örtaça 2 foizga ösmoqda, 1 milliondan ziyod öğil-qizlarimiz katta hayotga kirib kelmoqda. Yoşlarimizga qarab, ular erişayotgan yutuqlarni körib, köksimiz toğdek kötariladi, qanday ulkan bunyodkor kuç safimizga qöşilayotganidan ğururlanib ketamiz.

Albatta, bugungi murakkab zamonda yoşlarimizni turli sinovlarga çidamli, vatanparvar insonlar etib tarbiyalaş, xalqimizni yanada birlaştiriş va jipslaştirişda, heç şubhasiz, özini özi boşqarişning noyob tizimi bölgan mahallaning örni va ahamiyati katta.

Mahalla va yaxşi qöşniçilik özaro uyğun qadriyatlardir. Ular jamiyatda insoniy va ijtimoiy kapitalni yanada boyitişga beqiyos hissa qöşadi. Mamlakatimizda ötkazilgan ijtimoiy sörovlarda iştirok etganlarning 90 foizdan köproği özini mahalla jamoasining bir qismi deb hisoblaşi ham şundan dalolat beradi.

Barçamiz uçun ham ota, ham ona bölgan mahallaga, şu asosda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusining yuqoriligi uşbu institut avvalo ijtimoiy birdamlik manbai ekanini körsatadi.

Albatta, biz uçun hozirgi global taraqqiyot davrida, dunyoda öta keskin va tahlikali jarayonlar yuz berayotgan bugungi kunda milliy birlik nihoyatda muhim va zarur.

Donişmand bobolarimizning “Birlaşgan – özar, birlaşmagan – tözar”, degan hikmatli maqoli bor.

Çindan ham, qarang, kimki birlaşdi – hayotda özdi, ğalabaga erişdi. Kimki birlaşmadi – tözib, yöq bölib ketdi.

Tarix davomida qanday oğir sinovlarga duç kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuç oldik. Maşaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadoş bölib qiyinçiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qöşni – qöşniga kömak berib yaşagan. Biz mana şunday öta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolişimiz, yoş avlodimizni ayni şu ruhda tarbiyalaşimiz kerak.

Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qaraşlar bölişi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamçi talabi. Ammo, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, butun el-yurtimizni birlaştiradigan uluğ bir ğoya bor. U ham bölsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir.

Mana şunday buyuk maqsadga erişişda mahalla tizimining örni va taʼsiri beqiyos. Çunki mahalla tinç va ahil bölsa, jamiyatimiz tinç va hamjihat böladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi.

Şularning barçasini hisobga olib, 2026 yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili”, deb eʼlon qilişni taklif etaman.

Qöllab-quvvatlaganingiz uçun rahmat.

Yangi yilning nomida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oşiriş uçun alohida davlat dasturini qabul qilamiz. Uşbu dasturda yurtimizdagi 9 mingdan ziyod mahallani, avvalo, mehr-oqibat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantiriş kabi dolzarb masalalar öz ifodasini albatta topadi. Bu haqda men keyinroq batafsil töxtalib ötaman.

Oldimizga qöygan maqsadlarni faqat özimiz – katta hayotiy tajribaga ega mahalla raislari va faollari, hurmatli nuroniylarimiz, opa-singillarimiz, serğayrat yoşlarimiz, ziyolilarimiz, işbilarmon tadbirkorlarimiz, Vatan posbonlari, bir söz bilan aytganda, butun xalqimiz bilan birgalikda amalga oşiramiz.

Hurmatli deputat va senatorlar!

Biz Yangi Özbekistonni barpo etişda hal qiluvçi bosqiçga qadam qöymoqdamiz. Bu yöldagi işlarimiz har bir soha va tarmoqda çuqur transformatsiyani talab qiladi. Maqsadimiz aniq: yaqin yillarda daromadi jon boşiga örtadan yuqori bölgan mamlakatlar qatoriga kiriş.

Farğona vodiysidan Orolböyigaça, Zarafşon vohasidan Qaşqadaryo va Surxondaryogaça, Toşkentdan tortib Jizzax va Sirdaryogaça – yurtimizning qaysi hududida yaşamasin, har bir fuqaromiz islohotlar natijasini kundalik hayotida yanada köproq his qilişi kerak. Şuning uçun, kirib kelayotgan 2026 yil davlat boşqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, taʼlim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport, ekologiya tizimini – barça-barça sohalarni rivojlantirişda tub buriliş yili böladi.

Endi Murojaatnomaning asosiy qismi – 2026 yilda amalga oşiriladigan eng muhim 6 ta ustuvor yönalişdan iborat dastur haqida atrofliça töxtalib ötamiz.

Birinçi ustuvor yönaliş – mahalla infratuzilmasini yanada yaxşilaş, ularga Yangi Özbekiston qiyofasini olib kirişdan iborat.

Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi. Aynan mahalladagi yöl, suv, elektr va transport taʼminoti, boğça, maktab va oilaviy poliklinikadagi şart-şaroitlarga qarab, odamlar islohotlarimizga baho beradi. Şu bois mahalla tizimini rivojlantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişi bölib kelgan va şunday bölib qoladi.

Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxşilaş orqali biz mamlakatimizni har tomonlama rivojlantiriş, uning qiyofasini yanada gözal va obod qiliş borasidagi işlarni davom ettiramiz.

Hozirgi vaqtda qaysidir mahallada yöl, qaysi birida suv yoki elektr masalasi, boşqasida boğça, maktab, tibbiyot, yana birida uy-joy bilan boğliq masalalarga alohida-alohida yeçim berilmoqda. Oçiq aytiş kerak, buning özi bilan mahalladagi barça masalalar töliq hal bölib qolmaydi. Şuning uçun kelgusi yildan mahallani rivojlantiriş böyiça kompleks yondaşuv joriy etiladi.

Har bir viloyatda 2-3 tadan tumanni tanlab, ulardagi hamma mahallada barça muammolarni bir vaqtning özida hal qiladigan tizim yaratamiz. Bu yangi tajribani Urgut tumanidan boşladik. Tumanda 100 ming aholiga möljallangan zamonaviy ekoşahar barpo etiladi. Kelgusi yil 544 milliard söm ajratilib, 72 ta boğça, maktab, poliklinika, şuningdek, içki yöllar quriladi va taʼmirlanadi, kanallar beton bilan qoplanadi, 2 ta sel-suv ombori barpo etiladi.

Tanlab olingan 33 ta tuman va 330 ta şaroiti oğir mahalladagi işlar ham şunday taşkil qilinadi. Ularda bir vaqtning özida tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi. Uşbu maqsadlar uçun barça manbalar hisobidan 8,5 trillion söm mablağ ajratiladi.

Deputatlarga öz okrugidagi muammolarni hal etiş uçun 500 milliard söm, har bir deputatga 3,3 milliard sömdan beryapmiz. Bu borada “yaşil hudud”, “yaşil boğ” yaratiş böyiça har bir deputatning taşabbusiga qöşimça 330 million sömdan yönaltiramiz. Bunday yondaşuv orqali 2030 yilgaça barça tumanlardagi mahallalarga Yangi Özbekiston qiyofasini olib kiramiz.

Albatta, bu işlarni samarali taşkil qiliş uçun tuman byudjeti daromadlarini kamida 2 karra köpaytirişga şaroit yaratib beriş zarur. Şu maqsadda, 2026 yil 1 yanvardan boşlab, qöşilgan qiymat soliğidan tuşumning Toşkent şahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablağning yarmi tumanlar byudjetiga ötkaziladi.

Bundan taşqari, daromadlarning prognozga nisbatan oşirib bajarilgan qismining 50 foizi, ekin yerlarini ijaraga beriş va bozorlardan tuşumlar ham töliq tuman byudjetiga beriladi.

Viloyat, tuman hokimlariga samarasiz va bir-birini takrorlaydigan ştat birliklarni qisqartirib, tejalgan mablağni aholi örtaga qöygan masalalarni hal qiliş uçun ajratişga ruxsat etiladi. Bu orqali tumanlar byudjetida yiliga 5 trillion sömlik qöşimça manba şakllanadi va u mahallalar infratuzilmasini yaxşilaşga sarflanadi.

Kelgusi yilda ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantiriş uçun 20 trillion sömni viloyatlarning öziga beryapmiz. Eng muhimi, bu mablağlarning har bir sömi aholimiz uçun qöşilgan qiymat yaratişi zarur. Şu bois bu pullar umuman qaysidir tuman uçun emas, balki mahallada iş örinlari yaratadigan, aholini daromadli qiladigan aniq loyihalarga yönaltiriladi.

Marhamat, qaysi mahalla raisi, hokim yordamçisi va mahalla bankiri loyiha qilib, uni asoslab bersa, zarur mablağni olsin. Şunda adolatdan böladi.

Bu – byudjet mablağlarini samarali işlatişda loyihaviy yondaşuv böladi.

Urbanizatsiya va şaharlarni barqaror rivojlantiriş böyiça yangi islohotlarni boşlaymiz. Jumladan, şaharlar tartibsiz kengayişining oldini oliş böyiça aniq mezonlarni belgilaymiz va şu orqali ekin maydonlari asossiz qisqarib ketişiga çek qöyiladi.

Masalan, aholisi 250 ming kişidan ziyod şaharlar hozirgidek tartibsiz kengayib ketaversa, 2050 yilga borib 27 ming gektar ekin maydonlari boy beriladi. Albatta, bunga yöl qöyiş mumkin emas.

Şuningdek, respublikamizda ilk bor 45 ta aglomeratsiya hududini belgilaymiz. Kelgusi yilda “Barqaror şahar” platformasini işga tuşirib, “yaşaş uçun qulaylik indeksi”ni yuritiş yölga qöyiladi. Bu indeks orqali şaharlardagi har bir mahallaga xos muammolar aniqlanib, ularga mos yeçimlar beriladi.

Biz kambağallikni qisqartiriş masalasini umummilliy harakatga aylantirdik. Takror aytaman, ötgan davrda 8,5 milliondan ziyod aholini kambağallikdan çiqarişga erişdik.

Asosiy maqsadimiz – odamlarimizni doimiy daromadli qilişdan iborat. Puli bor odam yaxşi kiyiniş va ovqatlanişga, sifatli taʼlim va malakali tibbiy xizmatdan foydalanişga, mazmunli dam olişga, bir söz bilan aytganda, farovon yaşaşga intiladi.

Muhimi, bu jarayonda tadbirkorlarimiz hal qiluvçi kuç sifatida eng oldingi safda turib, sanoat va servis obʼyektlarini taşkil qilib, doimiy iş örni yaratişda, aholimiz, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarni kasbga örgatib, mahallalarning özida işli va daromadli qilişda alohida jonbozlik körsatmoqda. Şuning uçun tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça siyosatimizni davom ettirib, 2026 yilda asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz qoldiramiz; tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion sömdan ziyod mablağ ajratiladi; kiçik va örta biznesni rivojlantiriş uçun 140 trillion söm resurs beriladi. Şundan 43 trillion sömi xotin-qizlar va yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.

Bundan taşqari, 2026 yilda “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod işlab çiqariş va xizmat körsatiş loyihalarini işga tuşiriş uçun 5 trillion söm kredit beriladi. Kredit foizining milliy valyutada 10 foizgaça, xorijiy valyutada 4 foizgaça bölgan qismi Tadbirkorlik kompaniyasidan qoplab beriladi. Buning uçun ham byudjetdan 400 milliard söm yönaltiriladi. Natijada mahallalarda 100 mingta yangi iş örni yaratiladi.

Har bir mahallada 40 tadan mikroloyihani amalga oşirib, 360 ming aholini işli qiliş uçun mahalla bankirlari va hokim yordamçilariga 2026 yilda yana 7,5 trillion söm resurs ajratiladi.

Yangi yilda mahallalardagi aholini, xususan, xotin-qizlarni sportga keng jalb etiş, buning uçun zarur infratuzilmani yaratiş böyiça uç yillik dastur qabul qilib, bunga 1 trillion söm yönaltiramiz. Mahalla yoşlarining kitobxonlikka bölgan qiziqişini yanada oşiriş maqsadida maktab kutubxonalarini har yili 10 million dona badiiy adabiyotlar bilan taʼminlab boramiz.

Ana şunday işlarimiz tufayli 2026 yilda 1 million odamni doimiy iş bilan taʼminlab, 181 ming oilani kambağallikdan çiqaramiz, kambağallik va işsizlik darajasini 4,5 foizga tuşiramiz, kambağallikdan xoli mahallalar sonini 3,5 mingtaga yetkazamiz.

Qadrli vatandoşlar!

Ikkinçi ustuvor yönalişimiz – iqtisodiyotni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkazişdan iborat.

Jahon miqyosida raqobat tobora kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda faqat yuqori qöşilgan qiymatli mahsulot işlab çiqaradigan davlatlargina dunyo bozorida öz örniga ega bölmoqda. Şuning uçun iqtisodiyotning barça sohalarida yuqori samaradorlikka erişiş – kelgusida islohotlarimizning boş mezoni bölişi şart.

Masalan, sanoatda yuqori texnologik va kam energiya isteʼmol qiladigan tarmoqlarni rivojlantirganimiz hisobiga joriy yilda 1 dollar mahsulot uçun sarflanadigan yoqilği-energiya miqdorini 13 foizga kamaytirişga erişdik. Birgina şuning özi yana 1 milliard dollarlik qöşilgan qiymat yaratiş imkonini berdi.

Bu misol şuni körsatadiki, qayerda yangi texnologiya va yuqori malakali kasb egalari bölsa, öşa tarmoqda ösiş, rivojlaniş bölmoqda.

Şu bois 2030 yilga qadar yalpi içki mahsulot hajmini 240 milliard dollardan oşiriş uçun eng töğri yöl – barça sohalarni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkazişdir. Bu – kelgusi yillarda iqtisodiy taraqqiyot strategiyamizning asosiy yönalişi böladi.

Yurtimizdagi qulay biznes muhiti, demografik ösiş, inson kapitaliga berilayotgan eʼtibor – Özbekistonni investorlar uçun eng jozibador mamlakatlardan biriga aylantirmoqda. Masalan, biz töqqiz yilda barça iqtisodiyot tarmoqlariga 130 milliard dollarlik xorijiy investitsiya olib keldik. Joriy yilning özida çet ellik hamkorlarimiz bilan yana 140 milliard dollarlik yangi investitsiyaviy kelişuvlarga erişdik.

Kelgusi yilda 50 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilamiz. Bundan buyon har bir dollar investitsiya, eng avvalo, ilğor texnologiyalar va ularning transferi; taşqi bozori aniq, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişga; energiya, suv, yer va boşqa tabiiy resurslardan foydalanişda samaradorlikni oşirişga; mahalliy işçilarni yangi texnologiyalar bilan işlaşga öqitiş va mehnat unumdorligini oşirişga xizmat qilişi kerak. Yaʼni yuqori texnologiya va yangi kompetensiyalar olib kirgan, eksport uçun işlagan investor eng işonçli hamkorimiz böladi.

Bunday strategik investorlarga loyiha uçun yerlar bozor qiymatida töğridan-töğri beriladi. Yer toifasi özgarganida nobudgarçilik uçun tölovni 10 yilgaça bölib-bölib tölaşga ruxsat etiladi. Yerni rasmiylaştiriş, toifasini özgartiriş, quriliş va infratuzilmaga ulanişga ruxsatnoma oliş uçun investorlar idorama-idora yurmaydi. Ularga “yagona darça” tamoyili asosida kompleks xizmat körsatadigan “invest.gov.uz” elektron platformasi işga tuşiriladi va barça vazirliklar bunga ulanadi.

Şu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarga dunyoning maşhur brendlarini jalb qilamiz. Uşbu zonalardagi korxonalar xalqaro texnik reglamentlar, ekologik va mehnat standartlarini qöllaşi mumkin böladi. Ular uçun maxsus – imtiyozli investitsiyaviy, soliq, bojxona va huquqiy rejim joriy etiladi va xalqaro huquq doirasida arbitraj nizolarini körib çiqiş imkoniyati yaratiladi.

Bularning barçasi – kelgusi beş yilda 180 milliard dollarlik xorijiy investitsiya hisobidan 1 million yuqori daromadli iş örinlarini yaratişga xizmat qiladi.

Yurtimizga investitsiyalar oqimini köpaytiriş böyiça ham juda katta rejalarimiz bor. Şuning uçun har bir kelişuvni loyihaga aylantiriş, sarmoyalarni qisqa fursatda jalb qiliş va ularning samaradorligiga masʼul, faqat va faqat investitsiya bilan işlaydigan alohida yangi tizim taşkil etiladi.

Bundan taşqari, mahalliy sanoat va kooperatsiyani rivojlantiriş böyiça ham xuddi şunday alohida tizimni yölga qöyiş maqsadga muvofiqdir.

Umuman, iqtisodiyotni raqobatdoş qiliş, investitsiyalar samaradorligini oşiriş, sanoat tarmoqlarini texnologik transformatsiya qiliş mutlaqo yangi yondaşuvlarni talab etmoqda. Buning uçun Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari faoliyati tubdan qayta körib çiqiladi.

Yangi texnologik bosqiçga ötiş va qöşilgan qiymat zanjirini kengaytiriş böyiça sanoatni rivojlantiriş dasturini boşlaymiz. Bunda kelgusi beş yilda sanoatda qöşilgan qiymatni hozirgi 36,5 milliard dollardan kamida 60 milliard dollarga yetkazişni (ösiş 1,6 barobar); yuqori va örtadan yuqori texnologiyali tarmoqlardagi mahsulotlar hajmini 2,5 barobar oşirişni marra sifatida belgilaymiz. Bunga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida 2026 yilda 52 milliard dollarlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasiga start beriladi.

Kelgusi yilning özida 14 milliard dollarlik 228 ta yangi yirik quvvat işga tuşiriladi. Masalan, Navoiydagi oltin konlarida maʼdan qazib oliş böyiça 320 million dollarlik loyiha (3-navbati) işga tuşirilib, qöşimça 2 million tonna maʼdan qayta işlanadi. Şuningdek, “Muruntov” konini özlaştirişning navbatdagi bosqiçi hamda kumuş konlari böyiça 2 milliard 300 million dollarlik yirik loyihalar amalga oşiriladi. Natijada yiliga 18 million tonna maʼdanni qayta işlaş quvvati barpo etilib, 2030 yilgaça oltin işlab çiqariş hajmi 175 tonnaga yetkaziladi.

Yana bir yirik loyiha – Olmaliq kombinatida qiymati 2 milliard 700 million dollar, quvvati 300 ming tonna mis katodidan iborat bölgan yangi metallurgiya majmuasini barpo etiş boşlanadi.

“Samarqand kimyo” zavodida 381 million dollar investitsiya hisobidan yiliga 370 ming tonna fosforli va 540 ming tonna murakkab öğitlar işlab çiqariş yölga qöyiladi.

Qaşqadaryoda 200 million dollarlik yangi kimyo zavodi qurilişi boşlanadi.

Umuman, 2026 yilda kimyo sanoatida – 4,5 milliard dollarlik; toğ-kon metallurgiya, neft-gaz, avtomobilsozlik, töqimaçilik va quriliş materiallari tarmoqlarining har birida – 3 milliard dollardan; elektrotexnikada – 2 milliard dollarlik; farmatsevtikada – 800 million dollarlik yangi loyihalar boşlanadi. Şu tariqa 2026 yilda jami eksportimizni 40 milliard dollarga yetkazib, tayyor va yarim tayyor mahsulot uluşini 55 foizdan oşiramiz.

Kelgusi yili iqtisodiyotda 6,6 foiz ösişni taʼminlab, yalpi içki mahsulotni 167 milliard dollarga yetkaziş prognoz qilinmoqda. Agar mehnat unumdorligi, energiya samaradorligi va tannarx böyiça qattiq işlansa, bu körsatkiçni yanada oşiriş uçun barça imkoniyatlar bor.

Şu bois sanoatda “Unumdorlik va samaradorlikni ikki karra oşiriş” dasturini boşlaymiz.

(Davomi 3-sahifada.)

(Davomi. Boşlanişi 2-sahifada.)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mehnat unumdorligi va energiya samaradorligi böyiça alohida loyiha amalga oşiriladi. Uşbu loyihaga xalqaro moliya institutlaridan 200 million dollar kredit va grant jalb qilinib, sanoat korxonalari uçun xorijdan yuqori malakali texnolog va muhandislar olib kelinadi; biznes jarayonlari raqamlaştiriladi; energiya va boşqa xarajatlarni qisqartiriş böyiça auditlar ötkaziladi; ilğor texnologiyalar transfer qilinadi.

Bu borada “Törtinçi sanoat inqilobi markazi” taşkil etiladi. Markaz negizida robototexnika, internet buyumlari, “aqlli” fabrika kabi “Industriya 4.0” yeçimlarini sanoat korxonalarida joriy etiş uçun “tartibga soliş mexanizmi” yaratiladi. Bunda korxonalar yangi texnologiyalarni işlab çiqarişga joriy qilişdan oldin ularni sinovdan ötkaziş imkoniga ega böladi.

Akkreditatsiya, metrologiya va standartlaştiriş sohalaridagi islohotlarimiz natijasida Özbekiston “Global sifat infratuzilmasi” indeksida sönggi ikki yilda 15 poğona yuqorilab, 185 ta davlat içida 52-öringa kötarildi.

Bu albatta yaxşi. Şu bilan birga, mahsulotlarimiz raqobatdoşligini yanada oşiriş uçun texnik tartibga soliş sohasini yangi bosqiçga olib çiqamiz. Buning uçun “Davlat nazorati” tizimidan xalqaro tajribada yuqori samara bergan “Bozor nazorati” tizimiga ötamiz. Şuningdek, innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot işlab çiqarayotgan korxonalarni rağbatlantiramiz. Ular şunday mahsulotni ötgan yilga nisbatan oşirsa, köpaygan mahsulot hajmi qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya beriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik işlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi.

Ana şunday islohotlar orqali kelgusi beş yilda sanoatda mehnat unumdorligi hozirgi 16,5 ming dollardan 30 ming dollarga yetkaziladi; 1 ming dollarlik qöşilgan qiymat yaratişga ketadigan energiya sarfi 1,5 barobar kamaytiriladi.

Bu yil IT, moliyaviy texnologiyalar, sunʼiy intellekt kabi yönalişlardagi mahalliy startaplarga xorijdan 270 million dollar investitsiya jalb qildik. Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturini kengaytirib, startap ğoyasidan to eksportgaça kömaklaşadigan yangi tizimni yölga qöyamiz. Bunda xususiy startap markazlarini taşkil etiş uçun Yoşlar jamğarmasidan beş yil muddatga 5 milliard sömgaça foizsiz ssuda beriladi. Oliygohlarning özida qoladigan mablağlarning 10 foizi ham inkubatsiya markazlarini rivojlantirişga yönaltiriladi.

Bundan taşqari, Markaziy bankda Moliyaviy texnologiyalar ofisi va Innovatsion xab taşkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Bu orqali yiliga 20-30 ta moliyaviy texnologiyalar startapini taşqi bozorga olib çiqiş, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb etiş imkoniyati yaratiladi.

Umuman, vençur fondlar, startaplar, moliyaviy texnologiyalar kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantiriş, bu sohadagi barça iştirokçilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qöyiş zarur. Buning uçun parlamentimiz hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamğarmalari töğrisida”gi qonun loyihasini 1 martgaça işlab çiqsa, ayni muddao böladi.

Bu yil mamlakatimizda IT xizmatlari eksporti ilk bor 1 milliard dollarni taşkil etdi. Biz 2030 yilga borib, IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkaziş böyiça katta marra olganmiz. Şu bois jahon bozorida raqobatdoşlikni oşiriş uçun Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini taşkil etdik, IT infratuzilmasiga investitsiya kiritiş uçun qator imtiyozlar berdik.

Kelgusi yilda Toşkent şahri, Buxoro, Farğona va Toşkent viloyatlarida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sunʼiy intellekt laboratoriyasi faoliyati yölga qöyiladi. Bu – tibbiyot, transport, qişloq xöjaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sunʼiy intellekt loyihalarini amalga oşirişga xizmat qiladi.

Bugungi kunda minglab iqtidorli yoşlarimiz IT va sunʼiy intellekt böyiça izlaniş olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yönalişlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qiliş uçun Raqamli texnologiyalar markazi taşkil etiladi. Osiyo taraqqiyot banki buni qöllab-quvvatlab, 200 million dollar ajratişga tayyorligini bildirdi.

Sunʼiy intellekt bilan yonma-yon yuradigan kosmik sohadagi tadqiqotlarni rivojlantiriş, yöldoşli aloqa texnologiyalarini joriy etiş borasida ham katta qadamlar taşladik. Bu borada 2028 yilda Samarqandda Xalqaro astronavtika kongressini ötkazişga puxta tayyorgarlik köryapmiz.

Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqçiman. Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sunʼiy yöldoş va mamlakatimiz fuqarosi bölgan birinçi özbek kosmonavtini fazoga uçiriş böyiça işlarni boşladik. Bu – Yangi Özbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanişiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqiçga olib çiqişga katta turtki beradi, deb işonaman.

Hurmatli anjuman qatnaşçilari!

Maʼlumki, işlab çiqariş ham, isteʼmol ham barqaror ösişi uçun uzoq muddatli mablağ zarur. Şu bois kapital bozorini iqtisodiy ösişni rağbatlantiradigan muhim institutsional ustun sifatida belgilab, global depozitariylarni milliy fond bozorimizga olib kirişimiz kerak. Buning uçun xalqaro moliya taşkilotlari bilan işlab çiqilgan “Kapital bozori töğrisida”gi yangi qonun loyihasini tez fursatda qabul qiliş lozim.

Kurs tebranişi böyiça xatarlarni kamaytiriş uçun mahalliy kompaniyalarga içki bozorda ham xorijiy valyutada obligatsiya çiqarişga ruxsat beriladi.

Kelgusi yili korxonalarimiz ilk bor xalqaro bozorlarda ham aksiyalarini joylaştirişi mumkin böladi.

Umuman, kapital bozorini rivojlantiriş orqali tadbirkorlarga qöşimça 1 milliard dollar jalb qiliş imkoniyati yaratiladi.

2026 yilda yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş böyiça ham tub burilişni amalga oşiramiz. Körgan çora-tadbirlarimiz natijasida kuzatilmaydigan iqtisodiyot uluşini 45-50 foizdan 28 foizga pasaytirişga erişdik. Lekin bu hali dastlabki qadamlar, xolos.

Bu boradagi işlarni kuçaytiriş uçun alohida dastur qabul qildik. 2026 yilda barça davlat xizmatlari va kommunal tölovlar, yoqilği, alkogol va tamaki mahsulotlari, avtomobil va köçmas mulk savdolari naqdsiz tölov şakliga ötkaziladi; soliq, bojxona, sanitariya-epidemiologiya nazorati, standart, karantin, quriliş nazorati inspeksiyasi, yonğin xavfsizligi kabi 17 turdagi tekşiruvlarda “bodi-kamera”dan foydalaniş majburiy böladi.

“Soya”dagi iqtisodiyotdan ixtiyoriy ravişda şaffoflikka çiqmoqçi bölgan tadbirkorlar buxgalteriya, statistika, soliq hisobotlarini yuritiş böyiça bepul öqitiladi.

Umuman, dastur doirasida kelgusi beş yilda yaşirin iqtisodiyot uluşi 2 karra qisqartiriladi; savdo va servis sohalarida naqd pulsiz tölovlar uluşi 75 foizdan oşiriladi; rasmiy sektorda band bölgan aholi soni hozirgi 8,5 milliondan 14 millionga yetkaziladi.

Bir söz bilan aytganda, “Halol mehnat – xotirjam hayot va farovon jamiyat garovi”, degan şior asosida bu boradagi işlar umummilliy harakatga aylantiriladi.

Ayrim yurtdoşlarimizda topgan daromadini iqtisodiyotga yönaltiriş, bank depozitiga joylaştiriş, aktivlarini öz nomiga rasmiylaştiriş bilan boğliq xavotirlar bor. Şu bois deputatlarimiz va Markaziy bank xalqaro taşkilotlar bilan maslahatlaşgan holda, fuqarolarimiz yurtimizda yoki çet elda şu paytgaça olgan daromad va aktivlaridan emin-erkin foydalanişiga şaroit yaratiş böyiça takliflar tayyorlasa, öylaymanki, töğri böladi.

Hurmatli parlament aʼzolari!

Endi, ruxsatingiz bilan, uçinçi ustuvor yönaliş – içki bozorda talabni rağbatlantiriş masalasiga töxtalmoqçiman.

Bozorlarimizdagi tökinlik, narx-navo barqarorligi, aholining isteʼmol talabi ortib borayotgani – turmuş sifati yaxşilanayotganini körsatadigan eng asosiy omil.

Içki talabni rağbatlantiradigan muhim faktorlardan biri, bu – inflyatsiya darajasidir.

Biz töqqiz yilda qulay biznes muhitini yaratib, tovar va xizmatlar hajmi va turini köpaytirganimiz; aholini daromadli qilib, kambağallikni keskin qisqartirganimiz; kam daromadli oilalar uçun ham yiliga kamida 1 milliard dollar arzon kredit berayotganimiz; narx-navoni jilovlab, inflyatsiya darajasini “bir xonali” raqamga tuşirganimiz natijasida aholining xarid qobiliyati 2 karra ösdi.

Birgina misol, beş yil oldin aholimiz yiliga 210 mingta kvartira, 600 mingta avtomobil xarid qilgan bölsa, bu yil 270 mingta uy, 1 millionta maşina sotib oldi. Agar aholining daromadi, xarid qobiliyati oşmaganida, birgina köçmas mulk va avtomobil bozori 20 milliard dollarga yetarmidi?

Ötkazilgan sörovlar ham, xalqaro ekspertlar tahlillari ham 75 foiz aholining moliyaviy holati keskin yaxşilanganini tasdiqlamoqda. Albatta, bu natijalar bilan çeklanib qolmasdan, xalqimizning daromadi va xarid qobiliyatini oşiriş böyiça işlarni izçil davom ettiramiz.

Tahlillarga köra, aholi daromadi 10 foizga köpaysa, isteʼmol 8 foizga oşadi. Bu – yangi mahsulot va xizmatlarga talab, degani, bu – qöşimça quvvatlar, qöşimça iş örni, degani.

Aholi ehtiyojidan kelib çiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026 yilda 23 trillion söm resurs ajratamiz. Uy-joy sotib olişda boşlanğiç tölov va foiz tölovlarining bir qismini qoplaş uçun 2 trillion 700 milliard söm subsidiya beriladi. Şuningdek, bitta kvartira uçun ajratiladigan imtiyozli ipoteka krediti miqdori 15 foizga oşiriladi.

Kelgusi yilda 140 mingta kvartirali köp qavatli uy-joy barpo etilişi rözğor uçun zarur isteʼmol tovarlariga talabni oşirişi tabiiy, albatta. Bu talabni moliyaviy manbalar bilan taʼminlaş maqsadida 2026 yilda joriy yilgi 104 trillion söm örniga 125 trillion sömlik isteʼmol krediti ajratiladi.

Umuman, 2026 yilda quriliş işlari hajmini 11 foizga köpaytirib, 30 milliard dollarga yetkazişni reja qilyapmiz.

Buning iqtisodiyotga qanday taʼsir körsatişini hisoblab köraylik. Quriliş materiali, uy-rözğor uçun töqimaçilik mahsulotlari, elektr texnikasi, mebelsozlik kabi tarmoqlar, uşbu obʼyektlarga xizmat körsatadigan servis sohalari uçun qöşimça 5 milliard dollarlik bozor böladi. Bu – 300 mingta qöşimça yangi iş örni degani.

Aholi daromadi köpaygani xizmatlarga talabni oşirib, servis sohasi iqtisodiyotning “drayveri”ga aylanişi uçun katta turtki bermoqda. Bu yilning özida xizmatlar hajmi qariyb 15 foiz ösib, 82 milliard dollarga yetdi.

Xizmatlarga bölgan talabni rağbatlantiriş uçun 2026 yilda sohaga 85 trillion söm kredit, 9 trillion söm subsidiya ajratamiz. Xususan, taʼlim xizmatlari uçun byudjetdan 7 trillion söm beriladi.

Keyingi beş yilda xorijiy turistlar sonini 2 karra – 11 million nafardan 20 million nafarga oşiriş, turizm xizmatlari hajmini esa 20 milliard dollarga yetkaziş böyiça katta marra olyapmiz. Şu maqsadda turizm infratuzilmasini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratyapmiz. Samarqandda Bibixonim, Registon majmualari, Amir Temur maqbarasi, Uluğbek rasadxonasi, Şohi Zinda va Afrosiyob muzeyini bir-biri bilan boğlaydigan zamonaviy yölak va köpriklar barpo etiladi.

Şahrisabzda “Ğelon” yirik turistik majmuasining birinçi bosqiçi işga tuşiriladi. Pop tumanida “Araşan” toğ-dam oliş turistik zonasi taşkil etiladi. Xivadagi Içanqalʼani immersiv, yaʼni, “jonli” va “aqlli” muzey-şaharga aylantiramiz. Xorazm va Qoraqalpoğistondagi arxeologik yodgorliklar böylab yirik turizm halqasi taşkil etiladi.

Şuningdek, yangi yilda tadbirkorlar tomonidan 4 milliard dollarlik 3,5 mingdan ziyod yangi servis obʼyektlari işga tuşiriladi. Turizm maskanlarini taşkil qiliş uçun kelgusi uç yilda 5 ming gektar yer auksionga çiqariladi.

Bundan taşqari, 2026 yildan “Özbekiston merosi mehmonxonalari” dasturini boşlaymiz. Madaniy meros obʼyektlarida xususiy şeriklik asosida “butik mehmonxona” taşkil qiliş uçun nufuzli mehmonxona tarmoqlari olib kelinadi. Dastur iştirokçilariga yer, mulk, foyda soliqlari va bojxona tölovi böyiça imtiyoz beriladi.

Mana şu işlar hisobiga 2026 yilda xizmatlar bozorini 100 milliard dollardan oşiramiz.

Turistlar oqimi tobora oşayotgani aviatsiya va temir yölda yölovçi taşiş quvvatini 2 barobar köpaytirişni taqozo etmoqda. Şu bois 2026 yilda aviaparkdagi havo kemalari sonini 105 tadan 120 taga yetkazamiz. Mahalliy aviaqatnovlar sonini oşiriş uçun subsidiyalaşning yangi tizimi joriy etiladi.

Endi, narxidan qatʼi nazar, sotilgan har bir çipta uçun aniq miqdorda subsidiya ajratiladi. Bu – çipta narxini pasaytiriş va talabni oşirişga xizmat qiladi.

Şu bilan birga, yangi samolyotlarimiz uçun uçuvçilar, ularga texnik xizmat körsatuvçilar, aeroportlar uçun servis va boşqaruv sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlaş maqsadida Fuqaro aviatsiyasi universiteti taşkil etiladi.

Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasidan 6 ta tezyurar poyezd olib kelamiz. Buning birinçi tarkibi yaqin kunlarda keladi.

Umuman, içki temir yöllarni rivojlantiriş böyiça beş yillik dastur qabul qilinadi.

Şaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan boğlaş uçun 2026 yildan yana 500 kilometr temir yöl qurişga kirişamiz. Kelgusi yili 110 kilometr temir yöl tarmoği qurilib, Böka, Piskent, Bekobod, Boyovut tumanlari hamda Nurafşon şahri poytaxt bilan boğlanadi. Toşkent – Samarqand yönalişida yuqori tezlikda harakatlanadigan yölovçi poyezdlar uçun yangi temir yöl liniyasi qurişni boşlaymiz. Toşkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Navoiydagi vokzallar ham xususiy şeriklik uçun beriladi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tahliliga köra, sifatli yöllar iqtisodiyotimizning kamida 2 foiz ösişiga turtki beradi.

Avtomobil yöllarining sifatini yaxşilaş, tranzit salohiyatini yanada oşiriş maqsadida beş yillik dastur amalga oşiriladi. Bunda Andijon bilan Qönğirotni, Toşkent bilan Termizni, Samarqand bilan Şahrisabzni, Olot bilan Sariosiyoni boğlaydigan, uzunligi 4 ming kilometr magistral yöllarni xalqaro talablarga mos “avtoban”larga aylantiramiz.

2026 yilning özida Qoraqalpoğiston, Buxoro, Qaşqadaryo va Surxondaryo hududidan ötgan umumiy foydalanişdagi 300 kilometr yöllarda rekonstruksiya işlari yakunlanadi.

Toşkent – Samarqand, Toşkent – Andijon, Toşkent – Böstonliq, Punğon – Namangan va Qarşi – Şahrisabz yönalişida yuqori tezlikda harakatlanişga möljallangan 800 kilometr yöllar qurilişiga katta tayyorgarlik körib, hamkorlarni belgilab oldik.

Toşkent – Samarqand yölining qurilişi mart oyidan, qolgan yöllar böyiça amaliy işlar esa 1 iyuldan keçiktirmasdan boşlanadi. Yana 1 ming 200 kilometr yöllar 2030 yilgaça xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda qayta quriladi.

Endi yöllarni loyihalaştirişda aholining fikri, transport qatnovining atrof-muhitga taʼsirini inobatga oliş, piyodalar uçun “tösiqsiz” muhit yaratiş böyiça qatʼiy talablar qonun darajasida mustahkamlanadi.

Yöl qurilişiga ilğor texnologiya va standartlarni joriy etiş ustuvor tamoyil sifatida belgilanadi. Parlamentimiz “Avtomobil yöllari töğrisida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qilişda yöllarni rejalaştiriş tizimini nazarda tutsa, maqsadga muvofiq böladi.

Aholining daromadi, xorijiy turistlar oqimi tobora ortib borayotgani kelgusi beş yilda oziq-ovqatga bölgan talabni 1,5 karra oşiradi. Şuning uçun qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmini hozirgi 40 milliarddan 60 milliard dollarga yetkaziş böyiça katta marra olamiz.

Ikki hafta oldin agrar soha vakillari bilan uçraşib, qişloq xöjaligida hosildorlikni yangi texnologiyalar asosida oşiriş böyiça barça masalalarni yeçimi bilan muhokama qilib oldik.

Umuman, yangi yilda qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş uçun 52 trillion söm ajratamiz.

Oziq-ovqat mahsulotlarini xalqimizga barqaror narxda yetkazib beriş ham töliq isloh qilinadi. Bozorlarimizni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil – ön ikki oy barqaror narxda taʼminlaş uçun 2026 yildan doimiy intervensiya tizimiga ötamiz. Hududlardagi “Oziq-ovqat jamğarmalari”ga ajratiladigan resursni 2,5 barobar köpaytirib, 500 milliard sömga yetkazamiz. Şuningdek, meva-sabzavotga ixtisoslaşgan 1 mingta mahallada siğimi 100 tonnagaça bölgan kiçik sovitkiçli omborlar barpo etiladi.

Bu işlarimiz kelgusi yil inflyatsiya darajasini 6-6,5 foizga tuşirişga xizmat qiladi.

Muhtaram vatandoşlar!

Kasblarni rivojlantiriş va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratiş – kelgusi yil uçun dasturimizning törtinçi ustuvor yönalişidir.

Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt taʼsirida dunyoda iş örinlarining soni, şakli va mazmuni keskin özgarmoqda. Yaqin beş yilda mavjud kasblarning 30 foizi töliq avtomatlaştiriladi, 50 foizi böyiça esa yangi malakalar talab qilinadi.

Bu jarayonlar bizni ham çetlab ötayotgani yöq. Sanoatda – avtomatlaşgan liniyalar, agrar sohada – aqlli texnologiyalar, transportda –  intellektual boşqaruv kundalik hodisaga aylanib bormoqda.

Endi mamlakatimizning mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida – kasb, malaka, texnologiya va taʼlimni birlaştiradigan yagona mexanizm sifatida işlaşi zarur.

Mutaxassislarning fikriça, bolada biror-bir kasbga qiziqiş 7-sinfdan boşlanib, qaysi kasbni tanlaşi 9-sinfda töliq maʼlum böladi. Şu bois 9-sinf bitiruvçilarini fanlarni özlaştirişi va kasbiy qiziqişiga qarab saralab oliş tizimini joriy qilamiz. Bunda oliygohlarga kiriş istagida bölmagan yoşlar texnikumlarga yuboriladi.

Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangiça muhit olib kiriş böyiça beş yillik dasturni tasdiqladik.

Mening niyatim – yoşlarimiz talab yuqori bölgan kasblar böyiça dunyoda raqobatdoş bölsin, kerak bölsa, boşqalardan bir poğona ustun tursin. Uşbu maqsadga erişiş yölida kasbiy taʼlimning eng muhim böğini bölgan texnikumlarni yangi sifat bosqiçiga olib çiqamiz. Buning uçun, 2026 yildan boşlab, har yili kamida 100 tadan texnikumni töliq taʼmirlab, texnologik va talab yuqori bölgan kasblarga mos holda jihozlab boramiz. Germaniya, Şveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilğor taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar sonini 100 taga yetkazamiz.

Bugun sizlarga yana bir yangilikni yetkazmoqçiman: 2026 yilda 7 ta viloyatda, 2027 yilda esa qolgan hududlarda Ilğor kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar şaharçasi” faoliyati yölga qöyiladi. Bunda Ilğor kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boşqa texnikumlar uçun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar şaharçasi” – maktab öquvçilarini quriliş, servis, qişloq xöjaligi, sanoat, transport, “yaşil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yönaltirişga xizmat qiladi.

Bu tizimni mamlakatimizda uç yil oldin yölga qöyib, öquvçilar qamrovini 15 foizga yetkazdik.

Bugun avtomobilsozlik, “yaşil” energetika, quriliş, transport, töqimaçilik, qişloq xöjaligi, turizm, servis, IT kabi yönalişlarda 70 mingga yaqin öquvçi “dual taʼlim” asosida öqib, oyiga 10 million sömgaça maoş olmoqda.

Endi texnikum va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqamiz. Xususan, “dual taʼlim” asosida öqitişni samarali taşkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard sömgaça imtiyozli kredit ajratiladi; tadbirkorlik reytingida qöşimça 5 ball beriladi; korxonalar işga olgan texnikum öquvçisi uçun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uç yilga uzaytiriladi.

Şuningdek, 2026 yildan boşlab texnikumlarda taʼlim olayotgan 100 ming öquvçiga ilk bor stipendiya tölanadi; “aʼlo” baholarga öqiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan farzandlarimizga esa oşirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi.

Iqtisodiyotning ustuvor yönalişlari uçun yuqori intellektual salohiyatga ega bölgan kadrlarni tayyorlaşga eʼtiborni kuçaytirişimiz zarur.

Jizzax politexnika institutini Vengriyaning nufuzli “Obuda” universiteti boşqaruviga beriş böyiça qaror qabul qildik.

Yaqinda Yaponiyaga taşrifimiz davomida Özbekistonda “Sukuba” milliy universiteti bilan hamkorlikda aniq fanlar böyiça yangi oliygoh taşkil qiliş haqida kelişib oldik.

Biz bu tajribani davom ettirib, aniq fanlar va texnika yönalişidagi oliygohlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlarini jalb qilamiz.

Yana bir masala – mehnat bozoriga yiliga 300 ming oliy maʼlumotli kadrlar kirib kelmoqda. Endi oliygoh bitiruvçilari va iş beruvçilar örtasida köprik bölib xizmat qiladigan raqamli ekotizim yaratamiz. Unda talabalarning akademik körsatkiçlari va korxonalardagi böş iş örinlari töğrisidagi maʼlumotlar onlayn tarzda körinib turadi. Uşbu ekotizim bitiruvçi kurs talabalari uçun öziga mos iş topiş, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qiliş imkonini beradi.

Bu yil soğliqni saqlaş xodimlari bilan ikki marta uçraşib, körib çiqilgan barça masalalar böyiça alohida farmon va qarorlar qabul qildik.

Tibbiyot tizimida ham kasbiy taʼlimni rivojlantiriş uçun Angliyaning “Pearson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamşiralar tayyorlaş boşlandi. Endi ana şu texnikumlarga Germaniya, Şveysariya, AQŞ, Yaponiya kabi davlatlarning taʼlim dasturlari ham joriy etiladi. Şu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamşiralar tarkibini şakllantiramiz.

Keng kölamli islohotlarimizni soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş böyiça ham jadal davom ettiramiz. Tibbiyot muassasalarini yagona yondaşuv asosida taşkil etiş uçun “master reja” işlab çiqiladi.

Bundan taşqari, infarkt, insult, onkologik, nefrologik kabi yuqumli bölmagan kasalliklarni davolaş hamda transplantatsiya, vaksinatsiya, ona-bola salomatligini muhofaza qiliş yönalişlariga ötgan yillardan 1,5 barobar köp – 3,5 trillion söm ajratamiz.

Qadrli döstlar!

Ekologik muvozanatni taʼminlaş, “yaşil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalaniş beşinçi ustuvor yönalişimizdir.

Yirik korxonalarga filtr, tozalaş inşooti va havoga çiqariladigan zararli moddalarni monitoring qiliş stansiyasi örnatiş uçun birinçi bosqiçda 100 million dollarlik kredit liniyasi oçiladi.

Kelgusi yili Samarqandda Global ekologik jamğarmaning navbatdagi assambleyasi va Markaziy Osiyo xalqaro ekokörgazmasi ötkazilişi rejalaştirilgan.

(Davomi 4-sahifada.)

(Davomi. Boşlanişi 3-sahifada.)

Uşbu tadbirlar tarmoqlar, hududlar va biznes uçun hamkorlar topiş, yangi ekoloyihalarni birgalikda boşlaşga katta imkoniyat yaratadi.

Toşkent şahri va Toşkent viloyatida 2 mingga yaqin kömir va gazda isitiladigan issiqxona bor. Ulardan havoga yiliga 137 ming tonna zararli modda çiqadi. Endi kömirda filtrsiz işlaydigan qozonxonalardan voz keçamiz. Ularni poytaxt atrofidan köçirib, hamma joyda markazlaşgan qozonxonalar orqali isitişni yölga qöyamiz. Şu maqsadda 200 gektardan kam bölmagan agroklasterlar taşkil etiladi, ularning tarkibiga ötadigan issiqxonalarga alohida subsidiya beriladi.

Şaharlarimizdagi tirbandliklar nafaqat odamlar hayotini qiyinlaştirmoqda, balki ekologiyaga ham jiddiy zarar yetkazmoqda. Şu bois dunyo tajribasidan kelib çiqib, avtomobillar çiqarayotgan zararli moddalar darajasiga qarab, ekologik stikerlar tizimi joriy etiladi. Katta miqdorda zararli moddalar çiqaradigan avtomaşinalarning poytaxt va viloyat markazlari hamda şaharlarga kirişi çeklanadi. Bunday transport vositalarini yangisiga almaştiriş yoki ularga filtr örnatiş uçun davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi.

Buning uçun alohida Jamğarma taşkil qilinadi. Eski maşinasini almaştiraman deganlarga avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. Filtr örnatib, zararni kamaytirişga tayyor bölgan haydovçilar uçun xarajatlarining bir qismi böyiça subsidiya ajratiladi.

Azim poytaxtimiz va yirik şaharlarda jamoat transportini rivojlantiriş ustuvor vazifamiz böladi. Şahar köçalarida avtobus va taksilar uçun maxsus yölaklar köpaytiriladi. Toşkent, Samarqand va Namangan şaharlarida transport harakatini intellektual svetoforlar orqali boşqariş tizimi joriy etiladi.

Ekologik avtomobillarni köpaytiriş böyiça beş yillik dasturni amalga oşiramiz. Bunda mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi.

Elektromobillarni quvvatlaş stansiyalarini taşkil qiliş uçun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi; yerlarni auksiondan 2 karra arzon narxda sotib oliş imkoniyati yaratiladi.

Elektromobillarni quvvatlaş stansiyalarida avtomobillarni zaryadlaşda 1 kilovatt-soat elektr energiyasi narxining 300 sömdan oşgan qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Elektromobilda taksi xizmati körsatadigan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar beriladi.

Eng asosiysi, bu işlarni töğri yölga qöysak, poytaxtimiz, viloyat markazlari va yirik şaharlar faqat ekotransportlar harakatlanadigan hududga aylanadi.

Çang-tözonlarning oldini oliş uçun Surxondaryoda 10 ming gektarda “yaşil makon” va Sirdaryoda 84 kilometrli “yaşil devor” barpo etiladi. Qoraqalpoğiston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda jami 250 ming gektar, jumladan, Orolning qurigan tubida 115 ming gektar yerda daraxt va butalar ekiladi.

Har bir hududda botanika va dendrologiya boğlari hamda 20 tadan soya-salqin sayr köçalari barpo qilinadi.

Korxonalarda ekostandartlarni joriy qiliş uçun kelgusi beş yilda kamida 30 ming nafar ekologiya menejeriga talab paydo böladi. Şuning uçun 2026 yilda har bir hududda “yaşil” texnikumlar taşkil etilib, dual taʼlim asosida yiliga 10 ming mutaxassis tayyorlaş yölga qöyiladi.

Yangi yilda Markaziy Osiyo Yaşil universiteti faoliyatini kengaytiramiz.

Havo, suv va tuproq sifatini aniqlaş imkonini beradigan kompleks laboratoriyalar taşkil etiladi. Şaharlarda tabiiy ventilyatsiyani kuçaytirişga qaratilgan tadqiqotlar ötkaziladi.

Umuman, ekologiya sohasiga 2026 yilda 1 trillion 900 milliard söm yönaltiriladi.

Sönggi beş yilda 6 ming megavattli quyoş, şamol va gidroelektr stansiyalari işga tuşirildi, umumiy generatsiyada “yaşil” energiyaning uluşi 30 foizga yetdi.

Yaqinda hamkorlarimiz bilan jami 3,5 ming megavattli 4 milliard 200 million dollarlik yangi “yaşil” quvvatlar qurilişiga start berdik. Bu işlarimiz orqali 2026 yilning özida 7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi va havoga 11 million tonna zararli moddalar çiqişining oldi olinadi.

Muhtaram vatandoşlar!

Dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb bölib bormoqda. Şu bois islohotlarimizning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanişni davlat siyosati darajasiga olib çiqdik.

Yaqinda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qöllaş, suv inşootlarini modernizatsiya qiliş, suğoriş tadbirlari böyiça kelgusi uç yil uçun qiymati 5,5 milliard dollarlik katta dastur qabul qildik.

Dastur doirasida suvni tejaydigan texnologiyalar qamrovi 61 foizga yoki 2,6 million gektarga yetkaziladi. Natijada yiliga 2,5 milliard kub metr suv tejaladi, 200 ming tonna buğ gazi kamaytiriladi.

Umuman, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qiliş tadbirlariga 2026 yilda jami 3 trillion 300 milliard söm yönaltiriladi.

Şuningdek, 1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Buning uçun byudjetdan 3 trillion söm sarflanadi. Bu qöşimça ravişda yiliga 500 million kub metr suvni iqtisod qiliş imkonini beradi.

Bundan taşqari, joylardagi oçiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga ötkaziş böyiça alohida dastur qabul qilamiz. Uşbu maqsadlarga dastlabki bosqiçda 2026 yil uçun 100 million dollar ajratamiz.

Kanallarni yopiq tizimga ötkaziş böyiça ham katta loyihalarni boşlaymiz. Qaşqadaryodagi “Paxtaobod” kanalini bosimli quvurga ötkaziş böyiça 134 million dollarlik loyiha bu boradagi birinçi qadam böladi.

Bular orqali qöşimça ravişda 20 ming gektar ekin yeri oçiladi, yana 25 ming gektar maydon kafolatli suv bilan taʼminlanadi.

Ayni vaqtda poytaxtimiz, viloyat markazlari va şaharlarda “yaşil” hududlarni köpaytiriş uçun suğoriş, drenaj tizimlarini qayta tiklaş zarur. Bir söz bilan aytganda, şaharlarning barça köçalaridagi ariqlarda suv aylanişi kerak. Buning uçun 160 million dollarlik katta dastur doirasida Toşkent şahrida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi, 197 kilometr kanal va kollektorlar taʼmirlanadi; 63 kilometr yangi kanallar barpo qilinib, şaharda salqin mikroiqlim yaratiladi.

Boşqa hududlar rahbarlari ham çetdan kamida 20-25 million dollar mablağ olib kelib, kelgusi yildan viloyat markazlari va yirik şaharlarda bunday loyihalarni boşlaydi.

Hurmatli deputat va senatorlar!

Oltinçi ustuvor yönalişimiz bölgan zamonaviy davlat boşqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlarimizni davom ettiramiz.

Avvalo, 2026 yildan boşlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi. Endi barça davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari; 5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari; 200 ta maʼlumot bazasi va axborot tizimi; 100 mingdan ziyod davlat xizmatçisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi.

Platformaga kelib tuşgan murojaatlar, ularni ijroçilarga taqsimlaş va körib çiqiş muddatini nazorat qiliş sunʼiy intellekt orqali amalga oşiriladi.

Sodda qilib aytganda, mahalladan tortib respublika darajasida hal böladigan har bir masalaning ijroçisi, muddati, resursi bir joyda körinib turadi.

Eng muhimi, davlat xizmatlarini körsatişda inson omilisiz, korrupsiya va ortiqça byurokratiyadan xoli ekotizim yaratamiz. Davlat xizmatlarini proaktiv va jamlanma şaklda körsatiş tizimini rivojlantiramiz.

Oddiy sözlar bilan tuşuntirsam, yangi uy qurgan fuqaro kadastr hujjatini oliş uçun murojaat qilsa, yangi platforma suv, elektr va gazga ulaniş masalasini ham şu zahoti hal qilib beradi. Bunday xizmatlar 2026 yilda 100 taga yetkaziladi.

Ş.Şermatov, A.Toşqulov, U.Husainov kelgusi yilda Namangan, Surxondaryo viloyatlari va Toşkent şahri, şuningdek, ulardagi tuman va mahallalarda quriliş, adliya, oliy taʼlim, soliq idoralari va ularning viloyat, tuman bölimlarida uşbu platformani töliq sinovdan ötkazişi şart.

Har bir vazir, tarmoq rahbari va hokimlar ham yangi yilda xuddi şunday işlarni öz tumanidagi tizimda yölga qöyişni boşlaşi, davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlaştiriş böyiça qattiq işlaşi zarur.

Hurmatli yiğiliş qatnaşçilari!

Bugungi kunda Oliy Majlisimiz eng kuçli parlamentlarga xos bölgan barça nazorat vakolatlariga ega. Xususan, 2023 yildan buyon taşqi qarz miqdorini parlamentimiz belgilab kelmoqda.

Endi davlat kafolati ostida taşqi qarz oliş masalasini maʼqullaşni ham parlament vakolatiga ötkazsak, nima deysizlar?

Köplab işlab çiqaruvçilar va tadbirkorlar fikrini örganib, 2026 yil 1 yanvardan davlat xaridlarida oçiq, şaffof va adolatli tizim yaratayapmiz. Bu – tadbirkorlarimizga 300 trillion sömlik kafolatli bozorda özlarining tovar va xizmatlari bilan faol iştirok etişlari uçun katta imkoniyatlar eşigini oçadi.

Bundan buyon davlat xaridlarida tovar, iş va xizmatlarni töğridan-töğri sotib oliş mumkin bölgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi.

Xabaringiz bor, konstitutsiyaviy islohotlarimiz doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengaşlar raislari lavozimlarini bir-biridan ajratgan edik. Endi bu tizim 2026 yil 1 yanvardan 208 ta tuman va şaharda ham yölga qöyiladi. Ayni paytda uşbu jiddiy siyosiy islohot – hokimlar va ijro idoralaridan Kengaşlarga munosabatni mutlaqo özgartirişni talab qiladi.

Bundan buyon deputat sörovlari ijrosi har çorakda tahlil qilinib, sustkaşlikka yöl qöyilgan holatlar böyiça prokuraturaga taqdimnoma kiritiladi.

Islohotlar samaradorligini taʼminlaşda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim.

Şu bois ularni qöllab-quvvatlaş böyiça siyosat kelgusida ham izçil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça beş yillik strategiya işlab çiqiladi. Uşbu institutlarga ijtimoiy buyurtma beriş tizimi raqamlaştirilib, moliyalaştiriş hajmi 2 karra oşiriladi.

Bundan taşqari, xayriya taşkilotlarini tuziş tartibi soddalaştiriladi, hisobdorlik va şaffoflik mexanizmlari takomillaştiriladi.

Takror aytaman, yurtimizdagi keng kölamli yangilanişlar davrida oçiqlik siyosatidan heç qaçon ortga qaytmaymiz. Söz va matbuot erkinligini taʼminlaş ustuvor vazifamiz bölib qoladi.

Muhtaram deputat va senatorlar!

Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlaştirişga qaratilgan işlarimizni izçil davom ettiramiz.

Biz odil sudlov jarayonini “raqamli sud” konsepsiyasi asosida taşkil etişni boşladik. Endi tergovni ham raqamlaştiriş orqali inson huquqlari himoyasini kuçaytiramiz. Bunda jinoyat haqidagi arizani qabul qilişdan boşlab, işni sudga ötkazişgaça bölgan bosqiçlarga sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi va inson omili qisqartiriladi.

Yurtimizda tergov sudyalari iş boşlagani – xalqaro tan olingan “Xabeas korpus” institutini qöllaşning navbatdagi muhim bosqiçi böldi. 2026 yildan tergov sudyalariga sanksiya va majburlov çoralarini özgartiriş hamda bekor qiliş vakolatlarini ham beramiz. Odil sudlovni amalga oşirişda jamoatçilik iştiroki va rolini oşirib boramiz.

Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan “xalq vakillari hayʼati” instituti bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Bunda öta oğir va jamiyatda şov-şuvga sabab bölayotgan jinoyatlar jamoatçilik vakillari iştirokida körib çiqilişi sud hukmining yanada adolatli bölişiga xizmat qiladi.

Sud qarorlari ijrosini sözsiz taʼminlamay turib, fuqaro va tadbirkorlar huquqining işonçli tiklanişiga erişib bölmaydi. Şu bois majburiy ijro jarayoniga samarali muqobil mexanizmlarni ham kiritamiz. Natijada sohaga sunʼiy intellekt joriy etilib, kelgusi ikki yilda ijro harakatlarining 30 foizi inson omilisiz amalga oşiriladi.

Körayapsizlar, şiddat bilan özgarayotgan dunyoda giyohvandlik xavfi aholi genofondi uçun eng katta tahdidga aylanib bormoqda. Afsuski, bugungi globallaşuv davrida bunday xavf-xatar Özbekistonni ham çetlab ötmayapti.

Bu yil 14 mingdan ziyod giyohvandlik jinoyati qayd qilingan. Ularning 3 mingga yaqinini yoşlar sodir etgani barçamizni jiddiy öylantirişi kerak.

Narkotik savdolari transçegaraviy va virtual xarakterga ega bölib bormoqda. Bu esa jinoyatlarni aniqlaşda yangi usullarni qöllaşni, zamonaviy bilim va könikmalarni puxta egallaşni talab qilmoqda.

Yaqinda uşbu masala böyiça Milliy dastur qabul qildik. Endi narkojinoyatlarga qarşi kuraşişni umummilliy harakatga aylantirib, jamiyatda bu illatga murosasiz muhit yaratamiz.

Kim bu vazifa faqat huquq-tartibot idoralarining işi, deb öylasa, xato qiladi.

Yurtimizdagi har bir bola, har bir yoş – bizning farzandimiz, ularni giyohvandlik çangaliga taşlab qöyişga aslo yöl qöymaymiz.

Giyohvandlikni tag-tomiri bilan butkul yöqotiş, yoşlarimizda kuçli maʼnaviy-ruhiy immunitetni şakllantiriş böyiça barça kuç va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz.

Narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça respublika işçi guruhi davlat idoralarining bor kuç va imkoniyatlarini işga solib, kelgusi yilda narkotiklarni işlab çiqariş va tarqatiş kanallariga çek qöyiş böyiça yangi tizim yaratsin.

Bu – Prezidentning topşiriği, bu – ota-onalarning xohiş-istagi, bu – jamiyatning talabi!

Tinçlik hukm surgan, qonun ustuvor bölgan, fuqarolarning xavfsizligi taʼminlangan joyga investitsiya ham keladi, bu yerda turizm ham rivojlanadi. Lekin sönggi paytlarda özini qonundan ustun qöygan, tadbirkorlarga bosim qilib, ularning biznesini egallab olişga harakat qilayotgan, iqtisodiyotimizga jiddiy putur yetkazadigan murakkab moliyaviy jinoyatlarni sodir etayotgan, özini “qozi” deb hisoblab, odamlar örtasidagi oldi-berdi masalalarini hal qilib yurgan ayrim jinoiy tödalar ham kuzatilmoqda.

Eng açinarlisi, “oson pul topaman”, degan ilinjda bilagida kuçi bor ayrim sportçilar ham bunday jinoiy tödalarga qöşilib qolmoqda.

Yana bir yomon jihati – Özbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruhlar ayrim çet davlatlarda ham mavjudligi yurtimizning xalqaro obrösiga salbiy taʼsir körsatmoqda.

Hamma eşitib olsin: bunday jinoiy tödalar faoliyatiga çek qöyişga kuç-qudratimiz yetadi va buni albatta qilamiz!

Özbekistonda – fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz va investorlarni har qanday vaziyatda ham işonçli himoya qiladigan davlat bor, Konstitutsiya bor, qonunlar bor!

Xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qöyiş, farzandlarimizni himoya qiliş – qadim-qadimdan erkaklar uçun şaʼn va ğurur masalasi bölib kelgan. Lekin jamiyatimizda ayollar va bolalarning turli zöravonliklarga uçrayotgani buyuk tarix, yuksak maʼnaviyat va maʼrifatga ega bölgan, oilani muqaddas deb biladigan xalqimizga aslo yaraşmaydi.

Sönggi ikki yilda ayollar va bolalarga nisbatan oilaviy zöravonlik holatlari böyiça 2 mingdan ziyod jinoyat aniqlangan.

Heç qaçon unutmaylik, oilaviy zöravonlik – bu faqat oilaning içki işi emas, bu – butun jamiyatga tegişli masala. Ayolni öz muammosi bilan yolğiz taşlab qöyişga heç kimning haqqi yöq!

Ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş böyiça respublika muvofiqlaştiruvçi kengaşi barça davlat idoralari va keng jamoatçilikni safarbar qilgan holda, bunday salbiy holatlarga barham beriş böyiça samarali işlaydigan tizim yaratsin.

Parlamentimiz, fuqarolik jamiyati institutlari ham bu jarayonlarda faol iştirok etsa, albatta natija böladi.

Takror va takror aytaman. Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga tösiq böladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan çiqaradigan, jamiyatda işonç muhitini zaiflaştiradigan eng jiddiy tahdid.

Korrupsiyaga yöl qöyiş esa – islohotlarimizga xiyonatdir. Bu illatga qarşi kuraşiş böyiça 2026 yilda “favqulodda holat” eʼlon qilamiz.

Barça idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazoratga masʼul örinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yölga qöyiladi. Uşbu rahbarlar tizimdagi nopok şaxslarni aniqlaş, şuningdek, byudjet mablaği talon-toroj bölişi va mansabni suiisteʼmol qiliş holatlarining oldini oliş böyiça taʼsirçan nazorat örnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.

Davlatning har bir söm mablaği, resursi böyiça şaxsiy javobgarlik kuçaytiriladi.

“Lavozimim, unvonim bor, menga heç kim tegmaydi”, deganlar adaşadi. Qonun oldida hamma teng!

Içki işlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir söz bilan aytganda, birorta idora va taşkilot nazoratdan çetda qolmaydi.

Komplayens xizmatining faoliyatiga tösqinlik qilganlar – korrupsiyaga şerik, deb baholanadi va javobgarlik şunga mos holda böladi.

Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati bu tizimni 1 yanvardan boşlab barça davlat idoralari va taşkilotlarida işga tuşirib, jilovni mahkam qölga olsin.

Mansabidan qatʼi nazar, poraxörlik va suiisteʼmolçilik böyiça har bir holat yuzasidan Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati şaxsan menga axborot kiritib boradi.

Hurmatli majlis iştirokçilari!

Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barça davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlaş, vazmin va oqilona oçiq taşqi siyosat olib borişga qaratilgan faoliyatimizni davom ettiramiz.

Yaqin qöşnilarimiz bilan köp asrlik döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va özaro işonç ruhidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirişga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Bunda mintaqamiz davlatlari örtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va taʼlim sohalarida hamkorlikni yanada çuqurlaştiramiz.

Afğoniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qiliş asosiy maqsadlarimizdan biri bölib qoladi.

Asosiy xorijiy şeriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qöşma Ştatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, Ömon, Hindiston, Pokiston va boşqa davlatlar bilan köp qirrali va özaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytiriş bundan buyon ham eʼtiborimiz markazida böladi.

Şuningdek, Janubi-Şarqiy Osiyo, Yaqin Şarq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yönalişlarda manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş, Janubiy Kavkaz va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni kengaytiriş strategik yönalişlarimizdan biri böladi.

Fursatdan foydalanib, bugungi anjumanimizda qatnaşayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elçilariga qarata aytmoqçiman: biz bilan aloqalarni kengaytirib, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga aʼzo bölişini faol qöllab-quvvatlayotgani uçun mamlakatlaringiz hukumatlariga alohida taşakkur bildiraman.

Nufuzli xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqamiz.

Xalqaro valyuta jamğarmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boşqa yetakçi moliya institutlari bilan hamkorlikda iqtisodiyotimizni texnologik modernizatsiya qiliş, infratuzilmani rivojlantiriş, barqaror energetika va transport loyihalarini amalga oşiriş borasidagi işlarni davom ettiramiz.

Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Şanxay hamkorlik taşkiloti, Turkiy davlatlar taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti doirasida anʼanaviy, keng qamrovli şeriklik aloqalarini yanada kengaytiramiz.

Bunday uluğvor vazifalar bizdan yurtimizda tinçlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo döstlik va ahillikni yanada mustahkamlaş, Qurolli Kuçlarimizning jangovar salohiyatini oşirişni talab etadi. Buning uçun biz barça zarur çora-tadbirlarni amalga oşiramiz.

Aziz vatandoşlarim!

Bugun sizlar bilan 2026 yil va kelgusi beş yil uçun katta marralarni belgilab oldik.

Erişilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “Özbekiston – 2030” strategiyasini qayta körib çiqişni taqozo etmoqda. Yurtimizning kelgusi beş yillik taraqqiyotiga daxldor bölgan uşbu hujjat keng jamoatçilik muhokamasidan ötkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillaştiriladi. Parlament vakillarini ham bu jarayonda öz takliflari bilan faol iştirok etişga çaqiraman.

Kelgusi yilda maʼnaviyat sohasini yanada rivojlantirib, ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalarni keng nişonlaymiz. Jumladan, barça yutuq va ğalabalarimizning poydevori bölgan Vatanimiz mustaqilligining şonli 35 yilligini katta bayram sifatida ötkazamiz.

Şuningdek, Sohibqiron Amir Temur, Mir Alişer Navoiy bobolarimizning qutluğ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boşlaşimiz kerak. Bunday uluğ sanalarni yuksak darajada, har tomonlama munosib ötkaziş uçun albatta tegişli qarorlarni qabul qilamiz. Ularni amalga oşirişda mahallalar, taʼlim-tarbiya maskanlari, mehnat jamoalari, ziyolilarimiz, xorijdagi elçixonalarimiz, umuman, butun xalqimiz faol iştirok etadi, deb işonaman.

Qadrli va muhtaram yurtdoşlar!

Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqçiman: bugun tarixning özi, hayotning özi zimmamizga buyuk bir masʼuliyatni yuklamoqda.

Jonajon Vatanimiz bugun yangiça siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, maʼnaviy munosabatlar asosida yaşab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.

Hammamizga ayonki, Mirzo Uluğbek bobomiz bundan olti asr muqaddam insoniyat uçun yulduzlar xaritasini yaratgan edi. Bugun esa biz hozirgi va kelajak avlodlarimiz uçun baxtli hayotga olib boradigan yöl xaritasini yaratişimiz lozim.

Mana şu haqiqatni çuqur his etib, barçamiz birlaşib harakat qilsak, har qanday yuksak marrani zabt etişga qodirmiz, biron-bir kuç bizni öz yölimizdan qaytara olmaydi.

Bir bölsak, yagona xalq, yagona millat bölib olğa intilsak, közlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz!

Men bu yölda mard va olijanob xalqimizga işonaman!

Özbekistonning beqiyos kuçi va imkoniyatlariga, aziz yoşlarimizning azmu şijoatiga işonaman!

Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, Vatan taqdirini öylab, muqaddas zaminimizning asl farzandlari, fidoyi posbonlari bölib, özini ayamasdan, sidqidildan mehnat qilayotgan siz, azizlarga, ­bunyodkor xalqimizga çin dildan minnatdorlik bildiraman.

Barçangizga mustahkam salomatlik, oilaviy baxt-saodat, yangi yilda ulkan yutuq va omadlar tilayman.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan