Bugungi asaka keçagi Asaka emas

yoki “Döstlik” ordeni sohibi, tuman hokimi Nasibulla MÖMINOV bilan bir kun

Bundan yuz yilça muqaddam ruslar taʼqibidan qoçib, Saudiya Arabistoniga ötib ketgan muhojir bilan asakalik hamyurti körişganida “Asakaning yöllari önglandimi?” deb söragan ekan. Yaqin-yaqinlargaça ham jurnalist sifatida Asaka töğrisida ijobiy fikr aytişga öylanib qolardim. Çunki hatto markaziy köçalari ham notekis, tor va tirband, bozorlarida tartib yöq edi. Obodonçilikda ham qoloq bölgan.

Ammo bugungi Asaka keçagi Asaka emas. Köçalar kengaydi, ravonlaşdi. Bozorlar tartibga tuşdi. Bir-biridan şinam yangi uy-joylar qurildi.

Allaqaçon şunday bölişi kerak edi. Axir Markaziy Osiyoda birinçi avtomobil zavodi ham Asakada qurilgan.

Xuş ovozi bilan donği ketgan rahmatli Şerali Jörayev ham asakalik edi.

Mahalliy aholining tabiati ham öziga xos. Har biri bir olam. Kerakli odam bölsangiz, mulozamatni qoyillatişadi. Ziyolilari judayam ötkir. Topib, kesib gapirişadi. Gohida suhbatdoşingning tili bilan dili birmi-yöqmi, ajrata olmay qolasan. Buyam – bor gap.

Roppa-rosa bundan bir yil avval Asaka tumani hokimi Nasibulla Möminov bilan uçraşib, tumanda jadal surʼatlar bilan olib borilayotgan işlar haqida yozmoqçi bölgandim. Hokim kamtarinlik qilib: “Xudo xohlasa, kelgusi yili şu paytga borib boşlagan işlarimiz natija berib qoladi, öşanda yozsangiz arziydi”, degandi. Fariştalar omin degan ekan. Bir yil ötib, Nasibulla Möminov boşliq Asaka tumani törtligi rahbarlari hayotida unutilmas voqea böldi. Ular tub islohotlar va davlat dasturlari ijrosini muvaffaqiyatli amalga oşirgani, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltiriş borasidagi katta xizmatlari va “Islohotlar ştabi” faoliyatini samarali yölga qöygani uçun Prezidentimiz Farmoni bilan nufuzli davlat mukofotlariga sazovor bölişdi. Özlarining boy bilim va tajribasi, taşkilotçilik va taşabbuskorlik qobiliyati bilan hududlar infrastrukturasini takomillaştirib, xalq manfaatlarini röyobga çiqarişgani, aholi tinçligi va farovonligini taʼminlagani uçun taqdirlandilar.

Tuman hokimi Nasibulla Möminov “Döstlik” ordeni bilan, tuman prokurori Akmaljon Mirzakarimov, tuman içki işlar bölimi boşliği Şohruhbek Nazirov, tuman soliq inspeksiyasi boşliği Ilhomjon Rahimov, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti masʼul xodimi Farhod Nabiyevlar “Şuhrat” medali bilan taqdirlanişdi. Ular Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun qilgan fidokorona mehnatlari tufayli Prezidentimiz nazariga tuşdi.

Ötgan juma kuni ertalab Asaka tumani hokimiyatida böldik. Hokim murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qilayotgan ekan, kamina ham şu jarayonda iştirok etdim. Murojaatçilarning muammolarini tinglab, joyida hal etiş uçun yeçim topiş hokimning zehniy iqtidoriga boğliq ekaniga işonç hosil qildim.

Tuman hokimiyati qarşisidan Şahrixonsoy ötadi. Yoşlar sayilgohi bunyod etilibdi. Qabuldan söng u yerda biz tadbirkor Ahroriddin Otaxonov faoliyati bilan ham tanişdik.

— Ötgan yili soyning u tomonidagi savdo va ovqatlaniş şoxobçalarimizda 13 kişi işlardi, — dedi u soy böyiga yuzlanib. — Hokimimiz taklifi bilan soyning bu qirğoğida yangi zamonaviy ovqatlaniş va savdo şoxobçalarini oçdim. Hozirgi kunda qöşimça 57 nafar yoşga işçi örinlari yaratildi. Eng katta yangilik: hokimimiz Nasibulla aka taşabbusi bilan soyga piyodalar uçun köprik qurildi.

U bilan tuman markaziy köçasidagi eski uylar va taşqi körinişni buzib turgan ayrim binolar örnida qurilayotgan köp qavatli zamonaviy uy-joylar bilan tanişdik. Bir paytlar yozişga uyat holatga kelib qolgan yer osti yöli taʼmirlanib, bir tomoniga dökonlar oçilibdi. Dehqon bozoriga kiraverişdagi madaniy manzara ham kişini quvontiradi. Bundan ikki yil avvalgi bozor bilan bugungi bozor yer bilan osmonçalik farq qiladi.

Tuman markazidagi yangidan qurilayotgan beş qavatli 55-maktab binosini közdan keçirdik. U yerda sönggi pardozlaş işlari amalga oşirilmoqda. Tuman prokurori Akmaljan Mirzakarimov maktab qurilişini nazorat qilayotgan ekan. Öttiz sakkiz yoşli prokurorni davlat mukofoti bilan tabrikladim.

— Medal olganimga hammadan ham köproq dadam xursand böldilar, — dedi u. — “Bir umr davlat işlarida mukofot olişni orzu qilib işlaganman, senga nasib qilgani uçun Prezidentimizga rahmat!” deb taʼsirlanib yiğlab yubordilar. Dadam xursand bölganlari uçun ham baxtliman.

Prokuror gazeta jurnalisti ekanimni eşitib, bir voqeani gapirib berdi. Otasi xöjalik sudida rahbarlik lavozimlarida işlagani uçun juda köp gazeta öqir ekan.

— Gazetalarda beriladigan jinoyat va jazoga oid maqolalarni öqib, prokuror bölişni orzu qilganman, — dedi u samimiyat bilan menga yuzlanib.

U örnidan turib, xizmat avtomaşinasi yukxonasini oçib, menga yuzlandi. Özi öqigan bir neçta kitoblar orasidan “Boburnoma”ni olib körsatdi.

— Siz Xayriddin Sultonovning “Boburiynoma”sini ham öqiganmisiz? — söradim undan. — Agar öqimagan bölsangiz, hokimning fuqarolar qabulxonasida bor ekan, kördim, olib albatta öqib köring.

Oçiğini aytganda kitob, gazeta-jurnal öqişni yoqtiradigan odamlar tobora kamayib borayotgan zamonda, prokurorlar orasida ham şunday maʼrifatli insonlarni uçratganingizda quvonib ketar ekansiz. Tuman prokuroriga taklifim juda maʼqul tuşdi. “Siz aytgan adibni juda yaxşi bilaman, bir qança kitoblarini öqigan edim. Ammo “Boburiynoma”ni hozirça öqimagan ekanman. Albatta, bu asarni ham tez kunlarda öqiyman”, dedi u.

Asakadagi qayta jihozlangan markaziy şifoxonadamiz. Töğrisi, bundan bir neça yil avval şu şifoxonaga tanişimni körgani borgandim. Öşanda Andijonda şunaqa xarob kasalxona borligiga juda açingandim. Öşa uyatli manzaralarni taʼriflamay qöya qolay. Endi-çi? Poytaxtda ham kam uçraydigan, jahon andozalaridagi tibbiyot jihozlari bilan taʼminlangan zamonaviy kasalxonani va bemorlarga yaratilgan şaroitlarni körib, hayratimni yaşira olmadim.

— Viloyat hokimimiz Şuhrat Abdurahmonov markaziy kasalxonamizning qaytadan taʼmirlanib jihozlanişiga özi boş-qoş böldi, — dedi Nasibulla Möminov.

Insult xastaligi oqibatlarini bartaraf etiş maqsadida davolanayotgan möysafid oqsoqol yotgan palataga  kirdik. Bemor şunday şaroitlar yaratib bergani uçun Prezidentimizni, hukumatimizni alqab uzoq duo qildi. Muqaddas hadislarda bemorlar duosi mustajob böladi, deyilgan. Biz ham duoga qöl oçdik.

Tuman hokimi Nasibulla Möminov amalga oşirişni rejalaştirayotgan işlari haqida batafsil gapirib berdi.

Asaka — mamlakatimizdagi jadal kompleks rivojlantiriş rejalaştirilgan tumanlar qatoriga qöşildi. Soğliqni saqlaş, yangi boşqaruv tizimini taşkil qiliş, korrupsiya va jinoyatçilikdan xoli hududga aylantiriş böyiça ham namuna sifatida Asaka tumani tanlanganligi quvonarli.

Xalq qabulxonasi tuman hokimligi yonidagi binoga köçirildi. Hokim kunlik iş faoliyatini ertalab fuqarolarning murojaatlarini tinglaş va hal qiliş bilan boşlayotir. Yil boşidan buyon 1100 dan ortiq murojaatning 78 foizi ijobiy hal qilinibdi.

— Bandlikni taʼminlaş, kambağallikdan çiqariş, investitsiya va eksport hamda muhit barqarorligini taʼminlaş uçun hududlar salohiyatini çuqurroq örganiş zarur edi. Qöşimça imkoniyatlar va zaxira manbalarni aniqlamasdan bu vazifalarni töliq bajara olmaymiz, dedi hokim.

Şu bois tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş maqsadida “Islohotlar ştabi” faoliyat boşladi. Qöşimça investitsiya va eksport hajmini oşiriş maqsadida çet davlatlardagi elçilar bilan telemost ötkaziş yölga qöyilgani ibratga molik.

Işçi guruh bilan birgalikda barça yönalişlar mahallabay xatlovdan ötkazildi. Tumanni uç yillik rivojlantiriş böyiça manzilli strategiya işlab çiqildi.

800 gektar adirlik qismidan yangi yer özlaştirişga kirişildi.

Tadbirkor bölaman degan va faoliyatini kengaytirmoqçi bölgan talabgorlar iştirokida 155 ta sanoat, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi böyiça yangi loyihalarni şakllantirib, amalga oşiriş boşlandi.

Tumanda yangi Özbekiston massivi qurilmoqda. Eski uylar renovatsiya qilinmoqda.

Mahalla yettiligini jalb qilgan holda, işsiz fuqarolarni avtobuslarda işlab çiqariş korxonalariga sayohatga olib borib, şu joyning özida bandligini taʼminlaş amaliyoti joriy qilindi. Şu tufayli 1,5 mingdan ortiq fuqarolar doimiy iş örinlariga joylaştirildi.

75 ta mahalla imkoniyatidan kelib çiqib ixtisoslaştirilmoqda. “Agrostar” MÇJ tomonidan 5 gektar yer maydonida zamonaviy “yaşil texnologiyalar” asosida issiqxona taşkil etiş loyihasi lokomotiv sifatida belgilab olindi. Uni aholi xonadonlari bilan boğlab, 11 ta issiqxonaga ixtisoslaştirilgan mahallani yil yakunigaça 20 taga yetkaziş maqsad qilindi. Bu orqali yana 7 ming xonadon tomorqasidan 3-4 marotabadan hosil oliş imkoniyati yaratiladi.

70 mln dollarlik “Sino International” metall konstruksiya, transformator, kara işlab çiqariş investitsiya loyihasi jalb qilindi.

Raqamlaştiriş — davr talabi. Bozor, tibbiyot, taʼlim, iqtisodiyot va barça sohalarni raqamlaştiriş takomillaştirilmoqda. Natijada yaşirin iqtisodiyotni kamaytiriş hisobiga soliq rejasidan ikkinçi çorak yakuni böyiça 7,5 mlrd söm qöşimça tuşum böldi.

Şu yilning özida kambağallik darajasi 3,4 foizga tuşiriladi. Tumanni korrupsiya va işsizlikdan xoli hududga aylantiriş maqsadida astoydil izlanyapmiz, — dedi hokim.

Yuqorida alohida taʼkidlangan işlar, rejalarni bejiz keltirmadik. Yurtimizning öziga xos göşasi bölmiş bugungi Asakadagi özgarişlardan siz aziz muştariylarni xabardor qilişni istadik. Albatta, Asakaga boring, közingiz va dilingiz quvnasin.

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan