“Sinus va kosinus”siz hayot
Har safar farzandlarim matematikadan dars tayyorlayotib, sinus va kosinus haqida gap oçişsa, qalbimda bir oğriq turadi. Heç narsa demayman. Yuragim ğijimlanadi — közimga körinmas, lekin sezilarli oğriq. Çunki bolaligimda “sinus va kosinus” tuşunçasi men uçun dars emas, jazolaş usuli bölgan.
Bolaligim qişloqda ötgan. Otam juda qattiqqöl, şiddatli odam edi. Suyagi mehnatda qotgan, özi öqimagani uçun mendan öqişni qattiq talab qilardi. Uningça, “öqimagan, matematikani bilmagan bola odam bölmaydi”gandek edi. Men algebradan sinus bilan kosinusni yaxşi tuşunmasdim. “Qarşi katet”, “gipotenuza”, “burçak qarşisidagi katet” — sözlari men uçun mutlaqo begona — na mantiqiy, na maʼnaviy maʼnosi bor edi.
Bir kuni keçqurun içi formulalar bilan emas, qörquv bilan tölgan qalin matematika daftarim otamning qöliga tuşib qoldi. Qizil siyoh bilan qöyilgan gajakdor baholarimni körib:
— Nima, sinus bilan kosinusni biliş şunçalik qiyinmi? — deya kamar bilan savalay ketdi.
Kamarning zarbidan nafaqat kökarib ketgan badanim, balki qalbim ham qattiq oğridi. Nazarimda, jismimdan köra yuragim köproq kökarib ketgandi. Öşa keça tinmay yomğir yoğdi. Men hovliga çiqib, uxlamay ötirdim. Qöllarimni uçburçak şaklida qilib, burçaklariga qaradim. Sinus bilan kosinusni izladim… Topolmadim. Katta bölsam, farzandlarimni matematikani bilmagani uçun heç qaçon urmayman, deb öz-özimga vaʼda berdim… Şu tariqa sinusni tuşunmaganim uçun köp marta kaltak yedim. Kosinusni bilmaganim uçun köp yiğladim.
Maktabdagi yana bir voqea heç esimdan çiqmaydi. Hali-hanuz eslayman. Har doimgiday matematika öqituvçimiz — Zulayho opa darsga kirib keladi. Qölida bor-yöqligimizni foş qiluvçi jurnal.
— Bolalar, keça tuşuntirgan mavzuim böyiça ikki nafar bola doskaga çiqib, misol yeçadi.
Öşa ikki nafardan biri — aynan men böldim. Ikkinçisi esa Azizbek degan sinfdoşim. Doskaga sinus funksiyasining grafigini çizdim. Unça öxşamadi. Öqituvçi jim.
— Sinus nima, Abdunabi?
— Sinus — u… u şunday qiyşiq tölqin, inson hayotiga öxşaydi. Bir pastga tuşadi, bir tepaga çiqadi. Hayotdagi qiyinçiliklardek…
Sinfda gurros kulgi kötariladi.
— Sinus — bu sening hissiyoting emas!
Keyin öqituvçimiz doskaga çizma çizib, dars öta boşladi: “Sinus — burçakning qarşisidagi katetning gipotenuzaga bölgan nisbati”, deya jon kuydirardi. Biz esa öşa vaqtda endi nonga yoğ surişni örganayotgan paytimiz edi…
Men bir narsaga hayron qolardim. Maktabda matematik formulalarni, aylanalarni, burçakni töğri çizişni örgatişdi. Lekin hayotda qaçon va qayerda kerak bölişidan, hayotning aylana, burçak yöllaridan qanday çiqişdan saboq berişmadi.
Yillar ötdi. Sinusni yod olganlar ham, kosinusni yaxşi bilmaganlar ham katta odam bölişdi. Ammo yaxşi inson böliş uçun formulalar yetarli emasligini vaqt körsatdi. “Uçburçak içki burçaklarining yiğindisi 180°” deb örgatişgandi. Lekin hayotda kimningdir xiyonati tufayli yurakda paydo bölgan burçak 45°ga aylanib qolişi heç gapmas ekan.
Ilm zarurligiga şubha yöq. Lekin matematik bilimlar inson hayotiga daxldormi? Sinusni yaxşi bilgan odam yaxşi inson bölib ketadimi? Kosinusni yod olgan bola onani qadrlaydimi, halol yaşaydimi?
Şularni öylar ekanman, odamning yuragidagi burçaklarni formulaga solib bölmasligini, ota-onaning duosi “sinus yoki kosinusga” boğliq emasligini, yaqinlaring ozor berganida, burçak qançalik qiya ekanini ölçaşning imkoni yöqligini tuşunib yetdim.
Hayotda burçaklar köp — lekin ularning tangensi yo kotangensi yöq. Şaxs kamoloti uçun insoniylikning ölçovi bölolmaydi.
Boşqalarning köngliga yöl topa olsang, dilingga ozor yetkazganlarni keçira bilsang — bu sinussiz ham eng murakkab amaldir. Yana bilganlarim şuki, heç bir sinus sizni öz farzandingizga mehribon bölişni örgatmaydi, heç bir kosinus erkakni oilasini asraşga majbur etolmaydi.
— Hozir tuşunmasanglar, ertaga hayotda qiynalasizlar!
Har gal darsda şunday deb ogohlantirardi öqituvçimiz. Hayot — biz uçun hali boşlanmagan, “ertaga” noaniq bir manzil edi. Bizning ertamiz faqat imtihon, heç bölmaganda 4 baho oliş, keyin esa maktabdan çiqib, somsa olib yeyiş bölgan. Öşa paytlarda hayotni grafik çiziğidek tasavvur qilardik: tepaga çiqsang — yaxşi öqiysan, pastga tuşsang — kaltak yeysan. Lekin taqdirimning burçagi tangenssiz ham şakllanayotgandek edi. Bilasizmi, men jurnalist bölmoqçi edim!
Yillar ötib, gazetada muxbir böldim. Keyin radioda, söng televideniyeda çiqişlar qildim. Sözlarimda samimiyat, kuzatuvçanlik va xalqning dardi bölardi. Şunday kunlarning birida meni maktabga — öquvçilar bilan uçraşuvga taklif qilişdi. Matematikani yaxşi bilmaganimdan xabar topgan öquvçi qiz:
— Siz sinus-kosinusni bilmasangiz, qanday qilib katta jurnalist böldingiz? — deya söradi mendan.
— Men sinus bilan kosinusni yaxşi anglamaganman, rost. Lekin odamlarning qalb tebranişini, yaʼni sinusini, sözning yurakka qanday taʼsir qilişini örgandim.
Har bir inson yuragidagi burçakni töğri hisoblay olsa, hayoti kosinusdek barqaror bölişini tuşunganimni aytdim.
Qiziq, bugun men hayot bilan yuzma-yuz turibman. Lekin şunça yillar içida biron marta “qarşi katet”ni qidirganim yöq. Boşim oğriganda, şifokor “sinusni ölçaylik” demaydi. Işga kirganimda “gipotenuza nima, katet nima?” deb söramagan. Hayotdagi burçaklar murakkabroq, çamamda: vaqti kelsa işsizlik, bemorlik, oilaviy tortişuvlar, rözğor taşvişlari. Goho turmuş burçagi şunçalik ötkir bölib qoladiki, sizni qayirib taşlaydi. Bu burçaklarning sinus-kosinuslari, formulasi, egri çiziği ham yöq. Faqat inson sabri, bardoşi va tajribasi bor.
Matematika — aqlni östiradi. Injiniring, quriliş va fanda keng qöllaniladi. Sinus burçakni ölçaydi, inson qalbini esa mehr. Lekin ota-onaga munosabatda, döstlikda, muhabbatda sinusning grafigi tölqinsimon bölib bir tekisda ketgani uçun inson hayotining ham sinusoida kabi ravon keçişini istardim. Şunda bizga bağrikenglik, adolat, töğrisözlik va himmatni örgatmagan sinus bilan kosinus faqatgina qoğozda qolib ketmasdi. Axir men “sinus va kosinus”siz hayot uçun behuda kaltak yedimmi? Mana şunisi alam qiladi…
Saodat MUSAYEVA
