Bekobodning yoruğ tonglari

Tumanda “Inson qadrini uluğlaş – eng asosiy ustuvor vazifa” tamoyiliga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Faqatgina xalqimizning azmu şijoati va qudrati, bukilmas irodasi va qatʼiyati, eng muhimi, mustaqil taraqqiyotga bölgan mustahkam işonçi buyuk maqsadlarimizga erişişning birdan-bir kafolatidir.

Şavkat MIRZIYOYEV

Darhaqiqat, qatʼiyat bilan halol-pok mehnat qilgan odamlar közlagan maqsadlariga erişadilar. Halol odam serhosil boqqa öxşaydi. Undan ajib bir toza havo ufurib turadi. Halol odam baland toqqa öxşaydi. Unga kimdir toş otsa, toşi dumalab öziga, oyoğining tagiga tuşadi. Halol odamga intilganlar, ergaşganlar niyatiga yetadi. Çunki halol odam töğri böladi, yaʼni oqni oq, qorani qora deb ayta oladi. Halollikda gap köp! Negaki, halol va töğrilik bilan iş yuritilsa, baraka öz-özidan kelaveradi.

Biz yaqinda Bekobodda bölib ana şunday halol, mehnatkaş va samimiy odamlar bilan hamsuhbat böldik.

Bekobodning havosi özgaça. Uning bağrida qişin-yozin huzurbaxş şamol esib turadi. Bekobod yangilanayotgan tuman. Şuningdek, ğişt zavodi, köplab kiçik va örta korxonalar bor. Tuman hududida Farhod GES, Sirdaryo GRES, “Dalvarzin” paxta tozalaş zavodi joylaşgan. Bekobod tumanida paxtaçilik yetakçi örinda turadi. Bekobodliklar boğdorçilik, pillaçilik, poliz va sabzavotçilik bilan şuğullanadi. Tuman 37,9 ming gektar suğoriladigan yerga egaligi uning jannat joy ekanligini körsatib turibdi.

Şu kunlarda tumanda boşlangan jadal islohotlar samaralari bilan tanişiş maqsadida maktablar, mahallalar, şifoxonalar, fermer xöjaliklari, tadbirkorlar, işbilarmonlar bilan uçraşdik.

“Hokimiyat mutasaddilari bilan birga biz bekobodlik nuroniylar tumanning bugungi ahvoli va tezlikda hal qilinişi lozim bölgan muammolarini örgandik. Ayrim holatlarga könikib ketganimiz uçunmi, bizga mukammal köringan tizim va taşkilotlar, mahallalardagi kamçiliklarni Respublika işçi guruhi körsatib, bartaraf etiş yölini ham örgatişdi. Ayniqsa, taʼlim va tibbiyotda nimaiki talabga javob bermasa, tezlik bilan qonuniy yeçim topilayotgani biz nuroniylarning xalq oldida yuzimizni yoruğ qildi, — dedi “Nuroniy” jamğarmasi Bekobod tuman bölimi raisi Jalolxöja Börixöjayev. — Tuman rahbariyatining fidoyiligi bilan biz nuroniylar bir umr orzu qilgan “Nuroniylar maskani”ning uç qavatli binosi loyihasi tasdiqlandi. Nihoyat, öz idorasi, yiğilişlar zali, şinam hovlisi, kutubxonasi, keksalarbop sport turlaridan şaxmat, şaşka bahslari ötadigan möʼjaz zali, uzoq-yaqindan kelgan faxriylarimiz bir piyola çoy ustida suhbatlaşişi uçun oşxonasi bölgan bino qurib foydalanişga topşiriş uçun tasdiqlandi. Eng diqqatga sazovor joyi, biz bilan bu binoga Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy tadqiqot institutining tuman bölimi ham joylaşadigan böldi. Bekobodimizdagi 51 ta mahallada jami 19 ming 700 nafar nuroniy yaşaydi. Mahallalardagi nuroniylar kengaşi aʼzolari bir vaqtning özida yaraştiruv komissiyalarining ham aʼzolari hisoblanadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 405-sonli qarori böyiça mahallalardagi uç nafar faol nuroniyga beş nafar kambağal oilani biriktiriş orqali ularni kambağallikdan çiqarişda “mahalla yettiligi” bilan hamkorligimiz samarasini bera boşladi”, — dedi minnatdor bölib tuman nuroniylarining rahbari.

Oçiqlik va oşkoralik şaffoflikni keltirib çiqaradi. Öziga işongan rahbar oşkoralikdan qörqmaydi. Zero, bu borada Yurtboşimiz şunday deydi: “Söz va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlaş, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini örnatişga qaratilgan işlarimizning taʼsirçanligini yanada oşiramiz.

Bir haqiqat hammamizga ayon bölişi kerak: barça sohalarda amalga oşirayotgan islohotlarimiz qatori jamiyatimizda oçiqlik va oşkoralik, özini özi tanqid va demokratik yangilaniş jarayonlari endi heç qaçon ortga qaytmaydi va biz bu yölni qatʼiy davom ettiramiz”.

“Yangi tuman rahbari faollar bilan ötgan ilk yiğilişdayoq tuman gazetasining ahvolini söradi. Uç yildan buyon yiğilişlarda gazeta haqida oğiz ham oçilmas edi, rosti, quloqlarimga işonmadim. Ikkilanib örnimdan turib, “Bekobod ovozi” nomi bilan çiqadigan gazetamiz mablağ yöqligi uçun faoliyatini töxtatganini, tahririyat xodimlari, qalami ötkir, tajribali jurnalistlar işsiz qolganini aytdim, — dedi bekobodlik taniqli jurnalist, “Yangi Bekobod” gazetasining boş muharriri Sarvinoz Şeraliyeva. — Bir kun ham keçiktirmasdan biz jurnalistlarni alohida yiğişdi. Yangiça ruh bilan yangi gazetani çop etiş lozimligi aytilib, gazetaning yangi nomiga takliflar berişimizni söraşdi. Bir neça takliflardan söng, “Yangi Bekobod” degan yangi nom berildi. Gazetaning yangi nomi va faoliyati Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengaşiga qöyilib, kengaş qaroriga köra “Yangi Bekobod” nomi bilan hujjatlaştirildi. Tahririyatga tuman hokimligi binosidan joy ajratilib, barça texnik jihozlar bilan taʼminlandi. Gazetamiz çop etila boşladi. Jurnalist ijodkorlar iş bilan taʼminlandi. Şu tariqa yöq bölib ketiş xavfi ostida turgan gazetamiz tiklandi. Tumanimizda yangi kutubxonalar va elektron kitob markazlari taşkil etildi. Yana tumanimizning tajribali ijod ahli, adabiyot, şeʼriyat ixlosmandi bölgan yoşlari, oşkoralik va tezkorlik tarafdori bölgan ijodkorlar tahririyatimiz qoşida birlaşdi. Endi işsiz yurgan paytlarimizni eslayman. Biz jurnalistlar haq gapni gapirmasak, kim gapiradi? Biz vijdon bilan iş köruvçi, qalamga suyangan xalqmiz. Boşqa işni qilişimiz mumkin, ammo köngilsiz bölib, ikkilanib bosilgan qadam unmaydi. Qolaversa, gazetadan boşqa joyda jurnalistga iş yöq. Viloyat markazi va poytaxt ança olis. Yaxşiyam baxtimizga zamon bilan nafas oluvçi, tafakkuri keng, şaffoflikka, oşkoralikka keng yöl oçuvçi hokim keldi. Bu ham bölsa, tumanning baxtidir”.

Maşhur faylasuflardan biri kelajakka umidi bor insonga, rahbarga zarur bölgan bir hikmatni bayon etadi: “Dunyoga aql közi bilan boqqan odamga dunyo ham oqilona köz bilan qaraydi”. Darhaqiqat, olamni biliş uçun köproq öqiş, örganiş, hayotning aççiq-çuçuk neʼmatlarini farqlay biliş, biron-bir voqea-hodisani, topşirilgan işni oxirigaça yetmasdan mulohaza qilmaslik, biron-bir xodimni nohaq ayblamaslik, qilgan xato-kamçiligini xolisona baholab, şunga yaraşa adolatli hukm çiqariş zarur. Inçunin, faylasuf aytganidek, kelajakka umidi bor inson dunyoga aql közi bilan boqadi. Unga bu borada kitoblar, gazetalar, ajdodlardan qolgan hikmatli bitiklar yordamga keladi.

Bekobod. Ne-ne rivoyatlaru afsonalar bordir bu göşa haqida. Saxovatingu tarovatingni, mehmonnavozligingu fidoyiligingni madh etdilar. Bağring xazinalarga kon, soya-salqin boğlaring oromijon! Mehnating-la olamga dovruq solgan makonsan. Paxtayu pillang, tillalarga barobar tuproğing bor. Yaylovlaring töldirgan otlar-uyurlar kişnaşidan, qöy-qözilar, nortuyalarning yoqimli ovozidan bötaközlar gullaydi.

Bekobod. Insonlari saxovatli, savdogari saxiy yurt bu! Boriga baraka degan, baraka insofda, degan el bu! Topganiga qanoat qilgan, berganiga şukur qilgan el bu! Sen fidoyilar yurtisan, zahmatkaşu mehnatkaşlar diyorisanki, boşing baland, köksing toğ. Va senga yaraşadi ğurur — iftixor. Qobilu fozil farzandlaring yurtning yuzi, tabarrukdir bosgan har izi! Ana şundan ular bois bu yurtga kirib keldi toza havolar. Yangi tonglar otdi firdavsmonand bağringda. Isteʼdodli farzandi arjumandlaring, bağringni yoritgan gavhari şamçiroqlaring.

Bekobod. Haqiqatan ham möʼjizakor göşa. Bir yon yursang dimoğingga olmalar, bir yon yursang bol aralaş zardolilar böyi uriladi. Daştu qir tomon yursang, ğallayu non hididan entikasan.

Bekobod. Yangi Özbekistonning Tojikiston bilan çegaradoş yoruğ maskani. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning bir-biriga çözilgan döstona qöllari neça yillar yopib taşlangan temir tösiqlarni olib taşladi.

2022 yilga kelib, Özbekiston — Tojikiston çegarasidagi “Bekobod” nazorat-ötkaziş punkti öz faoliyatini yangidan boşladi. Mazkur punkt orqali har ikkala mamlakatning bojxonalari aro tegişli tuzilmalari örtasidagi hamkorlikni kengaytirişda manfaatdorlikka xizmat qiladi. Uşbu punkt Özbekistonning Toşkent viloyati Bekobod tumani, Tojikistonning Söğd viloyati Spitamen tumanlari çegarasida joylaşgan. Özbekiston — Tojikiston özaro manfaatli hamkorligining rivojida logistikaning ahamiyati beqiyos.

Netongki, ne zamonlar oldin Amur Temur avlodlari ötgan bu zamindan. Şoh va sarkarda Boburning “Boburnoma” asarining ikki joyida Bekobodning “Xos” qişloği haqida maʼlumot keltiriladi. Demak, ne-ne pirlar, uluğ zotlar tavof qilgan bu manzillarni. Ha, tözğigan töfonlarni boşdan keçirgan bu zamin. Uning yonidan qönğiroqlarini çalib ötgan tuya karvonlarining aks sadosi-da uzoqlab ketgan edi.

Mustaqillikkaça bölgan yillarda bu yöllarning buyuk yöllar ekani unutildi. Yöllar söqmoqlarga aylanib, söqmoqlar esa qumlar ostida yöqlikka yuz tutayotgan edi. Nihoyat, muhtaram Yurtboşimiz timsolida Temuriy jurʼat, Uluğbekona talʼat işga tuşdi.

Özbekiston yetakçisining siyosiy irodasi bilan qardoşlar tomonga darvozalarimiz oçildi. Bu qadam Markaziy Osiyo mamlakatlari birlaşib, yagona kuçga aylanişiga, bir-biriga mehr-oqibat körsatişiga asos soldi.

Buyuk işlarni buyuk şaxslar amalga oşiradi. Har ikkala yurt yölboşçilarining uzoqni közlab olib borayotgan taşqi siyosati samarasida mamlakatlarimiz örtasida köp qirrali hamkorlik va özaro döstona aloqalar yanada yuqori poğonaga çiqib, strategik şeriklik darajasiga kötarildi. Xususan, Bekoboddagi nazorat punktida har kuni katta-katta yuk maşinalari turnaqator bölib qardoşlar tomon ötayotganini ham köriş mumkin.

* * *

Şamol ham odamlarning kayfiyatiga qarab esadi, şekilli. Bir zamonlar oç böridek uvillagan Bekobod şamoli hozirda peşonalarni mehr bilan silab, tört tomonga xayru baraka iforini taşiydi.

Barça tizimlarda yangiça qaraşlar, intilişlar keçayotgan bu göşada munavvar tonglarning fayzi özgaça. Eng asosiysi, Bekobodda bugungi Yangi Özbekiston islohotlari asosida “Inson qadrini uluğlaş” ustuvor vazifa qilib belgilangan.

— Şu kunlarda Bekobod tumani qaysi sport turidan oldinda-yu, qaysi sport turida depsinişlar yuz beryapti, çuqur tahlil qilindi. Eng avval jismoniy tarbiya öqituvçilari, sport murabbiylari fikrlari tinglandi. Ular bergan maʼlumotlar orqali tuman sportiga umumiy baho berildi. Aniq yöl xaritalari belgilanib, jahon va olimpiada bellaşuvlariga yoş sportçilarni tayyorlaş seleksiyasiga keçiktirib bölmas topşiriqlar berildi, — dedi uzoq yillar öquvçilarga jismoniy tarbiyadan dars bergan sport murabbiysi Esonmurod Qurbonov biz bilan suhbatda.

Öşanda turğunlik yillari edi. Angren pedagogika bilim yurtining jismoniy tarbiya bölimini bitirib kelgan Esonmurod Qurbonov Bekobod sportçilari şon-şuhratini dunyoga taratmoqni yuragiga tugib qöygan edi. Tumandagi 34-umumtaʼlim maktabiga darsga kelgan birinçi kunidayoq uçib yurgan yettinçi osmonidan tap etib pastga tuşdi.

— Men iş faoliyatimning birinçi kuniyoq sezdimki, öşa yillari jismoniy tarbiya darsiga jiddiy dars deb qaralmas ekan, — dedi u.

Issiq kunlari bolalar sport maydoni deb yantoqlar örab olgan tap-taqir yer körsatildi. Bu yerda öğil bolalarni aylantirib yugurtirdi, xolos. Boşqa maşğulotlarni ötkazişga yer qattiq, yiqilgan bola oğir şikastlanib, bir umrga nogiron bölib qolişi heç gap emas edi. Sport kiyimi yöqligi-ku, mayli, qiz bolalar umuman jismoniy tarbiya darsiga qatnaşmas ekan. Bu darslarda qizlar uylaridan olib kelgan kaştalarni parta ustiga qöyib tikib ötirarkan. Esonmurod esa qiz bolalarni ham darsga jalb etdi. Öğilu qiz öquvçilarni dars dasturida körsatgandek sport maydoniga olib çiqqan Esonmurod akaning darsini tomoşa qiliş uçun butun qişloq yiğilib kelardi. Hamma uning darsini, sinflararo musobaqalarini hayajon bilan kuzatadigan böldi.

Ammo sovuq tuşişi bilan bolalarda tayinli sport kiyimi yöqligi, sport zal u yoqda tursin, sinf xonalari yaxşi isitilmagani sabab jismoniy tarbiya darsi örniga, paxta yiğim-terimi sabab qolib ketgan darslar ötilar edi. Bu esa yoş, isteʼdodli öqituvçining nafsoniyatiga tegib ketdi. U jismoniy tarbiya darsi uçun qanday sport anjomlari bölişi kerakligini, bu qanday maqsad tufayli amalga oşirilişini yozib, bir papkaga solib, bormagan idorasi-yu, taşkiloti qolmadi. U har bir rahbarga kirib maqsadini soatlab tuşuntirardi. Köp joydan boşi egik çiqardi. U baribir çekinmadi.

Nahotki umumtaʼlim maktablaridagi sport zallariga kerakli anjomlarni olib beriş şunça qiyin bölsa? Bu ketişda Bekobod yoşlarining sportga qiziqişi sönib ketadi-ku. Nahot ular orasidan çempionlar çiqmaydi?

Yöq! Albatta çiqadi. Ammo öşa zamon zayli uning orzulariga tösqinlik qilardi. Bahor kelişi bilan öquvçilar ğöza qator oralarini çopiq qilişga, pillaga kömaklaşişga jalb etilardi. Imtihonlarni topşirgan bolalar esa dala işlariga yordamlaşiş, piçan yiğişga olib ketilardi. Kuz boşlanişi bilan paxta yakkahokimligi inson ustidan hukmronlik qilardi.

Özbekistonning hamma hududlaridagidek “Özbekistonda hamma paxtakor”, “Barçaning örni paxta dalasida” kabi şiorlarni Bekobodning ham eng közga taşlanadigan joylariga ilib qöyişar edi. Paxta yiğim-terimi tugagunça jismoniy tarbiya öqituvçisi Esonmurod Qurbonovning örgatganlari bolalarning yodidan çiqib ketar, yiğim-terim tugagaç, hammasini boşqatdan boşlaşga töğri kelardi. U, heç bölmasa, sportga qobiliyatli bolalarni paxtaga yubormay, har kuni maşğulotlarda qatnaştirişni sörab rahbariyatga murojaat qildi. Unga quyidagiça javob qilişdi: “Örtoq Qurbonov, siz sportni paxtadek şaraf-şonimizdan ustun qöyib, xalq duşmaniga aylanib qolmang. Bugun önta öquvçini, ertaga yigirmata, indin öttizta, ellikta, yuzta öquvçini qobiliyatli deb daladan qaytarsangiz, bora-bora butun maktab paxtaga çiqmasin, deysiz. Axir paxtani öquvçi yoşlar termasa, kim teradi?” Afsus va nadomatlar bölsinki, öşa zamona zayli bilan yaşagan birorta rahbar jismoniy tarbiya öqituvçisining maqsadlarida yotgan yorqin kelajakni köra olmadi.

Ming şukrki, Esonmurod Qurbonovga inson qadri uluğlanib, sport murabbiylarining mehnati şaraflanadigan kunlarni köriş nasib etdi.

Bugungi kunda Esonmurod domlaning öquvçilaridan Odina Narzullayeva, Afruza Tenglaşovalar tuman, viloyat şaxmat bellaşuvlarida ğolib bölib, respublikaga yöl olişdi. Yana bir şogirdi Nurxon Quvonova stol tennisi böyiça ketma-ket viloyat ğolibi bölib, respublika bellaşuvida qatnaşadigan böldi. Şogirdlari Otabek Abdullayev, Husan Yusupov, Şeroz Qahramonov, Javohir Tagayev, Olima Axtamovalar ham Bekoboddagi sport maktabi kaşf etgan isteʼdodlardan. Ular hozirda şaxmat böyiça yirik musobaqalarga tayyorgarlik körişmoqda.

Muhtaram Yurtboşimizning siyosiy jasorati bilan maktab öqituvçilari va öquvçilarning darsdan taşqari yumuşlar, xususan, qişloq xöjalik işlari va paxta taşvişlaridan töliq ozod etilgani uning faoliyatida ham katta buriliş yasadi.

Oxirgi ikki oyda tumandagi 62 ta maktabning sport va futbol maydonlari, sport zallarining holati puxta örganib çiqildi. Zarur bölgan sport anjomlari bilan töliq taʼminlaş taşkillaştirilmoqda. Bu ezgu harakat davom etmoqda. Tuman, viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik va saralaş işlari qatʼiy nazoratga olindi. Tumandagi barça maktab kutubxonalariga 100 donadan jahon va özbek adabiyotining eng sara durdona asarlari tuhfa qilinmoqda. Bu asarlarni respublikaning közga köringan taniqli şoir, jurnalist va sanʼat namoyandalari şaxsan kelib, kitobxonlik madaniyatini tuşuntirgan holda yuksak ijodiy muhitda taqdim etişmoqda.

* * *

Bekobod tumani hokimligidan amaliy yordam olgan fuqarolarni suhbatga tortdik.

“Şu kunga qadar tadbirkorlik qiliş uçun kredit sörab murojaat qilmagan joyim qolmagan edi. Bu safar hokim masalani bir murojaatda hal qildi”, — dedi Marğuba Ahmedova.

Usta novvoylar avlodidan bölgan Marğuba Ahmedova Bekobod tumani “Farhod” mahalla fuqarolar yiğini “Boğbon” köçasida istiqomat qiladi. U tadbirkorlikni kengaytiriş uçun 100 million söm kredit ajratişda amaliy yordam sörab murojaat qildi. Marğubaxonning patirlariga xaridor köp. Unga şogird tuşiş uçun har kuni yoşlar murojaat qiladi. Ammo joy torligi sabab qöşimça işçi kuçi ololmaydi. U patir non yopib, işçi sonini oşiriş va yangi xamir qiliş uskunasi, tandirlar oliş maqsadi borligini aytdi. Respublika işçi guruhi aʼzosi Fayzulla Rajabov, Bekobod tumani Xalq qabulxonasi mudiri Uluğbek Boltayevlar tadbirkorning şaroitini joyiga çiqib örganib, “Xalq banki” tomonidan 100 million söm imtiyozli kredit ajratib berişda kömaklaşdilar. Fuqaroning roziligi olindi.

Tumanning yangi hokimi Zaynilobiddin Nizomiddinov qabuliga kelgan Zafar şaharçasi, “Böston” mahalla fuqarolar yiğini, Abdulla Qahhor köçasi, 1-uy, 4-xonadonda yaşovçi, köz kasalligi böyiça 1-guruh nogironi Muxamatsoli Xoliqberdiyev “Men qabulga kirib, işim bitmasa, qizim taʼlimdan çetlaştirilsa, nima qilaman, deya rosa qayğurib bordim. Yölda qizimning taqdirini öylab yiğladim. Ming şukr, iltimosim joyida qondirildi, qabuldan kulib qaytdim”, dedi. Qizi Nargiza Ibrohimova ibn Sino nomidagi Bekobod Jamoat salomatligi texnikumida öqişi uçun kontrakt (yillik 4 700 000 söm) pulini tölaşda yordam berildi.

Şu yil 21 mayda ötgan qabul çoğida “Yangibozor” MFY Navoiy köçasi 38-uyda yaşovçi Nigora Usmonova, “Yangi hayot” MFY “Mustaqillik” köçasida yaşovçi Dilnoz Normayeva, “Yoşlik” MFY Olçazor köçasi 86-uyda yaşovçi Xumora Berdiyorova, “Yoşlik” MFY 4-Boğ köçasida yaşovçi Madina Berdiboyeva hamda “Qolğonsir” MFYda yaşovçi Öğiloy Toğayevalar öz-özini band qiliş va oilaviy şaroitini yaxşilaş maqsadida tikuv maşinasi sörab qilgan murojaatlari joyida qanoatlantirildi. Öşa kuniyoq uşbu ayollarga tikuv maşinasi berildi.

Bir işni boşlaş uçun ustoz, murabbiy va iş quroli bölişi kerak. Afsuski, baʼzi tikuvçilikni orzu qilgan xotin-qizlarimizga ustoz ham, tikuv maşinasi ham topilmaydi. Natijada orzular orzuligiça qolavergan. Tikuv maşinasida iş boşlagan xotin-qizning oilasi heç qaçon daromadsiz qolmaydi. Şuning uçun tuman hokimligi iş quroli söragan murojaatçilarni dastlab öquv markazida tekinga öqitib, keyin tikuv maşinalari bilan taʼminlamoqda.

Bekobod — baraka öçoği. Bunda işsiz, bekorçi, dangasa, bersang yeyman, ursang ölaman, deb boqimandalik ruhida yaşovçi bölmasligi kerak. “Bekorçidan Xudo bezor” deb bejiz aytişmagan-da. Jamiki salbiy narsalar, işlar ham bekorçilikdan kelib çiqadi. Işi bor, maşğuloti bor odamning betayin işlarga vaqti ham, xohişi ham bölmaydi.

“Men 83 yoşdaman, haqiqatni aytişga qörqmaydigan nafaqadagi şifokorman. Bekobod tibbiyot tizimida 40 yilga yaqin işlagan bölsam, markaziy şifoxonasida 20 yildan ortiq boş şifokor bölganman. Hokimimiz Z.Nizomiddinov birinçi navbatda oğir jarrohlik yöli bilan qilinadigan, katta mablağ talab etadigan kasalliklarni davolatiş uçun kam taʼminlangan bemorlarga respublikamizdagi eng ixtisoslaşgan şifoxonalarga borişga yordam berdi. U kişining taşabbusi bilan tuman poliklinikasi içida bolalar poliklinikasi qurilişi boşlab yuborildi. Tuman rahbarimizning quruvçilar bilan birga tunuka çoynakdan çoy içib ketaverişi, dehqonlar bilan Bekobodning çang şamolida qotgan nonu ayron bilan tuşlik qilib, suhbatlaşib zavqlanişi yoqdi. Men bundan taʼsirlandim va faxrlandim.

Tumanimizdagi el hurmatida bölgan vraçlar: Fayzulla Mirzakarimov, Mavjuda Abdullayeva, Şoira Oxunova, Rahmatilla Umrzoqov, Dilrabo Sodiqovalarning ustozi ekanimdan faxrlanaman. Bir zamonlar mening şogirdlarimni ham Özbekistonda maoş kam deb, xorijga işga çaqirganlar böldi. Ular bölsa öziga ilm bergan, tibbiyotning şarafli yöliga yöllagan ustozlariga, non-tuz bergan eliga vafosizlik qilmadi. Mana, xalq eʼzozida, zamonaviy şifoxonalarda faoliyatini sadoqat bilan davom ettirmoqdalar”, dedi faxriy şifokor Erkin Qodirov.

Bekobodning umumtaʼlim maktablarida yoşlarga vatanparvarlik, fidoyilik, xalqparvarlikdan dars berayotgan qançadan-qança pedagoglar, öquvçisini öz bolasidek yaxşi köradigan ustozlar, şogirdining yutuqlaridan mehribon otadek ğururga töladigan murabbiylar borligini körib keldik. Olovqalb yoşlarni töğri yölga yöllayotgan, vujudida kimning qutluğ qoni borligini anglatib turgan oliyjanob ustozlar borligini körib quvondik.

Ular haqida hali batafsil hikoya qiliş niyatidamiz. Ulardan söz qarzdormiz, yaxşi şeʼr qarzdormiz. Şu yerda ularning ota-bobolari ot surib ötgan, momolarining gavhar soçlari tökilgan. Ona Vatanga otaşin muhabbat, qaynoq şijoat, jasurlik va ğayratdan ğalaba tuğiladi. Unda-bunda özini körsatib qöyiş emas, balki bor kuç-qudratini safarbar etiş, kerak bölsa, toğni ham siltab örnidan qözğatadigan qatʼiyat, sezgirlik, qarzdorlik hissi bor bu el farzandlarida. Zero, har qanday yurtni obod qiliş uning uyğoq beklari zimmasidadir.

Zulfiya MÖMINOVA,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi, şoira.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan