Döstlarga siddiq, mard va tanti

yoki iqtidorli olim Said Siddiqov haqida dil sözi

Odatimga köra, biror qahramonim haqida nimadir yozmoqçi bölsam, uç-tört yil avval niyat qilib u haqdagi maʼlumotlarni, hayotiy voqeliklarni yiğib yuraman. Garçi ular turli kasb egalari bölsa hamki, odamiylik fazilatlariga köproq eʼtibor qarataman.

Said aka Siddiqovni yaqindan taniganimga ön yilça böldi. U axborot texnologiyalari sohasida ilm qilib texnika fanlari nomzodligi dissertatsiyasini yoqlagan, iqtidorli olimlardan biri. Hayotda kuzatişimça, aniq fanlar vakillari badiiy adabiyotlarga, gazeta-jurnallarga köpam mehr qöyavermaydi. Şunday bölsa-da, ular orasida ham Said aka Siddiqov kabi kitob öqişga muhabbati balandlar ham kam emas. Ehtimol, bizning döstona munosabatlarimizning mustahkamligiga şu fazilati sabab bölgandir.

Avvalroq yozganim rahmatli Murtazo Sultonovda ham şunday yaxşi odat bor edi. U kişi respublika gazetalarining har bir sonini erinmay öqib çiqardi. Öziga yoqqanlari haqidagi fikr-mulohazalarini atayin muallifning huzuriga borib aytardi. Uzoqdagilarga telefon qilib, maqolasi töğrisidagi taassurotini bildirardi. Said Siddiqovda ham xuddi şunday xislat bor. Muallifni tanisa-tanimasa, maqolasi yaxşi yozilgan bölsa böldi, albatta, telefon qilib minnatdorçilik bildiradi. Haqiqiy ijodkor uçun yozgan asari farzandidek gap: maqtov eşitsa boşi osmonga yetadi.

Ötgan yili kuzda “Yangi Özbekiston” gazetasida “Yiğlayotgan daraxtlar” sarlavhali tahliliy-tanqidiy maqolam bosilgan edi. Maqoladan taʼsirlangan Said Siddiqov Toşkent şahri markazida özi yaşovçi dahada ham qarovsizlikdan qurib borayotgan daraxtlar taqdiri haqida qayğurib, öz mulohazalarini “Yangi Özbekiston” gazetasida eʼlon qildi.

Har körişganda falonçining yangi kitobi çiqibdi, zör yozibdi, miriqib öqidim, qaysidir gazetada falonçining ajoyib maqolasi bosilibdi, öqidingizmi, degan savol berib odamni şoşirib qöyadi. U quvvayi hofizasi kuçliligi jihatidan ziyoli insonlarning saralangan toifasiga kiradi, desam, xato bölmas. Tinglab ötirib, gohida hayratlanib ketaman. Aql bovar qilmaydigan darajadagi raqamlarni, voqealar yillarini, oylarini, kunlarini xotirasida saqlab qoladigan qobiliyatga ega.

Taniqli özbek va çet el adiblarining asarlarini şu qadar köp öqigani yetmaganidek, ularning faoliyati va hayotiga doir maʼlumotlarni esida saqlab qolişi bilan ajralib turadi. U olamda nima gapligidan xabar topib yuradi, mamlakatimiz hayotida qanday voqealar röy berayotganidan hamişa voqif. Kimdir olamdan ötgan bölsa, taʼziyasiga boradi. Qaysi betob döstining oldiga borib, holidan xabar oliş kerak — barça-barçasiga ulguradi. Silai rahm, odamgarçilik borasida ham ibrat. Said akaga xayrixoh köz bilan qaragan borki, unga havas qiladi. Saksonga kirib köylagining tugmasini qidirib topa olmay, qaltillab qolgan çollarga qarasangiz, ularning oldida Said aka ğayratli.

…Gödakligi Ikkinçi jahon uruşi tugagan yillarga töğri kelgan bolalarning bolaligi bolalikday ötmagan. Kambağallik, suyagi qotmasdanoq oğir mehnat, qorni töyib ovqat yemaslik, dori-darmon yetişmaslik, yuqumli kasalliklar. Keling, yaxşisi, qahramonimizning bolaligidagi maşaqqatlari haqida yozib, hammaning yuragini ezmay qöya qolaylik.

Ammo muxtasar aytganda, oiladagi azob-uqubatlarni u ham birgalaşib tortdi, turtildi, surtildi, ammo, sinmadi, hayot maktabida toblandi.

Yigirma uç yoşida Toşkent elektrotexnika aloqa institutini bitirdi. Uzoq Şarqda harbiy qismda xizmat qildi. Bir muddat özi öqigan institutda muhandis, assistent bölib işladi. Ilm izladi. 1974-1978 yillar davomida Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) şahrida aspiranturada öqib, texnika fanlari nomzodligi dissertatsiyasini yoqladi.

Hamkasbi, texnika fanlari nomzodi, dotsent Xoliq Soatov şunday hikoya qiladi:

Ötgan asrning yetmişinçi yillarida Toşkent elektrotexnika aloqa institutidagi — hozirgi Toşkent axborot texnologiyalari universitetidagi yetti yuzdan ortiq professor-öqituvçilar tarkibida ilmiy daraja körsatkiçi 25 foizni taşkil etardi, xolos. Kafedralarda faoliyat yuritayotgan ilmiy darajali özbek pedagoglari soni institut böyiça 40 kişidan iborat edi. Ilmiy daraja beradigan kengaşlar faqat Moskva va Leningrad şaharlarida bölgan. Özbek mutaxassislari ana şu şaharlarga borib, uç yil aspiranturada öqir, ilmiy izlanişlarni amalga oşirib, dissertatsiya himoya qilişga majbur bölgan. Aspiranturaga Özbekistondan borib öqiganlarning örtaça 30 foizigina dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qila olganlar, xolos.

Ana şunday amaliyotni ijobiy yakunlab, texnika fanlari nomzodi unvoniga erişiş baxtiga muyassar bölgan Said Siddiqov Toşkentga, jonajon institutiga qaytadi. U institutda pedagogik faoliyatdan taşqari iqtidorli yoşlarni töplab, konstruktorlik byurosini taşkil etib, unga rahbarlik qildi. Öquv qöllanmalar yaratib, dotsent ilmiy unvoniga ega böldi. U oliy öquv yurti ravnaqiga munosib hissa qöşgan ustozlar hayoti va faoliyatini keng yoritgan birinçi hujjatli asar muallifidir. Uning munosib şogirdlari Toşkent axborot texnologiyalari universitetida faoliyat olib bormoqda.

Yaxşilikni berguvçi ham, yomonliklardan saqlovçi ham Yaratganning özi. Alloh Said akaning qalbiga ilm nurini, şaxsiga olimlik maqomini jo qilgan ekan, bu hammaga ham nasib etavermaydigan neʼmat. Olim böliş ham, atrofdagilarga foydasi tegib turuvçi odam böliş ham bir baxt, bir saodat.

Nuroniy otaxon va munisa onaxon uçun farzandlari iqboli-kamolini köriş Yaratganning inoyatidir. Said aka Gulçehra opa bilan turmuş qurib, qöşa qariyotganiga qariyb yarim asr böladi. Ular Otabek va Nodirbek öğillarini tarbiyalab, öqitib, ulğaytirib, ota-onasi, el-yurti xizmatlarini qilib, duolar oladigan odob-axloqli, zamonaviy bilimli, işbilarmon darajaga yetkazdilar. Oilasi tinç, rözğori but bölsa, şu xonadon ahli baxtiyor böladi. Said akaning bugungi hayotiga, soğlom turmuş tarziga havas qilaman, bu haqda öziga ham tez-tez aytib turaman. Qaysidir yaxşi xislatlariga rağbat bildirsam, “Qöying, meni köp maqtamang”, deydi. Kamtarinlik qiladi. Zurriyotlari qurşovida rohat-faroğatda, duogöy bölib, keksalik gaştini suriş hammaga ham nasib etsin, deya niyat qilaman.

Said aka özaro suhbatlarimizda volidasi Buvisora ona haqida köp gapiradi. Onasidan olgan ibratli hayot saboqlaridan sözlaydi. “Silai rahmi bor insonsiz”, desam: “Onam şunday edilar”, deydi. Onasini eslasa, lablari titrab, közlari namlanadi: “Onam yetti yot begonalarni ham xuddi tuğişganlaridek körardi. Ularga yaxşilik qilib zavqlanadigan edi”, deydi…

Keyingi paytlarda u: “Qaçon Öşga borasiz, meni ham bir oborasiz-a”, deb qoladi. Sababini bildim. Aravonda yaşab ötib ketgan uzoqroq qarindoş opasi bölgan ekan. “Qabrini ziyorat qilib, undan qolgan bola-çaqalarini bir yöqlab qöyişim kerak”, dedi.

Qahramonimizning oltmiş yillik qadrdon dösti, mehnat faxriysi Abduvohid aka Jöraboyevning aytişiça, Said aka — axborot texnologiyasi sohasini yaxşi biladigan olim, qatʼiyatli va töğrisöz, döstlariga siddiq, haq gapni hamsuhbati yuziga xolis ayta oladigan mard inson.

Yana bir qadrdonlaridan taniqli adib, ustoz Xurşid Döstmuhammad Said Siddiqov haqida yozayotganimni eşitib, u haqda bir şingil yozib yuboribdi. Maqolani Xurşid akaning qalb sözlari bilan yakunlasak töğri bölar:

“Saidjon aka bilan bizni Şodmon Otabek taniştirgan. “Özi texnar bölsa ham, yozuvçilardan köra köproq kitob öqiydi”, deb aytgani yodimda. Çindan ham Saidjon aka aşaddiy kitobxon odam ekan. Texnika fanlari nomzodi, eng zamonaviy axborot texnologiyalari mutaxassisi. Talabalik, dissertatsiya yoziş kezlarida Moskva, Leningrad maktablari ob-havosidan bahra olgan. Sönggi yillarda oila aʼzolari bahona bir oyoği ona Vatanda, biri goh London yo Bokuda.

Biron marta safardan quruq qöl bilan qaytmagan, har doim kitob hadya qiladi. Bu bilan biz döst-ulfatlarni yangi-yangi kitoblarni öqişga daʼvat etadi.

Qiziqmagan mavzusi yöq hisobi. Jamiyat, taraqqiyot, islohot, şaxs, tafakkur va albatta, adabiyot muammolariga özining şaxsiy muammosidek, şaxsiy dardidek yondaşadi! Könglida tuğilgan savollarni, albatta, yozib yuradi va har safar diydorlaşganda öşa savollarga javoblar izlaydi. Haddan taşqari intizomliligi, xotirasining pişiq-puxtaligi bilan ajralib turadi.

Dunyoni, odamlarni idrok etişda salbiydan köra, ijobiy nuqtai nazarga ega. Nekbin. Mutoyibaga moyil.

Döstlar safida bunday inson bölişining öziyoq boşqalarga kötarinki kayfiyat bağişlaydi, özingizga bölgan talabçanlikka odatlantiradi.

Ilohim, umri uzoq bölsin Said akamizning!”

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan