Kitob, gazeta ulaşiş anʼanaga aylanmoqda

yoxud oqila ayollardan tuhfalar

Sirdaryo tumanining “Intiliş” mahallasida istiqomat qiluvçi uy bekasi Gulbahor Bozorova bolaligidan kitob öqişni yaxşi köradi. U örta maktabni tugatganidan söng oilaviy şaroiti tufayli öqişni davom ettira olmadi. Keyin turmuşga çiqdi, tört nafar farzandning onasi böldi. Rözğor taşvişlari, bolalar tarbiyasi bilan band bölsa-da, öqişga bölgan qiziqişi sönmadi, qöliga birorta gazeta yoki jurnal, hatto oddiy qoğoz (biror hujjat) tuşsa ham qiziqib öqir, uni avaylab olib, asrab qöyardi. Farzandlari maktabga çiqqanida esa ularning darsliklari, ayniqsa, adabiyot kitoblaridagi şoir va adiblar haqidagi bitiklar, ularning şeʼr va hikoyalarini, ertaklarni öqib, zavq olardi. Bolalari bilan ularni muhokama qilar, birgalaşib topişmoqlarni topardi. Lekin oilaviy şaroiti tufayli kitob xarid qilişga ortiqça mablağ topolmasdi. Şu paytgaça heç kim unga kitob sovğa qilmagandi…

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 14 apreldagi farmoyişi ijrosini taʼminlaş maqsadida viloyat Oila va xotin-qizlar boşqarmasi tomonidan joriy yilning may-iyun-iyul oylarida “Ayollar daftari” röyxatida turadigan sirdaryolik ayollarning tabiat qöynida — Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi sölim göşalarda dam olişlari taşkil etildi. Gulbahor Bozorova ham navbatdagi guruhda toğ bağrida dam olib qaytdi. Bu sayohat Gulbahorga xuş kayfiyat bağişladi, hayotga qiziqişini orttirdi. U turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda iştirok etdi, viloyatdan borgan taniqli ijodkorlar bilan tanişdi, ziyoli, öqimişli döstlar orttirdi. Eng quvonçlisi, uning orzusi uşaldi, yaʼni şu sayohat sabab özi istaganidek, javoni kitoblar bilan töldi…

Sayohat davomida Gulbahorga hamroh bölgan viloyatda çop etiladigan “Oydin yöl” gazetasining boş muharriri, Sirdaryo tumani “Oqila ayollar harakati” aʼzosi Dilorom Esonova u bilan tanişib, orzulari, kitob öqişga bölgan qiziqişlari haqida suhbatlaşdi.

— Gulbahorning kitobga bölgan qiziqişi meni hayratga soldi, — dedi D.Esonova. — Uning: “Dilorom opa, kitob va gazeta öqişni yaxşi köraman, iloji bölsa, menga gazetalaringizdan, viloyatimizdagi ijodkorlarning yangi kitoblaridan berib turing. ­Oilamiz katta, tört nafar öğlim bor. Har doim ham yangi kitob sotib ololmayman. Şu bois uydagi bor kitoblarimni qayta-qayta mutolaa qilaveraman. Öqişga narsa topolmay qolsam, hatto qölimga tuşgan dori-darmonlar haqidagi bitiklar (annotatsiyalar)ni ham erinmay hijjalab öqib çiqaman. Baʼzan köçalardagi nimalardir örab taşlab yuborilgan gazetalarni ham sekingina olib, sumkamga solib qöyaman, uyga kelgaç, ularni öqiyman”, degan gaplarini eşitib, oramizda şunday kitobxon, gazetxon ayollar borligidan xursand böldim va unga viloyatning boş naşri bölgan “Yangi Sirdaryo” hamda “Oydin yöl” gazetalarining yangi sonlaridan va viloyatimizda yaşab, ijod qilayotgan şoir va yozuvçilar hamda jurnalistlarning yangi çop etilgan kitoblaridan berib turişni vaʼda qildim. Ha, yana bir gap, keyingi paytlarda ijodkor dugonalarim kitob taqdim qilişsa, “Menga yana bitta bering, ularni tumanimizdagi kitobsevar ayollarga tuhfa qilaman”, deydigan böldim. Bunday qarasam, bir oy içida Gulbahorga atab yiqqan kitoblarim öntaga yaqinlaşib qolibdi. Kitobsevar insonlarga ular suygan narsa (kitob)ni  tortiq qiliş ham, menimça, savob sanalsa kerak.

Vaʼda vafosi bilan, deganlaridek, Dilorom Esonova dam olib qaytganlaridan söng bir haftaça vaqt ötgaç, “Oqila ayollar harakati” tuman bölimi rahbari Şohida Mirzabekova bilan birga Sayxunobod tumanining “Intiliş” mahallasiga Gulbahorni izlab borişdi. Kitoblarni körgan Gulbahor xuddi köp yillik qadrdonlarini körgandek sevinganidan ikki ayolni ham quçoqlab oldi va özi kutgan tuhfalarni qabul qildi. Şuni taʼkidlaş kerakki, D.Esonova viloyatimizdagi xotin-qizlar va yoşlarga uç yuztadan ziyod turli badiiy kitoblarni sovğa qildi. Bundan taşqari, “Yangi Sirdaryo” va “Oydin yöl” gazetasining yangi sonlari viloyatdagi köpçilik mahallalardagi xotin-qizlarga tekin tarqatiladigan böldi.

Hamişa gap kitob, gazeta yoki jurnal haqida ketar ekan, onajonim Buvihojar aya bilan boğliq xotiralar yodimga tuşadi. Onam Zominning (Jizzax viloyati) Jaloir qişloğida tuğilib ösgan. Keyinçalik, yaʼni qatağon yillari bobom — mulla Qunnazar quvdi-quvdilar tufayli oilasini olib, hozirgi Sirdaryo viloyatining Guliston tumaniga köçib kelgan. Onam ana şu talatöp voqealari, keyin esa Ikkinçi jahon uruşi davri qiyinçiliklari bois maktabda juda oz öqigan, xat-savodi (lotin alifbosida), asosan, uyda çiqqan. Keyinçalik mustaqil ravişda kirill alifbosini örgangan ekan. Lekin juda zukko, tirişqoq bölib, öqişga juda qiziqqan, lekin otasi (bobom)ning raʼyiga qarab juda erta turmuş qurgan. Bolaligimizdan kitob javonimizda juda köp adabiyotlar bölar, otam arabça, lotin alifbosidagi kitoblarni köp öqir, onam esa kitobdan taşqari jurnal va gazetalarni ham köp mutolaa qilardi. Oila davrasida ötirganimizda kitoblar, gazeta va jurnallar köp muhokama qilinardi. Onam bizga bolaligimizda juda köp ertaklar, rivoyatlar, hikoyalar öqib berardi. Uyimizga hafta-ön kunda bir dasta gazeta-jurnallar kelar, onajonim ularni birma-bir öqib çiqardi. Yana bir qiziq voqea yodimga tuşdi. Öquvçiligimdayoq tuman hamda viloyat gazetalarida xabar va maqolalarim eʼlon qilinib turardi. Onam ularni “qizimning maqolasi bosilibdi”, deb maqtanib, faxrlanib, qöşnilarga körsatib çiqardi. Şu bois onam köçalarda pista sotib ötirgan ayollarning qöllarida gazeta körsa: “Pistani gazetaga örab sotmanglar, uvoli bor. Ularga qança odamning köz nuri tökilgan. Qizim redaksiyada işlaydi, bu gazeta qança mehnat bilan dunyoga keladi”, — deb ularni pistaçilarning qöllaridan olib qöygan paytlari bölgan. Onam keksayganlarida poçtalonlar unga pensiya pullarini olib kelganlarida ulardan ortiqça gazetalarni, jurnallarni pensiyasi hisobidan sotib olardi. Öşanda poçtalon: “Boşqa qariyalar “menga gazeta-pazeta kerakmas, pulimni töliq ber”, deyişsa, bu onaxon özi sörab oladi-ya”, — deb hayron bölişarkan. Onam to 85 yoşga kirib, boşi yostiqqa tegmagunça gazeta-jurnallar öqişni (ular naşrlarni közoynaksiz öqirdi) kanda qilmagandi. Hozir har gal pensiya olganimda, şu voqealar esimga tuşadi.

Ha, viloyatdagi ijodkor ayollar örtasida öz mahalladoşlari va boşqa aholining turli qatlamlariga, ayniqsa, yoşlarga kitoblar tuhfa qiliş anʼanaga aylanib qolgan. Masalan, jurnalist, adiba Dilorom Ismadiyorova özining turli yillarda çop etilgan “Sirdaryoça töy qilamiz”, “Sirdaryoga qönib öting, döstlarim”, “Sirdaryoning böylarida uylarimiz” nomli kitoblaridan salkam mingtasini vohadoşlariga sovğa qildi. Turgan gap, tuhfa olganlarning aksariyati qişloq xotin-qizlari. Bu anʼana keyingi paytda ommalaşib ketmoqda. Viloyatimizning barça tuman va şaharlaridagi “Oqila ayollar harakati” aʼzolari va boşqa ziyoli ayollar tomonidan özlari yaşaydigan hududlardagi, ayniqsa, kutubxonalar kam va uzoq bölgan mahallalardagi uy bekalariga kitoblar va gazetalar ulaşiş urfga kirdi. Mahallalarda taşkil etiladigan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, hatto xonadonlardagi oilaviy tantanalarga ham ijodkorlarni taklif etiş, ularning yangi kitoblari taqdimotini ötkaziş, ijod namunalarini tinglaş kabi xayrli yumuşlar amalga oşirilmoqda. Şu tariqa xonadonlarga yangi kitoblar, gazetalar kirib borişiga imkon yaratilyapti.

Xolida PARDABOYEVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan