Hayotga kulib boqing…

“Rampa çiroqlari” nomli jahon kinosi bor. Uning boş qahramoni, qiziqçi Galvero uyidagi majruh qizni hayot uçun kuraşişga undab, şunday deydi:

“Har bir inson koinotni harakatlantiruvçi, tabiatni jonlantiruvçi qudratli kuçga ega!”

Aslida hayotning har soati biz uçun imtihon.

Qanday yaşayapmiz?

Garçi koinotni harakatlantira olmasak-da, aynan şu soatlarda kimningdir taqdirini özgartirişga qodir bölgan uyğoq bir sözni ayta oldikmi?

Kimgadir aqalli bir marotaba bölsa-da, mehr töla nigohimiz bilan boqişni unutmadikmikan şu qadrli soatlarda?!

Ahyon-ahyonda bular haqida öylab, söng özimizni, feʼlimizni muşohada qilsak bölmasmikan?

“Senga taqdim etilayotgan har bir kun möʼjiza, qalb közini oçsang, ularni kutib emas, borligidan huzur qilib yaşaysan”, deya saboq bermişlar Jaloliddin Rumiy.

* * *

Tongni qarşilayotib, undan zavq olganmisiz heç?

Kötarilayotgan oftobning munavvar şuʼlalari asta-sekin olamni yoritayotganda, söng esa butun mavjudotni bemisl harorati bilan isitayotgan kezlarda bir lahza sehrlanib qolganmisiz?

Oftob çiqayotganini kuzatamizmi?

Yöq!

Çunki har kuni quyoşning çiqişi bizga odatiy bölib körinadi.

Öylab köring, mana şu oftobimiz bir neça haftalab osmonda körinmasa va nuqul bulutli havoga közimiz tuşaversa nima böladi? Olamni zimiston qoplagandek tuyuladi. Oftobni soğinib ketamiz. Juda-juda soğinamiz. Çaraqlab çiqsa, “xayriyat” deymiz, iliq haroratini sezib, quvonamiz.

Har kuni körib turgan insonlarimiz ham xuddi şu oftob kabidir. Ularni borligida qadrlasak, qalbining haroratini yaqindan his qilib, öz dil haroratimiz bilan uyğunlaştirsak, qançalar soz! Mana şundagina yelkalarida yuk bölib bosib turgan bir dunyo taşvişlardan balandroq turiş ularga osonroq keçarmidi…

“Har bir uçraşuv tasodif emas, qarşimizdan çiqqan har insonning bir sababi bor, baʼzilari döst bölarlar, baʼzilari bizga dars bölarlar”, deya yozibdilar Şams Tabriziy.

Turmuşidagi taşvişlarni öylayverib butkul halovatini yöqotgan kişi bizning yonimizda yaşayapti.

Unga tasalli bersak… “Har qadamda muammolar bölib turişi tabiiy, hali hammasi öz yöliga tuşadi”, desak, qançalar soz bölardi. Axir aksariyatimiz kundalik muammolarni deb özni ötga-çöqqa uramiz, ğam-taşviş oraliğida yolğiz qolib, qaddimiz bukiladi, ozib-tözamiz, oqibatda kasalliklar ham orttirib olamiz.

Tarixiy manbalarda keltirilişiça, Abu Bakr ar-Roziy şogirdlari bilan xastalik kelib çiqişining asosiy sabablari xususida bahs yuritibdilar.

— Kasalliklar, asosan, tanadagi aʼzolar yalliğlanişidan söng paydo böladi, — debdi yoş hakimlardan biri.

— Men bu fikrga qöşilmayman, — debdi Abu Bakr ar-Roziy. — Inson vujudidagi eng nozik aʼzo asabdir, demak, jamiki kasalliklarning yuzaga kelişi doimiy asab buzilişi bilan boğliq.

Bahsga yakun yasalib, davradagilar uluğ hakimning sözlarini tahlil qilganlariça sukutga çömibdilar.

“Ruhni davolasa, tana ham soğayadi”, deyişgan qadimgi tabiblar.

Öylab köraylik, dardga turtki beruvçi jahl, vahima, qörquv, jizzakilik singari asabiylik holatlari ruhiyatimizni alğov-dalğov qilib tursa-yu, biz tanamizni davolaş uçun tinmay şifokorga qatnayversak! Bundan biror natija kutiş mumkinmi? Ruhiyatimizni soğaytirişga urinsak töğriroq bölarmidi…

Ötmiş donolari şunday maslahat beradilar:

— Hamma vaqt atrofingizdagilarni qadrlang, fikrlarini hurmat qiling, bilingki, çinakam ğoliblik vazminlikdadir.

Çumolining harakatini biror marta kuzatganmisiz? U ketayotganda yölini tössangiz ham ortga qaytmaydi, boşqa yöl topib oldinga ketaveradi. Qarang, mana şu mitti jonzotlar sovuq tuşişi bilan uyalariga kirişarkan, ular bu qiş uzoqqa çözilmasligini, tezda havo isişini biladilar, doim yaxşi özgarişlarni kutib yaşaydilar.

Nega ayrimlarimiz arzimagan tösiqqa uçrasak, darrov çekinamiz? Boşqa işonçliroq yöl topib, qolaversa, yaqinlarimiz mehridan kuç olib ilgariga boraversak böladi-ku!

Gulçehra JAMILOVA,

Özbekiston Yozuvçilar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan