Onamning dugonasi

Tiriklik hamişa

               böladi sodda…

Usmon AZIM

Onamning Xursand momo degan dugonasi bor edi. Ğoyatda quvnoq, hazilkaş ayol edi rahmatli. Baʼzida uyimizga kelib, Bibigul, Dayraxol, Anora degan tengdoşlarini çaqirib suhbat qurar, turli ğaroyib voqealarni sözlab berardi. Xursand momo sözga çeçan edi, gohida ozgina qiziqarli bölsin deya lof ham qöşardi. Onam esa dugonasini koyirdi.

— Hey, ölsin, aytganiga işonmanglar, barisi ötruk, — derdi.

Xursand momo davra körgan ayol edi. Uzoq yillar qişloq kengaşi raisasi bölib işlagani sababli öziga öxşaş faol ayollardan tanişlari köp edi. Bir kuni momomiz öşa ayollarni mehmonga çaqiribdi. Başang kiyingan ayollar darvozasidan kirib kelişsa, oftobröyada oriqqina bir odam çakmonga öranib devorga suyangança uxlab ötirgan ekan. Mehmonlar uyga kirib hol-ahvol söraşib bölişgaç, söraşibdi:

— Şodiyeva, anavi uxlab ötirgan odam kim, beçora kasal emasmi?

Gap eri Safar bobo haqida ekanligini sezgan Xursand momo past ketgisi kelmay:

— Ey, umi? Uzoq qarindoşimiz, beva, heç kimi yöq, mening otimga qarab yuradi, — debdi.

— Bölmasa, eringiz qayerda? Tanişaylik, — deb söraşibdi ayollar.

Xursand momo derazadan taşqariga qarasa, qöşnisi — basavlat Jalil mudir qayoqqadir ketayotgan ekan.

— Ana, oşnasinikiga töyga boryapti… — debdi.

Mehmon ayollar kelbatli Jalil mudirni körib: “Eringiz özingizga mos ekan”, deb maqtaşibdi.

Aldovi iş bergan momomiz qöşiq boşlabdi:

Aravaning tagidan quyon qoçdi, yor-yor,

Quyon qoçdi demanglar, kuyov qoçdi, yor-yor…

Xursand momo öçoqboşiga borib palovni suzibdi.

Bir kuni odatdagi gurunglarning birida Xursand momo dugonasi Bibigul momoga qarab:

— Dugona, senga bir sirni aytay, içimda ketmasin, men ering Yusuf akadan qarzdorman, — debdi.

— Nima, pul ovdingma, qurğur?

— Pul bölsa tölardim, bu boşqa narsa…

— Hey, kaşmiri, içimizni qizitmay ayta qol-da, — debdi Anora momo jörttaga aççiqlanib.

— Bunga ança yil böldi. Mixli ulim qölimda edi. Bir kuni Qamaşiga idoraning zarur işi sabab borişimga töğri keldi. Öşa paytlari Qaşqadaryo ustida köprik qurilmagan edi. Birovning otiga mingaşib ötdim. Işimni bajarib, tuşdan söng ortga qaytdim. Daryo quturib oqardi, heç kim yöq. Daryoning narigi tarafidagi otliqqa közim tuşdi.

Römolimni silkitib çaqirdim. Otliq daryodan ötib keldi, Yusuf aka ekan. Kolxozning yilqisini boqib yurardi. “Meni daryodan ötkazib qöying”, deb iltimos qildim. Ering kuldi va:

— Haqiga nima berasan? — dedi.

Şöxligim tutdi. “Istaganingiz!” dedim.

— Bölmasa, bitta muççi berasan!

— Mayli, — dedim.

Daryodan ötdik. Otdan tuşdik. Qörqib ketdim. Axir erkak, raisaligimga qarab ötiradimi? Tağin özim mayli dedim, şaytonning gapiga kirsa…

— Aka, — dedim, — siz kutib turing, men yuzimni çayib olay, terlab ketibdi, — deb qamişzor içiga kirib, söqmoq yöldan qişloqqa qarab qoçdim. Ering mard ekan, quvmadi. Lekin uçratib qolsa: “Ha, Xursandoy, qarzni qaçon uzasan?” — deb qöyadi.

— Beçorani rosa umidvor qilibsan-da, — kulişdi ayollar.

— Yusuf akam özi yaxşimi? — deb söraydi Xursand momo Bibigul momodan.

— Yotibdi, dugonang qaçon qarzini uzarkan deb, — deya kuldi Bibigul momo.

Dugonalar hovlini kötarib kulişdi. Ularning kulgisida oydinlik, beğuborlik, samimiylik bor edi.

Örolboy QOBIL,

Özbekiston Yozuvçilar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan