Ona iztirobi

Bu voqea ötgan asrning yetmişinçi yillarida olis qişloqlardan birida röy bergandi. Öşa kuni yerda qor bor edi. Fotimaning bolasi keçasi bilan yiğlab çiqdi. Ertalab isitmasi kötarilgaç, ingray boşladi. Qaynonasiga aytgandi, bolani qöliga oldi-yu, yuziga qarab: “Bu boyoqişga kinna kiribdi, bir-ikki bölak non olib çiq”, dedi keliniga. Öziça bilgan suralaridan öqib, non bölagini bolaning qorniga aylantirib, kinna soldi. Söng: “Buni köçaga qöyinglar, quşlar, it-muşuklar yeb ketadi”, deb katta nevarasiga uzatdi.

Qorni oğriyotgan bola qattiq bezovta böla boşladi. Kasalxona ança olisda edi. Qişloqda bor-yöği bitta traktor bor edi, xolos. Endi maktabga çiqqan öğliga: “Bor, bolam, Elomon akangga ayt, bizni kasalxonaga olib borsin. Ayam iltimos qildi, degin”, — deb uni Elomon traktorçinikiga yubordi.

Traktorçi kelmadi. Ayoli: “Keça ölguday içib kelgandi”, debdi.

Fotima rang-röyi tobora sölib borayotgan, har zamonda bir ingrayotgan bolasini dast kötardi-yu, kasalxonaga yöl oldi. Şoşganidan egniga qalinroq kiyim kiymaganini yölda, sovuq ötganida sezdi. Qor oralab ketarkan, bolasining omon bölişini Allohdan ötinib sörardi.

Ikki soat deganda kasalxonaga arang yetib keldi. Darvozadan kirişi bilan bola şilq etdi-yu, boşqa boşini kötarmadi.

Döxtirlar “Köriçagi yorilib ketibdi, sal oldinroq olib kelmabsiz-da, opa”, deyişdi.

Elomon yangasini körsa, yuziga qarayolmay qoldi. Çunki yanganing közida qotib qolgan muzday yoş uning yuragiga öq bölib qadalar, “Eh, qaynuka, bir kun aroq içmasangiz nima qilardi? Axir men sizga işongandim-a!..” deyayotganday bölardi. Onaning bu iztirobi uni telba qilib qöyay dedi. U qişloqdan köçib ketdi.

Şuhrat RÖZIYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan