Aldagan köraveradi…

Yolğon bilan boşlangan iş rostdan bitmaydi.

 

* * *

Aldagan köraveradi, aldangan bilaveradi.

 

* * *

Yolğonni yamlamay yutadiganlar bir kun kelib, bir çimdim haqiqatga tiqilib öladilar.

 

* * *

Şirin yolğonga örgangan quloqlar rostni nafaqat aççiq, balki duşman deb bilişadi.

 

* * *

Javobi qiyin savol: önta odamdan töqqiztasi aldab tursa, öninçisiga işoniş mumkinmi?

 Şuhrat RÖZIYEV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan