Yangi poliz mahsulotlari
Xiva şahrida ötadigan “Qovun sayli” festivaliga sovğa böladi.
Şu kunlarda har yili anʼanaviy ravişda Xorazm viloyatida ötkazib kelinayotgan festivalga qizğin tayyorgarlik körilayotir. Viloyatda polizçilik sohasida yangi bir tajriba asosida qilingan tadqiqotlar mevasini berdi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti hamda Özbekiston qişloq xöjaligi ilmiy işlab çiqariş markazining sabzavot, poliz ekinlari va kartoşkaçilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba stansiyasi hamkorligida voha şaroitiga mos yangi qovun navlari yaratildi.
Izlanişlar va tajribalar natijasida “Iftixor”, “Gandimyon” va “Kumuş” deb nomlangan qovun uruğlari tajriba tariqasida ekildi va yuqori hosildorlikka erişildi. Köhna voha tuproği va iqlim şaroitida baravj rivojlanişi, öta darajada şirinligi va körinişi çiroyliligi, saqlaniş muddati uzoqligi bilan ajralib turadi.
Urganç davlat universiteti professori, qişloq xöjaligi fanlari doktori Sanjarbek Saʼdullayev eʼtirof qildi:
— Yangi kaşf etilgan qovun navlari mahalliy iqlimga moslaşuvçan va viruslarga çidamli. Bu izlanişlar nafaqat polizçilik sohasini rivojlantiradi, eksport salohiyatini ham oşiradi. Qişloq xöjaligida iqtisodiy samaradorlikka erişişda ham katta ahamiyatga egadir. Kelgusida seleksiya işlarini yanada kengaytirib, polizçilikda yangi mahalliy brendlar yaratiş yölida faoliyat olib boramiz. Xorazm ilmiy tajriba stansiyasida bu safar 127 turdagi qovun navlari “Qovun sayli” festivalida namoyiş etiladi. Yangi navlar bozorbop, eksportbop.
Festivalda viloyatning bir qator polizçilik dalalarida, sölim boğlarida yetiştirilgan turli xildagi mevalar, mazasi asaldan şirin qovunlar mamlakatimizning turli burçagidan sayilga keladigan yurtdoşlarimizga va xorijiy mehmonlarga havola etiladi.
“Qovun sayli”da şirindan-şakar qovunlarni yetiştirgan navlar ijodkorlari bölgan olimlar ham iştirok etişadi.
Qovunning 90 dan ortiq navidan turli xildagi mahsulotlar qadoqlangan holda tayyorlanib havola etiladi. Qovundan tayyorlangan murabbolar, şarbatlar, muzqaymoqlar ham körgazmadan örin oladi.
Qadimda şirinligi bilan sevib tanovul qilingan, ammo sönggi yillarda unutilib borayotgan 30 turdan ortiq qovun navlari Urganç davlat universitetining olimlari tomonidan qayta tiklanayotganligi eʼtiborga loyiq, albatta.
Mamlakatimizning sevimli sanʼatkorlari va xorijdan taşrif buyuradigan taniqli sanʼat yulduzlari festival qatnaşçilariga quvonç ulaşadi.
Festival doirasida meva-sabzavot va poliz mahsulotlari savdosi, milliy liboslar hamda hunarmandçilik mahsulotlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari körgazmalari namoyişi közda tutilgan.
Feruza TANGRIBERGANOVA
