Bir burda non
Toşkent şahrida bir keça-kunduzda 3,5 tonna non bölaklari çiqitga taşlanadi.
(Internet xabaridan)
Tandirdan endigina non uzib olgan onamning yuzi, yonoqlari ol bölardi. Peşonasi marjon-marjon terlaganda çehrasida göyo nur jilvalanardi. Hovlini esa non hidi egallaydi. Non isi… Olamdagi eng xuşböy hid, qimmatbaho farang atiri ham bu isni takror etolmaydi, taratolmaydi.
* * *
Ötgan asrning 70-yillari edi. Uzoq Şarqdagi gadoytopmas joydagi harbiy qismda xizmatda edim. Bir kuni rotamiz oşxonada naryad ötayotgan edi, stolni non bölagi bilan artayotgan askar keksa zobit tomonidan jazolandi. Öşa zobit, aslida, mehribon, tuşunadigan boşliq edi.
— Bu nima, bilasanmi, nonkör? — dedi zobit non burdasini askarning köziga yaqin olib borib.
— Non, — dedi askar.
— Mana şu bir burda non bölganida onam beçora oçlikdan qamalda ölmagan bölardi…
* * *
— Tilloning köçada yotganini körganmisiz? — söradi öquvçilaridan Eşniyoz muallim.
— Yöq, — deyişdi bolalar.
— Men kördim, sizlar ham körgansiz, faqat eʼtibor qilmagansiz.
Bolalar tipirçilab qolişdi: “Topgan bölsangiz, körsating”, — deyişdi. Muallim çöntagidan bir burda nonni çiqardi.
Bolalar kulib yuborişdi.
— Ustoz, biz tilloni köramiz desak, siz nonni körsatasiz, hazilmi bu? — dedi Ismat fermerning öğli.
— Tillosi yöq odam, har qalay, yaşasa böladi, ammo nonsiz yaşab bölmaydi, — dedi muallim. — Non — oltindan qimmat!
Sinfxonaga jimlik çökdi.
* * *
— Eng qudratli davlat boşliqlari ham ğalla haqida boş qotiradi, — deydi keksa muallim Meyli Mamatov. — Non tufayli qadimda qavmlar, elatlar örtasida uruşlar bölgan. Non bois yaraş bitimlari imzolangan. Endigina tili çiqayotgan gödakning ilk aytar sözi esa ona, “nanna” böladi.
Xalqimizning non sindiriş, non tişlatiş, non bilan kutib oliş kabi odatlari asrlar oşa yaşab kelayotir.
* * *
— Buğdoy, tegirmon, tandir, non — insoniyat tarixidagi eng buyuk kaşfiyotlardir, — deydi Eşniyoz muallim öquvçilarga.
* * *
Unsin momo tandir çetida turgan kuygan nonni körib, kelinidan ranjidi:
— Bolam, ozgina şoşmaganingda, noning puşt taşlamasdi, kuymasdi.
Kelin yerga qaradi. Köp ötmay, şovqin-suron kötarib maktabdan kelişgan nabiralari Unsin momoning atrofini örab olişdi.
— Bolam, boyagi menga atab yopgan noningni olib kel-çi, — dedi keliniga qarab.
Kelin ikkita kuygan nonni uyalib dasturxon çetiga qöydi. Momo “bismillo” deb nonni sindirdi va avval kuygan bölagini oğziga soldi.
— Bay-bay, munça şirin bölmasa, onam rahmatli kuygan nonni yegan qöşiqçi böladi der edi, töğri aytgan ekan, — dedi.
Nabiralar momosining gapiga hayron bölişdi, söngra talaşib-tortişib nonni bir zumda yeb qöyişdi.
— Momo, endi biz ham qöşiqçi bölamizmi? — söradi kenja nabirasi.
— Ha, baring aşulaçi bölasizlar, enalaring ham, — dedi Unsin momo kulib.
* * *
Dunyoda neʼmatlar köp, lekin heç qaysisi non bilan tenglaşolmaydi. Non şunçalar aziz!
Ajdodlarimiz nonni öpib, Vatanni himoya qilişga, yovdan qasos olişga ont içişgan. Momolarimiz ğanimlarni “non ursin” deb qarğagan.
Toşpölat maxsum esa hovlini boşiga kötarib öynayotgan nabiralariga “Ha, uying buğdoyga tölgurlar” deb ödağaylaydi.
Örolboy QOBIL,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi.
