Eng yaxşi ekspert — bu kitobxon
Bilasizmi, bu oq qoğozni qoralaşni unçalik istamagandim. Lekin bir insonning qistovi bilan yozişga qaror qildim. Şunaqa yaxşi narsalarni, fikrlarni, tasavvurlarni, taassurotlarni yoziş kerak, bildiriş kerak, tarğib qiliş kerak, dedilar…
Uzoq yillardan beri kutubxonaçilik kasbida faoliyat yuritib kelaman. Şu yillar mobaynida köplab kitobxonlar bilan yuzma-yuz böldim. Ularga yordam beriş, yaʼni izlagan adabiyotlari va manbalarini topişda kömaklaşiş, kerakli tavsiya va maslahatlarimni berişda qölimdan kelganiça harakat qildim. Bilasizmi, men ularga ozmi-köpmi yordam beryapman, savob iş qilyapman — bu majburiyat yoki vazifa emas, işim va men uni çin qalbdan vijdonan bajaraman. Özim ham bundan manfaat köraman. Qanaqa manfaat deysizmi?
Avvalo, har bir kitobxonning közlaridagi şodlikni köriş — eng katta saodat. Qaçonki ular izlagan kitoblarini qöllariga olganda, közlaridagi quvonç va harakatlarini kuzatib, dilim yayraydi. Kitobni qöllari bilan quçoqlab, qayta-qayta sahifalarini varaqlab, tezroq tinçgina oşyonda öqiş uçun şoşilayotganlarini his qilaman. Bu daqiqalarda ularning qalbi şodlik va bilimga bölgan iştiyoq bilan töladi. Unda yangi olamlarni, odamlarni kaşf etişga oşiqişadi. Kitobxon maqsadiga erişdi — u izlagan kitobini özi bilan olib ketdi…
Men-çi? Men nima qilaman, bilasizmi? Savollar qurşovida qolaman: nima uçun u bu kitobni izladi? Uning nima xususiyati bor? Kiçik hajmda bölsa-da, nima uçun kitobxon uni qöliga olganida qimmatbaho maşinani yoki katta uyning kalitini olganday xursand böldi?
Darhol şu kitobni topib, öqişga bölgan qiziqiş meni hayratga soladi. Tezda topib, öqiyman. Va yana bir karra emas, 1000 karra kitobxon eng yaxşi ekspert ekanligiga işonç hosil qilaman. Ha, aynan kitobxonlar eng yaxşi sara asarlarni, qissalar va romanlarni saralovçi-retsenzentlardir.
Muşohada qilsam, men öqigan va öqiydigan kitoblarimning aksariyati kitobxonlar tomonidan qiziqiş bilan söralganlari ekan. Men ularni tezda topib öqib, xulosalab, iş faoliyatim mobaynida kitobxonlarimga tavsiya qilaman. Aksariyat kitobxonlar nimani öqiş kerakligini yaxşi biladi, şuning uçun eng yaxşi tanlovni ulardan bilib olaman va ularga öqib çiqqanlarim asosida tavsiya beraman, tarğib qilaman. Ularning ham men tuygan mazadan bahramand bölişlarini, yiğlab, kulib, hayratga tuşib, hissiyotlar jangida özlarini körişlarini xohlayman.
Ayni mutolaa jarayonida har bir inson qalbida bir neça xil hissiyotlar bir vaqtning özida kuraş olib boradi. Bu içki jang — hayotning ajralmas qismi. Bu jangda soğlom aql, maʼqullik va sabr-qatʼiyat bir-biri bilan töqnaşadi.
Inson şunaqa qilib pişadi, bilim oladi, hayotga tayyorlanadi. Buning uçun albatta mutolaa qiliş kerak! Albatta!!!
Fotima RÖZIYEVA,
Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tuman
axborot-kutubxona markazi mutaxassisi.
