“Köngillarga ekarman söz…”

“Yoşlik” jurnalining ilk nişonasi — 1982 yil 1-sonida ToşDU (hozirgi ÖzMU) talabasi Abdumajid Azimning bir turkum şeʼrlari Abdulla Oripov oq yöli bilan eʼlon qilingandi. Mutafakkir şoir bitgan oq yölda şunday jumlalar bor edi: “Abdumajid şeʼrlari uning kelajagiga işonç bilan qaraşga asos beradi. U söz qadrini teran his etadi, şu sababdan ham satrlari ravon. Hozir har kuni önlab, balki yuzlab şeʼrlar yaratilayotgan bir paytda esda qolgulik biror şeʼr yoziş qiyin gap. Çunki şeʼriyatga talab ham uning miqdoriga mutanosib ravişda ösib bormoqda. Bu örinda çuqur, original mazmun katta ahamiyatga egadir. Abdumajid ijodida yuqoridagi talablarga javob bergulik öktamlik bor. Albatta, adabiyotda iz qoldiriş oq yöl bergan odamga emas, ijodkorning öziga boğliq. Uşbu haqiqatni ukamiz hozirdanoq butun masʼuliyat bilan anglab olişini tilayman”.

Şoirning ilk turkumi “Bahor kelganda”, “Talabalik yillar kuylamoqda bot…”, “Mening umid bilan kökka çözgan qöllarim…”, “Men sening yodingdan çiqdim. Unutding…” deb boşlanadigan şeʼrlardan tuzilgan edi.

Bunga ham oradan qirq yildan oşiq vaqt ötdi. Bugun qölimizda uluğ yoşga yetgan şoirning umr sarhisobi — tört tomlik şeʼrlar, tarjimalari turibdi. Baʼzi ijodkorlar turli uslublar, şakliy izlanişlar qiladi. Turfa adabiy oqimlarni milliy tafakkurga payvand etişga urinadi. Qadim ohanglar, xalqona şeʼriyat va albatta, uluğ salaflari yurgan yölga sodiq qolaroq sermahsul ijod qilgan Abdumajid Azim qölida fonus bilan paykal oralab yurgan suvçiga öxşaydi. Ekinzorga yaqin kelgan odam suvning şildiraşi va fonusning xira nurini köradi, xolos. Suvçi mehnati köpinça beqadr qoladi, ammo uning zahmatidan paykallar yaşnaydi. Abdumajid Azimning sodda, jaydari, hikmatga yöğrilgan şeʼrlari zamonaviy adabiyotimizning muhtaşam qasriga qöyilgan bir ğiştdir.

Jahon şeʼriyatining sara namunalarini özbekçaga ögiriş orqali adabiyotimizni boyitgan şoir ijodini uç bosqiçda tadqiq etiş örinli böladi.

1978-1995 yillarda yaratilgan şeʼrlarda samimiy tuyğular, beadoq hayrat, yurtga bölgan tiyiqsiz muhabbat, tabiat manzaralarining tiniq tasvirlari ustuvorlik qilganini seziş qiyin emas. 1996-2015 yillar oraliğida yozilgan şeʼrlarda insoniy va ilohiy muhabbat mavzusi yetakçi bölsa, 2016-2022 yillarda şoir ijodida afsus va ökinç, bolalik soğinçi ufurib turganini köriş mumkin. Sönggi yillarda yozilgan şeʼrlarda esa şoir ötgan asrning 90-yillar ruhiyatiga qaytganday tuyuladi: murosasiz, öjar ijodkor siymosi köz öngingizda gavdalanadi.

Qöliga qalam tutgan şoirning dunyo — nafsga ginasi böladi. “Söz dehqoni erur kasbim, Köngillarga ekarman söz” deya hayqirgan Abdumajid Azim dunyoga şunday murojaat etadi:

Alam, hasratimni

Tuşungin bu kun,

Ne bois falakka

Isyonlar qildim.

Yuragimni senga

Körsatmoq uçun

Köksimni lang oçib

Qoşingga keldim.

Abdumajid Azim sirti sokin, botini nolakor şoir. Röyoga aldangandek köringan qalbning junbişga kelganini kim ham körardi? Ijodkor qalbidagi şiddat-u şarora, söngsiz savollar “Dillar bilarmi?” şeʼrida yaqqol körinadi.

Guzarlardan ötsam uryon,

Şiddatim sellar bilarmi?

Şarhi dilim etsam bayon,

Gung-soqov dillar bilarmi?

 

Köhna ohanglarda bitilgan “Oy ötlar qirda, yulduzlar suvloqda. Ikkov sirlaşaylik, kunsuluv ovloqda” kabi satrlar şoir xalq oğzaki ijodini qançalar nozik anglaşini körsatadi.

Ötgan asr oxiri — 90-yillar boşida özbek şeʼriyatida ijtimoiy mavzular yetakçilik qildi. Ijodining dastlabki davrida xalqona ohanglar ustun bölgan Abdumajid Azim ham Abdulhamid Çölpon bobomizga ergaşib, isyonkor şeʼrlar bitdi.

 

Soqovman, biror söz kelmaydi tilga,

Jangari böriman, örganmas qölga,

Kirdimmi nogahon boşi berk yölga,

Xato qismatimni munça suyibman?

 

Yoki bölmasa:

 

Haqsizlik deb atalgan bu sirtmoq böynimda,

Ö, baxtsizlik, quçdim seni tunlar qöynimda.

 

Aslida, bu yöl şoir ruhiyatiga juda mos ekanini bugun eʼlon etilayotgan şeʼrlari ham tasdiqlaydi. Öşa davrda erk, haqiqat, ozodlikka bölgan intiliş, turmuşning abgorligi, maşaqqatli hayot, haqsizlik şoirlar uçun asosiy mavzu edi. Abdumajid Azimning “Fitrat nidosi”, “Musofir”, “Erk”, “Uyğon, Turkiston!”, “Najmiddin Kubro nidosi”, “Rauf Parfiga”, “Usmon Nosir sözi” kabi şeʼrlari ötgan asr poyonidagi adabiy manzarani yaqqolroq tasavvur etişda muhim örin tutadi.

Abdumajid Azimning lirik qahramoni qalbni taftiş etişni özlikni anglaşning samarali yöli deb biladi. Yassaviyona, Maşrabona ohanglardagi bitiklar ana öşa anglaşga dalildir. Şoir qalbiga nazar solib, öz holini şunday tasvirlaydi:

 

Yondi uzvimdagi har riştai jon,

Men xobi ğaflatdan bölmadim ixroj.

Zillu gunohimga kötarib isyon,

Loşim tört tarafga olib ketdi boş.

 

Şamolning tilida erkka salavot eşitgan ijodkorning hayot yöli kardiogramma çiziqlariga öxşaydi. Çiziqning tekis va ravonligi — ölim.

 

Hayot — bir yalt etib çaqnagan çaqmoq,

Ruhimni öraydi nomaʼlum hislar.

Anglayman, har nafas omonat, illo,

Özimni axtarib haqir dil bözlar.

 

Vatan haqida şeʼr bitgan ijodkorlar orasida Abdumajid Azimning alohida örni bor. Şoir Vatanni ona, ota, tuğilgan yurt timsolida uluğlaydi. Şu bois yurt şaʼniga bitgan şeʼrlarida samimiyat, harorat, iztirob uyğunlaşib ketadi. Iztirob, afsus va alamlar qorişiq ohanglar, aslida, Vatanga bölgan muhabbat izhori.

Oltmişdan oşgan ijodkor hayotning ohanjamalariga osonlikça aldanmaydi. Qalam va yurak haq sözni, rost tuyğularni kuylaşni afzal biladi. Bu çoğlaniş haqiqiy şeʼr zavqi, ijod sururini hadya etadi. Söz sehrini tuyadi sohir qalam sohibi. Şu maʼnoda, nazarimizda Abdumajid Azimning sönggi yillarda yozgan “Mangu yölovçi”, “Öxşayman”, “Qahratonlar çekinib, yuz oçmoqda bahorlar…”, “Qora”, “Qoldiraman ertaga men izlarimni…”, “Qodiriy nidosi”, “Qismat”, “Qul”, “Yolğiz böri”, “Şoir qismati” kabi önlab şeʼrlari xalqçil adabiyotning sara namunalari qatoridan joy olişga haqli deyiş mumkin.

Olim TOŞBOYEV,

filologiya fanlari nomzodi,

Özbekistonda xizmat

körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan