Köngillarga qurilgan rişta

Bekobod tumanida Sirdaryo ustidan köprik bunyod etildi

“… Köprik oçilişini eşitib kelayotgan yoşu-qariyalarning kayfiyati çoğ. Köpni körgan nuroniy kişilarning hokimning yoniga kelib, Prezidentimizning ana şunday  savobli işlarini olqişlab duo qilişayotganiga guvoh böldik.

Taʼkidlaş joizki, umumiy uzunligi ikki yuz metrga yaqin uşbu köprik qurilişi uçun 18 milliard sömdan ziyod mablağ sarflangan. Olti kilometrlik yöl qurilişi işlariga esa 54 milliard söm mablağ sarflaş rejalaştirilgan…”

“Inson qöli bilan yaratiladigan eng savobli iş bu köprik qurişdir”.

Bu hikmatona gapni suhbatlarning birida taniqli adib Xurşid Döstmuhammad aytgan edi.

Bekobodda yangi mahobatli köprikning oçilişini eşitdim-u, beixtiyor ustoz yozuvçining yuqoridagi gaplari xayolimga keldi. 

Toşkentdan Bekobodgaça yuz kilometrdan uzoqroq yöl bosiladi. Lekin ana şu uzoq masofa ham zeriktirmaydi. Negaki, bugungi özgarişlar, yangilanişlar, bunyodkorliklarni yöl böyi körib hayratlanasiz. Şunça işlar amalga oşirilayotganiga, közingiz körib tursa-da, işongingiz kelmaydi.

Darhaqiqat, jonajon Özbekistonimiz ulkan qurilişlar mamlakatiga aylangan.

Köpriklar haqida öylab borar ekanman, Qora dengizni Örta Yer dengizi bilan boğlab turuvçi Istanbuldagi Bosfor böğozining noyob manzillari, mahobatli köpriklari ham köz öngimda namoyon bölgandek edi. Yana maşhur “Suyunçi” filmidagi haşar yöli bilan Anzirat xola qurgan köprik  xayolimdan ötdi. Qirğizistonning Aravonidagi Nurobod qişloğimizni Andijonning Buloqboşisidagi Şirmonbuloq qişloği bilan boğlab turuvçi Aravonsoydan ötgan, bundan ellik yil avval sel olib, haliyam tiklanmagan köprik ham yodimga tuşib ketdi. Ha, köprik odamzodga judayam qadri bilinadigan obidadir.

Peşinga yaqin Bekobod tumanining “Döstlik” mahallasiga yetib bordik. Tuman hokimining axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Akram Mamadaliyev bilan öşa manzilda uçraşdik. U “Döstlik” va “Yangi­ovul” mahallalari hududlarini boğlovçi Sirdaryo daryosi ustidan qurib bitkazilgan köprik va unga olib boruvçi yöllar haqida batafsil sözlab berdi.

Mahallalarni boğlab turuvçi bu köprik qurilişi aslida sobiq ittifoq zamonida, aniqroği, 1989 yil oxirlarida boşlanib, 1991 yilga borib töxtab qolgan ekan. Bekobodning “Döstlik”, “Yangiovul” hamda “Uluğbek” mahallalarini boğlovçi olti kilometr uzunlikdagi avtomobil yöli quriş işlari esa 1985 yilda boşlangan bölsa-da, turli sabablarga köra u ham taşlab qöyilgan edi. Qariyb 36 yil mobaynida “Yangiovul” mahallasi aholisi tuman markaziga Bekobod şahri orqali qirq tört kilometr ortiqça masofa bosib qatnagan. Ayniqsa, zudlik bilan tibbiy yordam zarur bölgan bemor kişilar tuman markazidagi kasalxonalarga yuraklarini hovuçlab yetib olişardi. Homilador ayollar, dardga çalingan yoş gödaklar, xullas, şoşilinç yordamga muhtoj insonlar  ahvolini özingiz tasavvur qilavering!

Xullas kalom, oradan qirq yilga yaqin vaqt ötib, Prezidentimizning 2025 yil 24 iyuldagi 228-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 1 avgustdagi qarori bilan mazkur köprik quriliş işlari qaytadan boşlandi.

Oradan şunça yil ötib, endi oçilayotgan uşbu yölning muhtaşamligi va zamonaviyligini körib, havasingiz keladi. Avtomobillar qatnov qismidagi yöl tekis va ravon bunyod etilgan. Tört va ikki tasmali yölning ikki tomonida esa piyodalar yölagi hamda veloyölak, har ikki tomonida yaşil belboğ yaratilgan. Yöl çetlaridagi zamonaviy sim­yoğoçlar yuqorisiga quyoş panelçalari örnatilgan. Endi bu qişloq qişloq emas, haqiqatda şahar qiyofasiga kirgan gözal göşaga aylanibdi, desak, aslo mubolağa bölmaydi!

Akram Mamadaliyev köprik va yöllarning quriliş boşlangungaça bölgan vaqtdagi xarob holati aks etgan suratlarni körsatdi. Özgarişlarga qarab turib, inson qöli gul ekaniga işonç hosil qilasan kişi.

Yangi qurilgan köprik yaqinida Bekobod tumani hokimi Zaynilobiddin Nizomiddinov bilan uçraşdik. “Tumandagi obodlik va farovonlik yölidagi keskin özgarişlarni odamlar sizning hokim bölib kelişingiz bilan boğlaşmoqda”, deb uni qutladik.

— Bekobod tumanidagi jamiki ijobiy özgarişlar muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning ğamxörliklari tufayli amalga oşmoqda, — dedi tuman rahbari Z.Nizomiddinov. — Bugun foydalanişga topşirilayotgan köprik va unga tutaş yöllar qurilişi ham şaxsan Prezidentimiz taşabbusi bilan röyobga çiqqanini yurtdoşlarimiz yaxşi bilişadi.

Albatta, tuman hokimi haq. Bölmasa, şunça yildan buyon eʼtiborsiz, boşlangan-u şundoq taşlangan bunday bunyodkorliklar Prezident yordamida amalga oşirilmasa, qanday qilib röyobga çiqişi mumkin? Axir bunday katta xarajat, strategik ahamiyatga ega bölgan qurilişlarni amalga oşiriş oson emasligi kunday ravşandir.

Köprik oçilişini eşitib kelayotgan yoşu qariyalarning kayfiyati çoğ. Köpni körgan nuroniy kişilarning hokimning yoniga kelib, Prezidentimizning ana şunday savobli işlarini olqişlab duo qilişayotganiga guvoh böldik.

Taʼkidlaş joizki, umumiy uzunligi ikki yuz metrga yaqin uşbu köprik qurilişi uçun 18 milliard sömdan ziyod mablağ sarflangan. Olti kilometrlik yöl qurilişi işlariga esa 54 milliard söm mablağ sarflaş rejalaştirilgan.

Işxonasi nomi yozilgan kepkadagi baland böyli, ovozidan rahbarlik nafasi sezilib turgan kişi “yölning örtasiga yangi çizilgan yöl belgisini bosmay yuringlar” deb kimlargadir jon kuydirib tanbeh bermoqda. Matbuot kotibining taniştirişiça, u quriliş işlarini amalga oşirgan pudratçi taşkilot hisoblangan “Özyölköprik” klasteri davlat muassasasi rahbari Faxriddin Saloyev ekan.

— Quriliş işlariga uç yuzga yaqin mutaxassislar, saksonga yaqin texnika vositalari jalb etildi, — dedi u. — Alohida jonbozlik körsatgan yöl ustasi Rustam Qurbonqulov, iş boşqaruvçi Muzaffar Töliyevlar nomi alohida eʼtirof etilsa, örinli bölar edi.

Ha, mubolağasiz, şunday xayrli işlarni amalga oşirganlarni nafaqat biz jurnalistlar, butun Bekobod xalqi olqişlamoqda.

Köprik oçiliş marosimiga bayramona liboslarda oqib kelayotganlarning hisobi körinmaydi. Quvonçlari içiga siğmay, u yoqdan bu yoqqa çopib yurgan bolalarga qarab, sevinçing yuz çandon oşadi, bolalikka qaytging kelib qoladi.

Soat ikkiga yaqinlaşib qolganida viloyat hokimi hamrohligida faollar, nuroniylar va boşqa mehmonlar yangi bunyod etilgan “Döstlik” mahalla markazi binosi yoniga yiğildilar. Qadim-qadimdan ota-bobolarimizdan qolgan udum bor. Töy-tantanalar, xayrli işlar boşlanişi, katta-katta inşootlar oçilişi oldidan Alloh yölida jonliq atab qurbonlik qiliş odati mavjud. Şu kuni  bekobodliklar ham ana şu savobli udumni amalga oşirişdi. Oqsoqol ulamo Qurʼon oyatlaridan tilovat qildi. Yiğilganlar yurtimiz tinçligi barqaror bölişi uçun, Yangi Özbekistonning yangi köpriklarini qurişdek savobli amallarda boş-qoş bölib turgan Prezidentimiz haqqiga duo qildilar.

Zamonaviy şart-şaroitlar yaratilgan “Döstlik” mahalla markazi karnay-surnaylar, doira-dömbiralar sadosi ostida oçildi. Bino içkarisidagi şaroitlar bilan tanişgaç, mehmonlar yaşil makon yaratiş uçun keltirib qöyilgan daraxt köçatlarini ötqazişdi, yaxşi niyatlar qilişdi.

Toşkent viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Zoir Mirzayev köprikni oçiş oldidan sözga çiqib, barça yiğilganlarni tabrikladi.

— Yangi Özbekistonda har kuni bayram, — dedi u. — Hurmatli Prezidentimiz öz nazoratiga olgani şarofati bilan bu köprik qurilişi juda qisqa muddatda qurib bitkazildi. Köçalarni qarang, qaysi şahardan kam? Bu yöllar, bu köprik barçangizga muborak bölsin! Quruvçilarga ming rahmat!

Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi rahbari Abdusamad Nosirov, Sirdaryo ustida qurilgan köprikning narigi qirğoğida yaşovçi Saribek Yangiboyevlar ham bunday köpriklar, yöllar qurilişi inson qadrini uluğlaş, ularning oğirini yengil qiliş uçun yaratilganini taʼkidladilar. Tantanaga yiğilganlar huzurida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, bekobodlik taniqli şoir Aşurali Boymurod şu quvonçli sanaga bağişlab yozgan quyidagi şeʼrini öqidi:

 

Sirning qoq ustiga qöyilgan köprik,

Köngilga qurilgan ulkan riştadir.

Bu çindan jasorat, emasdir ötrik,

Balki, bu möʼjiza, balki tuşdadir.

 

Bobolar azaldan köpriklar qurgan,

Yaratmoq tiklagan elning qaddini.

Hatto jilovlagan, daryoni burgan,

Şodlikka ulagan xalqning dardini.

 

Farhodu Şirinlar uçraşar qayta,

Zamon yaqinlatdi olis manzilni.

Men esa, azizim, şeʼr ayta-ayta

Kaşf etdim özimga otaşin dilni.

 

Aslo tinim bilmas Yurtning Sarvari,

Öz xalqin duosin olib işlaydi.

Har yerda kerakdir köngil zargari,

Yurtni öylaganlar ğolib böladi!

 

Muhabbat manzilin etgaymiz bunyod,

Şamol esaverar Şiringa qarab.

Farhodlar yurtida köngil böldi şod,

Baxtliman, turibman koringga yarab…

 

Köprik va yöllar oçilişi xuddi bayram kabi tantanali keçdi. Minglab odamlarning quvonçi içiga siğmay ketdi.

Özbekiston ramzi bölgan bayroğimiz Bekobod şamolida şunday jozibali hilpirab turibdiki, uning zavqini his qiliş naqadar faraxbaxş edi…

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan