Grant mablağlari ezgulikka xizmat qilmoqda
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2024 yil 26 avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oşiriş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Farmonda davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada oşiriş hamda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy va gumanitar sohalarni rivojlantirişda ularning salohiyatidan tölaqonli foydalaniş, jamiyat manfaatlari va aholining haqiqiy ehtiyojlarini közlagan, joylarda saqlanib qolayotgan dolzarb muammolarni hal etişga qaratilgan taşabbuslarni röyobga çiqarişga kömaklaşiş fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning asosiy yönalişlari sifatida belgilangan edi. Şuningdek, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari örtasida özaro manfaatli ijtimoiy şeriklikni rivojlantiriş, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat va jamiyat hayotining barça sohalarini rivojlantirişga kömaklaşiş yölida taʼsirçan jamoatçilik nazorati olib borilişini rağbatlantiriş ustuvor vazifalardan biri sifatida körsatilgan. Şu bois ham Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan eʼlon qilinayotgan grant tanlovlarida aholi bandligini taʼminlaş, soğliqni saqlaş, taʼlim va tarbiya, madaniyat, sport, sanitar-gigiyena, soğlom turmuş tarzi, atrof-muhitni muhofaza qiliş, korrupsiyaga qarşi kuraş kabi muhim yönalişlar qamrab olinmoqda.
Farmon ijrosi böyiça Namangan viloyatida ham keng kölamli işlar qilinyapti. Viloyat böyiça Jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan 7 ta tanlovga 32 ta, hududiy bölim tomonidan eʼlon qilingan 4 ta tanlovga esa 17 ta loyiha taqdim etilgan. Jami 49 ta loyihadan 12 tasi ğolib deb topildi.
Joriy yildagi grant tanlovida bitta loyiha 200 million sömgaça moliyalaştirildi. Bu mahalliy taşabbuslar uçun yetarli iqtisodiy poydevor yaratadi. Ğolib deb topilgan loyihalarni moliyalaştiriş uçun jami 1 milliard 230 million söm mablağ yönaltirilgan. Bu mahalliy muammolarni joyida hal etişda muhim omildir.
— Grant sohiblarining loyihalari bilan tanişar ekanmiz, aksariyati olis qişloqlarda tibbiyot tizimini takomillaştiriş, oğir xastaliklardan ozor çekayotgan ehtiyojmand kişilarga moliyaviy kömak berişga yönaltirilganini körib, soğliqni saqlaş tizimida hal etilişi kutilayotgan muammolar töplanib qolganiga amin bölamiz, — deydi Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi viloyat bölimi direktori Dilmurod Neʼmatov. — Birgina Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Namangan viloyati bölimi hududlardagi olti nafar, şu jumladan, Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvçi tört bemorning jarrohlik amaliyotlari ötkazilişida yaqindan kömaklaşmoqda. Xususan, “Zamondoş” mahallasi, Yangi avlod köçasi, 48-uyda yaşab kelayotgan Sojida Akramovaga suyak yemirilişi kasalligi böyiça davolaş va endoprotez qöyiş jarrohlik amaliyoti ötaşida yordam beriş közda tutilgan edi. Bemor jarrohlik stoliga yotişi uçun zarur bölgan mablağlar grant loyihasi doirasida ajratib berildi.
— Kasallik boşlanganda tuşkunlikka tuşib qoldim. Negaki operatsiya xarajatlari, unga kerak böladigan endoprotez, qolaversa, muolaja uçun dori-darmon va şifoxona tibbiy xizmatini tölaşga pulimiz yetmasdi. Şuning uçun tuman hokimligiga yöllagan murojaatim besamar ketmadi, “Mahalla” fondi xodimlari yöqlab kelişdi. Tibbiy körikdan ötkazib, operatsiyaga zarur barça çoralarni körişdi. Viloyat şifoxonasi travmatologiya bölimida malakali jarrohlik amaliyotini boşdan keçirdim. Jamoat fondiga, loyiha ijroçilari hamda qöli yengil şifokorlarga rahmat. Hozir özimni yengil his qilyapman, — deya faxr tuyğularini izhor etadi Sojida Akramova.
Samiyusuf Qahharov ham Kosonsoyning “Gurmiron” mahallasida yaşaydi. U viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi tavsiyasiga asosan tibbiy körikdan ötkazilgaç, Toşkent şahridagi “Medical Center Chinor” MÇJda plastik jarrohlik amaliyoti uçun yotqizildi. Hozirgi kunda u oila bağriga qaytgan.
Uluğbek Majidov ham kosonsoylik. Namangan şahridagi “Andrologiya-N” MÇJda urologiya jarrohlik amaliyoti ötkazilgandan söng u köp yillardan buyon ozor berayotgan darddan batamom qutulgan.
— Farzandim tuğma buyrak nuqsoni bilan tuğilganligi uçun salomatligida muammolari bor edi. Voyaga yetgan sari taşvişimiz ham ortib bordi. Tibbiyot muassasalariga murojaat qildik, lekin jarrohlik amaliyoti zarurligi va moliyaviy muammolar sababli davolanişga imkoniyat bölmayotgan edi, — deydi uning onasi Xosiyatjon Azimova. — Soğayişiga sababçi bölgan Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondiga, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bölimi, viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi va Namangan şahridagi “Andrologiya-N” MÇJga, ayniqsa, grant sohibiga katta rahmat aytaman.
Çortoq tumani “Oqterak” mahallasida ijtimoiy kömakka muhtoj aholini soğlomlaştirişga kömaklaşiş” yönalişidagi loyihaga asosan bir qator işlar qilindi. Usmon Nosir nomli köçaning 44-uyida yaşab kelayotgan Abdumalik Sobirjonov 2021 yili avtohalokatga uçraganidan buyon töşakka mixlanib qolgan ekan. Jarrohlik amaliyotidan söng qayta hayotga qaytgandek böldi.
Jamoat fondining moliyaviy kömagi asosida “Yangiqörğon tumani, Qorapolvon mahallasidagi oilaviy şifokorlik punkti xizmat sifatini yaxşilaşga kömaklaşiş” nomli grant loyihasi ham muvaffaqiyatli bajarilgani eʼtiborga molik. Qisqa vaqt mobaynida tibbiyot punkti zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi. Natijada xizmat körsatiş madaniyati va qamrovi oşdi.
Viloyat “Qalb mehri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qöllab-quvvatlaş markazi “Yuksaliş sari yuksalamiz” nomli loyiha ustida faol işladi. Belgilangan davr mobaynida Davlatobod tumanidagi “Yuksaliş”, “Tadbirkor”, “Elobod”, “Davlatobod”, “Umid” mahallalari hududiga zamonaviy maxsus çiqindi qutilari joylaştirildi. “Tadbirkor” mahallasidagi köp qavatli uylarda yaşovçi aholi esa çiqindi taşlanadigan maxsus konteynerlar bilan taʼminlandi.
Nogironlar jamiyatining Yangiqörğon tumani bölinmasi loyihasida Salmon mahalla yoşlari uçun çet tillarini örganiş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş imkonini yaratiş maqsad qilingan edi. Uni röyobga çiqariş uçun hududdagi qarovsiz qolgan bino taʼmirlanib, zamonaviy körinişga keltirildi. Yoşlar uçun şinam va zamonaviy bilim maskani vujudga kelganidan butun mahalla ahli minnatdor.
Uyçi tumanidagi “Hurriyat”, “Beruniy”, “Boğ” mahallalarining infratuzilmasini yaxşilaşga kömaklaşiş” loyihasi doirasida tungi yoritiş çiroqlari, nazorat kameralari, çiqindi qutilari va köçma svetofor örnatiş işlari amalga oşirildi. Buning uçun 30,2 million sömlik 131 ta yoritiş çiroği, 47,3 million sömlik 32 ta çiqindi qutisi örnatilgan. Qiymati 36,0 million sömlik 30 ta kuzatuv kamerasi xarid qilib olindi. Boğ mahallasining “Savdogar”, “Ufq” köçalariga 11 ta yoritiş çiroği örnatildi.
Boyağon mahallasi ham Uyçi tumanida. Mahallaning infratuzilmasini yaxşilaşga kömaklaşiş böyiça loyiha doirasida tungi yoritiş çiroqlari, nazorat kameralari, çiqindi qutilari va köçma svetofor örnatiş işlari amalga oşirildi. 34-maktab hududida öquvçilar xavfsizligini taʼminlaş maqsadida köçma svetofor hamda Amir Temur nomli köçaga 2 ta çiqindi qutisi, 2 dona kuzatuv kamerasi, 4 ta yoritiş çiroği örnatildi.
Prezident farmoniga köra, Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi grantlar uçun ajratayotgan mablağlar aholi turmuş farovonligini yanada oşirişga tösiq bölayotgan muammolarni hal etişga yönaltirilmoqda. Bu esa minglab aholining oğirini yengil qilişda, ularning neça yillardan buyon azoblab kelayotgan dardlardan xalos bölişlarida muhim omildir.
Qosimjon AKBAROV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
