Maʼrifat çinori
Saidahmad Hasanxöja öğli Siddiqiy-Ajziy nega uyini sotib maktab qurgan edi?
Qadim Samarqand zaminida ne-ne uluğlar, allomalarning tabarruk izlari bor. Bugun biz ularning nomini maʼrifat çinorlari, millatimiz uluğlari sifatida yod etamiz. Ana şunday fidoyilardan biri — buyuk maʼrifatparvar alloma Saidahmad Hasanxöja öğli Siddiqiy-Ajziydir.
U uyini sotib, maktab qurgan edi…
Viloyatning Jomboy tumanidagi Halvoyi mahallasida joylaşgan 19-maktabda bir eskiroq bino bor. Manbalarda keltirilişiça, bu binoni maktab sifatida maʼrifatparvar alloma öz uyini sotib qurdirgan ekan.
U kişi 1864 yili şu qişloqda kambağal oilada tuğilgan.
Bolaligida erta yetim qolganiga qaramay Siddiqiy-Ajziy eski maktabda öqişni davom ettirgan. Uni, asosan, bobosi va xolasi tarbiyalagan. Keyinçalik Saidahmad soatsozlar bilan işladi. Biroz kamolotga kelib, Buxoroga katta madrasaga öqişga boradi. Oradan uç yil ötgaç, Ajziy moddiy qiyinçiliklar tufayli Buxoro madrasasida öqişni töxtatib, turli joylarda, jumladan, qozida kotib bölib işladi.
1901 yilda Siddiqiy otasidan meros qolgan uy-joy va yerni sotib, olingan daromad hisobiga öz qişloğida maktab quradi va Makkaga, muqaddas Hajga jönab ketadi.
Siddiqiy haj ziyoratini ado etib bölgaç, sayohat qilişni boşlab, Arabiston yarim orolining mamlakatlari, Turkiya, Iroq, Eron, Afğoniston, Kavkaz, Rossiya imperiyasining şaharlari, jumladan, Boku, Tiflis, Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorodda böldi.
1900 yilda u Jidda şahrida (Saudiya Arabistoni) Rossiya imperiyasining elçixonasida tarjimon bölib işlagan. U nafaqat pedagog, balki huquqşunos, yozuvçi, öqituvçi, tarjimon böliş bilan birga, özbek, arab, fors va turk tillarini yaxşi bilgan.
Ajziy sayohatlari davomida Bokuda Kavkaz jadidlari bilan uçraşadi. Vatanga qaytgaç, u yana bir jadidçi Ishoqxon Ibrat bilan Samarqanddan unça uzoq bölmagan özi tuğilib ösgan Halvoyi qişloğida özining mablağiga yangiça taʼlim uslubidagi maktab taşkil etadi. U asos solgan maktab bugungi kungaça saqlanib qolgan.
“Millatni faqat ilm, maʼrifatgina qutqaradi…”
Ajziy “Mayna”, “Ginagina”, “Şaşpar”, “Gumnom”, “Olmos” kabi turli taxalluslar bilan hajviy asarlar ham yozgan. Mustabid şöro hokimiyati tizimida röy berayotgan özgarişlar unga yoqmas, Saidahmad öz xalqining kelajagi haqida qayğurardi.
Şu boisdan ham ham S.Ajziy ota hovlisini sotib, uning puliga qişloqda yangi tipdagi maktab qurdi. Maʼrifatparvar tomonidan 1903 yilda Halvoyi qişloğida bunyod etilgan yangi tipdagi maktab bugun ham mavjud.
— Samarqandda yagona bölgan bu maktabni köriş uçun Turkistonning turli hududlaridan odamlar kela boşladi, — deydi Ajziy ijodining tadqiqotçisi Sirojiddin Xöjaqulov. — Yoruğ, keng xona. Gilam örniga qöyilgan partalar, bu yerda muayyan öquv dasturi böyiça darslar olib borilişi, umumiy, milliy geografiya, tarix, matematika, geometriya, tabiatşunoslik fanlarini örgatiş, körgazmali qurollardan keng foydalaniş köpçilikni lol qoldirdi.
Din mutaassiblari va ulamolar köz oldida, mavjud tuzumning qoidalariga zid ravişda öşa davrda bunday ziyo maskanini quriş favqulodda katta jasorat edi. S.Ajziyning fikriça, millatni jaholat botqoğidan faqat ilm, maʼrifatgina qutqara olişi mumkin edi.
Şubha yöqki, bu maktab nafaqat savod, balki huquqşunoslikka örgatiş maskani ham bölgan.
1916 yilda butun Samarqandni larzaga keltirgan Dahbed qözğolonining köplab iştirokçilari aynan Siddiqiy maktabida öqigan, deyişga asos bor. Çunki Dahbed mavzesi bu yerdan atigi 10 çaqirim uzoqlikda joylaşgan.
Ayrim mutaxassislarning aytişiça, Ajziy maktabi taʼlimotining nafaqat Dahbed bilan, balki maşhur Jizzax qözğoloni bilan ham maʼlum darajada aloqasi bor.
Samarqand Adliya komissari lavozimida…
Ajziy 1916-1917 yillarda Birinçi jahon uruşining ğayriinsoniy mohiyatini oçib bergan, çor hukumatining millatçilik, bosqinçilik siyosatini qörqmasdan foş etgan turkistonlik ziyolilardan biri bölgani yaxşi maʼlum.
Ajziyning 1917 yilda “Hurriyat” gazetasida eʼlon qilingan “Ajoyib söz” va “Qayoqqa ketyapmiz?” nomli maqolalari fikrimizning yorqin dalilidir.
— Siddiqiy öşa davrda yirik maʼrifatparvar, jadid sifatida davriy naşrlarda faol qatnaşgan, — deydi filologiya fanlari doktori, Samarqand davlat universiteti professori Mahkamoy Tursunova. — Qozon, Orenburg, Kavkazdagi gazeta va jurnallar sahifalarida uning Vatanga, fan-maʼrifat taraqqiyotiga bağişlangan önlab maqolalari çop etilgan. Maʼrifatparvar olim 1917 yilgi fevral inqilobidan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayotda bevosita faol iştirok etdi. 1918-1921 yillarda u Samarqandda viloyat adliya komissari lavozimida işlagan.
1922 yilda u barça davlat lavozimlarini rad etdi va maktab öqituvçisi sifatida avvalgi işiga qaytdi.
Keyinçalik “Maşrab” va “Mulla Muşfiq” satirik jurnallari, özbek va tojik tillarida “Zarafşon” gazetasini taʼsis etişda faol qatnaşdi. 1920 yillarda Ajziy respublika maorif va madaniyatining asosiy namoyandalaridan biriga aylandi.
1917 yil fevral inqilobidan keyin Ajziy xalq harakatida qatnaşa boşladi. 1918-1921 yillarda Samarqand viloyati adliya komissari bölib işladi.
1926 yilning qişida Ajziy qattiq kasal bölib, tez orada 1927 yilning iyulida Samarqandda vafot etadi.
Maʼrifatparvar dunyo bilan hamnafas yaşaşga çaqirdi
Milliy uyğoniş davrining mutafakkir, donişmandlari singari Ajziy ham adabiyotning asosiy vazifasi ommani tarbiyalaş, ularning huquqlarini ifoda etiş deb bilgan. U öz millati ahvolini tuşunişga va dunyo bilan hamnafas yaşaşga undadi.
— Siddiqiy-Ajziy özbek, tojik, fors, arab, turk va ozarbayjon tillarini yaxşi bilgan, birozdan keyin rus tilini ham mukammal örgangan, — deydi filologiya fanlari doktori, Samarqand davlat universiteti professori Dilorom Salohiy. — Bundan taşqari, Ajziy qator buyuk yozuvçi va şoirlarning asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan. Xususan, 1908-1910 yillarda Lev Tolstoy asarlari, Ivan Krilov ertaklari, Nikolay Gogolning “Şinel” qissasini özbek va tojik tillariga ögirgan. Şuningdek, Siddiqiy-Ajziy Örta Osiyo maktablari uçun maxsus darsliklar ham yozgan. 1880 yillarda esa u şeʼr yozişni boşladi.
Ajziyning 10 ga yaqin kitoblari, jumladan, “Ayn ul-adab” — (“Odob çaşmasi”), “Ganjinai hikmat” (“Hikmat xazinasi”), “Mirʼoti ibrat” — (“Ibrat oynasi”), “Anjumani arvoh” — “Arvohlar yiğini” kabi şeʼriy töplamlari, dostonlari naşr etilgan.
Ajziyning köplab hikoyalari, şeʼrlari turk, ozarbayjon, fors va boşqa tillarga tarjima qilingan. Muallif öz asarlarida insonlarni maʼnaviy kamolotga daʼvat qildi, Buxoro amirligidagi eski tuzumni, şöro siyosatini jiddiy tanqid qildi.
Ovçi, töquvçi va usta…
Ajziyning zamondoşlari uning ulkan isteʼdodi va ilm oliş qobiliyatini alohida taʼkidlaydilar.
Xususan, maşhur pedagog Vadud Mahmud şunday yozadi:
“Ulkan isteʼdod egasi bölgan Ajziy köp hunar ustasi. Masalan, Siddiqiy yaxşi texnik. U soatlar va maşinalarni taʼmirlaşni juda yaxşi biladi. Bundan taşqari, u yaxşi töquvçi va tikuvçi hamdir. U uzoq yillar şu hunar bilan yaşadi. Şuningdek, Ajziy yaxşi ovçi, musiqani ham juda yaxşi biladi”.
1914 yilda S.Ajziy Samarqandda “Zarafşon” kitob dökonini oçdi va turli tarixiy davrlarga oid fors, tojik, özbek, turk, rus va boşqa tillarda yozilgan kitoblar savdosini yölga qöydi.
Jomboydagi 19-maktabda alloma hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvçi muzey taşkil etilgan.
— Siddiqiy-Ajziy otasidan qolgan hovli va boğni sotib, pişiq ğiştdan zamonaviy maktab qurganligi va bu maktabning dovruği Markaziy Osiyo böylab keng tarqalganligi yaxşi maʼlum, — dedi Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Farmon Toşev. — Mana fidoyilik, mana millat va uning kelajagi uçun qayğuriş! Şu gapdan söng özimga özim savol berib kördim. Siddiqiy-Ajziy juda qiyin zamonda yurtning kelajagini öylab, juda katta işlar qilgan ekan. Xöş, biz-çi, biz nima qilyapmiz? Yurtimiz tinç, ustimiz but, qornimiz töq. Xudoga şukr, pulimiz, boyligimiz ham yetarli. Ammo maktab taʼlimimiz hamon muammolardan töliq qutula olgani yöq. Baʼzi bir öqituvçilarimiz öz ustida işlab, bilimini oşirmaydi. Farzandlarimizni falon mingdan sarflab repetitorning qöliga beramiz. Nega şunday-a? Negaki biz Ajziy kabi allomalarimizning hayotini, faoliyatini töliq bilmaymiz. Ularning işlari özimiz uçun kerakligini tuşunmayapmiz. Juda öziga töq katta sarmoyadorlar-çi, ular qayerda?
“Ilm-fan, til, davlat va qonun millat kelajagini belgilaydi. Mana şu törtta narsaga erişmagan millat halokatga mahkumdir” degan fikrni Ajziy doimo ilgari surib yaşadi. Maorif sohasidagi faolligi uçun unga 1926 yilda birinçilardan bölib “Özbekistonda xizmat körsatgan öqituvçi” faxriy unvonini berişgan.
1 250 yillik çinor
Halvoyi mahallasida bir çinor bor. U 2012 yil 4 aprel kuni tabiat yodgorligi sifatida röyxatga olingan va daraxt atrofi obod etilib, sayyohlik maskaniga aylantirilgan. Bugungi kunda çinor soyasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etib turiladi.
— Jomboyda yaşab ijod qilgan buyuk allomalar, jumladan, maʼrifatparvar olim, jadidçilik harakatining namoyandalaridan biri Saidahmad Siddiqiy-Ajziy ham uşbu çinor ostida maʼrifat keçalarini taşkil etgan, — dedi tuman “Jomboy tongi” gazetasi muharriri, şoir Isomiddin Pölatov. — Çinor ekilganiga 1 250 yildan kam emasligi töğrisida olimlar tomonidan xulosa berilgan.
Mening nazarimga esa bu çinor S.Ajziydek buyuklar kabi maʼnaviyat, maʼrifat daraxti bölib körindi.
1989 yilda Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU), Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Samarqand viloyati hokimligi taşabbusi bilan Siddiqiy-Ajziy tavalludining 125 yilligi keng nişonlangan edi.
1999 yilda “Maʼnaviyat” naşriyotida şoir, ustoz va pedagogning “Tanlangan asarlar”i naşr etilgan.
Yor MUHAMMAD.
