Xalqimizni hur va ozod köriş istagida yaşagan buyuk siymo
Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Davlat akademik katta teatrida Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bağişlangan adabiy-badiiy keça bölib ötdi
Tantanali tadbirda dastlab “Mahmudxöja Behbudiy: haq olinur, berilmas” nomli hujjatli film namoyiş etildi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid yangi Özbekiston taraqqiyotga yuz tutgan bugungi masʼuliyatli jarayonlarda Mahmudxöja Behbudiy merosini örganiş masalasiga katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Bu borada Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2024 yil 27 dekabr kuni qabul qilgan “Turkiston jadidlik harakatining asosçisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noşir va pedagog Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori maʼrifatparvar bobomiz maʼnaviy merosini örganişda yangi bosqiçni boşlab berdi.
– Mahmudxöja Behbudiy – Turkiston xalqini hur va ozod köriş istagida yaşagan, şunday ezgu maqsad yölida jonini fido qilgan, jasorat timsoliga aylangan ölmas siymo, – dedi Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid. – Uyuşma tomonidan uning asarlarini çop etiş borasida tizimli işlar olib borildi.
Mamlakatimizning barça hududlarida jadidçilik harakatining yorqin namoyandasi hayot yöli, faoliyatiga bağişlangan adabiy suhbatlar, anjumanlar ötkazildi.
Badiiy körgazmalar taşkil etildi. Teatr sanʼati böyiça dramaturglarning eng yaxşi asarlarini rağbatlantiriş maqsadida Mahmudxöja Behbudiy nomidagi mukofot taʼsis etildi.
Bularning barçasi uluğ alloma, davlat va jamoat arbobi Behbudiy merosini kengroq örganiş imkonini beradi.
Adabiy tadbirda TURKSOY taşkiloti boş kotibi Sulton Rayev, bir qator turkiy davlatlar adabiyotşunos olimlarining Mahmudxöja Behbudiy ijodiy merosiga doir fikrlari videoaloqa orqali iştirokçilar eʼtiboriga havola etildi.
Şu bilan birga, anjumanda adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi ilmiy işlar böyiça prorektori, professor, siyosatşunos olim Ergaş Daminovning Mahmudxöja Behbudiy ijodiy merosi, otaşin faoliyati haqidagi maʼruzalari tinglandi.
Yozuvçilar uyuşmasi yoş ijodkorlari tomonidan Mahmudxöja Behbudiyning navqiron avlodga vasiyatlari öqildi. Maʼrifatparvar bobomiz faoliyatiga oid spektakldan taʼsirçan lavhalar namoyiş etildi.
Milliy mumtoz kuy-qöşiqlar, teatrlaştirilgan lavhalar keçaga özgaça ruh bağişladi.
Jadidçilik harakati yetakçisining 150 yillik tavalludi sanasiga bağişlangan adabiy tadbirlar mamlakatimiz böylab davom etmoqda.
Nazokat USMONOVA,
ÖzA muxbiri.
