Uluğ sulton başorati
yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haqidagi haqiqatlar
1217 yilda Muhammad Xorazmşoh davlatning içki işlari va saroy hayotida ayrim özgarişlarni amalga oşiradi. U saltanati hududidagi ölkalarni öğillariga bölib beradi.
Xorazm, Xuroson, Mozandaronni boşqariş huquqini Qutbiddin Özloqşohga beradi. Şu bilan birga uni öziga valiahd (taxt vorisi) qilib tayinlaydi. Qutbiddin Özloqşohning ikki akasi – Jaloliddin Manguberdi (asli Mengburniy – burnida xoli bor odam degan mazmunni bildiradi) va Rukniddin Ğursanjtiydan (Ğurlar mamlakati Xorazmşohlar tomonidan mağlub qilinişi evaziga şunday laqab berilgan) oldin taxt vorisi qilib belgilanişi Turkon Xotunning buyruği va Xorazmşohning unga böysunişi oqibatida amalga oşirilgan edi.
Çingizxon boşçiligida möğullar Xorazmşohlar davlatiga qarşi 1219 yilning yozida yuriş boşlaydi. Ular dastlab Ötror, Jand, Barçinliğkent, Buxoro şaharlarini egallaydi. Keyin Samarqand, Banokent, Qanqa, Xöjand şaharlari va Farğona vodiysini bosib oladi. Xorazm 1221 yilda 6 oylik qamaldan söng qölga kiritiladi. Xorazmşoh möğullarga qarşi uruşda maydonda jang usulini emas, şaharlarni mudofaa qiliş usulini tanlaydi. Qöşinlarini şaharlarni mudofaa qiliş uçun bölib taşlaydi. Oqibatda Olovuddin Muhammad tomonidan qöllanilgan bu notöğri jang usuli möğullarga qöl keladi va ular Xorazmşohlar davlatini mağlub etadi.
Xorazmşoh möğullar taʼqibidan qutuliş uçun Kaspiy dengizidagi Aşur Oda oroliga borib jon saqlaydi. Orolga borgaç, kasallikka çalinib vafot etadi. Vafotidan oldin atrofidagi 70 ta saroy aʼyonlarini, farzandlari Özloqşoh va Oqşohni huzuriga çaqirib, belidagi sultonlik kamarini katta öğli Jaloliddinga taqib, uni taxt vorisi, Xorazm hukmdori deb eʼlon qiladi. Ammo Jaloliddin taxt vorisi sifatida tayinlanib Xorazmga kelganidan keyin Qipçoq beklari, laşkarboşilari uning hukmdorligini tan olmaydilar.
Tarixçilar Sulton Olovuddin Muhammadning 15 ta farzandi – 8 ta öğli, 7 ta qizi bor edi, deb maʼlumot beradilar. Sulton öğillarining taqdiri fojiali keçdi. Ulardan faqat Jaloliddin Manguberdi va Ğiyosiddin Pirşoh möğullar qiliçidan omon qoladilar.
“Suvdan namlik, olovdan issiqlik çiqişiga ajablanilmaganidek, quyoş nurlari osmonni qoplaşi ham taajjublantiradigan hol emas. Nurning qoronğilik vositasida yorqin porlaşi ham tabiiy jarayon. Yurtga, xalqqa muhabbat, mardlik, bosqinçilarga qarşi beayov kuraş kabi uluğvor xislatlar öşa davr uçun hayotiy zaruratga aylangandi. Heç kim amalga oşirolmagan bu hayotiy zaruratni Sulton Jaloliddin yuzaga çiqardi. Uning buyukligi ham şunda!”
Taqiuddin Ahmad
al-Makriziy,
muarrix
Xorazmşohning farzandlari orasida eng suyuklisi va uning işonçini qozongani Jaloliddin Manguberdi edi. Tarixiy bitiklarda uning bolalik, yoşlik davrlari haqida maʼlumotlar kam uçraydi. Faqat Otamalik Juvayniy “Tarixi Jahonguşo” asarida bir örinda uning yoşlik davriga eʼtibor qaratib: “Sulton Muhammadning öğillari orasida yoş jihatdan kattasi, jasorat va bilim jihatidan ustuni, saltanat toji va ilohiyot çiroğining nuri Sulton Jaloliddin edi”, deb yozadi. Bu qisqagina maʼlumot Jaloliddinning yoşlikdan qanday şaxs bölib voyaga yetganini körsatadi. Inson jasorat bobida ustun bölişi uçun nafaqat jismoniy jihatdan baquvvat, kuçli, qudratli bölişi kerak, balki ana şu jismoniy qudratni atrofidagi odamlarning, xalqning, yurtning istiqboli, yaxşiliklar yölida sarflay olişi, har qanday qiyinçiliklarni yengib ötişga özida kuç topişi, mulohaza bilan, matonat bilan iş yuritişi, har qanday oğir şaroitda ham adolatni qaror toptirişga intilişi, insonlarni turli maşaqqatlardan xalos etişi, bir söz bilan aytganda, javonmardlikning yuksak namunasini namoyon etişi zarur. Jaloliddin yoşlikdan ana şunday asosda tarbiya topgan. U ota-onasi, yaqinlari, ukalari, atrofidagi odamlarga hurmat-ehtiromi yuksak, xalq, yurt, Vatan uçun qalbini bağişlaşga tayyor fidoyi şaxs sifatida voyaga yetgan.
Şu bilan birga muarrix uning bilim borasida ham yuksakligini eʼtirof etadi. Bilim borasidagi ustuvorlik uning alohida iqtidorini, qobiliyatini körsatadi. Demak, u yoşligidan yo Xorazmşohlar saroyida, yo Gurganj madrasalaridan birida yetuk darajada taʼlim olganligi maʼlum böladi. Zero, insonning mardligi va jasorati asosida yetuk tarbiya va yuksak bilim yotadi. Jaloliddin qalbiga yoşligidan ana şunday ruh singdirilgan.
Otamalik Juvayniy uni yana saltanat toji, deb ham uluğlaydi. Albatta, yuksak bilimga, aql-zakovatga, yetuk tarbiyaga ega bölgan va mardlik, matonatda tengsiz inson, agar u hukmdor farzandi bölsa, saltanat tojiga aylanişi şubhasiz. Ammo bunday şaxslar hamma vaqt ham saltanat tojiga aylanavermagan. Jaloliddin esa yoşligidan boşlab saltanat yuritiş, davlat boşqariş işlarini yaxşi bilgan. Şu sababli Xorazmşohlar davlatida undan boşqa saltanat tojini kiyişga loyiq şahzoda bölmagan. Lekin uning bu tojni kiyişi osonlik bilan keçmadi. U mamlakat parokanda bölganidan keyin möğullarga qarşi kuraşib, yangi davlat barpo etdi. Şundan keyin unga toj kiyiş nasib qildi.
Muarrix Jaloliddinni taʼriflaganda yuqoridagilardan taşqari yana bir iborani işlatadi. “Ilohiyot çiroğining nuri”. Har qanday inson ilohiyot çiroğining nuriga aylanişi uçun islom dinini, uning aqoidlarini, islomning ilmiy asoslarini, uning botiniy va zohiriy manbalarini, madaniyati va tarixini yaxşi bilişi talab etiladi. Demak, yuqoridagi fikrdan Jaloliddinning ham diniy maʼlumotdan, islomiy ilmdan yaxşi xabardorligi anglaşiladi. Dunyoviy va islomiy ilmni yaxşi biliş, insoniy yetuklik, mardlik, matonat, hayot murakkabliklarini anglaş iqtidori, saltanat boşqaruvidagi turfa nayranglardan xabardorlik, haqgöylik uni yoşligidan şaxs darajasiga kötargan edi.
“Jaloliddin Mengburniyni ğarb tarixçilari uluğ va qudratli ritsarga mengzaydilar. U, haqiqatan ham, şunday. Ayni paytda, u nafaqat Şarqning, musulmon olamining, balki butun insoniyatning buyuk ritsari hisoblanadi”.
Viktor Rozen,
fransuz
şarqşunosi
Muarrix yana yozadi: “Boşqa ukalarining vaqtiçoğlik qilişi va dunyo neʼmatlariga berilgan bölişiga qaramasdan Sulton Jaloliddin heç qaçon otasi yonidan ayrilmasdi, davlat işlarida unga yordam berardi”. Şu maʼlumotning öziyoq uning yoşligidan boşlab saltanat va uni boşqariş işlaridan xabardorligini körsatadi. Boşqalar kabi vaqtini öyin-kulgi, ayş-işratga emas, jiddiy işlarga qaratganligi uning hayotni erta anglab yetganligini, qalban yetukligini namoyon etadi. Uning otasi yonidan ayrilmasligining boşqa sababi ham bor edi. Saroyda Jaloliddinni Turkon Xotun boşçiligidagi guruh xuşlamas va uni saltanat bilan boğliq işlardan çetlatişga urinardi. Olovuddin Muhammad Jaloliddinni yonida olib yurar ekan, öziga yaxşi, işonçli yordamçi topiş bilan birga uni onasi Turkon Xotun xurujlaridan, saroydagi fisq-u fujurlardan ham saqlardi.
“Tarixi jahonguşo” muallifi yana bir örinda: “Aka-ukalar orasida mustahkam döstlik, mehr-oqibat riştalari va birdamlik bor edi”, deb yozadi. Bu maʼlumot bir qaraşda ğayritabiiydek tuyuladi. Negaki, hukmdor bolalari örtasida mustahkam döstlik, mehr-oqibat tuyğulari hamişa ham ustuvor bölavermaydi. Çunki otadan meros ötadigan taxt uçun kuraş ular örtasida goh zimdan, goh oşkora tarzda qarama-qarşiliklarni keltirib çiqargan. Bunday qarama-qarşiliklar natijasida baʼzan akalar ukalarning, baʼzan ukalar akalarning, ayrim hollarda esa farzandlar otalarning qotillariga aylanganlar. Tarix bunday voqealarga köp guvoh bölgan. Xorazmşoh farzandlari esa, muarrix yozganidek, özaro mehr-oqibatlari tufayli bunday yomonliklardan, xunrezliklardan saqlangan. Bu Jaloliddin timsolida yanada yorqinroq namoyon böladi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, 1217 yilda Xorazmşoh qöl ostida ölkalarni öğillariga bölib berganida taxtga vorislik, valiahdlik katta öğil Jaloliddinga emas, uning ukasi Özloqşohga nasib etadi. Bunday paytda suyukli öğil Jaloliddin otasidan arazlab yuz ögirişi, hatto unga muxoliflik yöliga ötişi, taxt uçun kuraş boşlaşi mumkin edi. Ammo u bunday yöl tutmaydi. Aksinça, bu voqealardan keyin aka-ukalar örtasidagi muruvvat riştalari qattiqroq boğlanadi, aka ukalariga mehribonlik körsatadi. Otasiga nisbatan esa sadoqat bilan xizmat qiladi. Izğir daryosi böyidagi möğullar bilan dastlabki jangda öng qanot qöşinga yetakçilik qiladi va möğullar ustiga taşlanib, nafaqat otasini ölimdan asrab qoladi, balki Xorazmşoh qöşinini yuz berişi mumkin bölgan mağlubiyatdan ham saqlab qoladi.
…Çingizxon va uning atrofidagilar Jaloliddinning bu xatti-harakatidan hayratga tuşadilar. Öşa davr tarixçilari Sind daryosi böyidagi jang bilan boğliq voqea xususida töxtalib, şunday deb yozadilar: “Çingizxon Jaloliddinni uzoq kuzatib turganidan söng yonida turgan öğillariga qarata: “Mana şunday öğli bor ota nihoyatda baxtlidir! U şunday qirğinbarot jang maydonidan va daryoning ölim girdobidan qutulib himoya qirğoğiga çiqa oldimi, demak, undan yana ham köp qahramonliklar kutiş mumkin va u boşimizga hali köp taşvişlar soladi!”
Bu Jaloliddinning kuç-qudratiga, har qanday şaroitda ham ölimga tik boqib, ğanimlariga boş egmasligiga, mardligiga, el-yurt ozodligi, baxti uçun kuraş yölidagi fidoyiligiga, uluğvorligiga berilgan baho edi. Bu eng aşaddiy duşmanining ham uning qahramonligini, jasurligini tan olişi va eʼtirof etişi edi. Bundan boşqaça bölişi mumkin ham emasdi. Çunki tört-beş oy içida son jihatdan ham, kuç jihatdan ham laşkarlaridan bir neça barobar ustun bölgan möğul qöşinlarini Nasa, Qandahor, Parvon, Valiyon, Gardiz şaharlari yaqinidagi janglarda mağlub etiş oson emasdi. Bunga mardligi bilan dong taratgan, jang rejasi, taktikasini yaxşi bilgan, muhorabada yangi usullarni işlab çiqqan Jaloliddingina erişa oldi. Öşa davr tarixçilari asarlarida bir holatni, yaʼni Çingizxon tirikligi paytida möğul qöşinlarini heç bir sarkarda laşkarlari bilan biror jangda mağlub eta olmaganini, bu işni faqat Jaloliddin Manguberdi amalga oşirganini, oltita jangda ketma-ket ğalabaga erişganini alohida ehtirom bilan bitadilar.
Haqiqatan ham, Sulton Jaloliddin öşa davrda möğullarga qarşi kuraş olib borganlar orasida mardlik, jasurlik, qahramonlik bobida tengsiz edi. Ayni paytda u adolatparvar, haqiqatgöy, insoniylikni uluğlaydigan, bu borada yetuklik darajasiga erişgan şaxs edi. Şuning uçun Şihobiddin Muhammad Nasaviy uning feʼl-atvori, xarakteri, şaxsi haqida töxtalar ekan, bunday taʼrif beradi: “U buğdoymağiz ranglik, örta böylik, turkiy qiyofalik va turkiyda gapiradigan odam edi, şu bilan birga forsiyda ham sözlaşa olardi. Uning mardligi, jasurligiga kelsak, janglardagi faoliyatini eslab ötişning özi kifoya qiladi. U şerlar orasida eng zör şer edi, qörqmas çavandoz, laşkarlar orasida eng botir edi. U köngli oçiq, muloyim odam edi, jahldor emasdi, haqoratomuz sözlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qöyardi, kam gapirardi. U haqgöylikni, adolatni uluğlardi. Ammo u yaşagan davrdagi ğalayonlar, alğov-dalğovlar feʼl-atvorini özgartirdi. U qöl ostidagi odamlarning oğir hayotini yengillaştirişni xohlardi, ammo u yaşagan davr qonunlari uni zulm qilişga majbur qilardi”.
“Xorazmşohlar davlati Jaloliddin Manguberdi timsolida Yevropani va uning asrlarga teng taraqqiyotini möğullar bosqini tufayli yuz beradigan tanazzuldan qoni va joni evaziga asrab qoldi”.
Sergey Tolstov,
rus olimi,
akademik
Sulton Jaloliddin yurt, Vatan uçun, xalq baxt-saodati uçun jangu jadallarda, hukmdorlik masnadida qança yuksak mavqega erişmasin, uluğlanmasin, odamlarning hurmat-ehtiromiga sazovor bölmasin, doimo kamtarlikni özi uçun asosiy tamoyil deb bilgan. Maqtançoqlik, özini körsatişga uriniş uning tabiatiga zid bölgan. Xorazmşohning munşiysi, umrining söngiga qadar deyarli u bilan birga bölgan Şihobiddin Muhammad an-Nasaviy “Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti” asarida unga xos bölgan bu xususiyat haqida şunday deb yozadi: “Sulton Hilotni egallaganidan keyin qöl ostidagi barça şaharlarga fathnoma yuboriş töğrisida farmoyiş berdi. Men fathnomada Jaloliddin muhrini (unvonlarini) uning otasi – Uluğ sulton unvonlari kabi bitiş haqida körsatma (bu körsatmani Nasaviyga vazir Şarafulmulk beradi) oldim. Uning otasining unvonlari quyidagi tarzda bitilardi: “Eng Uluğ sulton, Takişning öğli, Allohning yerdagi soyasi, Amir al-möʼminin qudratining yaqqol namunasi, sulton Abul Fath Muhammad”. Ammo Jaloliddin özining ismi-şarifi tagiga bitilgan bu unvonlarni rad qildi. Bu xususda norozilik bildirib şunday dedi: “Men ham qöşinlarim sonining köpligi va xazinamdagi boyligimning mölligi jihatdan Uluğ sultonning katta mamluklaridan biri darajasiga yetganimda, umuman, katta mavqega erişganimda yorliqlarga bitiladigan muhrimni uning unvonlari singari yozişga ruxsat etaman. Hozirça esa yöq!” Mening uyatdan tilim tanglayimga yopişib qoldi. Uning aytgan gaplari haq edi!”
Jaloliddin Xorazmşohning ilm ahllari, ulamolar bilan hamkorligi mustahkam bölganligi va ularga nisbatan talabçanligi xususida an-Nasaviy öz asarida şunday bir voqeani keltiradi: “Sulton 1225 yilning ramazon oyida Tabrizda turdi va röza tutdi. U saroyiga minbar örnattirdi va turli viloyatlardan bu yerga kelgan eng hurmatli öttizta ulamoni nomma-nom tanlab, vaʼz öqişga tayinladi. Ulardan har biri bir kundan vaʼz öqirdi, bu paytda Sulton minbar yaqinidagi taxtida ötirardi. U vaʼz öqiş asnosida haqiqatni aytganlarga minnatdorlik bildirar, aksinça, özini haddan oşiq maqtab, haqiqatni xaspöşlaydiganlarga tanbeh berardi. Sadriddin al-Aʼlaviy al-Maroğiy (u maşhur ulamo, jamoat arbobi bölgan, Qazvin şahri atrofidagi himoya devorini öz mablaği hisobiga qurdirgan) Sulton maqtoviga sazovor bölganlardan biri edi”.
Bu maʼlumot Jaloliddinning nafaqat allomalarga bölgan hurmat-eʼtibori, talabçanligini körsatadi, balki uning özining ham insoniylik jihatdan yetuk, zakiy şaxs bölganligini, adolat, haqiqat har qanday şaroitda uning çinakam maslagiga aylanganligini namoyon qiladi. Eʼtibor bering, tarixda maqtovga uçmagan, yolğonga aldanmagan va bu ikkisining oldida taltayib ketmagan, özligini yöqotmagan hukmdorlar kamdan-kam topiladi. Garçi maqtov va yolğonning umri qisqaligini bilsak ham, ular inson hayoti uçun çinakam bezak böla olmasligini anglasak ham, ularga mahliyo bölişdan özimizni tiya olmaymiz. Jaloliddin esa maqtov va yolğonlarga mahliyolikdan özini tiya olgan inson bölgan. Vaholanki, bu paytda u bor-yöği 26 yoşdagi hukmdor edi. Demak, şaxsning kamoloti, uning yetuklik darajasi yoş va mansab bilan boğliq emas ekan.
1231 yilda Jaloliddin ölimidan keyin möğullar Maroğani, Ozarbayjonni, Arronni, Fors Iroğini va boşqa köplab joylarni bosib oladilar. Odatlariga köra şaharlarni, qasabalarni vayron qiladilar, aholini qirğinga uçratib, ölkalarni talaydilar. Bu voqealarni öz közi bilan körgan Ibn al-Asir “Musulmon mamlakatlarining hukmdorlari orasidan birortasi möğullarga qarşi muqaddas uruş – jihod qilişga qodirini körmadim. Bunday istak ularning heç qaysisida yöq edi”, deb yozadi. Ibn Vosil esa voqealarni yanada aniqlaştirib, “Sultonning halokati musulmonlar mamlakatlarining möğullar tomonidan istilo qilinişiga sabab böldi va ularning islom davlatlari ustidan ğalabasi boşlandi”, deb xulosa çiqaradi. Sibt al-Javziy, Ibn Tagriberdi, Ayniy kabi tarixçilar asarlarida Jaloliddin ğanimlari, ayyubiy hukmdor Malik al-Aşrafga Sulton ölimi haqidagi xabarni xursandçilik bilan yetkazişganda uning aytgan sözlarini bunday deb keltirişadi: “Sizlar meni uning ölimi bilan qutlayapsizlarmi? Biroq endi sizlar buning samarasidan bahramand bölasizlar. Alloh nomi bilan qasam içib aytamanki, uning halokati möğullarning islom mamlakatlari yerlarini bosib olişlariga yöl oçib beradi. Endi Yaʼjuj va Maʼjuj bilan bizning örtamizda devor bölib turadigan Xorazmşohdek inson yöq”. Bu ayni haqiqat edi. Möğullar Jaloliddin ölimidan keyin Xurosonni, Fors Iroği, Irbil, Iroq, Ozarbayjon, Arron, Gruziya, Ayyubiylar davlatlari, Rum mamlakatlarini bosib oladilar. Hatto möğullar xizmatida bölgan Ismoiliylar davlati 1257 yilda butunlay yöq qilinadi. Bağdod xalifaligi esa 1258 yilda barham topadi. Va Jaloliddinning bu boradagi başorati töğri bölib çiqadi.
Xöş, sultonning başorati qanday edi?
…Xorazmşoh şundan keyin Ganjada 17 kun turadi. U şu kunlari möğullarga qarşi kuraşda hamkorlik qilişga vaʼda bergan va qasam içgan atrofdagi mamlakatlar, ölkalar hukmdorlariga maktub yozib, çoparlar, elçilar orqali jönatadi. Jaloliddinning çoparlar orqali jönatgan maktubi matni muarrix Raşididdinning asarida şunday keltiriladi: “Möğullarning bu galgi qöşinidagi laşkarlar avvalgilarga qaraganda bir neça barobar köp. Bu yerdagi mamlakatlarning laşkarlari esa ularga qarşi özlari kuraşişga qörqmoqdalar. Agar sizlar laşkarlar va qurol-aslahalar bilan yordam bermasangizlar, bu yerda ularga qarşi misoli devor kabi turadigan menga qiyin böladi. Men mağlub bölganimdan keyin esa sizlarda ularga qarşi kuraşiş imkoni qolmaydi. Özlaringizga, bolalaringizga va barça musulmonlarga rahm qilib, har biringiz bir guruh laşkarlarni 153 tuğingiz bilan birga yordamga yuboringlar. Zero, möğullarga bizning özaro kelişuvimiz haqida xabar yetsa, ular bundan oz bölsa-da, zarba oladilar. Ayni paytda, bizning laşkarlarimiz ham bu daldadan kuçga kiradilar. Agar bunda sal bölsa-da beparvolikka yöl qöyilsa, boşingizga nimalar tuşişini özlaringiz körasizlar…”
Jamşid Matyoqubov
