Gözal Turkiston

Abdulhamid ÇÖLPON

 

Gözal Turkiston, senga ne böldi?

Sahar vaqtida gullaring söldi.

Çamanlar barbod, quşlar ham faryod,

Hammasi mahzun, bölmasmi dil şod?

 

Bilmam, na uçun quşlar uçmas boqçalaringda?

 

Birligimizning tebranmas toği,

Umidimizning sönmas çiroği,

Birlaş, ey xalqim, kelgandir çoği,

Bezansin endi Turkiston boği.

 

Qözğal, xalqim, yetar şunça jabru jafolar.

 

Ol bayroğingni, qalbing uyğonsin,

Qullik, asorat – barçasi yonsin,

Qur yangi davlat, yovlar örtansin,

Ösib Turkiston, qaddin kötarsin!

 

Yayrat, yaşnat, öz Vataning gul boğlaringda.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan