Yangi Özbekiston va sunʼiy intellekt

raqamli transformatsiyadan mintaqa liderligi sari

2026 yil Özbekiston uçun sunʼiy intellekt (SI)ni rivojlantirişda tub buriliş yili bölişi mumkin. Bunday deyişga asoslar yetarliça. Sönggi yillarda davlat tomonidan SIni jamiyat hayotining turli sohalariga joriy qiliş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Hukumat bu borada öziga xos “yöl xaritasi”ni şakllantirib oldi. 2024 yilda esa soha rivojida navbatdagi muhim qadam taşlandi: “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi Prezident qarori imzolandi. Strategiya sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida milliy manfaatlarni inobatga olgan holda strategik ustuvor yönalişlarda loyihalarni amalga oşiriş, örta va uzoq muddatli, şu jumladan, ilmiy-texnikaviy rivojlaniş sohasidagi vazifalarni aniq körsatib berdi. Unda, jumladan, kelgusida SI asosidagi mahsulot va xizmatlar hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkaziş, davlat xizmatlari portalida SI asosidagi xizmatlar uluşini oşiriş, laboratoriyalar va yuqori quvvatli serverlarni köpaytiriş kabi katta maqsadlar belgilangan. Şuningdek, sohani tartibga soliş va rivojlantiriş maqsadida yana bir qator Prezident qarorlari, muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganini qayd etiş kerak. 2025 yilning 26 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasida ham sunʼiy intellekt mavzusiga katta eʼtibor qaratildi. Sunʼiy idrokni rivojlantirişga Davlat rahbari Murojaatnomasi darajasida berilayotgan yuksak eʼtibor mazkur texnologiya yurtimiz rivoji uçun qançalik muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Prezident Murojaatnomasi — bu faqat yillik hisobot emas, balki davlatning keyingi yil uçun belgilab olgan strategik vazifalarining muhim hujjati hamdir. 2026 yil böyiça rejalarning eng muhim körsatkiçlaridan biri — Prezident nutqida sunʼiy intellekt davlat siyosatining boşqa muhim masalalari qatorida, mavhum körinişdagi “kelajak texnologiyasi” sifatida emas, balki hisoblaş quvvatlari, milliy data-markazlar, tadqiqot laboratoriyalari, yirik investitsiyalar va turli tarmoqlarda amalga oşadigan real loyihalar körinişida tilga olingani böldi. Bunda “sunʼiy intellekt” sözi Murojaatnoma matnida 10 marotaba qöllanilganini alohida qayd etiş kerak. Mazkur fakt ham SI texnologiyalari davlatimizning texnologik siyosatida strategik rivojlaniş rejalarining asosiy maqsadlaridan biriga aylanganini körsatadi. Global texnologik raqobatning kundan-kun kuçayib borayotganiga, jahon siyosatida yuz berayotgan sönggi voqea-hodisalarga yaqindan nazar taşlagan kişi SI böyiça siyosatning naqadar töğri, öz vaqtida amalga oşirilayotganini tuşunib yetadi. Zero, dunyo siyosatida mamlakatlar örtasida tobora işonçsizlik hissi ortib borayotgan, global hamkorlikdan köra raqobat muhiti hukmron, texnologik taraqqiyot darajasi mamlakatlarning hayot-mamotiga aylangan bir paytda texnologik yuksaliş masalasiga eʼtibor har qanday davlat rivojida favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi. Özbekiston ayni mana şu jarayonlarni bugun teran anglab yetmoqda. SI şunçaki texnologiya emas, iqtisodiyotni harakatga keltiradigan, haqiqiy foyda olib keluvçi strategik resurs sifatida qaralmoqda. Fikrlarimiz Prezident Murojaatnomasida töliq öz tasdiğini topgan. Davlat rahbari öz nutqida xizmatlar sohasida “AT, sunʼiy intellekt, fintex” kabi katta daromad keltiradigan servislarni köpaytiriş iqtisodiyot hajmini oşiriş, uni kelgusi 5 yilda 240 milliard dollardan oşirişda muhim öringa ega ekanligini alohida taʼkidlagan edi.

Bugun sunʼiy idrok rivojiga bölgan katta eʼtiborning asosiy sababi şuki, sunʼiy intellekt endilikda “innovatsiyalar vitrinasi”dagi namunaviy loyiha emas, balki jamiyat hayotining muhim sohalarida amaliy natija berişi kerak bölgan davlat siyosati instrumentiga aylanmoqda. Endi texnologiya hayotimizning barça jabhalariga kirib borişi, rejalardan amaliy natijalarga ötişimiz kerak. Şunday ekan, 2026 yil Özbekistonda SI rivojida loyiha va amaliyot bir butunlikda, uzviy amalga oşirilişini taʼminlaş lozim.

Sönggi yillarda Özbekiston raqamli transformatsiya, ayniqsa, sunʼiy intellekt sohasida sezilarli yutuqlarga erişdi. Buni nufuzli xalqaro taşkilotlarning hisobotlari ham tasdiqlaydi. Xususan, Özbekiston sunʼiy intellektga tayyorgarlik xalqaro indeksida katta natija qayd etdi. Vatanimiz 2024 yilda mazkur indeksda 17 poğonaga yuqorilab, dunyo mamlakatlari orasida 70-örinni band qilgan edi. 2025 yilda esa yana 8 poğonaga yuqorilab, 62-örinni egalladi. Şuningdek, Özbekiston Jahon banki tomonidan tayyorlangan “Gov Tech Maturity Index 2025” (Hukumatning texnologik yetuklik indeksi)da davlat raqamli texnologiyalarining yetukligi eng yuqori bölgan mamlakatlarning A guruhiga kiritildi. Bunda mamlakatimiz azaldan raqamli davlat xizmatlari sohasida etalon bölib kelgan Janubiy Koreya, Avstraliya, Kanada, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari qatoridan joy oldi. Mazkur indeksda Özbekistonning eʼtirof etilişi oxirgi paytda davlat boşqaruvini raqamlaştirişda erişilgan sezilarli yutuqlarning amaliy natijasidir. Mamlakatimizda raqamli davlat xizmatlari, elektron hukumatni yanada rivojlantiriş, bu borada sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etiş böyiça işlar jadal davom ettirilmoqda.

Prezidentimizning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasida ham SI rivoji böyiça qator rejalar, katta maqsadlar eʼlon qilindi. Xususan:

2025 yilda AT, fintex, sunʼiy intellekt kabi yönalişlardagi mahalliy startaplarga xorijdan 270 million dollar investitsiya jalb qilingani, keyingi yildan boşlab “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap ğoyasidan eksportgaça kömaklaşadigan yangi tizim yölga qöyilişi maʼlum qilindi. Xususiy startap markazlarini taşkil etiş istagidagilar uçun Yoşlar jamğarmasidan beş yil muddatga 5 milliard sömgaça foizsiz ssuda berilişi, OTMlarning özida qoladigan mablağlarning 10 foizi ham inkubatsiya markazlarini rivojlantirişga yönaltirilişi eʼlon qilindi.

Davlat rahbari tomonidan 2026 yilda Toşkent şahri, Buxoro, Farğona va Toşkent viloyatlarida 4 ta “Data-markaz”, 2 ta superkompyuter va 15 ta oliygohda sunʼiy intellekt laboratoriyasi faoliyati yölga qöyilişi eʼlon qilingani SI rivojida ayni kutilayotgan muhim yangiliklar böldi. Sababi, bu qadamlar texnologiyaning mamlakatimizda tezkorlik bilan rivojlanişida muhim bölgan infratuzilma masalasini hal qilişga katta yordam beradi. SI laboratoriyasi esa tibbiyot, transport, qişloq xöjaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sunʼiy intellekt loyihalarini amalga oşirişga xizmat qiladi.

Prezident nutqida SI sohasida izlaniş olib borayotgan yoşlarni va ularning istiqbolli loyihalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida Raqamli texnologiyalar markazi taşkil etilişi, unga 200 million dollar mablağ ajratilişining eʼlon qilinişi soha rivojidagi muhim qadamlardan biri böldi, deb işonç bilan ayta olamiz.

Murojaatnomada, şuningdek, elektron hukumatni rivojlantiriş, odil sudlov jarayonini taşkil etiş kabi işlarda sunʼiy intellekt joriy etilişi eʼlon qilindi. Prezidentimiz maʼruzasida taʼkidlanganidek:

“2026 yildan boşlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi. Endi barça davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari; 5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari; 200 ta maʼlumot bazasi va axborot tizimi; 100 mingdan ziyod davlat xizmatçisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi. Platformaga kelib tuşgan murojaatlar, ularni ijroçilarga taqsimlaş va körib çiqiş muddatini nazorat qiliş sunʼiy intellekt orqali amalga oşiriladi”.

Murojaatnomada eʼlon qilingan sunʼiy intellekt bilan boğliq muhim yangiliklardan yana biri — odil sudlovni taşkil etişda SIni keng joriy etiş böldi. Davlatimiz rahbarining taʼkidlaşiça, tergovni raqamlaştiriş, jinoyat böyiça iş yuritiş jarayonlarida SI texnologiyalari joriy qilinib, inson omili qisqartiriladi. Şu bilan birga sud qarorlari ijrosini taʼminlaşda, majburiy ijro jarayoniga samarali muqobil mexanizmlarni kiritiş işlari doirasida sohaga sunʼiy intellekt joriy etilib, kelgusi ikki yilda ijro harakatlarining 30 foizi inson omilisiz amalga oşiriladi.

Sunʼiy intellektni rivojlantiriş böyiça Murojaatnomada eʼlon qilingan bunday muhim taşabbus va aniq rejalar şu örinda quyidagi xulosalarni qilişga imkon beradi:

Birinçidan, SI siyosati mavhum “konsepsiya” körinişidan amaliy harakatlar, aniq strategiyaga asoslangan institutsional siyosat darajasiga kötarilmoqda. Bahosi juda yuqori bölgan data-markazlar qurilişi va superkompyuterlar xarid qilinişi SIni real tarmoqlarga olib kiriş uçun asosiy tayanç resurs bölib xizmat qiladi.

Ikkinçidan, davlat SIni xizmatlar iqtisodiyotining yuqori daromadli segmenti sifatida körib, AT eksporti va startap ekotizimi masalasiga katta eʼtibor bermoqda.

Uçinçidan, SI endi oddiy AT texnologiya emas, sanoat 4.0, fintex, jamoat xavfsizligi, transport va hatto kosmik soha bilan kesişuvçi köp tarmoqli strategik texnologiya sifatida körilmoqda.

Murojaatnomada eʼlon qilingan rejalar amalga oşsa, 2026 yilda sunʼiy intellekt sohasida katta özgarişlar yuz berişini kutiş mumkin. Ayniqsa, data-markazlar va superkompyuterlar işga tuşişi SI loyihalarini faqat xorij platformalariga tayanib emas, balki içki hisoblaş quvvatlari asosida sinovdan ötkaziş va amalga oşirişga imkon beradi. Bu, ayniqsa, davlat sektoridagi maxfiy maʼlumotlar (tibbiy maʼlumotlar, xavfsizlikka oid maʼlumotlar) bilan işlovçi tizimlar uçun muhim ahamiyatga ega.

Umuman olganda, Prezident qarorlari, texnologiyani rivojlantirişdagi faol va markazlaşgan yondaşuv Özbekistonda SIni joriy qilişni tezlaştirişga qaratilgan kuçli siyosiy iroda mavjudligidan dalolat beradi. Bunday markazlaşgan strategik rivojlantiriş boşqa mamlakatlarda kuzatilayotgan fragmental (uzuq-yuluq) yondaşuvdan farqli ravişda, sohadagi siyosatni tezkorlik bilan amalga oşirişga va resurslarni taqsimlaşga imkon beradi. Bu esa öz navbatida, Özbekistonning SIga tayyorgarlik masalasida mintaqaviy yetakçiga aylanayotganini körsatadi. Bunday yondaşuv boşqa davlatlarda kuzatilayotgan mutlaq bozorga asoslangan yoki fragmentlangan strategiyalardan farq qiladi va Özbekistonga tegişli siyosatni amalga oşirişda katta afzalliklarni taqdim qiladi.

Avazbek ŞERMATOV,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat

markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan