Bir parça yer

Abdusalom bilan Xoliq aka-uka. Ota-onasi ularni uylantirib, ikkalasiga alohida uy-joy qilib berişgan. Xoliqning uyi şundoqqina yölning u tomonida.

Bir kuni u akasinikiga keldi. Abdusalom uni söriga ötqizdi. Hol-ahvol söraşgaç, Xoliq sekin gap boşladi:

— Aka, hovlimiz sal torroq. Qişki oğilxonamizdan çakka ötaverib, qulaş holatiga kelib qolgan. Şuning uçun yozgi oğilxonani vaqtinça sizning tomorqangizning boşiga qursam. Qişki oğilxonamni buzib, ungaça yangisini qurib olardim.

— Qança yer kerak bölsa, foydalanaver, — dedi Abdusalom. — Nima, biz bir-birimizga begonamizmi? Qaçon yer kerak bölsa, özim aytaman.

Uka akaning gapidan xursand bölib, darhol işga kirişdi. Öğillarini yoniga olib, akasining tomorqasi boşidan yozgi oğilxona qurişni boşladi. Haş-paş degunça u ham bitdi.

Ammo bu işlar Abdusalomning xotini Manzuraga yoqmadi.

— Şu işni bekor qilibsiz, dadasi. Ertaga yeringizni bermayman, deb turib olsa, nima qilasiz? Çunki ukangizning közi oç. Undan heç qaçon yaxşilik çiqişiga közim yetmaydi.

— Qöysang-çi, xotin, qayoqdagi gaplarni! Axir u bizga begona emas-ku, jigarim.

— Ukangizning feʼlini haligaça bilmas ekansiz. Işqilib, oxiri yaxşilik bilan tugasin-da, — deya öylanib qoldi Manzura.

Oradan yillar ötdi. Abdusalom ikki öğlini uylantirdi. Endi ulardan birini boşqa yerga uy-joy qilib çiqarişga töğri keldi. Çunki uçinçi öğlini ham uylantirişi kerak. Şuning uçun ukasinikiga bordi. Gapni uzoqdan boşladi-da, sekin muddaoga ötdi.

— Xoliq, qişki oğilxonang bitganiga ham ança böldi. Endi yozgi oğilxonani buzib taşlay qol. Men u yerga Abduvohidga uy solib bermoqçiman.

Bu gaplarni eşitib turgan ukaning xotini Başorat şanğillay ketdi:

— Nimaga buzarkanmiz? Sizning yeringiz köp. Xohlagan joyingizga uy solavering. U oğilxonaning joyi bizniki!

— Hay-hay, kelin, men ukam bilan gaplaşyapman. Iltimos, siz aralaşmang!

— Aka, bir parça yerni deb men bilan janjallaşgani keldingizmi? Ana, uyni xohlagan tomoningizdan solavermaysizmi? Bir parça yerga zormisiz?

— Iye, uka, bu nima deganing? Axir uçinçi öğlimni ham uylantiraman deyapman. Unga qayerdan uy solaman, şuni öylayapsanmi? Bir paytlar bunday kelişmagandik-ku!

— Aka, nima desangiz deyavering. Sizning joyingizni ölçatganda ham öşa yer ortiqça çiqadi. Undan köra indamang, mening mollarim yayrab yotaversin.

— Birovning haqidan qörqmaysanmi?

— Men birovning haqiga köz olaytirganim yöq. Bor-yöği bir parça yerni sörab olganman, xolos.

— Hayf senga, — dedi-yu, Abdusalom çiqib ketdi. Yöl-yölakay ukasini rosa koyidi.

Xotini erining avzoyini körib, qörqib ketdi.

— Nima böldi, ukangiz bilan urişdingizmi?

— Yöq, undan battari böldi. Öşa paytda sening gapingga kirsam bölarkan. U içimdagi çayon ekan. Yerni bermayman, deyapti.

— Voy ölmasam, nimaga? Axir u yer bizniki-ku! Qanaqa noinsof odamlar bor-a!

— Endi nima qilamiz?

— Bu işni şundoqligiça qoldirolmaymiz. Men hoziroq mahallaga boraman. Indamay ötiradigan ahmoq yöq, — deya Manzura şoşilgança uydan çiqib ketdi.

Abdusalom esa öyga toldi. Şundan söng ança vaqtgaça aka-uka bir-birini körarga közi, otarga öqi bölmay yurişdi. Xotinlari xuddi jöjaxörozdek bir-biri bilan janjallaşgani-janjallaşgan edi. Mahalla ham aralaşib, bu işni hal qilib berolmadi. Oxiri “Sudga bera qolinglar”, deya osongina qutulişdi. Manzura şunday qilmoqçi edi, ammo eri unamadi.

— El-yurtning oldida nima degan odam bölamiz? Kerak emas! Ukam bir kuni insofga kirib qolar. Xotin, ovsining bilan boşqa janjallaşganingni eşitmay!

Manzura yer çizib, indamay qoldi. Çunki u ham qöni-qöşnilardan şu işi uçun uyalayotgan edi. Şundan söng aka-uka yuz körmas bölib ketişdi. Bu holat naq beş yilgaça davom etdi.

Bir kuni bozordan qaytayotgan Abdusalom yozgi oğilxonani buzayotgan ukasiga közi tuşib, hayron böldi. Oldiga borib, savolga tutdi:

— Tinçlikmi, biron nima qurmoqçimisan?

— Aka, keçiring, birovning haqi yomon bölar ekan. Men yoşlik qildim. Keç bölsa-da, xatoimni angladim. Yer özingizga buyursin, endi u menga kerak emas.

Abdusalom ukasidagi bu özgarişni körib, lol qoldi. Çunki qança odamlar bu haqda unga nasihat qilganida quloq solmagandi.

Uyiga kirdi-da, qölidagi yelim xaltalarni oşxonaga qöyarkan, ukasining özgarganiga hamon işonolmasdi. Şu payt jörasi Haydar kelib qoldi. Ikkalasi ança suhbatlaşdi. Ketar çoği Haydar bir gapni aytib qoldi:

— Keça jumada namozga çiqmadingiz. Juda ajoyib gaplar böldi-da. Hoynahoy, bu gaplarni eşitganlar birovning haqiga xiyonat qilmasa kerak. Çunki narigi dunyoda birovning haqini yeganlarni munkar-nakir fariştalari köz körib, quloq eşitmagan qiynoqlar bilan jazolarkan.

Şundan sönggina Abdusalom ukasining qanday insofga kelganini tuşunib yetdi.

Xonbibi HIMMAT qizi,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan