Hayitlik

Mana, yurtimizda Ramazon şukuhi kezmoqda. Bu saxovat oyida eng ezgu amallar bajariladi. Masalan, uzoq-yaqindagi qarindoşlar, noçor oilalar holidan xabar olinadi. Urişib qolganlar örtadagi gina-kuduratni unutib, yaraşişadi. Eng asosiysi, bu muborak oyda ota-onalarimizni ziyorat qiliş odatga aylangan.

Ergaş aka yakka-yu yagona öğlini uylantirdi. Qöşnisi Rustam aka bilan quda-andalik riştalarini boğladi.

— Öğlim, mana endi sen ham bir kiçkina oilaning boşliği bölding. Endi sening zimmangda ikki karra masʼuliyat böladi. Şuni heç qaçon yodingdan çiqarmagin.

— Xöp böladi, dadajon, — deya közida sevinç yoşlari bilan otasini bağriga bosdi öğil.

Behzod yoşligidan harbiy sohaga qiziqardi. Şu qiziqiş uni armiyada tank bilan döstlaşişga undadi. Şu bois yigitlik burçini ötab bölgaç, şartnoma asosida yana harbiylikdagi işini davom ettirdi. Xizmat tufayli qöşni viloyatda yaşab qoldi. Ota-onasini köriş uçun qişloqqa kelib ketişga ham vaqt topolmaydigan böldi. Köpinça faqat telefondagina xol-ahvol söraşardi.

— Bir qişloqqa borib kelsak, yaxşi bölardi. Bir-ikki kun avval telefonda uydagilar bilan gaplaşgandim, dadajonimning toblari yöq emiş. Tinmay sizni sörayotgan ekanlar, — dedi bir kuni ayoli.

— Mayli, bugun işdan ruxsat sörab köraman. Sen tayyor bölib tur, bayram bahona uydagilarni ziyorat qilib kelamiz, — deya javob qaytardi Behzod.

Şundan keyin işga yöl oldi. Navbatçilikda turganida otasiga telefon qildi:

— Assalomu alaykum, dadajon!

— Bolam, yaxşimisan? Men ham tuzukman. Faqat şu yurak qurğur bezovta bölyapti-da. Seni judayam soğinganman. Qaçon kelasan?

— Tez kunlarda boraman. Men ham sizni soğinganman.

— Ha, mayli, bolam. Seni bir körsam, armonim qolmasdi.

Otasining bu gapidan Behzodning yuragi şuv etdi.

— Hali köp yaşaysiz, dadajon. Nevara-çevaralarning töyiga özingiz boş bölasiz, — dedi köngli allaneçuk bölib.

Farzandining bu gapini eşitgan otaning könglida biroz bölsa-da, yaşaşga bölgan işonç paydo böldi.

— Töğri aytasan, seni özim kutib olaman. Öz qöllarim bilan senga va nabiralarimga öçoqda oş damlab beraman.

Şu bilan uluğ bayram — Ramazon hayiti arafasida Behzod qişloqqa otlandi. U ota-onasiga, qarindoş-uruğlariga hayitlik oldi.

Bu paytda beçora çol-kampir farzandlari kelişiga katta tayyorgarlik körişdi. Çiroyli dasturxon bezatib, öçoqda palovxontöra damlaşdi.

— Çol, yertöladan öz qöllarim bilan yopgan şarbatlardan olib çiqing. Nabiralarim yaxşi köradi-da. Ularni bir xursand qilay, — dedi kampir.

— Xöp, — deya çol qoronği xonadan kompot olib çiqqani ketdi.

Nima böldi-yu, otaning oyoği sirpanib, boşi bilan yerga yiqildi. Biroz vaqt ötgaç, kampir çolini qidirib yertöla tomon bordi. Ne köz bilan körsinki, çoli yerda çalajon holda ovozi çiqmay yotardi. Darrov qöşnilarni yordamga çaqirdi. Hartugul, huşini yöqotmagan ekan. Issiq xonaga olib kirib, kerakli muolajalar qilişdi. Ota özini bilib-bilmay yotardi.

Oradan taxminan 3 soat vaqt ötdi. Şu mahal tösatdan beçora otaning ahvoli yomonlaşdi. Yurak urişi sekinlaşib, nafas olişi qiyinlaşib boraverdi. Bu orada öğil telefon orqali onasidan otasi haqida sörardi. Onaizor uzoq yöldagi farzandining köngliga ğulğula solmaslik uçun “Yaxşi, yaxşi”, deyişdan nariga ötolmasdi. Onasining daldasiga işonib, öğil bemalol yölini davom ettirdi.

Attang, ota öğliga bergan vaʼdasini bajara olmadi. Joni uzildi. Behzod esa roppa-rosa 5 soatdan keyin jondan aziz uyiga kirib keldi va bu voqeani körib hayron-u lol qoldi.

— Dadajon, kutib olaman degandingiz-ku. Nega bunday qildingiz? Sizga hayitlik olib kelayotgandim-ku!.. — deya bözlab yiğlagança qölidagi sovğalarni silkitardi u.

Atrofdan esa uni yupatuvçi, dalda böluvçi gaplar eşitila boşladi. Nihoyat, hayit namozidan söng janoza öqildi va Ergaş aka abadiy manzilga kuzatildi.

Buni taqdir deydilar. Heç kim ertasi nima bölişini bilmas ekan. Şunday ekan, aziz ota-onalardan doimo xabar olib turaylik. Agar hayot bölişsa, jannat kalitlarimizni asrab-avaylaylik. Olamdan ötişganida haqlariga duolar qilib, doimo qalbimizda eslab turmoğimiz darkor!

Muhammadsodiq TÖRAYEV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan