TÖN

— Qirq yil savdoning nonini yegan Saidqul mudirning janozasida ajabtovur voqea sodir böldi, — deya gurung berdi qöşnim Norboy bobo. — Barça rasm-rusumlar ado etilib bölgaç, kimdir: “Marhumning tönini olib kelinglar, tobutning ustiga yopaylik”, — deya tovuş berdi. Öğillaridan biri xotin-xalajlar turgan uyga ildam kirdi-yu, ança fursat ötgaç, yuz-közi qizarib, quruq qöl bilan taşqariga çiqdi. Ana şunda endigina uylanganiga ikki kun ham bölmagan mahalladoş yigit ustidagi yap-yangi kuyovlik tönini yeçib, tobutning ustiga taşladi.

Qabristonga borar ekanmiz, hamrohlarimdan kimdir ham açinib, ham kuyunib dedi:

— Eh, umr böyi savdoda yuribdi-yu, bitta çoponni sandiqqa solib qöyiş esiga kelmabdi-da… Qolaversa, anavi kuyovlik tönini tobutga taşlagan yigitning otasini Saidqul mudir bir zamonlar tuhmat bilan qamatgandi…

Ha, bu çarxi dunning ajabtovur

işlari bor ekan-da…

 

TAQDIR

Bozordan tugun kötarib qaytayotgan Toşqul boboga Salim qassob hazil aralaş söz qotdi:

— Ha, otaxon, tugun kattagina-ku, kampiringizga yangi sarpolar olibsiz çoği?..

— Yöq, Salimboy, bu özimga kafanlik, qolaversa, ertaga nima bölişini heç kim bilmaydi…

— Unday demang, otam, hali doyovsiz, mana, men ellikka kirgan bölsam ham, hatto u matohning nomini tilga olişga ham qörqaman…

Vo ajabo! Oradan bir hafta ham ötmay, Salim qassobning bandalik qilganini eşitgan Toşqul bobo avvaliga hayratdan lol qoldi va söngra yodiga qassobning “tilga olişga ham qörqaman”, degan sözlari kelib:

“Yo, tavba!” deb

yubordi…

Örolboy QOBIL,

Özbekiston Yozuvçilar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan