A. şahridagi “qadimiy” yodgorlik
Asqar ISMOILOV
Muallif haqida:
Asqar ISMOILOV Sirdaryo viloyatida tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti bitiruvçisi.
2023 yilda uning “Alvido” nomli ilk kitobi naşr etilgan.
Hozirda “Renessans” telekanalining “Ovoza” axborot dasturi uçun lavhalar tayyorlaydi. Maqola va badiiy asarlari respublika naşrlarida muntazam çop etib kelinmoqda.
Har kuni şakl-şamoyili bir xil, oldi-qoçdi tadbir-u yiğilişlarni yoritiş köpayib ketdi-da özi! Oçiği, bu işlar zerikarli tus ola boşladi. Tezroq bir zör, olamşumul voqeani olib çiqsang, esda qolasan-da, özing ham rohatlanasan. Qolaversa, iç-içingdan zavqlanasan. Oyoqni çaliştirib, işxonada şu haqda öy surib ötiribman. Nahotki şu tobda piçoqqa ilinadigan biron narsa çiqmasa? Xuddi öt-ölanlar haqida şeʼr yozib yurgan şoirga öxşayman.
Şu payt telefonim jiringlab qoldi. Xohlamaygina qarasam, A. şahridan, Ölkaşunoslik muzeyi rahbari. Öziga ham qiziq bölmagan allaqanday tadbirga aytişi aniq. Kötarmadim, şunaqa odatim bor, axir rejalarimga töğri kelmaydi, meni buyuk işlar kutmoqda… Rostdan, muzeyda nima ham bölardi? Men nima darddaman-u, bu kişimning qayta-qayta qönğiroq qilişini-çi?! Qönğiroq tinmaganidan öylaşga, fikrlaşga, fantaziya qilişga heç qöymadi.
— Allo, eşitaman! — kötardim oxiri.
— Assalomu alaykum, Asqarjon! Yaxşimisiz? Men — opangizman, A. şahridan. Şu desangiz, “Apartak” qişloğimizda bittasi uyidan köza topib olibdi, qadimiy. Muzeyga topşirdi bugun. Şuni çiqarsak böladimi?
— Yaxşi-ku, unda yoritamiz. Neça yillik ekan? Yoki miloddan avvalgimi?
— Ha, yöğ-ey, XVIII asr oxiri — XIX asr boşlariga tegişli bölsa kerak. Öyma naqşlariga nazar soldim, şunaqaga öxşayapti.
— Unda ertaga jurnalistlarni olib boraman. Yodgorlik topib olingan joyga ham boramiz, aytib qöying. Özingiz yaxşilab, ilmiy jihatdan tuşuntirasiz. A. şahrining qadimiyligini aytasiz, unda oçilmagan, hali örganilmagan tarix yotibdi, deysiz. “Apartak” qörğoni aholisi ötroq bölgan, ming yil ilgari ham hayot qaynagan, Ipak yöli karvoni şu yerlardan töda-töda bölib ötgan, deysiz…
— Böldi. Kitoblarni varaqlab, yana ham örganib qöyaman. Rostdan ham şunday bölişi kerak.
— Opa, ertaga intervyu berganda “XIX asr” deb ötirmang. XIV-XV asrga tegişli deyavering. Kim “isbotla” deb ötiribdi? Şov-şuv böladi! Telekanallarda berişga arzirli narsa çiqişi kerak. Jurnalistlar qayerdan ham bilardi?
— Asqarjon, XIV-XV asr emas, sal mantiqqa töğri keladigan qilib, “XVII asr” deyman unda.
— Ha, qarang…
…Tong otdi.
Ertalabdan televideniye xodimlari bilan kelişib, A. şahriga yöl oldik. Yölda jurnalistlarga A. şahri tarixi haqida bilganimça gapirib ketdim. Şaharga kiraverişda opaning raqamini terdim. Manzilni tuşuntirdilar.
— Muzeyga, çapga haydang, — dedim haydovçiga.
A. şahridagi Tarix muzeyiga keldik. Opa töyga ketayotgan kelindek yasanib olibdi (televizorda çiqaman degan-da).
— Asqarjon, mana, kiring, noyob közani körişingiz mumkin.
— Singanmi?
— Topib olgan bola yerni qazib, yozgi oşxona qurmoqçi bölgan. Ketmoni qattiq narsaga tekkanmiş. Olib qarasa — köza. Ikkilanmasdan olib keldi.
— Qöysangiz-çi, opa, bu bola içida yombi, tangalar bölsa kerak deb sindirgan.
— Şu xayolimga kelmabdi-ya! Bölişi mumkin.
— Siz bölganingizda ham şunday qilardingiz…
Örtada qisqa kulgi kötarildi. Közani qölimga olib, reja tuza boşladim. Uning uyiga boramiz. Demak, köza topgan dardisarni qahramon qilamiz. Keyin muzey rahbaridan şu joyning özida intervyu olamiz. Muzey fonida yaxşi va işonarli çiqadi.
— Asqarjon, XVI-XVII asr deya qolaylik, — dedi opa.
— XIV-XV asr deng, heç narsa qilmaydi, — dedim közaning dovruğini kötariş uçun.
— Yöğ-a, Şayboniyxon davriga tuşib ketasiz-ku. Hafta haqida gap ketmayapti, bu bir asr — yuz yil degani.
— Siz mutaxassis sifatida taxminingizni aytasiz, isbotingizni emas. Tarix şunaqa: asosan, taxmin. Opa, sal şov-şuv bölsin deyapman-da.
— Tuşunyapman, mayli.
Kiyimlari öziga yaraşgan opa kamera qarşisida intervyu berişni boşladi:
— A. qadimiy va navqiron şahar ekanligi yana bir bor isbotlanmoqda. Yaqinda “Apartak” qörğonida istiqomat qiluvçi fuqaroning xonadonidan XVI-XVII asrlarga oid qadimiy köza topildi. Öşa davrda bunday buyumlar zodagonlar dasturxonining bezagi bölgan. Noyob topilmani fuqaromiz darhol, ikkilanmay bizga, yaʼni muzeyga topşirdi. Endilikda muzeyimizda ötmişdan sado berib turadigan nodir eksponatlar soni yana bittaga boyidi. Mening taxminimça, qörğon atrofidan yana köplab yodgorliklar topiladi, bunga şubha yöq.
— Özingizni taniştiring, — dedi muxbir.
— Gulhayo Solijonova. Şu muzey rahbariman.
— Opa, bopladingiz! Ertaga körasiz, vazirlikdan, hokimiyatdan qönğiroq qilib, bezoringizni çiqarişadi. Mukofotlar, katta-katta uçraşuvlar sizsiz ötmaydi keyin. Vaqt topolmay qolasiz buyoğiga.
— Rahmat, Asqarjon! Kötarilib ketsam-a?
Bir zum içida opa turli xayollar oğuşida qoldi. Yuzidagi tabassumdan ança sarxuşligi sezilardi.
— Qani, qahramonimizning uyiga boramiz, ketdik! — deb hammani maşinaga çorladim. Ijodiy guruh maşinaga birin-ketin çiqa boşladi.
A. şahri markazidan unça uzoq bölmagan masofaga, taxminan 5 km yurdik. Mahallaga kiraverişda odamlar gavjum, hamma allanimalarni muhokama qilyapti. Mahalla faollari bizni kutib olişib, bir piyola çoy uzatişdi.
— Qani, öğlim, çoyga qarang. Toşkentlar tinçmi?
— Rahmat, ota! Hammasi tinç.
— Mening kiçik öğlim Tursunboy topib oldi. Özi katta öğlim quriliş işlarini boşlagan edi. Mehnatni şu kattasi qilgan. Bozorga ğişt olişga ketganida, heç işlagisi kelmaydigan kiçigi yerga bir ketmon urgan ekan, köza çiqib turibdi. Şu adolatdanmi? Yugurganniki emas, buyurganniki bölibdi-da. Endi beriladigan pulni kiçigim “örtada bölmayman” deyapti.
— Hali yöq pulga-ya? Mukofot, albatta, beriladi.
— Ha, albatta, beriladi. Qança qadimiy bölsa, saqlanganiga qarab, örganib çiqib beriladi, — deya hayron bölib opa gapga aralaşdi.
— Qani, Tursunboy, beri keling-çi. Közani siz topib oldingizmi? Qölga olib “jin çiqadi” deb işqalamadingizmi, işqilib?
— Işqaladim, mana, sizlar keldingiz-ku! (biroz kulişdik).
Suhbatni kalta qilib, işga kirişdik. Tursunboyni iş qilayotgandek qilib postanovka yaratdik va tasvirga ola boşladik.
— Xotinim ham tuşsin, aka! Dam-badam çoy olib kelib, menga qaraşib turardi.
Arzandaning arziga ham köndik. Xotini suzilib kelib çoy uzatadi, u esa yana işlaydi. Bir mahal kovlayotganida köza topiladi… Şunday qilib, voqeani tasvirga muhrlab, intervyu olişga kirişdik.
— Men — Tursunboy Toştemir öğliman. Tunov kuni uyimizda quriliş boşlagan edik. Yer kovlayotganimizda köza çiqdi. Qadimiy deyişyapti. Mana, özlaringiz baho berasizlar. Aytişlariça, “Apartak” mahallamiz atrofida qadimiy yodgorliklar köp çiqqan ekan. Nima topsam, şu muzeyga topşiraman endi. Qolaversa, topganga pul mukofoti berişarkan. Bu gapimni kesib taşlang… Undan keyin, ötmişimiz, şu zaminda yaşagan ota-bobolarimiz tarixi uzoq-uzoqlarga borib taqalişidan darak beradi bu. Yana nima deyman?
— Böldi, yetadi. Işlab turganingizni olganimizning özi kifoya.
Uyga ança odam töplanibdi. Hammasi tomoşaga kelgan, şekilli. Ha, nima, har kuni ham Tursunboy köza topib olmaydi-ku.
Şunday qilib, hamma bilan xayr-maʼzur qilib, Toşkentga qaytdik. Tasvirga tuşirilgan lavha şu kunning ertasigayoq efirga ketdi. Hamma xursand. Keyinroq gazetadan ham kelişibdi. Yaxşigina rezonans berdi, şekilli, opamizning oğzi quloğida bölib yurdi. Oradan köp ötmay, opamiz qönğiroq qilib qoldi. “Yana undan ham katta buyum topilgan, şekilli”, deb qönğiroqni kötardim.
— Allooo… Asqarjon, portaldan xat kelibdi. “Maşhur bölasan” degandingiz, şarmanda böldim!
— Nima böldi, opa?
— Tursunboy “pulimni bermasdan qoçib yurişibdi” deb ustimdan yozibdi.
— Tuşuntirib gapiring, nima böldi özi?
— Sizning gapingizga kirib, “XVI asrga oid yodgorlik” degandim. “Qança qadimiy bölsa, şunça köp pul beriladi”, deb intervyu bergandim-ku. Şuning pulini sörayapti. Laboratoriyaga olib borsam, “nos tuflaydigan buyum-ku” deb ustimdan kulişdi. 1960 yillarda işlab çiqarilgan ekan. Tagiga “12 kopeyka” deb öyib yozilgan ekan, ahamiyat ham bermabmiz. Endi portalni qanday yopaman?
— Opa, meni çaqirib qolişdi, hozir qaytib çiqaman, — dedim-u, göşakni qöydim.
— Alloooo… töxtang…

