Gazetaga munosabat qaçon özgaradi?

Bosma naşrlarning adadi yildan-yilga kamayib bormoqda. Bunga Özbekistonning rivojlangan davlatlar qatorida emasligi sabab bölolmaydi.

Menimça, mansab kursisiga köpinça faqat öz moddiy manfaatini közlaydigan, maʼnaviyatga befarq, kitob va gazeta öqişga iştiyoqi yöq, faqat “yuqori”ning topşiriqlarinigina qoyillatib bajariş orqali obrö orttirişni közlovçi kişilar ötirib qolayotganidir.

Prezident ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar şaʼniga iliq fikrlar bildirsa, topşiriqlar bersa, viloyat hokimligi, viloyat hokimi gazetalar böyiça gapirsa, tuman hokimliklari, tuman hokimlari gapirsa, tumandagi taşkilotu muassasalar rahbarlari bu gap “sovigunça” vaqtli naşrlar haqida öylagandek bölişadi. Bu holatni, ayniqsa, obuna jarayonida kuzatiş mumkin.

Viloyat hokimi yiğilişlarda obuna masalasida qaçonki söz oçsa, tuman hokimlari ham öşa kuni bu haqda taşkilotu muassasalar rahbarlariga topşiriq berişi taomilga aylanib qolgan.

Nima uçun respublikamizdagi diniy gazeta-jurnallar adadi hamişa yil mobaynida yuqori miqdorda saqlanib turadi-yu, boşqalarda unday emas?

Obuna mavsumi boşlanişi bilan har juma namozida namozxonlar “Hidoyat”, “Islom nuri”, “Möminalar” kabi gazeta-jurnallarga obuna bölişga çorlanadi. Otinoyilar ham joylarda ötkaziladigan marosimlarda öz naşrlari obunasining tarğiboti bilan muttasil şuğullanadilar. Qarab turibsizki, natijalar quvonarli.

Gazeta-jurnallarni obunaçilarga özlari yetkazişadi. Poçta va “Matbuot tarqatuvçi” idoralari tomonidan emas. Özi obuna taşkillaştirib, naşrlarni özi tarqatişning ahamiyati katta. Masalan, “Poçta” va “Matbuot tarqatuvçi” idoralari tomonidan respublika, viloyat gazetalari 16 yanvargaça obunaçilarga yetkazilmadi. Bu holat qaçongaça davom etişi nomaʼlum. Ötgan yili poçta orqali “Hurriyat” gazetasiga obuna bölgandik. Gazetani yiğib-yiğib, yarim yilda bir olib kelişdi. Bu qanday gap?

Biz ham qariyb 20 yildirki, şunday qilamiz. Odam obuna bölgan naşrini öz vaqtida oladi. Yuqorida nomlari sanalgan taşkilotlarga esa bu borada umuman işonç yöq.

Agar davlat idoralari, hokimiyatlar özlarining muassisligidagi naşrlarni ham obuna mavsumida har zamonda emas, loaqal har galgi hokimlik soatlarida doimiy eslab tursa, rahbarlar gazeta-jurnallar obunasiga ham, majburan bölsa-da, har qalay, eʼtibor qaratişardi. Aks holda…

Taniqli jurnalist Şuhrat Jabborovning ötgan yili “Hurriyat”da “Majburiy obuna tarafdoriman” sarlavhali maqolasi eʼlon qilingan edi. Unda aytilgan fikrlarga qöşilmasdan iloj yöq. Gazetaga qaytiş kerak. Buning uçun eʼtibor kerak.

Qaçonki barça böğinlardagi rahbaru mutaxassislar gazeta öqişga odatlanişsa, boşqalarni ham öqişga örgatişsa, yoş avlodda ham gazeta-jurnal mutolaasini şakllantirsak, odamlarimiz rivojlangan davlatlardagi singari vaqtli naşrlarga oşno bölişarmidi? Qolaversa, bu jarayonda ixtiyoriy majburiylik ham muhimdir.

Tan olişimiz ham kerak, ayrim gazetalar nomigagina çiqyapti. Körinişi gazeta, xolos. Obuna bölgan odam undan baraka topmaydi. Obunaga sarflagan mablağiga açinadi, xolos.

Gohida 200-500 nusxa atrofida çop etilayotgan naşrlarda “sevimli gazetangiz” degan iboraga közimiz tuşadi. Bu mantiqsizlik, sevimli gazeta bölganida minglab nusxada çop etilmasmidi?

Ana şu toifadagi naşrlar boşqa gazeta-jurnallarning, jurnalistlarning şaʼniga doğ tuşirmoqda. Öqiydigan birorta tuzukroq maqola yöq. Uni qöliga olgan odam “E, gazeta şu bölsa…” demaydimi? Deydi-da!

Yana bir gap. Tuman, viloyat va albatta, respublika naşrlarida ham ayrim gazeta, jurnallar “ölayotgani”, aksariyati nomigagina nafas olayotganligi mavzusidagi jiddiy, asosli tanqidiy-tahliliy maqolalar tez-tez yoritib borilmoqda. Lekin ularga tegişli mutasaddilar tomonidan heç qanday munosabat bildirilmayotgani ajablanarli. Bu göyo maʼrakaga kelgan “xizmat”dagi xotinlarning “kuyunib” yiğlaşlariga öxşaydi.

Men ham özimça jon kuydirib yozyapman-u, maqolaga nuqta qöyiş jarayoni yaqinlaşgani sari yuragim açişayotganini anglayman.

Ammo, naçora?!

Qosimjon AKBAROV,

Mingbuloq tumani

“Mingbuloq” gazetasi muharriri,

“Şuhrat” medali sohibi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan